Turkiya iqtisodiyoti



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə1/3
tarix18.09.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#145086
  1   2   3
Moliya fanidan Ramizova Nozima. Turkiya

Turkiya


Bajardi: SBXA-96 guruh talabasi Ramizova Nozima
Qabul qildi: Sherov. S
Toshkent 2023-yil.

Reja.

  • 1. Turkiya byudjet tizimini mazmuni va mohiyati.
  • 2. Turkiya byudjet tizimining daromadlari.
  • 3. Turkiya byudjet tizimining xarajatlari.
  • 4. Turkiya byudjet tizimining O‘zbekiston bilan farqi va o‘hshashligi.

Turkiya

  • Turkiya (turkcha. Türkiye), Turkiya Respublikasi (turkcha. Türkiye Cumhuriyeti) - Osiyoning gʻarbiy qismi va Yevropaning jan. Turkiyaning poytaxti - Anqara shahri. Davlat tili - Turk tili. Maydoni — 783,562 km². Aholi soni (2013) — 76,667,864. Pul birligi — lira.

Demografiyasi

  • Sharqiy qismida joylashgan davlat. Hududining 97% Kichik Osiyo ya.o. (Anadolu)da, 3% Yevropa (Sharqiy Frakiya)da. Shim.dan Qora dengiz, gʻarbdan Egey dengizi, jan.dan Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Egey dengizidagi bir qancha orol ham T.ga qarashli. Maydoni 814578 km². Aholisi 75,63 mln. kishi (2012). Poytaxti — Anqara sh. Maʼmuriy jihatdan 81 el (viloyat)ga, ellar elchalarga boʻlinadi.

Aholisi


Aholisining 90% — turklar. kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, yunon, arman, laz, gurj, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi.
Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi.
Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69%.
Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.

1853—56 yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya g’alaba qozondi. Rossiya 1856 yil 30 martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, "Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi" tan olindi.

  • 1853—56 yillarda Rossiyaga qarshi olib borilgan Kroʻm urushida Turkiya g’alaba qozondi. Rossiya 1856 yil 30 martda Parij sulh shartnomasini imzolashga majbur boʻldi. Ushbu shartnomaga koʻra, Dunay daryosida kemalar erkin qatnaydigan, Qora dengiz barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun ochiq, betaraf deb eʼlon qilindi, "Usmoniylar imperiyasining butunligi va daxlsizligi" tan olindi.
  • Bu davrda Turkiyada Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. 

Turkiya 1952 yil NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda Turkiya Koreya urushida ishtirok etdi. 1954 yildan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi, tanglik ortdi.
Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 yil 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961 yil 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 yilgi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi.
1971 yildan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. 
1983 yil 24 apreldan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi.
Bu partiya 1983 yil 24 noyab. dagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turgʻut Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi.
Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989 yil 9 noyabrda prezident etib saylandi.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin