Soliqlar va soliqqa tortish



Yüklə 240,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.07.2023
ölçüsü240,18 Kb.
#137047
  1   2   3   4
Savollar - Soliqlar va soliqqa tortish



“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” O‘RTA MAXSUS PROFESSIONAL 
TA‘LIM MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA BITIRUVCHILAR UCHUN SUHBAT 
SAVOLLAR 
 
1. Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning 
mohiyati va ahamiyatini tushunish bo‘yicha savollar: 
1.Biznes va investitsiya muhitini yaxshilash maqsadida soliq tizimidagi
islohotlarga ustuvor ahamiyat berishning sababi nima? 
2. Amaldagi Soliq kodeksi (yangi tahriri) qachon qabul qilingan va uni qabul
qilishning zarurati nimada deb o‘ylaysiz? 
3 .O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
kontseptsiyasi asosiy mazmuni nimadan iborat? 
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida soliqlaming
ulushiga baho bering? 
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida bevosita (to‘g‘ri)
soliqlaming ulushiga baho bering? 
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida bilvosita (egri)
soliqlaming ulushiga baho bering? 
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlarida resurs
soliq larining ulushiga baho bering? 
8. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida soliqlarga oid qanday
moddalarini bilasiz va ularning mazmunini aytib bering. 
9. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan qanday soliqlar
undiriladi va ularga tavsif bering. 
10. O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslardan qanday soliqlar undiriladi
va ularga tavsif bering. 
11. Soliq yuki deganda nima tushunasiz va uni kamaytirish yoilarini aytib
bering. 
12. Soliq solish tizimini soddalashtirish deganda nima tushunasiz va u qanday
tartibda amalga oshiriladi. 
13. Mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashda soliqlaming
ahamiyati qanday deb o‘ylaysiz? 
14.O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
kontseptsiyasining asosiy yo‘nalishlarini izohlab bering. 
15.O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish
kontseptsiyasi doirasida 2019 yil 1 yanvardan boshlab mehnatga haq to‘lash fondiga
soliq yuki qanday tartibda kamaytirildi? 
16.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qanday munosabatlarni
tartibga soladi? 
17. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik deganda nima tushunasiz va u qanday
hujjatlardan iborat? 
18. Soliq solish printsiplari haqida nimalar bilasiz? 
19. Soliq deganda nima tushunasiz? 
20. Soliqlarni paydo bo‘lishini tushuntirib bering? 
21. O‘zbekiston Respublikasida undiriladigan qanday soliq turlarini bilasiz? 


22. O‘zbekiston Respublikasida qanday maxsus soliq rejimlari qo‘llaniladi? 
23. Kimlar soliq munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi? 
24. Soliq to‘lovchilar va soliq agentlari deganda qanday shaxslar e’tirof
etiladi? 
25. Soliqqa oid qanday vakolatli organlami bilasiz? 
26. Soliq amaliyotida soliqlami undirishning qanday usullarini bilasiz? 
27. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab soliqlar qanday guruhlanadi? 
28. “Soliqchi - tadbirkorga yaqin ko‘makchi” tizimining mohiyatini
tushuntirib bering? 
29. Amir Temurning soliqlar borasidagi fikrlarini qanday baholaysiz? 
3 O.O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka yerishishi natijasida olib
borilgan soliq tizimidagi islohotlar zaruriyati nimalar bilan belgilanadi? 
31. Proportsional, progressiv va regressiv soliq stavkalari deganda qanday
stavkalar tushuniladi? 
32. Soliq imtiyozlarining mohiyatini tushuntirib bering? 
33. So‘nggi yillarda respublika soliq tizimini isloh qilishda qanday
yo‘nalishlarga ko‘proq e‘tibor qaratilmoqda? 
34. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimini isloh qilish zarurligi nimadan
iborat? 
35. Soliq to’lovchilar tomonidan soliq hisobotlarini tuzish va soliq organlariga
taqdim etish tartibini tushuntirib bering? 
36. Soliq siyosatining ijrosini ta‘minlashda davlat soliq organlari qanday rol
o‘ynaydi? 
37. Soliq siyosatini amalga oshirishda davlat soliq organlari boshqa qanday
tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qiladi va ulaming bu borada ahamiyati
qanday? 
38. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi va uning turlari haqida nima
bilasiz? 
39. Respublikamizda soliqlar vositasida investitsiyalami rag‘batlantirish
jarayoni qanday kechmoqda? 
40. Davlat soliq organlari faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari va
tarkibiy tuzilishi haqida nimalar bilasiz? 
41. Mamlakatimiz byudjetiga daromadlar tushumining oshishi yoki
kamayishiga soliqqa oid qanday omillar ta’sir etadi? 
42. “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali jamoatchilik nazoratining yangi
tizimi haqida nima bilasiz? 
43. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari haqida tushuntirish bering? 
44. Soliq sohasidagi so‘nggi interaktiv xizmatlar turlari va ularga izoh bering. 
45. Soliqsiz daromadlar deganda nima tushunasiz va unga qanday daromadlar
kiradi? 
46. Markaziy Osiyo hududida soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishining
o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 
47. 2022-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi? 
48. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida
ta’lim oluvchilar uchun qanday soliq imtiyozlari nazarda tutildi? 


49. Soliq tizimini raqamlashtirish deganda nima tushunasiz va uning zarurligi
nimada? 
50. Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasining asosiy
yo‘nalishlarini ko‘rsatib bering. 

Yüklə 240,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin