Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari


Amir Temur zarb qildirgan tangalar



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə66/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Amir Temur zarb qildirgan tangalar.Bu davrida asosan ikki xil pul birligi chiqarilgan: vazni 6 grammlik kumush va 1,5 gr vaznli tanganing to‘rtdan bir qismiga tenglashtirilgan mayda miriy tangalar chiqarilgan (“Miriy” so‘zi Amir Temurning unvoni “Amir” dan kelib chiqqan). Bundan tashqari maydaroq bo‘lgan tanga va nimtangalar (yarimtanga) muomalada bo‘lgan.
Amir Temur davrida tilla tangalarning 12 turi 1397-1382 yillari Xorazm bosib olingandan so‘ng zarb etila boshlangan. Ayni vaqtda, oltin tangalarda oldin bosilgan “Dinor” so‘zi Temur tangalarida yo‘q edi. Xorazm tilla tangasi kumush dinorga, ya’ni 6 dirhamga teng edi.Dinor so‘zi tilla tangani emas, balki undagi kumush miqdorini ya’ni bu tangada o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan tanga tizimidagi oltin-kumush nisbatiga binoan mavjud kumush miqdoriga teng edi. Misdan yasalgan “Fulus” yoki “Fulus tangalari” juda keng tarqalgan edi. Ular asosan Amir Temur nomidan, Samarqand va boshqa bir qator viloyatlardagi katta xajmdagi mayda chakana savdo ehtiyojlarini qondirish maqsadida chiqarilgan. Amir Temur va Temuriylar tangalari o‘ziga xos uslubi: ulardagi o‘simlik va geometrik bezaklarni mutanosibligi; arab, mug‘ul va turk yozuvlari bitilgan doiralar; yulduzlar burji, “baxt burjlari” bilan boshqa tangalardan farq qilgan. Tangalarning aversida, odatda ular muomalada bo‘lgan hudud xonining nomi, “Sulton” unvoni bilan Muhammad Suyurg‘atmish va uning o‘g‘li Mahmud Sultonlar nomi, so‘ng Ko‘ragon (xon kuyovi) faxriy unvonga ega Amir Temur va uning ostida esa e’tiborga molik yozuv tushirilgan.
1397 yildan boshlab tangalarda “taxt va davr vorisi - Muhammad Sulton” yozuvi paydo bo‘lgan. U Amir Temurning taxt vorisi deb e’lon qilingan, ammo 1403yilda vafot etgan nabirasi edi.
Amir Temur tangalarining reversida asosan tanga chiqarilgan joyning nomi, sanasi (so‘zlar yoki raqamlar bilan), kalima va to‘rt halifa nomi, uchta xalqadan iborat bo‘lgan tamg‘a ham bo‘lgan. Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo uni “Temur gerbi” deb ataydi. Uning yozishicha, Amir Temur “tamg‘ani hamma tangalarga, o‘zining muhrlariga, buyuk Amir buyrug‘i bilan tayyorlangan har bir narsaga bosishni” buyurgan. Uch halqa Amir Temur “dunyoning uch qit’asi” hukmdori ekanligini bildiradi.
Amir Temur davlatida pul chiqaradigan zarbxonalarning aksariyati pulga bo‘lgan katta ehtiyoj sababli jadal sur’atlar bilan ishlagan. Shu sababli tangalarning tashqi ko‘rinishiga katta e’tibor berilmagan va qalbaki tangalarning paydo bo‘lish xatari mavjud edi. Bunga Amir Temurning Hirot, Marg‘i, Maranda, Tabris, Shemoxa, Shabonqara, Sheroz, Bag‘dod, Qum, Sultoniyalarni qo‘shibolinganidan keyin chiqarila boshlagan tangalar sabab bo‘lgan. Mana shunday qalbaki tangalarga Toshkent xazinasiga tegishli Sheroz tangalarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Fors Amir Temur tomonidan birinchi marta 1387 yilda egallangani va dastlabki vaqtda u еrda Suyurg‘otmishxon nomi tushirilgan tangalar chiqarilganini ta’kidlab o‘tmoq lozim. Toshkent xazinasining Sheroz tangalariga esa, Mahmudxon nomi tushirilgan. Bu esa Sheroz tangalari Amir Temur Mansur Muzaffariydan shaharni butunlay tortib olganidan keyin chiqarilganini bildirib, Sheroz tangalarini qalbaki ekanligini isbotlaydi. Qalbaki tangalar chiqarishni bartaraf qilish maqsadida Amir Temur pul chiqarishni maxsus tekshiruvchilar - sohibyorlar tekshirib turadigan, qattiq davlat nazorati ostidagi pul zarbxonalarini tuzgan edi.
Amir Temurning pul siyosati har doim mablag‘ bilan ta’minlash va xazinasini har doim to‘latib turish zarur bo‘lgan davlat ehtiyojlariga xizmat qilardi.
1402 yili Mahmudxon vafot etgach, Amir Temur boshqa qo‘g‘irchoq xon tutmay o‘sha Mahmudxonning nomi bilan pul zarb qilishni davom ettiradi.
Butangalarningaversida:
“Lo iloha illoloh MuhammadrasulOlloh” deb - Qur’ondankalima yozdirdi. Tangalarningto‘rtburchagiga esa to‘rt xalifa: AbuBakr, Umar, Usmonva Alinomlariniyozdirdi.
Tanganingreversida:
“Suyurg‘otmishxonyorlig‘i Amir Temur Ko‘ragan akmonu”, debyozilgan. Samarqandda (1380, 1381, 1383, 1384, 1384, 1386 y.,) zarbqilingankumushmirilarga ham ana shundaySuyurg‘atmishxonva Amir Temurnomiyozilgan.
Sulton Mahmudxonva Amir Temurnomidanzarbqilingankumushtanga va mirilarningaversida:
“Lo iloha illoloh Muhammadrasul Olloh”,
reversidaesa: “Sulton Mahmudxonyorlig‘i Amir Temur Kuragan ak-mano”- debyozilgan. Tangalar asosankumushdanzarbqilingan. Og‘irlikvazni 6 grammnitashkilqilganbo‘lsa, utanga deb atalgan. Tanganingto‘rtdanbiriga to‘g‘rikeladigan 1,5 grammlikkumushpullaresa Amir Temurnomibilan «miryokimiri» debyuritilgan. Undanboshqa kundalikturmushda ishlatiladiganjuda ko‘pmischaqalar Amir Temurnomibilanzarbqilingan. Shuningdek, tangalar Samarqand, Buxoro, Afg‘oniston va Ozarbayjon singari mamlakatlarning Ardabil, Astrobod, Astra, Darband, Domg‘on, Boku, Mahmudobod, Mordin, Isfaxon, Qum, Qirmon, Shabanqora, Xoy, Tabriz, Sabzavor, Sova, Sheroz, Shemaxa, Shabron singari qirqga yaqin shaharlarda zarb qilingan.
Quyida Amir Temur va Sulton Mahmudxon nomi bilan Afg‘oniston, Eron, Iroq va Ozarbayjon shaharlarida turli davrlarda zarb qilingan tangalarning reversidagi yozuvlardan ayrim namunalar keltiramiz: Sulton Mahmudxon yorlig‘i Amir Temur Ko‘ragon haldolloh mulikihu, zarb Astrobod, Sulton Mahmudxon, Amir Temur Ko‘ragon.
Temur saroyida arab yozuvi bilan birga eski turk (uyg‘urcha) yozuv ham qo‘llanilgan. Buyozuvbilanbitilganyozma yodgorlikva yorliqlartemuriylarsulolasiningeng oxirgivakillaridavrida hamishlatilibkelingan. Amir Temur o‘zining 1391 yili Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi harbiy yurishlari haqidagi xotira toshini ham ana shu yozuv bilan yozdirgan edi. Amir Temurtangalarida biz arabcha, forscha, turkcha va mo‘g‘ulcha so‘zlarniuchratamiz. Masalan: arabcha: “Olloh uning podsho va sultonligini mangu boqiy qilsin”, forscha zarb, yorlig‘i va mo‘g‘ulcha akmanu - mening so‘zim, Ko‘ragan (kuyov) singari so‘zlarni uchratamiz.

Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin