Turkmaniston hududida joylashgan bu manzilgoh 1955 – 1963 yillarda tadqiq qilina boshlagan


II BOB. OLTPINTePA – JANUBIY O‘RTA OSIYoNING QADIMGI



Yüklə 491,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix17.06.2023
ölçüsü491,37 Kb.
#131664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
II BOB. OLTPINTePA – JANUBIY O‘RTA OSIYoNING QADIMGI 
SUG‘ORMA DeHQONChILIK MANZILGOHI SIFATIDA 
2.1. Oltintepa qadimiy shahar yodgorligi: xronologiyasi va tipologiyasi 
Ibtidoiy jamiyatning so‘nggi bosqichi taraqqiyoti davrida ayrim hollarda 
qabilaviy birlashmalar (qabila ittifoqlari, konfederatsiyalari) tashkil topgan. 
Birinchi davlat birlashmalari odatda biron bir hududiy yoki bir necha hududiy 
birlashmalarni o‘z tarkibiga olgan. Bunday davlatlar barqaror bo‘lishi uchun tabiiy 
chegara – tog‘, ko‘l, daryo hamda sug‘oriladigan magistral kanallar bilan 
chegaralangan. Aynan shunday chegaralangan kichik davlatlarning tashkil 
topishini “nom”lar deb shartli yuritilinadi. 
Nom – yunoncha mamlakat, viloyat, okrug ma'nosida qo‘llaniladi. Qadimgi 
Misrda ma'muriy okrug (misrcha sepat) Misr davlati yagona irrigatsiya tizimini 
barpo etish va ishlashi uchun zarur bo‘lgan siyosiy birlashmalar – nomlardan 
tashkil topgan edi. Har bir nomning aniq belgilangan chegarasi, siyosiy va diniy 
markazi, qo‘shini, gerbi va homiy xudolari bo‘lgan. Nomning ma'muriy apparati 
nomarxga bo‘ysungan. Aynan shunday nom tipidagi davlatlar mil. avv. III ming 
yillikdayoq yefrat daryosining pastki oqimlarida va Misrda tashkil topgan edi. 
Nom ibodatxonadan iborat markazga ega bo‘lgan. Ibodatxona bosh alloh-taolonng 
uy-joyi hisoblangan. Uning atrofida ma'muriyat jolashgan, oziq-ovqat va moddiy 
bog‘liq omborxonasi, qurol-aslahalar ombori, shu atrofda muhim hunarmandlar 
ustaxonasi joylashgan bo‘lib, ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida mudofaa 
devorlari bilan o‘rab olingan holda, shu tarzda birlamchi shahar, kichik bir 
davlatning poytaxti tashkil topadi. Bu markazning dastlabki vazifasi (umuman ilk 
sinfiy jamiyat shaharlari) ziyod mahsulotlar zahirasini yaratish va uni realizatsiya 
qilishdan iborat bo‘lgan. Shaharning boshqa funksiyalari (harbiy, siyosiy, sig‘inish 
va boshqalar) boshqalardan holi tarzida bo‘lgan. Tabiiyki, shaharlarning tashkil 
bo‘lish jarayoni sinfiy jamiyat va davlatning tashkil topish xronologiyasiga deyarli 
to‘g‘ri keladi
37

37
Аскаров А. А., Ширинов Т. Ш. Ранняя городская культура…– С. 144. 


30 
Harbiy turmush qarindosh qabilalarning yagona xalqqa birlashishga ko‘mak-
lashdi. Bu o‘z navbatida eng kuchli qabila harbiy boshliqlari (dohiylar) tomonidan 
boshqa qabilalar hokimiyatini zo‘rlik bilan bo‘ysundirilishiga olib keldi. Qadimgi 
Misrda, Akkadda, skiflarda, Mezoamerikada davlatchilik mana shunday tartibda 
qaror topdi. 
Din, ayniqsa, eng qadimgi xalqlarda, davlatchilikning paydo bo‘lish jarayo-
niga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi. Ibtidoiy jamiyatda har bir urug‘ o‘z otashparastlik 
diniga sajda qilar, o‘z “totem”iga ega edi. qabilalar birlashish davrida diniy 
normalar 
oliy 
hokimiyatning mustahkamlanishiga ko‘maklashdi. Yangi 
hukmdorlar sulolalari qabilalarni umumiy diniy aqidalar bilan birlashtirishga 
urindi. 
Davlatning paydo bo‘lishi eng avvalo aholining umumiy manfaatlarini 
amalga oshirish zaruriyat bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu jarayon har xil davrlarda 
turlicha yuz berdi. 
Davlat paydo bo‘lishiga olib kelgan omillarning o‘ziga xosligi davlatning 
tipologik xususiyatlariga ta'sir ko‘rsatdi. Masalan, Misr, Kichik Osiyoning 
davlatlari, Mesopotomiya, Mezoamerika va tog‘li Peruning birinchi birlamchi 
shahar-davlatlari va boshqa hududlarda tashkil topgan o‘rta asrlar davlatlari buning 
misolidir. 
Insoniyatga ma'lum bo‘lgan dastlabki davlatlar 5 ming yildan 2 ming 
yilgacha oldin dunyoning turli geografik mintaqalarida bir-biriga bog‘liq 
bo‘lmagan holda, odatda yirik daryolarning vodiylarida paydo bo‘ldi va madaniy 
sivilizatsiya markazlariga aylandi. Qadimgi Mesopotomiya (Dajla va Frot daryolari 
oralig‘i), shuningdek, boshqa qit'alarda hamda Markaziy Osiyo davlatlari, O‘rta 
Osiyo ikki daryo oralig‘i mana shunday davlatlar edi. 
Davlatning shaklanishi – uzoq davom etgan jarayon bo‘lib, u har xil 
xalqlarda turli yo‘llar bilan bordi. Davlatlarningpaydo bo‘lishini olimlar asosan 
ikki yo‘l bilan borganligini e'tirof qiladilar. Masalan, T. V. Kashanina davlat paydo 
bo‘lishining ikki yo‘lini ajratib ko‘rsatib, “Sharq yo‘li”ni “davlat hokimiyat”, 


31 
“yevropa yo‘li”ni esa “davlat mulkchilik” yo‘li deb atadi
38
. Bu ikki yo‘lning 
birinchisi haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, u davlat paydo bo‘lishining osiyocha ishlab 
chiqarish usuliga asoslangan “Sharq yo‘li” bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini 
irrigatsiya dehqonchiligi tashkil etgan. Bunda yer va irrigatsiya inshootlari 
davlatning mulki bo‘lgan. Dehqonchilik jamoasi jamiyatning asosiy bo‘g‘ini edi. 
Aholining qadimgi jamiyatning birinchi rivojlanish yo‘llarini o‘rganishda Shumer 
jamiyati manbalarida yaqqol ko‘rish mumkin. Shumerliklarda iqtisodiy jihatdan 
jamiyat sektorlarga bo‘lingan edi. Uning biriga yirik xo‘jaliklar kirgan holda, 
qaysiki, ularga ibodatxonalari hamda davlatni ifodalovchi yuqori mansabdor 
shaxslar kirar edi. Bu xo‘jaliklar asta-sekin birinchi yuz yillikda jamoa 
boshqaruvidan chiqa boshlagan. Boshqa bir sektorga dehqonchilik yerlari kirgan 
holda ozod aholi o‘zaro boshqarishda ishtirok qilardi. Boshqa bir sektorga qaram 
yerlar kirib, ozod aholi jamoa boshqaruvida qatnashgan. Bunday yerlar hududiy 
jamoalarga taalluqli bo‘lib, katta oila jamoalari patriarx boshchiligida 
boshqarilardi. Uy jamoalarininguchinchi-to‘rtinchi avlodlari bo‘lingan holda 
yashasalarda, ular bir-biriga qarindosh hisoblanib, o‘zlarining o‘tmish sajdagohiga 
ega bo‘lib, o‘zaro yordam an'analarini davom ettirardi. 
Keyinchalik birinchi xo‘jalik sektori davlat mulki bo‘lib qoladi va ikkinchi 
sektor xo‘jaligi esa yuqori mansabdorlar mulki bo‘lib, hududiy jamoalarga qaragan 
holda oila boshlig‘i tasarrufiga qarardi. Amalda esa bu yerlar bilan hududiy jamoa 
a'zolari jamoa nazorati asosida boshqarilardi. Jamoatchilar, ya'ni ikkinchi sektor 
ozod aholisi (jamoa - xususiy) odatda o‘zlari va oila a'zolari yordami kuchi bilan 
yerga ishlov berardilar. Biroq uy jamoalari va qavm-qarindoshlar jamoalari orasida 
mulkiy tengsizlik mavjud edi. Bu hodisa ayrim oilalarning ijtimoiy mavqyeidan 
qaram edi. Masalan, ayrim jamoatchilar kohinlar, oqsoqollardan iborat bo‘lishi 
mumkin edi. Ayrim hollarda tasodifiy ravishda ayrim jamoa a'zolari o‘zlarining 
ishbilarmonligi tufayli ham o‘z mulki bo‘yicha xo‘jayinlik qilishi mumkin edi. 
Harakatdagi mulk, uydan farqli ravishda yer maydoni, xurma plantatsiyasi har bir 
38
Кашанина Т. В. Происхождение государства и права. Современные трактовки и новые подковы. – М., 
1999. – С. 45–50. 


32 
oila a'zosiga tegishli alohida shaxs mulki edi. Jamoatchilarning ayrim oilalari o‘sha 
vaqtdagi o‘zaro yordam odati bo‘yicha yoki mahsulotni ayrim omadsiz 
jamoatchiga qarzga berish tufayli begona mehnatdan foyda ko‘rardi. Bunday 
kishilar ayrim hollarda o‘z qullariga ham ega bo‘lganlar. 
Keyinchalik davlat sektoriga aylangan yerlarga o‘rnashgan aholi shartli yer 
egalari edi, xolos. Sababi, yer ularga nafaqat kun ko‘rish uchun, shuningdek, 
ibodatxonalar uchun xizmat haqi yoki hokimiyat kohinlari uchun xizmati evaziga 
berilardi va hokazo. Shu bilan birga yer xizmati uchun ham individual tarzda 
ishlash uchun ham berilardi. Bunday yerga ota-bobolardan tashqari individual 
ishlash uchun ham berilardi. Bu vaqtda mahsulot qo‘shimcha daromadi shu yerni 
ijaraga berish foydasi bilan teng kelardi. Biroq bu yerlar ma'muriyatning ixtiyori 
bilan olib qo‘yilishi yoki almashtirilishi ham mumkin edi. ko‘pgina mehnatkashlar 
davlat sektoridan yer ololmasdan faqat ulush olardi. Shu bilan birga davlat 
sektorida band kishilar o‘ziga to‘q kishilar bo‘lib, ular boshqalar mehnatidan 
foydalanardilar va ayol qullarga ega edilar. Bunday kishilar aslida amaldorlar va 
harbiylarning yuqori mansabdorlari, mutaxassislashgan hunarmandlar hisoblanar 
edi. Ularga ham ibodatxona yerlarida ishlovchi dehqonlar yoki boshqaruv 
tashkiloti xo‘jalik mahsulotidan berib turilardi. Ular o‘z xizmat pillapoyalari 
bo‘ylab o‘sib borar va ma'muriy apparatlar ham ular hisobidan to‘ldirilardi. 
Ularning ayrimlari davlat sektorida o‘z yerlariga ega bo‘lsa-da, biroq amalda 
davlat xo‘jalik sektorini boshqarardi. Shuning bilan bir vaqtda davlat sektori 
kishilari orasida o‘z quli va qul ayollarga ega bo‘lgan kishilar ham bo‘lib. Bu 
qullarni sotishi va sotib olishi mumkin edi. 
Mil. avv. III ming yillikda yevfrat daryosining quyi oqimida tashkil topgan 
jamiyat tabaqalarga bo‘lingan edi. Yuqori tabaqaga jamoaning ozod a'zolari kirib, 
ular jamoatchilik yer mulkiga egalik boshqaruvida, dastlab hukumat boshlig‘i 
sifatida saylangan holda qatnashgan. Undan keyingi pastroq tabaqani ibodatxona 
yoki hukumat xo‘jaligini boshqaruvchi shaxslar tashkil qilardi. Ular xizmat haqi 
olgan holda yer mulkiga ega bo‘lmasligi ham mumkin yoki ulush olishi mumkin 
edi. Bundan tashqari qullar ham bo‘lib, tabaqadan tashqari turardi, qaysiki, ular 


33 
bilan hayvon qatorida munosabatda bo‘linar edi. Aslida ular huquqsiz,alohida 
tabaqani tashkil qilardi. Jamiyatning shunday tartibda tabaqalanishi eng qadimgi 
davrga tegishli edi.
39 
Shu masalani alohida qayl etish lozimki, ilk sinfiy jamiyat va dastlabki 
davlatlarning tashkil topish yo‘llari turlicha bo‘lishidan qat'iy nazar bu jarayonning 
kechishi Qadimgi Sharqqa xos bo‘lib, O‘rta Osiyoda ilk sinfiy jamiyat va dastlabki 
davlatchilikning tashkil topishi Sharq bilan chatishgan, o‘xshash holatda yuzaga 
kelgan.
40 
O‘rta Osiyoda dastlabki sinfiy jamiyat bilan bog‘liq ilk davlatchilikning 
tashkil topishi haqidagi masalalar bilan V. V. Bartold, S. P. Tolstov, Ya. G‘. 
G‘ulomov, V. A. Shishkin, A. V. Arsixovskiy, M. M. D'yakonov, I. M. D'yakonov, 
A. A. Roslyakova, A. A. Marushenko, V. M. Masson va boshqalar shug‘ullanib, 
ahamoniylar istilosiga qadar bu yerda yirik davlat birlashmalari bo‘lganligi 
haqidagi ayrim xulosalarni chiqarishib, bu ma'lumot manbalar O‘rta Osiyo xalqlari 
tarixida, shuningdek, boshqa bir qator asarlarda muayyan tarzda yoritilgan. Ammo 
shu yillarda arxeologik manbalarning yetishmasligi tufayli masala chuqur
atroflicha tadqiq qilishga imkniyat kam edi. 80-90- yillarda keng ko‘lamda olib 
borilgan arxeologik ishlar tufayli yangi, boy manbalar qo‘lga kiritilinib, bu 
masalaga yangi yondashuv asosida qaralib, bir qator asosli oydinliklar 
kiritilinishiga 
erishildi. 
Umumiy 
miqyosda 
qaralganda, 
o‘sha zamon 
olimlarimizning O‘rta Osiyoda tashkil topgan ilk sinfiy jamiyat va davlatchilik, 
xususan, siyosiy birlashmalar bo‘lgan Xorazm va Baqtriya haqidagi nazariyalar 
tarixan haqiqatga zid emas edi. 
Olimlarimizning so‘nggi yillardagi ilmiy xulosalariga qaraganda, O‘rta 
Osiyoda davlatchilikning tashkil topishi uzoq, bir necha yuz yilliklarni o‘z ichiga 
oladi. Aynan shu davrda ibtidoiy jamiyat jadal tarzda yemirila borib, Baqtriya 
singari yirik siyosiy birlashmalar tashkil topadi. Bu jarayonning sodir bo‘lishi 
uchun O‘rta Osiyo jamiyati uchun ham Qadimgi Sharq, xususan, Yefrat va Dajla 
39
История Востока в шести томах // Восток в древности. – М.: Восточная Литература, 1999. – С. 34. 
40
Аскаров А. А., Ширинов Т. Ш. Раняя городская культура… – С. 133. 


34 
daryolari oralig‘i jamiyati singari evolyusion taraqqiyotni o‘z boshidan kechirgan. 
Bu haqdagi tafsilotlarni yuqoridagi satrlarda keltirib o‘tdik. 
Xullas, evalyusion (peshma-pesh) taraqqiyot tufayli ibtidoiy jamiyat 
negizida ilk sinfiy jamiyat tarkib topa borib, siyosiy ma'muriyat shakllana bordi, 
jamiyat tepasida siyosiy strukturadan iborat boshqaruv tashkil topadi va ishlab 
chiqarishdan hosil bo‘lgan moddiy boylik ular qaramog‘ida to‘planib, jamiyat 
yetakchilari asta-sekin ham siyosiy, ham iqtisodiy boshqaruv funksiyalarini o‘z 
qo‘llariga oladi. Shunday qilib, jamiyatda ijtimoiy tengsizlik vujudga kelib, barcha 
hokimiyat oila – urug‘doshlik doirasi bilan bog‘liq bir guruh kishilar qo‘lida 
to‘planadi. 
Balkim, shunday bosqichni namozgoh IV–V davrlariga taalluqli jamiyatlar 
o‘z boshidan kechirgan bo‘lishlari mumkin. Aynan shu davrda monumental 
inshootlar paydo bo‘ladi, endilikda mehrob bilan bog‘liq sajdagoh uylar paydo 
bo‘lib, keyinchalik ular monumental ibodatxonalarga aylanadi. Bu davrga kelib 
monumental saroy inshootlari paydo bo‘ladi. Masalan, Oltintepa, Gonur-1, 
To‘g‘aloq-21, Jarqo‘ton, Dashli-3 yodgorliklarini shular jumlasiga kiritish 
mumkin. Diniy aqidalar bilan bog‘liq sajdagoh ibodatxonalar va ular bilan bog‘liq 
buyumlarni tobora ko‘payib borishi esa jamiyatda kohinlarning rolining oshib 
borishini ko‘rsatardi. 
O‘rta Osiyo jamiyati ijtimoiy hayotidan dalolat beruvchi muhrlar paydo 
bo‘lib, bu hodisa mulkchilik bilan bog‘liq oila – urug‘-aymoq an'analarining 
shakllanishidan dalolat berardi. Katta urug‘-aymoqlar orasida yer, mulk, suv uchun 
bo‘lgan mojarolar ularning bir nechtasining birlashishini hayotning o‘zi talab qilar 
‘di. Bu jarayonning doimiy o‘sib borishi ularning qabilaviy birlashmalarga 
uyushishini talab qilardi. Ayniqsa, tashqiy harbiy xavf-xatarlar qabilaviy 
uyushmalarning tezlashishiga olib keldi. Bunday turmush tarzida harbiy 
yetakchilarning roli oshib bordi va ular barcha huquqlarni qo‘lga olib, davlat 
apparatini bo‘ysundirish va obro‘ qozonish mashinasini shakllantirdi. Mana 
shunday tarzda “chifdom” instituti yuzaga kelib, bu hodisa siyosiy ma'muriyatning, 
ya'ni “protodavlatchilik”ning tashkil topishidan dalolat berar edi. “Chifdom” 


35 
haqidagi ijtimoiy tushuncha ingliz sotsiologlari tomonidan ishlab chiqilgan va 
fanga kiritilgan
41

“Chifdom” ingliz talqinida dohiylar ma'nosini bildirib, davlatchilikning 
tashkil topish arafasidagi siyosiy (ustqurma) struktura bo‘lib, uni ilohiylashtirilgan 
daho boshqargan, ammo hali ezish va majbur qilish singari kuchli apparat 
shakllanmagan edi. 
A. Asqarov va T. Shirinovlarning tahlillariga qaraganda, O‘rta Osiyo qabi-
lalari o‘z ijtimoiy taraqqiyot yo‘lida, shuningdek, Qadimgi Sharq xalqlarining 
avlodlari chifdom – protodavlat bosqichini boshidan o‘taganlar
42
. Sotsiolog L. S. 
Vasilevning xulosasiga qaraganda, jahornning barcha xalqlari “chifdom” 
bosqichini o‘tagan.
43
Xullas, “chifdom” amalda sinfiy jamiyat va ilk davlatchilik 
munosabatlarining yuzaga kelishini anglatib, ammo chifdom bilan ilk 
davlatchilikning muayyan farqi oralig‘ini belgilash qiyin
44
. Yuqorida qayd 
etilgandek, O‘rta Osiyoda “chifdom” tipidagi ilk davlatchilikning vujudga kelishi 
o‘tmish tarixining uzoq jarayonini o‘z ichiga oladi. Olimlar moddiy madaniyat 
manbalari taraqqiyot darajasiga qarab, bu davrni mil. avv. II ming yillik ikkinchi 
yarmi – I minginchi yillikning birinchi yarmi bilan belgilashmoqda. Bu davring 
moddiy madaniyat manbalari tarixan ikki taraqqiyot bosqichidan, ya'ni mil. avv. II 
ming yillik ikkinchi yarmi (so‘nggi bronza davri Namozgoh VI) mil. avv. X–IX 
asrlar va ilk temir davri – Yaz I va Yaz II bosqichidan iborat bo‘lib, u mil. avv. X–
IX asrdan I minginchi yillik o‘rtalarigacha bo‘lgan tarixiy jarayonni o‘z ichiga 
oladi. 
So‘nggi bronza va ilk temir davri O‘rta Osiyo jamiyatida kechgan muhim 
burilish payti bo‘lib, ibtidoiy jamiyat tizimining jadal inqirozi, sinfiy munosabatlar 
va davlatchilikning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Moddiy madaniyatda 
keskin o‘zgarishlar yuzaga kelib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi ham 
41
Васильев Л. С. Становление политической администрации // Народы Азии Африки. – 1980. – №1; 
Васильев Л. С. Протогосударство-Чифдом как политическая структура // НАА – 1981. – №6. 
42
Аскаров А. А., Ширинов Т. Ш. Раняя городская культура…– С. 136. 
43
Васильев Л. С. Становление политической администрации…– С. 175. 
44
Васильев Л. С. Становление политической администрации…– С. 174-б; Гуляев В. И. Структура власти в 
древнейших государствах Мезоамерики. Генезис и характерные особенности. От доклассового общества к 
раннеклассовым. – М., 1987. – С. 103–119. 


36 
o‘zgaradi. Aynan shu davrda ilk shaharlar paydo bo‘lib, bu hodisa jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan bog‘liq edi. Shahar madaniyatiningvujudga 
kelishi sinfiy jamiyat va davlatchilikning tashkil topishi bilan chambarchas 
bog‘liq
45

So‘nggi bronza davriga kelib, jamiyat iqtisodiy xo‘jalik sohalari agrar-
hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayonni 
boshqarish institutlari tashkil topib, ular shahar markazlaridan boshqarilar va aholi 
yirik monumental inshootlar, irrigatsiya sug‘orish kanallar qurishga jalb qilinar 
edi. bu kabi iqtisodiy o‘zgarishlar jamiyatning ijtimoiy tabaqalanishiga, xullas, 
sinfiy jamiyatning tezlashuviga olib keldi. Shunday qilib, ilk shaharlashish 
madaniyati, sinfiy jamiyat va davlatchilikning tashkil topishida muhim omil bo‘lib 
xizmat qildi. Sotsiolog Yu. V. Pavlenkoning tadqiqotlariga qaraganda O‘rta Osiyo, 
Eron va Afg‘onistonda yuzaga kelgan sinfiy jamiyat mahalliy asosda tashkil 
topgan bo‘lib, bu jarayonni Oltintepa, Namozgohtepa, Mundigak va boshqalarda 
kuzatish mumkin. Ular dastlabki nom tipidagi mustaqil shahar-davlatlar edi.
46 
Qadimgi Sharqda mil. avv. II ming yillikda asosan uchta tipdan iborat 
davlatlar mavjud bo‘lgan. Bularning biri kichik nom yoki shahar-davlatlar edi. 
jumaladan, Shumerda, Mesopotomiyaning yuqori qismida, Suriya va Finikiyada 
shunday nom shahar-davlatlar mavjud bo‘lgan. Xett, Mitani va O‘rta Ossuriya 
hududlaridagi davlatlar barqaror bo‘lmagan, konglemerat tipidagi davlatlar bo‘lib, 
kuchsizlari kuchlilariga soliq to‘lab turardilar. Bundan tashqari, Misrda, 
keyinchalik Quyi Mesopotomiya va Elamda, asosan yirik daryolar vohalarida katta 
hududlarni o‘z tarkibiga olgan yirik davlatlar ham tashkil topgan. Aynan shunday 
davlatlar mil. avv. I minginchi yillikda O‘rta Osiyoga tutash joylarda ham tashkil 
topgan bo‘lib, O‘rta Osiyoni ham shunday jarayonlar jumlasiga kiritish mumkin
47

Qadimgi Mesopotomiyaning shahar-davlatlari o‘z hududi bilan chegaralanib 
qolmagan holda yirik dehqonchilik vohalarini o‘z tarkibiga birlashtirgan. Masalan, 
45
Павленно Ю. В. Раннеклассовые общества. Генезис и пути развития. – Киев. Наукова думка, 1989. – С. 
52–74; Гуляев В. И. Города-государства Мая (структура и функции города ва раннеклассовом обществе). – 
М.: Наука, 1979. – С. 282; Массон В. М. Алтын-депе.. – С. 122–123. 
46
Павленно Ю. В. Раннеклассовые общества. Генезис и пути развития...– С. 109. 
47
История древнего мира. Расцвет древных обществ. Издание 3-ое. – М., 1989. – С. 10. 


37 
Ur “nomi” 90 kv km hududdan iborat bo‘lib, uning tarkibiga Muru, Ubayd 
shaharlari hamda bir necha qishloqlar ham kirgan edi
48

Keng miqyosda qaralganda bronza davrining so‘nggi va ilk temir davrlarida 
O‘rta Osiyoda tashkil topgan ilk shaharlar topografik jihatdan ham Mesopotamiya-
ning 
shahar-davlatlarga 
yaqin o‘xshashlik xususiyatlariga ega edi
49

O‘rganilayotgan davrda Baqtriyada 11 ta yirik dehqonchilik vohalari bo‘lib, ular 
hududlari 100 dan ortiq yodgorliklar qalamga olingan va o‘rganilgan. Biroq 
ularning barchasida ham shaharlar tashkil topgan emas, balki bu hodisa irrigatsiya 
vohalarida tashkil topdi. Bular jumlasiga Shimoliy Baqtriyadagi Jarqo‘ton, balki 
Mo‘loli, Janubiy Baqtriyadagi Dashli-3 yodgorliklarini kiritish mumkin. A. 
Asqarov va T. Shirinovlarning ma'lumotlariga qaraganda, Jarqo‘ton “chifdom” 
tipidagi maydaroq davlat ma'muriy markazi bo‘lib, Mesopotomiyadagi “nom”larga 
qaraganda barqaror bo‘lmasdan, amorf shaklidagi siyosiy birlashma bo‘lgan 
bo‘lishi mumkin
50

Jarqo‘ton siyosiy birlashmasi o‘z atrofidagi 25-30 km radiusdagi 4 ta, ya'ni 
Ulanbuloq, Bo‘stonsoy, Bandixonsoy, Xalkadjarsoy singari vohalarga o‘z ta'sirini 
o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Uning janubiy sarhadida joylashgan Sopollitepa, 
Dashli-1 qal'alari bu davlatning Janubiy Baqtriyadagi tayanch qal'alaridan iborat 
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 
Baqtriya hududlarida keng ko‘lamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan 
arxeolog olimlar A. Asqarov va T. Shirinovlarning xulosasiga ko‘ra mil. avv. II 
ming yillik oxiri va I ming yillik boshlarida O‘rta Osiyoning janubiy sarhadlarida 
shunday bir necha mayda, oddiy davlatchalar tashkil topgan bo‘lib, Jarqo‘ton, 
Dashli-3, Gonur-1, To‘g‘aloq-1, Ulug‘tepa, Namozgohtepa va Oltintepalar 
ularning markazlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Aynan shunday jarayon qo‘shni 
Eron Xorosoni va Seistonida ham kechgan. Xususan, Shumer hududida bu davrda 
48
История древнего мира…– С. 167. 
49
Аскаров А. А., Ширинов Т. Ш. Раняя городская культура…– С. 137. 
50
Аскаров А. А., Ширинов Т. Ш. Раняя городская культура…– С. 137. 


38 
13 ta kichik mustaqil davlatchalar mavjud bo‘lgan
51
. Mil. avv. I ming yillikda 
aynan shunday jarayon dunyoning boshqa mintaqalarida ham kechgan
52
.

Yüklə 491,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin