Turkmaniston hududida joylashgan bu manzilgoh 1955 – 1963 yillarda tadqiq qilina boshlagan


 Oltintepa qadimiy shahar yodgorligining moddiy manbalari



Yüklə 491,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix17.06.2023
ölçüsü491,37 Kb.
#131664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
2.2. Oltintepa qadimiy shahar yodgorligining moddiy manbalari 
Keyingi yillardagi tadqiqotlar tufayli O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari
xususan, Marg‘iyona va Baqtriya hududlari paleolit davridan boshlab odamzotning 
makoni bo‘lib kelganligi, mezolit davrining oxirlari va neolit davrida ularning 
merosxo‘rlari oddiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik asosida mahsulot ishlab 
chiqarishganlar. Bu jamoalar avlodlarining davomchilari esa bronza davrida, 
ayniqsa, uning so‘nggi bosqichlarida yirik aholi markazlarining, ya'ni ilk 
shaharsozlikning paydo bo‘lishida uning haqiqiy ijodkorlari bo‘ldilar. Bu 
jarayonning mahalliy asosda paydo bo‘lganligi va Sharq sivilizatsiyasining 
ajralmas qismi ekanligini olimlarimizning qator izlanishlarida o‘z yechimini topdi. 
O‘rta Osiyoda va xususan, O‘zbekistonda shaharlashish yoki urbanizatsiya 
masalalarini o‘ragnishda V. M. Masson, A. Asqarov, Yu. F. Buryakov, V. I. 
Gulyayev, A. S. Sagdullayev, P. Adams, V. I. Sarianidi, E. V. Rtveladze, Yu. V. 
Andreyev, E. V. Sayko, T. Sh. Shirinov kabi olimlarning tadqiqotlari muhim 
ahamiyatga egadir. Bu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi bronza davri va ilk 
temir asrida O‘rta Osiyo janubiy mintaqalarida yashagan xalqlar tarixida muhim 
burilish davri bo‘lgan. Zero, bu davr ibtidioy jamiyat tuzumining jadal tarzda 
inqirozi, sinfiy munosabatlar va davlatchilikning vujudga kelishi bilan 
xarakterlanib, aynan shu davrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bilan 
bog‘liq holda dastlabki shaharlar paydo bo‘ladi. 
O‘rta Osiyo ilk shaharlar tarixini qiyosiy o‘rganishda sivilizatsiyaning bir-
lamchi o‘choqlari hisoblangan Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy, Mezo-
amerika va boshqalar ham muhim ahamiyatga ega. Binobarin, qadimgi sivili-
zatsiyaning dastlabki o‘choqlari jahonning turli mintaqalarida va sharoit, 
xususiyatlari bilan bog‘liq holatda vujudga kelgan bo‘lsa-da, ular sinfiy jamiyatga, 
51
Гуляев В. И. Города Мая...– С. 76–77. 
52
Павленно Ю. В. Раннеклассовые общества....– С. 138; Дандамаев М. А., Луконин В. Г. Культура и 
экономика Древнего Ирана. – М.: Наука, 1980. – С. 41–71. 


39 
davlatchilik va shahar madaniyatiga o‘tish jarayonlarini yagona dialektik xususiyat 
birlashtirib turadi. Masalan, birinchi sivilizatsiyalar jamiyati sotsial strukturasini 
qaraydigan bo‘lsak, bu jarayon eski va yangi dunyoning qaysi mintaqasida sodir 
bo‘lishidan qat'iy nazar, u tarixiy taraqqiyotning umumiy qonuniyati asosida 
namoyon bo‘ladi.
53
Arxeolog, urbanolog V. I. Gulyayev yangi dunyodagi qadimgi 
Mayya jamiyatining sotsial strukturasini ochib berishda Mesopotamiya va Misr 
manbalaridan unumli foydalangan. Taniqli olim V. M. Masson ham turli qit'alarda 
tashkil topgan birinchi sivilizasiyalarni boshqalari bilan taqqoslab o‘rganishni 
ma'qullaydi. Ammo V. M. Masson va ayrim tadqiqotchilar, jumladan, K. K. 
Lamberg – Karlovskilar O‘rta Osiyoda bronza davrida vujudga kelgan oazis (voha) 
sivilizatsiyasi birlamchi o‘chog‘ bo‘lmasdan, balki u qo‘shni mamlakatlar 
hududidagi sivilizatsiya, xususan, Mesopotamiya, Eron, Hindiston ta'sirida tashkil 
topgan bo‘lishi mumkin, degan mulohazalarni olg‘a suradilar
54
. Ammo, taniqli 
arxeolog olimlardan A. Asqarov va T. Shirinov bunday tezislar jamiyat tarixiy 
taraqqiyoti umumiy qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini ta'kid etadilar, ya'ni bu 
mualliflar O‘rta Osiyo janubida tashkil topgan shahar madaniyati va sinfiy jamiyat 
mutlaqo mustaqil ravishda vujudga kelganligi va birinchi sivilizatsiya tashkil 
topgan mintaqalar singari u ham o‘sha qonuniyatlarni o‘zida to‘la aks ettirgan, 
degan yangi xulosalarni bildiradi.
55 
Urbanizatsiya jarayonini o‘rganish qaysi bir mintaqada sodir bo‘lmasin, u 
xalqlar tarixini o‘rganish bilan bog‘liqdir. Xususan, V. I. Gulyayev shaharlashish 
madaniyati haqida fikr bildirib, shahar jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy 
strukturani to‘g‘ri oydinlashtirib boradigan manba bo‘lib, bu hodisaning kelib 
chiqishi, uning ichki tizimini va o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalab beruvchi 
alomatlarni namoyon qiladi, deydi
56

Ko‘p yillar davomida tadqiqotchilar orasida O‘rta Osiyo jamiyatida urbani-
zatsiya jarayoni antik davrda boshlangan degan fikr humkron bo‘lib kelayotgan 
53
Аскаров А., Ширинов Т. Эпоха бронзы Юга Средней Азии. – Самарканд, 1993. – С. 10. 
54
Массон В. М. Первые цивилизации. – Л., 1989. – C. 193 Ламберг-Корловски К. К. Модели взаимодействия 
в III тысячилетий до н.э: от Месопотамия до долины Инда // ВДИ. – 1990. – №1. – С. 3–21. 
55
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 11–12. 
56
Гуляев В. И. Города-государства Мая (структура и функции города в раннеклассовом обществе) – М.:
Наука, 1979. – С. 92. 


40 
edi. Ammo urbanizatsiya xususiyatlariga ega bo‘lgan Marg‘iyonadagi Yoztepa, 
Shimoliy Baqtriyadagi Qiziltepa, shuningdek, Shimoliy Parfiyadagi Yelkantepa II, 
Dog‘istondagi Madau, Izzatko‘li, So’g‘ddagi Yerqo‘rg‘on, Farg‘onadagi Dalvarzin 
singari aniq shahar madaniyatiga ega bo‘lgan ilk temir davri arxeologik 
yodgorliklari inobatga olinmasdan kelindi. Bu yodgorliklar barcha xususiyatlari 
bilan aslda O‘rta Osiyoning haqiqiy shaharlari edi, degan aniq xulosani Yu. A. 
Zadneprovskiy bildiradi
57

A. Asqarov, T. Shirinovlarning so‘nggi yillarda olib borgan tadqiqotlari bu 
jarayonga yangi ilmiy oydinliklar kiritdi. O‘rta Osiyo ilk temir asri shahar 
madaniyati qisqa tarixiy hodisa bo‘lsa-da, u tashqaridan, ya'ni o‘zga yurtlardan 
kirib kelingan emas, balki urbonik ob'ektlarning uzoq davrlar taraqqiyoti mahsuli 
sifatida namoyon bo‘lgan, uning kelib chiqishi bronza davri madaniyati bilan 
bog‘liq, degan yangi xulosalar bildirildi
58
. Binobarin, O‘rta Osiyoning janubiy 
sarhadlarida, jumladan, Baqtriya va Marg‘iyona hududlarida bronza davri 
madaniyati (miloddan avvalgi III–II minginchi yillikning oxirlari)dayoq o‘troq 
dehqonchilik bilan bog‘liq hududlarda, mahalliy, tub negizga asoslangan 
irrigatsiya asosidagi an'anaviy sug‘orma dehqonchilik vohalari tashkil topgan edi. 
Ana shunday tarixiy vohalarda dehqonchilik iqtisodi bilan bog‘liq ilk shahar 
markazlari vujudga keldi. Bu davr shahar markazlariga Turkmanistondagi 
Oltintepa, Namozgohtepa, Ulug‘tepa, Gonur I, Janubiy O‘zbekistondagi 
Sopollitepa, Jarqo‘ton, Shimoliy Afg‘onistondagi Mundigak, Sharqiy Erondagi 
Shahri-So‘xta, Shimoliy Erondagi Gissar kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bulardagi 
shahar madaniyat o‘choqlari Qadimgi Sharq sivilizatsiyalari oralig‘ida – bir 
tomondan Shumer va Elam, ikkinchi tomondan Xarappa sivilizasiyasi oralig‘ida 
joylashgan bo‘lib, ularning barchasi yaqin aloqadorlikda rivojlanishda bo‘lganligi 
e'tirof qilinadi
59
/ To‘g‘ri, yuqorida nomlari zikr etilgan bronza va ilk temir davriga 
doir yodgorliklar ilk urbonik jarayoni nuqtai nazardan hozircha to‘laligicha 
o‘rganilmaganligi adabiyotlarda qayd etilgan. Ko‘pgina olimlar eng qadimgi 
57
Заднепровский Ю. А. Древние города и этапы урбанизации Средней Азии. Зоны и этапы урбанизации. – 
Т.: Фан, 1989. – С. 51. 
58
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 11–12. 
59
Аскаров А. К вопросу во выделении культуры Сапалли // Древняя Бактрия. – Л., 1974 – С. 154. 


41 
vaqtdan o‘rta asrlar davrigacha vujudga kelgan urbonik jarayon taraqqiyoti 
haqidagi modellarini ham taklif qilishmoqda. Masalan, Yu. A. Zadneprovskiy 
O‘rta Osiyoning dastlabki shahar bosqichini ilk temir asri bilan bog‘lagan holda 
Oltintepa, Namozgohtepa bronza davri yodgorliklarini “Qadimgi Sharq tipidagi 
shaharlar” deb atab, noaniqliklarga yo‘l qo‘ygan. Zero, bu yodgorliklar ilk temir 
asridan xronologik jihatdan ancha uzoq
60
. Yuqorida zikr etilgan tadqiqotchilar 
orasida B. A. Litvinskiy dastlab protogorod va miloddan avvalgi II ming yillik – I 
ming yillikning birinchi yarmiga doir eng qadimgi shahar-qishloqlarni e'tirof qilib, 
antik davr shaharlarini miloddan avvalgi VI–IV asrlar bilan belgilab, urbonik 
evolyusion jarayonni bir muncha oydinlashtirib bergan
61
. Ammo, A. Asqarovning 
firkicha, bu davrlashtirishda ham ayrim noaniqliklar mavjud. Jumladan, bu olim 
“protogorod” va “shahar” atamalariga muayyan aniqliklar kiritmaganligini 
ta'kidlaydi. Bu masalaga doir V. M. Massonning tadqiqotlari e'tiborga molikdir. 
Masalan, u urbanizatsiyani ikki asosiy bosqichga, ya'ni Qadimgi Sharq (mil. avv. II 
ming yillik – I ming yillik o‘rtalari) va antik davr (mil. avv. III, IV–V asrlar)ga 
bo‘lib, ilk shaharlarning vujudga kelishida ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotga 
asoslangan qator shahar tipidagi qishloqlarning vujudga kelishini konkret tarixiy 
jarayon bilan bog‘lagan holda to‘g‘ri tushuntirib bergan bo‘lsa-da, biroq miloddan 
avvalgi III ming yillikka doir Oltintepani shahar sifatida xarakterlamaydi, ya'ni 
Oltintepa shaharmi yoki protogorodmi, bu haqda aniq fikr bermaydi.
62
Bu borada 
A. Asqarov bir muncha aniqliklar kiritib, Oltintepani “ibodatxona shahar” degan 
fikrni bildiradi. Shaharlar tarixi ustida tadqiqot olib borgan olimlardan biri V. I. 
Sarianidi shahar tipidagi yodgorliklar miloddan avvalgi III ming yillikda, bronza 
davrida tashkil topganligi haqida fikr bildirib, unga Janubiy Baqtriyadagi Dashli-1 
yodgorligini misol tarzida ko‘rsatadi
63

60
Заднепровский Ю. А. Древние города и этапы урбанизации Средней Азии. Зоны и этапы урбанизации. – 
Т.: Фан, 1989. – С. 51; Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 12. 
61
Литвинский Б. А. Древний среднеазиатский город (Местные традиции и иноземные модели) // Древний 
Восток. – Города торговля (III-I тыс. до н.э.), – Ереван, 1973. – С. 102–105. 
62
Массон В. М. Процесс урбанизации в древней Средней Азии // Тезисы докладов сессии, посвященной 
итогам археологических исследований в 1972 году в СССР. – Т., 1973. – С. 36; Массон В. М. Типология 
древних городов и исторический процесс // Древние города. Материалы к Всесоюзной конференции 
«Культура Средней Азии и Казахстана в эпоху раннего средневековья». – М.: Наука, 1977. – С. 5–7. 
63
Сарианиди В. И. Древние земледельцы Афганистана. – М.: Наука, 1977. – С. 19–21. 


42 
A. Asqarov o‘z shogirdlari bilan Janubiy O‘zbekistonda ko‘p yillar uzluksiz 
tadqiqot ishlari olib borib, urbonik jarayonlarni o‘rganishda muhim natijalarga 
erishdi. Jumladan, u Sopollitepa va Jarqo‘tonda ko‘p yillar qazishma tekshiruv 
ishlarini bajargan holda bu yodgorliklarni ilk shahar yoki protogorod toifasiga 
kiritdi.
64
Yana bir ushbu soha bilimdoni N. Negmatov esa urbonik jarayonning 
boshlanishini eneolit va ilk bronza davri ekanligi haqida xulosalar beradi.
65 
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan tadqiqotchilar tomonidan urbonik 
jarayonning boshlanishini bronza davri, ya'ni miloddan avvalgi III–II minginchi 
yillikning eng so‘nggi bosqichlariga mansub va O‘rta Osiyodagi bu davr yodgor-
liklari ilk shaharlardir deb tan olingan. Ammo shaharsozlik madaniyatining ayrim 
tomonlari hozircha to‘liq ochib berilgan emas. Bunga O‘rta Osiyo urbanizatsiya 
jarayoni Qadimgi Sharqdan farqli o‘laroq, bu yerda o‘rganilayotgan davrdagi 
yodgorliklarda yozuv bilan bog‘liq manbalarning hozircha qo‘lga kiritil-
maganligidir va ilk shaharlarini o‘rganishdagi yagona manba arxeologiya 
materiallari bo‘lib qolayotganidir. Bundan tashqari, sobiq ittifoq tarixchilari 
orasida uzoq vaqt bronza davri ibtidoiy jamiyat tuzumi degan xulosa bilan ilk 
shaharlar muammosini tadqiq qilishda ilmiy manba bo‘lmay keldi. 
Shuni aytish lozimki, ibtidoiy institutlarning inqirozi va sinflashish jarayoni 
bir vaqtning o‘zida muayyan jamiyat negizida sodir bo‘ladi. Insoniyat jamiyati 
tarixiy taraqqiyoti jarayoni uzluksiz sakrashlar va evolyusion taraqqiyot mahsuli 
sifatida alohida mintaqa, vaqt va zamonda sodir bo‘lib, o‘z davri uchun progressiv 
hodisa edi. Ilk shaharlar jahonning qaysi mintaqasida tashkil topgan bo‘lmasin, bu 
hodisa uzoq davrlarni o‘z ichiga olgan tarixiy yuksalish va inqiroz jarayonlarini 
boshdan kechirgan. Oddiy tarzda vujudga kelgan “Chifdom” tipidagi dastlabki 
davlatchilik nihoyatda sodda, uyushmagan holda, beqaror bo‘lgan. Lekin 
davlatchilikning ilk bosqichiga xos inqirozlarni o‘z boshidan kechirgan. Bir necha 
yuz yillar o‘tishi davomida kuchli, barqaror davlatlar tashkil topib, bunday tarixiy 
jarayonni O‘rta Osiyo ilk temir davrida aniq kuzatish mumkin. 
64
Асқаров А. А., Жўрақулов М. Ж. Энеолит ва бронза даврида Ўрта Осиё. – Самарқанд, 1984. – Б. 87–97. 
65
Негматов Н. Н. К концепции урбанизации Азии: модель и ступенчатость. // Зоны и этапы урбанизации. 
Тезисы докладов региональной конференции. – Т.: Фан, 1989. – Б. 28. 


43 
Yuqorida zikr qilingan masalalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni tahlil 
etishda A. Asqarov va T. Shirinovlar ilk shahar masalasining nazariy jihatlarini 
e'tiborga oldilar. “Shahar” va “sivilizatsiya” tushunchalarini o‘zaro dialektik aloqa-
dorlikda qarab, bir qator ilmiy xulosalarni ishlab chiqdilar
66
. Ularning fikricha, 
shahar tushunchasining shakllanishi bir qadar murakkab hisoblanadi va bu haqda 
turli nuqtai nazarlar mavjud. “Shahar” tushunchasi, uning son jihatidan tahlili, 
struktural-morfologik xususiyatlari asosida sharhlab borildi.
67 
Ko‘p yillik tadqiqotlar va manbalarning tahlili shundan dalolat beradiki, 
bronza davridagi Janubiy O‘rta Osiyo ilk shaharlari qishloq xo‘jalik okruglarining 
markazi, shuningdek, muayyan vohaning ma'muriy va diniy markazlari 
hisoblangan. Yuqorida bayon etilganidek, ilk shaharlarning struktural – morfologik 
va funksional tahlillari haqidagi masala yuzasidan olimlar orasida turlicha 
qarashlar mavjud. Ilk shaharlarni xarakterlashda, ayniqsa, struktural tahlili muhim 
bo‘lib, shundan kelib chiqqan holda shahar funksiyasini aniqlash mumkin. 
Shuningdek, ilk shaharlarning strukturasini belgilashda avvalo arxeologik 
alomatlarni aniqlash muhimdir. 
O‘rta Osiyo bronza davridagi ilk shaharlarning xususiyatlarini belgilashda 
A. Asqarov va T. Shirinovlar ishlab chiqqan metodologik belgilar bir muncha 
xarakterlidir. Xususan, ular ilk shaharlarga xos bo‘lgan ko‘pchilik mutaxassislar 
tomonidan ma'qullangan 9 ta asosiy belgilarni keltiradilar
68
. Jumladan: 1) jamiyat 
yuqori tabaqalari turadigan monumental saroyning mavjudligi; 2) monumental 
saroy va ibodatxonasi bo‘lib, u oazisning sig‘inish markazi sifatida mavjudligi; 3) 
atrofi devorlar bilan o‘rab olingan ark, ya'ni e'tiborga molik joy va jamiyatning 
nufuzli kishilari yashaydigan saroy komplekslarining mavjudligi; 4) maydoni 3-6 
ga dan kam bo‘lmagan joyga ega kompleks qurilishlari bilan band bo‘lgan va 
boshqa jamoa xo‘jaliklari joylashgan muayyan joyning markazlashuvi holati va 
irrigatsiya – dehqonchilik bilan bog‘liq oazisi; 5) hunarmandchilik kvartalining 
mavjudligi. Yuksak rivojlangan hunarmandchilik – sopolchilik, zargarlik, 
66
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура…– С. 13–15.
67
O’sha joyda…– C. 10–17. 
68
Аскаров А., Ширинов Т. Ранняя городская культура… – C. 20. 


44 
metallurgiya, to‘qimachilik, qurilish, teri, toshni hamda boshqa narsalarni qayta 
ishlash bilan bog‘liq alomatlarning mavjudligi; 6) “dohiylar” qabri va aso, zargar-
lik buyumlari, boylikni bildiruvchi muhr ramzlari; 7) oddiy aholi kvartallaridan 
farq qiladigan monumental qurilishlar (saroy, butxona, ibodatxona)ning 
mavjudligi, shuningdek, ularning tashqi ko‘rinishi, rejalashtirilishi, boshqalardan 
ajralib turishi, uylarning saranjomligi (sufa, devorlarning ohak aralashmasi bilan 
suvalganligi), xona pollarining suvalganligi, ular bilan bog‘liq topilmalarning 
mavjudligi; 8) ushbu madaniyat hududiga xos bo‘lmagan topilmalar: sopol, suyak, 
tosh, metall buyumlar, qaysiki, savdo munosabatlarini bildiruvchi alomatlarning 
mavjudligi; 9) primituv yozuv, gliptika, epigrafika topilmalarining mavjudligi. 
To‘g‘ri, A. Asqarov bu model O‘rta Osiyo ilk shaharlari uchun universal 
bo‘lmasdan, balki u o‘rganilayotgan mintaqa va shahar xususiyatiga bog‘liq 
ekanligini ham unutmaslik lozimligini qayd qiladi. 
O‘rta Osiyo ilk shaharlarini xarakterlovchi bu alomatlarning 1, 2, 3, 4, 7 lari 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, qolganlari ikkinchi darajali hisoblansa-da, vaqt va 
zamonda shahar rivoji jarayonida bu alomatlar doim o‘zgarib borganligini 
ko‘rsatadi. Masalan, ilk shaharlarning tashkil topishda savdo munosabatlari hyech 
qanday rol o‘ynamagan, shaharning geografik joylanishiga qarab, savdo ishlari 
muhim omilga aylanishi mumkin. Shuningdek, ilk shaharlar uchun yozuvning 
bo‘lishi, albatta, shart bo‘lmasligi, og‘zaki mifologik an'analar rivojlangan bo‘lishi 
mumkin. Lekin bu vaqtlarda davlat apparati ancha sust taraqqiy qilgan. 
Shunday qilib, O‘rta Osiyo bronza davri ilk shaharlari morfologik jihatdan 
kompleks qurilishga, maydoni 3-6 ga dan kam bo‘lmagan hududni o‘z ichiga 
olgan, arxitektura binolarining bir muayyan joyda to‘planganligi, monumental 
binolar bilan bog‘liq dunyoviy va diniy inshootlarining, shuningdek, 
hunarmandchilik kvartali, qalin devorlar bilan o‘rab olingan qal'a, muhrlar va 
boshqa topilmalar bilan bog‘liq xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. 
Ijtimoiy-siyosiy jihatdan qaralganda ilk shahar ishlab chiqarish kuchlarining 
markazlashgani, avvalo, dehqonlar jamoasining kuchli differensiatsiyalashganligi 
va shu kabi omillar “chifdom” tipidagi sodda davlatchilikning vujudga kelishidan 


45 
dalolat beradi. Xullas, ilk shaharlar voha dehqonlarining xo‘jalik, ma'muriy va 
sig‘inish markazi hisoblangan. Ilk shaharning tashkil topishi tarixiy hodisa sifatida 
qadimgi jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy sohalarda yuzaga 
kelgan murakkab jarayonning mahsuli bo‘lib, bu manzara, ayniqsa, arxeologik 
manbalarda o‘z aksini topgan. Fandagi muammoviy masalalardan biri – bu 
shaharlashish, ya'ni shaharning vujudga kelish masalasidir. 
Shaharlashish omillari aniq tarixiy sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya va 
jo‘g‘rofiy holatdan kelib chiqib, uning ichki qurilishi ham doimo o‘zgarib boradi. 
Shaharning tug‘ilishi to‘g‘risida ikki nuqtai nazar mavjud. Shulardan biri ommaviy 
ta'limot bo‘lib, fanda «shahar revolyusiyasi» nomi bilan ataladi. Bu atama dastlab 
o‘tgan asrning 50-yillaridayoq G. Chayld tomonidan qo‘llanilgan edi. Ikkinchisi, 
“evolyusiya” nomi bilan atalib, bu ta'limot birinchisini inkor qilgan holda 
shaharning bosqichma-bosqich taraqqiyoti tufayli vujudga kelishini nazarda tutadi. 
Bu ta'limot G. Adams, V. M. Masson, Yu. V. Andreev, A. A. Asqarov, T. Sh. 
Shirinovlar tomonidan ilgari surilmoqda. Bizningcha, shaharning vujudga kelishi 
evolyusion taraqqiyot asosida bo‘lishi haqidagi ta'limot bir muncha to‘g‘ridir. 
Chunki shahar tarixiy tushuncha bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va 
texnikaviy taraqqiyot mahsulidir. 


46 
XULOSA 
Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyonada ilk shaharlarning vujudga kelishida 
avvalo, tabiiy muhitning barqarorligi, yer, suv, iqlim va boshqa jo‘g‘rofiy 
omillarning mavjudligi, eng muhimi, irrigatsiyaga asoslangan sug‘orma dehqon-
chilikning samaradorligi, shuningdek, texnologik taraqqiyot singari omillarning 
mavjudligi natijasida dehqon va dehqon bo‘lmagan jamoalarni oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan ta'minlanishga sharoit yaratildi. Bu iqtisodiy omillar aholining 
barqaror, qo‘nim yashashiga qaratilgan edi. 
O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida rivojlangan bronza davriga kelib, 
g‘ildirakli aravalar kashf qilindi, sopol idishlarni pishirish, metallni eritish va 
qoliplarga quyish texnologiyalari kashf qilinib, mehnat qurollarining takomillashu-
viga, ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishiga va oqibatda mehnat unum-
dorligining oshishiga olib keldi. Endilikda yerga ishlov berish, xususan, haydash 
yo‘li bilan yumshatish uchun omoch va aravalarga qo‘shiladigan hayvon kuchidan 
foydalanish singari xo‘jalik yangiliklari vujudga keldi. Uy-joylarni dahalarga 
bo‘lish, me'moriy komplekslarni reja asosida qurish kabi texnologik yangiliklar 
joriy qilindi. Shaharlashishning vujudga kelishida ijtimoiy omillar, ya'ni 
jamiyatning tabaqalanishi, shu asosda ma'muriy boshqaruvning shakllana borishi, 
diniy yetakchilikning tashkil topishi singari omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Bu omillarning yagona dialektik aloqasi tufayli shaharlashish jarayoni sodir bo‘ldi. 
Sug‘orma dehqonchilikning tashkil topishi aholini oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan ta'minlashda muhim omil bo‘ldi. Bu hodisa keyinchalik kishilarning 
muayyan muzofotda muqim yashashga olib keldi. V. M. Massonning xulosasiga 
qaraganda, O‘rta Osiyoda tashkil topgan qishloqlarning ayrimlari kishilarning bir 
necha ming yilliklar davomida qo‘nim yashaganligidan guvohlik beradi
69

Masalan, eneolit davriga kelib, ya'ni miloddan avvalgi IV–III ming yillikda 
uylarning hajmi kengayib, soni ham ko‘payadi, shu asosda yashash massivlari 
kvartallar, ularni gir aylantirib olgan devorlar va ko‘chalar tashkil topib, bu 
manzarani olimlar shaharning embrion belgilari edi, deb talqin qiladilar. 
69
Массон В. М. Средняя Азия и Древний Восток – М–Л, 1964. – С. 26. 


47 
Bronza davriga kelib, ya'niqishloqlar son jihatidan ko‘payadi, ularning sifati 
ham o‘sib boradi. Endilikda yangi vohalar o‘zlashtirila boriladi, irrigatsion kanallar 
quriladi, sug‘orma maydonlar kengayadi va hokazo. Xullas, bu taraqqiyot oqibatda 
sifat o‘zgarishlariga olib keldi. 
Ayrim yirik qishloq-qo‘rg‘onlarning, jumladan, Oltintepa, Gonur-1, Jarqo‘-
ton, Dashli-3 singarilarning ichki qurilishi boshqalardan jiddiy farq qilib, endi 
ularda hovli, ibodatxona, hunarmandchilik kvartallari, mudofaa devorlari bilan 
o‘rab olingan qal'a kabi monumental binolar paydo bo‘ldi. Bu davr ijtimoiy 
hayotidagi muhim o‘zgarishlardan biri mulkchilikning paydo bo‘lishini 
ifodalaydigan muhrning paydo bo‘lishi edi. Bu hodisa dehqonchilikda ishlab 
chiqarishning rivojlanishini, shu asosda boshqaruv apparatining tashkil topishi, 
ayrim kishilarning ixtiyorida ziyod mahsulotning vujudga kelganligidan guvohlik 
beradi. 
Demak, ilk shaharlar, avvalo, irrigatsiya dehqonchiligi mukammal rivojlan-
gan hududlarda tashkil topib, O‘rta Osiyo janubida ilk shaharlarining vujudga 
kelishida agrar xo‘jalik faktori muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Shunday qilib, A. Asqarov, T. Shirinovlarning tahlillariga ko‘ra, O‘rta Osiyo 
sharoitida miloddan avvalgi VI–I ming yilliklarda tashkil topgan qishloqlardan ilk 
shaharlarning yuzaga kelish dinamikasi uch bosqichdan, ya'ni birinchi bosqich – 
kichik jamoalardan tashkil topgan yashash makonlari, ikkinchi bosqich – 
protogorod-shaharmonand makonlar (mil. avv. III–I ming yilliklar), uchinchi 
bosqich III–I ming yilliklarda rivojlangan bronza va ilk temir asrlarida vujudga 
kelgan ilk shaharlardan iborat. 
O‘rta Osiyo ilk shaharlar madaniyati bevosita ilk dehqonchilik qishloqlari 
negizida uzoq evolyusion yo‘lni bosib o‘tish tufayli tashkil topgan. Agrar 
dehqonchilik xo‘jaligidan tashqari shaharlashish omillaridan yana biri – bu tabaqa-
lashgan jamiyatning ijtimoiy muhitidan dalolat beruvchi ma'muriy, xususan, saroy 
kompleksi va sig‘inish (ibodatxona) markazlaridir. Bular ilk shaharlarning 
birlashuvi uchun xizmat qilgan. Demak, ilk shaharlar siyosiy va sig‘inish 
markazlari vujudga kelgan joylarda vujudga kelgan bo‘lishi ham mumkin. 


48 
V. M. Massonning fikricha, birinchi sivilizatsiya moddiy madaniyati 
qanchalik aniq bo‘lmasin, ilk shaharlarning tashkil topishida, shuningdek, sinfiy 
jamiyatning tashkil topishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish asosiy harakatga 
keltiruvchi kuch ekanligini unutmaslik kerak
70

Ilk shaharlar aholisining muayyan qismini hunarmandlar, boshqaruv 
apparati, kohinlar, ibodatxona xizmatkorlari va boshqalar tashkil qilgan. Son 
jihatidan qaralganda, bu aholi ilk shahar aholisining kichik bir qismi bo‘lgan. 
Aynan shunday tabiiy yo‘l, ya'ni ilk shaharlarning tashkil topishi, qurilishi va 
vazifasi Mesopotamiya, Mezoamerika va Hindistonda vujudga kelgan birinchi 
sivilizatsiya o‘choqlariga ham tegishlidir. O‘rta Osiyo sivilizasiyasi balki birinchi 
bo‘lmasa-da, ammo u mustaqil sivilizatsiya o‘chog‘i hisoblanadi. Shunday ekan, 
O‘rta Osiyo ilk shaharlari madaniyati Qadimgi Sharqning umumiy urbonik 
qonuniyati jarayonidan uzilib qolgan hodisa emas. 
Ishimizning muxtasar qismida Qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona muzofot-
larida shaharlarning vujudga kelishi haqidagi mulohazalarga doir yana bir fikrni 
alohida eslatish lozim, ya'ni A. Asqarov rahbarligida 1969 yildan e'tiboran olib 
borilayotgan dala tekshiruv ishlari boy arxeologik manbalar asosida fanga yangi 
xulosalarni kiritdi. Jumladan, Janubiy O‘zbekiston – Qadimgi Baqtriya 
hududlaridagi bronza davri yodgorliklarining o‘rganilishi, ularning Qadimgi Sharq 
sivilizatsiyasida tutgan o‘rni va ahamiyati ochib berildi. Xususan, Sopollitepa, 
Pshaktepa, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bo‘ston kabi ilk va proto shaharlar va qishloq 
qoldiqlari, ular bilan bog‘liq dafinalar qunt bilan o‘rganilib, Shimoliy Baqtriyada 
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yangi markazi – o‘troq dehqonchilik va uning 
negizida ilk shahar madaniyatining yangi o‘chog‘i Sopolli madaniyatining fanga 
kiritilishi bo‘ldi. 
Xullas, Sopolli yodgorliklarini o‘rganish davomida qo‘lga kiritilgan boy 
arxeologik manbalar O‘zbekiston xalqlari tarixida yangidan-yangi sahifalarni 
ochdi. Jumladan, avvalgi tasavvurlarga zid o‘laroq, qadimgi dehqonchilik 
madaniyati deyarli 1000 yilga qadimiylashtirildi. O‘zbekistonda shaharlashish 
70
Массон В. М. Древние цивилизации Средней Азии // Древние цивилизации. – М.: Мысль, 1989. – С. 61. 


49 
madaniyati esa bundan 3,5 ming yil (Jarqo‘ton) avval, ya'ni miloddan avvalgi II 
ming yillik o‘rtalari bilan belgilanadi. Qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi va 
rivojlanishi ilk davlatlar tarixi bilan uzviy bog‘liqligi ilmiy jihatdan isbotlandi. 
Bular “Katta Xorazm” va “Qadimgi Baqtriya podsholik”lari edi. Antik davrga 
kelib esa ular o‘rnida, O‘zbekiston hududlarida bir necha qudratli davlatlar tashkil 
topdi. 


50 

Yüklə 491,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin