Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə63/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Ma’sudbektangalari. 1252 yil Munkaxonning O‘rta Osiyodagi hukmronligi davrida xorazmlik savdogar Mahmud Yalovochning o‘g‘li Ma’sudbek Markaziy Osiyo hududida savdoni rivojlantirib, doimiy ravishda dinorlar zarb qilishni boshlab yubordi. Bu davrda dinorlar Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, O‘tror, Damashq zarbxonalarida chiqarila boshlandi. Zarb qilingan dinorlarning 60 % ni sof oltin tashkil etardi. Ammo dinorlar turli kattaliklarda bo‘lgani uchun savdo vaqtida ularni kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri kelardi. Ma’sudbek o‘tkazgan pul islohoti o‘zini oqladi. Bu davrda oltin dinorlar bilan birga kumush dirham (kumush suvi yuritilgan mis dirham)larni zarb qilish ham yo‘lga qo‘yildi. Ularni Samarqand va Buxorodan tashqari Xo‘jand va O‘tror zarbxonalarida zarb etila boshlandi. Xalq Ma’sudbekning islohotiga ishonchsizlik bildirgan bir vaqtda, xalq manfaati va erkinligi uchun Ma’sudbek davlat muhosiblari va zarbxona ustalariga xalqni aldamaslik, ularni ishonchini oqlash, aks holda o‘lim jazosiga tortishni uqtirgan.
1282-1283 yillarda Buxoroda ham kumush tangalar zarb qilindi. Bir xil sifat va og‘irlikka (2 grammga yaqin) ega bo‘lgan dirhamlar va ular qaerda zarb qilinganligidan qat’iy nazar butun mamlakat hududida muomalada bo‘ldi. Zarbxonalar ishga tushirilib, ular soni 16 taga еtdi; Bular Buxoro, Andijon, Qog‘qar, Marg‘ilon, Taroz, Toshkent va h.k.
Kebekxon tangalari. 1317-1318 yili Chig‘atoy ulusida pul islohoti o‘tkazildi. 1321 yili mo‘g‘ul xoni Kebekxon o‘tkazgan pul islohoti savdoni rivojlantirish uchun yanada qulay imkoniyat yaratdi. Kebekxon davrida kumush suvi yuritilgan avvvalgi mis dirhamlarni ishlatish man qilinib, shu davrdan e’tiboran yagona namuna bo‘yicha, og‘irligi 1,4 grammga yaqin bo‘gan kumush dinorlar chiqarila boshlandi. Kebek nomi bilan zarb qilingan yangi katta dirhamlar Buxoro va Samarqandda zarb qilinib, uning qiymati 6 ta (bir kumush tanga 6 ta dirhamga to‘g‘ri kelardi) kichik dirhamga teng edi. Xulagular davlatidan Oltin O‘rdagacha bo‘lgan hudud yagona pul birligiga o‘tkazilib, og‘irligi 8 gr bo‘lgan katta kumush dirhamlar zarb etildi.
Mo‘g‘ullar davrida O‘rta Osiyoda zarb qilingan tangalarda hokimning ismi ko‘rsatilmagan bo‘lsada, Kebek va uning ukasi Tarmashirin davrida zarb qilingan tangalarda “Ulug‘larning ulug‘i adolatparvar xoqon(yoki sulton)” deb yoziladigan bo‘ldi. Mo‘g‘ullar istilosidan to Amir Temurning taxtga o‘tirishiga qadar o‘tgan yuz ellik yil davomida Markaziy Osiyoda zarb qilingan tangalarda umumiy yagona belgi mo‘g‘ullarning tamg‘asi bosildi.




Munkexon(1251-1259 yy.) dinori

Ma’sudbekdirhami. Aversrevers



Kebek dirhami. Avers, revers




Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin