Turkmaniston hududida joylashgan bu manzilgoh 1955 – 1963 yillarda tadqiq qilina boshlagan


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy va amaliy ahamiyati



Yüklə 491,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix17.06.2023
ölçüsü491,37 Kb.
#131664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mazkur 
tadqiqot natijalarini manbalar asosida ilmiy jihatdan o‘rganish Vatan tarixini yangi 
fakt va dalillar bilan yanada to‘ldiradi. Shuningdek, tadqiqot natijasida olingan xu-
losalardan O‘zbekiston tarixi bo‘yicha darsliklar, adabiyotlar, qo‘llanmalar 
yozishda, oliy o‘quv yurtlari tarix fakultetlari bakalavrlari va magistrlari uchun 
maxsus kurslar tashkil etishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tarkibiy tuzilishi. Bitiruv 
malakaviy ishi kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa, foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatini o’z ichiga olgan 50 sahifani tashkil etadi.



I BOB. JANUBIY O‘RTA OSIYODA ILK SHAHARLARNING PAYDO 
BO‘LISH XUSUSIYATLARI 
1.1. O‘rta Osiyo hududida ilk shaharsozlik va davlatchilikning tashkil 
topishining o‘ziga xos xususiyatlari 
Ilk davlatchilik nazariy masalalari ishimizning yuqori boblarida keltirilgan 
arxeologik manbalar, jumladan, uy-joy komplekslari, monumental inshootlar, dafn 
marosimlari bilan bog‘liq manbalar va boshqalar hamda etnografik ma'lumotlarni 
atroflicha o‘rganish O‘rta Osiyo ilk jamiyati va davlatchiligining tashkil topish 
yo‘llarini ifodalashda muhim tayanch manba hisoblanadi. 
Ilk sinfiy jamiyat va davlatning tashkil topish masalasi tarix fanining dolzarb 
va 
muammoviy 
masalalaridan 
sanaladi. 
Masalaga 
umumiy 
miqyosda 
yondashadigan bo‘linsa, uning kelib chiqishi ilk sinfiy jamiyat va dastlabki 
davlatchilikning vujudga kelishi haqidagi masalalarini o‘rganishda yozma 
manbalarning yo‘qligi tufayli arxeologik, etnografik manbalarga tayanib ish 
ko‘rishni taqozo qiladi. Biz ishimizning yuqori boblarida bu manbalar bilan 
bog‘liq jamiyat ichki xususiyatlari haqida fikr yuritib, masalaning bir tomoni, ya'ni 
jamiyat ijtimoiy taraqqiyot yo‘llarini ko‘rib o‘tdik, xolos. Ayni satrlarda esa ilk 
sinfiy jamiyatning ichki sotsial qiyofasi bilan bog‘liq eng qadimgi davlatchilik 
tuzumining tashkil topish yo‘llari haqidagi masalani ishlab chiqishga 
qaratmoqchimiz. 
Avvalo, shuni alohida qayd etish lozimki, ilk sinfiy jamiyat va dastlabki 
davlatchilik haqidagi nazariyalar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ammo uning 
tashkil topish va rivojlanish jarayoni o‘ziga xos yo‘llari bilan kechgan. 
Davlat qurilishi borasida tanqidiy nuqtai nazarsiz qabul qilinadigan tayyor 
qolip va andozalar yo‘q. Dunyoda aynan bir-biriga o‘xshagan ikkita davlat ham 
yo‘q. Bunday bo‘lishi mumkin ham emas. Har bir davlat betakror ijtimoiy 
hodisadir. U har qaysi xalq tarixiy va madaniy taraqqiyotining hosilasidir, uning 
o‘ziga xos, o‘ziga mos madaniyati rivojining natijasidir
8

8
Каримов И. А. Ватан саждагоќ каби муқаддасдир. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 6. 


10 
Tarixiy taraqqiyotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, odamzod birinchi mehnat 
qurollar yaratib, uning madaniyat tarixiga kirib kelganligiga qariyb 2 million yil 
bilan hisoblanadigan bo‘linsa, bundan 40 ming yillar avval esa urug‘chilik 
jamoasiga birlashib, uning ibtidosi hisoblanadi. Bu jarayonning evolyusion 
rivojlanishi tufayli insoniyat tarixidagi ilk davlat tuzilmalari esa bundan qariyb 5 
ming yil oldin, bizning eramizgacha IV va V ming yillik chegarasida paydo 
bo‘lgan. Demak, davlatchilik insoniyatning nisbatan yaqin vaqtlardagi ixtirosidir. 
Inson o‘z ongli taraqqiyotining mutlaqo katta qismida davlat bo‘lib uyushgan 
jamiyatdan tashqarida yashagan. Ammo insoniyat jamiyati jahonning qaysi 
mintaqasida yashagan bo‘lmasin, tabiiy geografiya sharoitlari bilan bog‘liq holda 
har bir mintaqada oldin, ikkinchisida keyinroq bo‘lsa-da, ibtidoiy urug‘chilik 
jamiyat taraqqiyoti dinamikasini boshdan o‘tagan. 
Shunday qilib, urug‘ (ibtidoiy urug‘chilik jamoasi) qon-qardoshlik va 
birgalikdagi jamoa mehnati, ishlab chiqarish mahsulotlariga birgalikdagi 
mulkchilik tamoyili bo‘yicha tashkil topgan, ijtimoiy munosabatlarning tengligi, 
urug‘ a'zolari manfaatlarining birligi va jipsligiga olib kelgan ibtidoiy jamoa 
tuzumining tashkil topgan boshlang‘ich bo‘lagini ifodalar edi. Dastlabki 
davlatchilikning tashkil topish yo‘llari ham ibtidoiy jamiyat negizida shakllana 
borgan ilk sinfiy tabaqalanishning o‘z davriga xos progressiv taraqqiyotini 
tushunish bilan bog‘liqdir. 
Yuqorida aytilganidek, chorvadorlarning dehqonchilik, dehqonlarning esa 
chorvachilik mahsulotlariga nisbatan talabining oshib borishi oddiy ayriboshlashni 
keltirib chiqardi. Oqibatda chorvachilik xo‘jaligi dehqonchilikdan ajralib chiqdi. 
Bu hodisa birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti edi. Ammo bu jarayon to‘xtab 
qolmadi va evolyusion yo‘l bilan o‘sib bordi. Natijada metallurgiyaning yo‘lga 
qo‘yilishi, shuningdek, kulolchilik charxining paydo bo‘lishi hunarmandchilikning 
shakllanishiga olib keldi, tovar ishlab chiqarish bilan bog‘liq savdo-sotiq ishlari 
yo‘lga qo‘yildi. Shu tarzda dehqonchilikdan hunarmandchilik xo‘jaligining ajralib 
chiqishi ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimotining tashkil topishiga olib keldi va 
iste'moldan tashqari ziyod mahsulotlar vujudga keldi. 


11 
Xullas, bu taraqqiyot yo‘llarining rivojlanishi qo‘shimcha qiymat bilan 
bog‘liq mulkning o‘sishiga va bu hodisa jamoa a'zolarining bir qismini ishlab 
chiqarish mehnatidan ozod bo‘lishiga olib keldi. Bunday mehnatdan ozod va 
o‘zlarini boshqa kishilar mehnati hisobidan yashaydigan kishilar kimlar edi? Shuni 
aytish lozimki, hukmron sinflarning paydo bo‘lishi uzoq vaqtni o‘z ichiga olgan 
murakkab jarayon bo‘lib, bu taraqqiyot yo‘nalishi bir muayyan chiziqdan iborat 
bo‘lmagan. Hatto ibtidoiy jamiyat tarkibiy tuzilishi ham bir xil bo‘lmagan. 
Sinfiy jamiyatning tashkil topish jarayoni mantiqan muayyan qonuniyatga 
asoslangan edi.
9
Ishlab chiqarish kuchlari jamiyatdagi madaniy-mafkuraviy 
yuksalish ayrim shaxslarning ishlab chiqarish mehnatidan ozod bo‘lishini taqozo 
qilardi. Biroq bu degani jamiyat ishlab chiqarish mehnatidan qobiliyatli 
tashkilotchilarni, chuqur va keng fikrlovchi kishilarni, rassomlarni ishlab chiqarish 
mehnatidan ozod qilish degani emas, balki ziyod mahsulotlarni ishlab chiqarish 
mehnatidan ozod bo‘lganlarning egallashi bilan belgilangan holda bu moddiy 
manbadan foydalanish evaziga emas, balki kim uni bajara olishiga bog‘liq edi. 
Kimning qo‘lida mushtdek birdam harbiy yoki mafkuraviy kuch bo‘lsa, u tashkiliy 
masalalarni ham yechgan. Ularning ko‘pchiligi esa begona mehnatni jamiyatga 
foydali bo‘lmagan holatda ekspluatatsiya qiladilar. To‘g‘ri, yuksaklikka erishgan 
kishilarning muayyan qismi jamiyat taraqqiyotiga va uning texnik va madaniy 
rivojiga hissa qo‘shishi ham mumkin. 
Aynan shunday hissa qo‘shish ham tezlikda borayotgan progress dastlabki 
sinfiy jamiyat sivilizatsiyasi bo‘lib, u lotin so‘zidan olingan “ives” – fuqaro, 
“ivitis” - fuqaroviy, “ivitas” - fuqarolar jamoasi, shahar deb ataladi
10

Sinfiy jamiyatning tezlashish progressi varvarlikdan tubdan farq qilib, 
ko‘pgina hududlarda esa ibtidoiy jamiyat an'analari uzoq saqlanib qoldi. Faqat 
jahonning ayrim hududlarida, ayniqsa, sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik 
rivojlangan mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarining rivoji boshqa hududlarga 
9
История Востока в шести томах. Том I. – Восток в древности. – М.: Восточная литература, 1997. – С. 31–
32.
10
История Востока в шести томах. Том I. – Восток в древности.... – С. 3 3; Аскаров А. А., Ширинов Т. Ш. 
Раняя городская культура…– С. 23–24; Ртвеладзе Э. В., Саидов А. Х., Абдуллаев Е. В. Қадимги Ўзбекистон 
цивилизацияси…– Б. 17 


12 
nisbatan tez o‘sdi, ziyod mahsulotlarning to‘planishiga imkoniyat tug‘ildi, savdo-
sotiq yo‘lga qo‘yildi, yuqorida zikr etilganidek regulyativ jamoalari vujudga keldi, 
yangi tartiblarni qo‘lda ushlab truvchi hokimiyat apparatlari tashkil topdi, hududlar 
va jamoatchilikni qo‘riqlaydigan, boshqa chegaralarni o‘z tarkibiga 
bo‘ysundiradigan harbiy kuchlar tashkil topdi, ularning rahbarlarini mutlaq hokim, 
oliy kohin darajasiga ko‘tarishlar joriy qilindi, oqibatda dastlabki davlat apparatlari 
tashkil topib, uni va harbiy kuchlarni ta'minlash uchun turli hajmdagi soliq 
yig‘imlari tashkil qilindi. Masalan, Qadimgi Shumerda mil. avv. III ming yillikda 
jamiyat yuqori tabaqalarini saqlash va ta'minlash maqsadida aholidan har xil 
yig‘imlar to‘planar edi. Shuningdek, jamoa yerlaridan bir qismi ibodatxonalar 
a'yonlarini boqish, saqlash, qurish uchun ajratilardi. Bunday yerlarda son-sanoqsiz 
kishilar mehnat qilardi. Xullas, oddiy aholi mehnatini ekspluatatsiya qilish jarayoni 
avjiga chiqib, antagonistik, ya'ni qarama-qarshiliklar sodir bo‘lardi. Kohinlar, 
ibodatxonalar uchun ajratilgan yerlar hosildor va ular plug-omoch bilan ishlanardi, 
oddiy aholi primitiv qurollar bilan sifatsiz oriq yerlardan foydalanar va har xil 
yig‘imlar to‘lardilar. 
Ma'lumki, Janubiy Turkmaniston hududida joylashgan Ol tintepa 
manzilgohi tarixi 1955–1963 yillarda tadqiq qilina bosh lagan. Bu yerdagi 
topilgan joylar va topilmalar haqida 1962, 1964, 1971 yillarda Masson, 
1963–1964, 1969 yillarda Xlopin, 1965 yilda Sarianidi ishlarida ko‘rsatib 
o‘tgan. Bu qazuv ishlari natijasida bronza davriga oid ko‘plab yangi 
ma'lumotlar va buyumlar qo‘lga kiritildi. Oltintepa manzilgohi ilk 
marotaba 1929 yilda Xavanekey ekspedisiyasi tomonidan A. A. 
Seminovich (1946) boshchiligida tadqiq etila boshlandi. Janubiy 
Turkmanistonda tadqiqot olib borgan 14-bo‘lim B. A. Kuftin boshchili 
gida Oltintepada ajoyib terrakota kolleksiyasini topishdi ( 1954–1956 
yillarda). Shundan so‘ng 1953 yilda A. F. Ganyavin ikkita katta bo‘lma
gan shurf tashlab, 3,5 metr qalinlikda qazib ko‘rib, yangi ma'lumotlarni 
qo‘lga kiritadi. 1959–1962-yillarda qazuv ishlari A. F. Ganyavin, A. A. 
Marushenko, D. D. Durdiyev, Y. Atagarriyev, O. K. Berdiyevlar tomoni 


13 
dan tadqiqotlar olib boradi. Tadqiqotlar natijasida baquvvat bo‘l gan xom 
g‘ishtdan ishlangan devor qoldiqlari topadi. Shu bilan birga bu yerdan 
ikkita chet eldan keltirilgan ashyolar topadi. Shundan so‘ng olimlar bu 
hudud yirik markaz bo‘lganligiga ishonch hosil qilishadi. Shunday katta 
hududlardan yana biri Namozgohtepa bo‘lsada, Oltin -tepaning alohida 
ajralib turishi, uning ustki qatlami yaxshi saqlanib qolganligi bilan 
belgilanadi. Oltintepa shaharchasi 26 gektardan iborat bo‘lib, uning 
balandligi 17–22 metr balandlikdadir, madaniy qatlamning hajmi 8 
metrdan 30 metrgacha bo‘lgan. 1965-yildagi qazuv ishlari asosan xom 
g‘ishtdan qurilgan devorlarni ochishga qaratilgan edi. Birinchi bo‘ lib 
qazuv ishlarida stratigrafiya ishlariga katta e'tibor qaratilib, 3 ta gorizont 
vaqti aniqlanadi. Namozgoh V Namozgoh IV (Oltin IV ), dastlabki uch -
to‘rtinchi qatlamda Sarianidi 1966 yilda V qatlamdan boshlab, 1967 -
yilda Masson VI qatlamda qazuv ishlarida ( shimolda ) yana Sarianidi 
1967-yilda qazuv ishlarini olib boradi. 1967–1969-yillarda qazuv ishlari 
natijasida VII qatlamni ochishga muvaffaq bo‘ladi. 1971 -yilda qazuv 
ishlari natijasida parallel ravishda ikki yo‘nalishda izla nishlar olib 
boradi. Hunarmandlar uylari X qatlamdan topiladi. 1972 -yilda diniy 
marosimlar bilan bog‘liq bo‘lgan 3-qurilish ob'yektida qazuv ishlari olib 
borayotgan paytda dindor kishilarning qabrlari ochilgan bo‘lib, oltindan 
yasalgan buqa va bo‘rining bosh qismi topilgan. Shu bilan birgalikda 
parallel ravishda yuqori gori zontdan VIII–X qatlamlar o‘rganilgan. 
Oltintepa manzilgohi Kopetdog‘ etaklarida Oqmozor irmog‘i yoki 
Meanachay irmog‘i atrofida joylashgan. Undan shimoli-janubroqda 
ikkinchi irmoq Chachay oqib o‘tadi. Suvning bunday ko‘p bo‘lishi natija-
sida bu yerlar o‘sha hudud aholisi tomonidan tezda o‘zlashtirilgan. Bu 
yerda VI ming yillikka tegishli Joytun aholi punktlari ochilgan. 
Manjuqlitepa Berdiyev tomonidan 1966-yilda, Qadimtepa Karakova, 
Valovik, tomonidan o‘rganilgan. Manjuqlitepa Oltintepadan janubda 
bo‘lib, undan 1,5 km uzoqlikdadir. Olintepa dan eneolit davriga oid 


14 
hunarmandlar uylari qoldiqlari birinchi qazuv ishlaridan topila di. 1965–
1966-yillarda Namozgoh V davriga oid 3 ta quri lish gorizonti ochilib, uni 
Oltin IV nomi bilan ataladi. Shu vaqtning o‘zida Namozgoh IV davriga 
oid to‘rtburchak ko‘rinishga ega Oltin IV manzilgohi ochiladi. 1970-
yilda bu manzilgohning stratigrafiya sini o‘rganishda 4 metr kenglikda 
qazuv ishlari olib boriladi va Oltin V ochiladi. 1974-yilda bu hudud 
kengaytirilib, yangi ashyolar kiritish maqsa dida amalga oshiriladi. 
Oltintepadagi asosiy qazuv ishlari. G‘arbiy devorlar ikki qavatli 
ko‘rinishga ega bo‘sada, bizning fikrimizcha, bu devorlar butun ko‘p 
qavatli uylarning massivi bo‘lgan. Bu devorlarning ortida esa oval 
shaklida kollektiv ko‘rinishdagi qabrlar topilgan. Ular geoksyur qabrlar 
ko‘rinishini takrorlaydi. Bu qabrlarda 2 ta xona bo‘lib, nisbatan oldinda 
joylashgani 282, qolganlari 281 hisoblanadi. Ikka la qabrdagi suyak qol-
diqlari ham o‘ng tomonda joylashgan bo‘lib, bosh qismi shimolga 
qaragan. Qabrlar yonida 2 ta xum, Qoratepa usuliga mansub yozuv, 2 ta 
terrakota haykalchasi, 1 ta tosh taqinchoq, 1 ta misdan yasalgan yoyning 
uchi topilgan. Ikki mavsum davomida ( 1970–1974 yillarda) ko‘plab 
yangi ashyolar qo‘lga kiritilgan bo‘lib, ular Oltin X kompleksga tegish -
lidir. Bu yerda joylashgan yarim xrom shaklidagigeoksyur ko‘ri nishga 
ega idishlar, xumlarga bir xil mayda chizgilar bilan chizgi berilgan. 
Oltintepaning mudofaa devorlari bronza davriga tegish li bo‘lsada, bu 
devorlarning bo‘lgan bo‘lmaganligi haqidagi ma'lumotlar uzoq vaqtgacha 
ma'lum bo‘lmagan. Amorf ko‘rinishdagi oval shaklidagi chizgilarning 
bo‘lishi bu yerda devor umuman bo‘lmaganligi haqida ma'lumot beradi. 
Ammo, Oltintepada olib borilgan ko‘plab qazuv ishlari natijasida shunisi 
ma'lum bo‘ldiki, Oltintepa aholisi o‘z hududini himoya qilish maqsadida 
o‘rashgan. Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, Oltintepa 
manzilgohi o‘rta bronza ( yoki Namozgoh V) davriga tegishli bo‘lib, 
shahar ko‘rinishga ega bo‘lgan, yuqori ichki jihatlari bilan ajralib turgan 
hunarmandchilik g‘oyalari ustun bo‘lgan markaz bo‘lgan. Turk manis-


15 
tonda ilk shaharlarning vujudga kelishi III ming yillikning oxiri II ming 
yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi. Oltintepa manzilgohi qadimgi butun 
Sharq madaniyati beshiklaridan bo‘lgan. Unda qadimgi Mesopotamiya 
madaniyati va qadim Hind sivilizatsiyasi bo‘lgan Xarap paning 
ko‘rinishlari namoyan bo‘lgan. Qadimgi bu Oltintepa manzilgohi III 
ming yillik oxiri – II ming yillik boshiga tegishli bo‘lib, dehqonchilik va 
chorvachilik bilan shug‘ullanadigan manzilgoh bo‘lgan. 
Urbanizatsiya sari rivojlanish evolyusiyasi Janubiy Turkmanistonda uch 
taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi. Masalan, ilk dehqon makonlari kichikroq ovul-
lardan tashkil topgan bo‘lib, ularning maydoni 1-1,5 gektardan iborat edi. Eneolit 
davriga kelib esa yirik aholi punktlari tashkil topadi. Ularning maydoni 10-15 
gektardan iborat bo‘lgan. Bundan so‘ng o‘ziga xos vohaning markazi sifatida 
atrofidagi kichik qishloqlarni o‘ziga itoat qildirgan, yirik aholi punktlari paydo 
bo‘ladi. Janubiy Turkmanistonda shunday markaz Oltintepada namoyon bo‘ldi
11

Oltintepaning ijtimioy strukturasini o‘rganish borasida aholi yashaydigan uy-joy 
qurilish tuzilishi, jamoaviy dafn urf-odatlari bilan bog‘liq inventarlar, aholining 
oziq-ovqat iste'moli bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ham boy arxeologik ma'lu-
motlar to‘plandi. Shahar markaziy maydonida “aristokratlar kvartali”ning ochilishi, 
u bilan bog‘liq bo‘lgan mavzoleyning, qimmatbaho ashyolarning topilishi o‘sha 
zamon jamiyati sotsial stratigrafiyasining muhim elementi edi. 
V. M. Masson Oltintepa qadimgi ilk shahar qatlamlaridan Namozgoh IV va 
V davriga tegishli yuzdan ortiq ayol ma'budalariga chizilgan piktografik belgilarni 
topdi. Bu belgilar olimning fikriga qaraganda o‘zining shakli, xarakteri bo‘yicha 
xarappa va shumer hamda protoelam yozuvlaridan deyarli farq qilmaydi. Aynan 
shunday piktografik belgilardan 30 dan ziyodrog‘i Sopollitepadan ham topilgan 
edi. Afsuski, bu “yozuv”lar hamon mutaxassislar tomonidan atroflicha 
o‘rganilganicha yo‘q. Yozuvning mavjudligi esa ilk shahar xususiyatini 
belgilovchi muhim elementlardan biridir. 
11
Массон В. М. Протогородская цивилизации юга Средней Азии // – СА. – 1967. – №3. – С. 124. 


16 
Xususiy boylikning to‘plana borishi tufayli savdoning rivojlanishi, u bilan 
bog‘liq talonchilik, o‘sha zamonlarga xos bo‘lgan qaroqchilik, yangi hosildor 
yerlarni egallash uchun intilish, qishloqlarni talash singari alomatlar 
fartifikatsiyaning jadal rivojlanishiga omil bo‘ldi. 
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan boy arxeologik ma'lumotlar asosida 
Marg‘iyonada dastlabki urbonik jarayonni, ya'ni ilk shaharlarning tashkil topish 
dinamikasini kuzatildi. 
Fikrimizning xulosa qismida shuni aytib o‘tish lozimki, V. M. Masson 
Oltintepani ilk shaharmi yoki yo‘q, buni oydinlashtirmaydi
12
. Arxeolog A. 
Asqarovning fikricha, Oltintepa bronza davri jamiyatida shahar-davlat 
bo‘sag‘asida turgan ilk shahar, ibodatxona – shahar sifatida tasavvur qilish 
mumkin, deydi. Poytaxt yodgorlik – Oltintepada Namozgoh V davridan so‘ng 
shahar hayoti davom etmadi. Aholi shaharni asta-sekin tashlab, Murg‘ob vodiysi 
tomon ko‘chib ketganlar. Bunga dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantirish uchun zarur 
bo‘lgan suv zahirasining Oltintepa hududida juda chegarali bo‘lishi sabab bo‘lgan 
bo‘lishi mumkin
13

Marg‘iyonadagi yana bir muhim yodgorliklardan biri Gonur I hisoblanadi. 
Gonur I 20 gektar maydonga ega bo‘lib, bu yerda ark, yashash va hunarmandlar 
kvartallari joylashgan. U Gonur vohasining markazi bo‘lgan. Yodgorlik 1981–
1983 yillarda V. I. Sarianidi tomonidan qazib o‘rganilgan
14
. Yodgorlikning atrofi 
taqir maydondan tashkil topgan bo‘lib, tadqiqotchining fikriga qaraganda, bu 
atrofda kulollar kvartali va ustaxonalari joylashgan. Bu yerdan 10 ta xumdon 
qoldiqlarining topilishi bundan guvohik beradi. Xumdonlarning ayrimlari ikki 
yarusli. Arkning sharqiy mavzeida maydoni 10x10 metr hajmdagi “qurbonlik” 
qilinadigan sig‘inish joyi kuzatilgan. Qishloqning qarama-qarshi mavzeida 
120x130 metr hajmdagi to‘g‘ri burchakli qal'a topilib, uning 1,5 metr balandlikdagi 
devori saqlangan. Uning atrofi mudofaa devori bilan o‘rab olingan bo‘lib, 
burchaklarida diametri 7-8 metrga ega burj qoldiqlari saqlangan. 
12
Массон В. М. Альтын-депе... – С. 108. 
13
Асқаров А. А., Жўрақулов М. Ж. Энеолит ва бронза... – Б. 33. 
14
Сарианиди В. И. Древности страны…– С. 14. 


17 
Makonning eng baland joyida ark joylashgan bo‘lib, u to‘g‘ri burchakli 
shaklda 130x120 metr maydonga ega va uning joylanishi dunyoning to‘rt tomoniga 
qaratilgan. Ark o‘rab olingan mudofaa devorlari, burj va darvozalar bilan 
jihozlangan. Arkning ichki devori bo‘ylab to‘g‘ri burchakli plyastrlar o‘rnatilgan. 
Ularning o‘rtacha hajmi 110x90 sm bo‘lib, devor bo‘ylib bulardan 32-34 tasi 
joylashtirilgan. Arkning to‘rtala tomondagi ichki devorlari ham aynan shunday 
plyastrlar bilan jihozlangan. 
Shaharcha arki hozircha to‘la qazib tugallanmagan bo‘lsa-da, topilgan 
ashyoviy dalilar, jumladan, monumental arxitektura inshooti bu yerda eng qadimgi 
ibodatxona bo‘lganligidan dalolat beradi. 
Qazishmalar Gonurning qurilishi uch bosqichdan iborat ekanligini ko‘rsatdi. 
Birinchi bosqichda saroy binosi, ikkinchi bosqichda oddiy jamoa a'zolari uchun 
xonalar va uchinchi bosqichda esa inshoot tashlandiq holga kelgandan so‘ng 
qabristonga aylanadi. 
Topilmalar ichida sopol buyumlarning aksariyati naqshlanmagan. Sopol 
buyumlar sirtida odatda hayvon, ko‘pincha echki suratlari va o‘simliklar sxematik 
tarzda tasvirlangan. Masalan, ikkala orqa oyoqlarda tik turgan echkilarning tasviri 
Mesopotomiya yodgorliklarida ham kuzatiladi. Bundan tashqari krest (salb) 
shaklidagi belgilar ham uchratilgan. Yodgorlikning eng yuqori qatlamidan Yaz I 
ning so‘nggi davriga oid qo‘lda yasalgan sopol idish parchalari topilgan. Turli tosh 
jinslaridan yasalgan har xil taqinchoqlar alohida o‘rinda turadi. Shuningdek, 
toshdan siyqalab yasalgan muhr qiziqarli bo‘lib, unda nur sochgan alomat qirralar 
tasvirlangan. Metall topilmalardan har xil bezaklar, jumladan, bilakuzuklar, 
munchoqlar, igna, bigiz, juvoldiz kabilar taqdim qilingan. Shuningdek, bitta qalin 
xochsimon muhr arkning 4-xonasidan topilgan. Shuningdek, shu xonadan 
albastrdan yasalgan oyoqli kichik ko‘zacha topilgan bo‘lib, bu ashyo 
Marg‘iyonadan tashqari Baqtriya va Sharqiy Eron yodgorliklariga ham xos 
xususiyati bilan ajralib turadi.
15
Metall buyumlardan, shuningdek, bargsimon 
paykonlar ham bor.
15
Сарианиди В. И. Древности страны…– С. 32. 


18 

Yüklə 491,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin