Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə21/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t

Moddiy resurslar tahlili uchun axborot manbalari sifatida moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanish haqida va ishlab chiqarish xarajatlari haqida statistik hisobot, ta’minot bo‘limining tezkor ma’lumotlari, moddiy resurslar kirimi, sarfi va qoldig‘i haqida analitik buxgalteriya hisobi ma’lumotlari, shuningdek, moddiy-texnik ta’minot rejalari, xomashyo va materiallar yetkazib berish shartnomalari kabilar xizmat qiladi.

Mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha rejani muvaffaqiyatli bajarish uchun korxona nafaqat xomashyo, yoqilg‘i va boshqa mehnat vositalari bilan o‘z vaqtida hamda to‘liq ta’minlanishi zarur, balki ulardan ishlab chiqarishda oqilona foydalanish ham muhim o‘rin tutadi. Bu esa materiallarni sarflashning ilg‘or me’yorlarini qo‘llash, yaroqsiz mahsulot chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik yoki bu holatni minimumga tushirish, materiallardan faqat bevosita mo‘ljallanganligiga ko‘ra foydalanish, chiqindilarni to‘g‘ri qo‘llashni taqozo etadi.



10-Mavzu Xodimlar qo’nimsizligi tahlili.


Xodimlar soni, tarkibi va malakasi tahlili mehnat resurslari harakatini o‘rganish bilan to‘ldirilishi lozim bo‘lib, u turli sabablarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, qarilik bo‘yicha nafaqaga chiqish, o‘qish uchun, xizmat safari, yuqori lavozimga ko‘tarilish, boshqa korxonaga ishga o‘tish, ishlar va shartnoma muddati tugashi bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin. Shular bilan bir qatorda, xodimlarni ularning o‘z xohishiga ko‘ra, mehnat intizomini buzganligi uchun, malaka talablariga javob bermasligi uchun bo‘shatish, ya’ni xodimlar qo‘nimsizligi ham xodimlar tarkibi va mehnat unumdorligining salbiy o‘zgarishiga, ish vaqtidan to‘liq foydalanmasligiga sabab bo‘ladi.

Mehnat resurslari harakatini tavsiflash uchun quyidagi ko‘rsatkichlar dinamikasi hisoblanadi va tahlil qilinadi:

– xodimlarni ishga qabul qilish aylanmasi koeffitsiyenti (Kiq):


Xodimlar qo‘nimsizligi yil davomida yangi xodimlarni ishga qabul qilish va tayyorlashga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Yangi qabul qilingan xodimlar, odatda, ishlab chiqarishning rejalashtirilgan darajasiga darhol erisha olmaydi, ularning yangi joyga moslashishi, ish joyi va operatsiyalarni o‘zlashtirishi davridagi mehnat unumdorligi doimiy xodimlarga nisbatan pastroq bo‘ladi. Ishchi xodimlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni oldindan ko‘zda tutish uchun o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shashlarning aniq sabablarini bilish lozim. Statistik hisobotda ushbu sabablar keltirilmaydi, joriy hisobda ham bunday ma’lumotlar mavjud emas. Ularni ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish asosida aniqlash mumkin. Tadqiqot ma’lumotlari bo‘yicha qo‘nimsizlikning asosiy sabablari quyidagicha: mehnat turidan qoniqmaslik, sharoitlar yomonligi, oylik mehnat haqi kamligi, ushbu kasbda o‘sish imkoniyati mavjud emasligi, ish vaqtining uzunligi va boshqalar


Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin