Turkiya iqtisodiyoti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə2/3
tarix18.09.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#145086
1   2   3
Moliya fanidan Ramizova Nozima. Turkiya

Iqtisodiyoti

  • Turkiyadagi davlat xarajatlari 2023 yilning ikkinchi choragida 67390992 ming TRYga (2,511 milliard dollar) oshdi. Maksimal hajm 78811000 ming TRY, eng kami esa 20942408 ming TRY edi.
  • Turkiya G‘aznachilik va Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat sentabrda oylik 78,6 milliard lira (4,2 milliard dollar) moliyaviy taqchillikka duch keldi.
  • Bu joriy yildagi eng katta kamomad. Avgust oyida soliq tushumlarining ortishi tufayli byudjet 3,6 milliard lira profitsit bilan chiqqan edi.
  • Bundan tashqari sentabr oyida davlat daromadlari 206,9 milliard lira bo‘lib, o‘tgan oyga nisbatan kamaygan, lekin o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,1 foizga o‘sgan.
  • Davlat soliq daromadlari 173,4 mlrd lirani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 81,4 foizga oshgan.
  • Turkiyaning yanvar—sentabr oylaridagi budjet kamomadi 45,5 milliard liraga yetdi. Mamlakatda tarixdagi eng yirik inflyatsiya qayd etilmoqda.
  • Avvalroq sanksiyalar fonida Turkiyaning Rossiyaga eksporti yangi rekord darajaga ko‘tarilgan edi.
  • Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002-yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.

Turkiya va O‘zbekiston

  • Qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorlik ham samaralidir. Chunonchi, xorijlik hamkorlar bilan birgalikda Orol dengizining qurigan Femida oʻrmonchilikni tashkil etish va kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihada turk tomoni ham oʻzining ishtirok etishini bildirdi. Mazkur loyihani amalga oshirishga hissa qoʻshish uchun Turkiya 2 dona MB Trac 1100 Mersedes traktori va boshqa texnik jihozlar ajratdi. Madaniygumanitar sohadagi hamkorlik Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saklash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1991-yil 19 dekabr), madaniy aloqalar toʻgʻrisida hamkorlik bitimi (1993-yil 22-iyul), ilmiy-texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisida bitim (1995-yil 9-iyul) asosida rivojlanib bormoqda.
  • 1993-yil Turkiyada Oʻzbekiston madaniyat kunlari oʻtkaziddi va unda respublikamizning 60 nafar madaniyat va sanʼat vakillari ishtirok etdi. 1994-yil oktabrda 48 kishidan iborat turkiyalik sanʼatkorlar guruxi „Turk dunyosi madaniyati va shodligi kunlari“ doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurib, Toshkent va Samarqand shahrilarida konsertlar berdi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bilan Anqaradagi Bilkent universiteti oʻrtasida malaka oshirish, tajriba va mutaxassislar almashish, qoʻshma konsertlar tashkil etish borasida oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan. Samarqandda oʻtkazilayottan „Sharq taronalari“ xalqaro musiqa festivalida turkiyalik sanʼat ustalari ham muntazam qatnashib kelmoqdalar. Oʻzbekistonda „Uzbekistan— Turkiya“ doʻstlik jamiyati bu sohadagi ishlarga samarali hissa qoʻshmoqda.
  • Fan va texnika sohasida Oʻzbekiston Fan va texnologiyalar markazi bilan Turkiyaning fan va texnik tadqiqotlar kengashi oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Keyingi yillarda oʻzbekistonlik olimlar yadro fizikasi, biol., ekologiya, qishloq xoʻjaligi. kabi sohalarda Turkiya ilmiy markazlari tomonidan oʻtkaziladigan konferensiya va simpoziumlarda muntazam ishtirok etib kelishmoqda.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin