Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro turizm va madaniy meros texnikumi



Yüklə 443,82 Kb.
səhifə24/26
tarix02.01.2023
ölçüsü443,82 Kb.
#78262
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Turizm va madaniy meros xalqaro universiteti huzuridagi buxoro t


Bizning misolimizda bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulot rejaga nisbatan 32,49 ming so‘mga oshgan. Bu o‘zgarish ishchilar ulushining rejadan 2,02 % kamayishi hamda bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning 46,65 ming so‘mga ortishi oqibatida sodir bo‘ldi. Ishchilar ulushining rejadan 2,02 % kamayishi mehnat unumdorligining 5,76 ming so‘mga qisqarishiga olib keldi. Bir ishchining o‘rtacha yillik ishlab chiqarishi 46,65 ming so‘mga o‘sishi, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik mahsulotning 38,26 ming so‘mga oshishiga sabab bo‘ldi.

13-Mavzu Raqobatdosh iqtisodiyot sharoitida mehnat unumdorligini oshirishning mahsulot tan narxini pasaytirishdagi o’rni.


Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish hozirgi davrning asosiy vazifasidir. O‘ta dolzarb deb hisoblangan mazkur vazifa aholining moddiy va madaniy turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishni, uning samaradorligini hamda mehnat unumdorligini oshirishni, fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ish sifatini tubdan yaxshilashni taqozo etadi.
Unutmaslik kerakki, barcha korxonalarning iqtisodiyotini yuksaltirish uchun bunday korxonalar va ularning bo‘linmalaridagi moddiy-texnika vositalari va mehnat resurslaridan unumli foydalanish choralarini ko‘rish, mablagiarni ehtiyot qilish, tejab-tergab sarflash va foydalanilmayotgan imkoniyatlami topish, ishga solish lozim. Bu borada iqtisodiy tahlil o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, Lekin yaxshi materiallar bilan almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini takomillashtirishning, ishlab chiqarishni rasional joylashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizasiyalash hamda kompleks avtomatlashtirish, ximiyalash mahsulot tayyorlash uchun sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
Mahsulot tannarxini kalkulyasiya etish;
Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

Yüklə 443,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin