Dirham - kumush tanga
Fulus- mis tanga
Ko‘fiy – Arab halifaligi tangalarida uchraydigan yozuv uslubi
Xiroj – hosildan olinadigan soliq (hosilning 20-25 % miqdorida)
as Sulton Al muazzam – Qoraxoniylar tangalarida uchraydigan so‘zlar
Qumqo‘rg‘on – Surxondaryo viloyati
“ChAO”- Xulagular davlatida XIII asr oxirida chiqarilgan qog‘oz pul.
Ko‘ragon akmonu - Ko‘ragan (kuyov), mo‘g‘ulcha akmanu “mening so‘zim” degan ma’noni anglatadi.
Uch geometrik xalqa - “Amir Temur - uch qit’aning hukmdori”, degan ma’no Rui de Gonsales Klavixo xotiralarida mavjud.
Mir - Muhammad Sulton tangalari, Jahongir va Xalil Sulton tangalari.
La iloha illoloh Muhammad rasul Olloh – tangalarning old tomonidagi yozuvlar
Sap shumor - jon boshiga to‘lanadigan soliq, miqdori 1 dinordan 10 dinorgacha bo‘lgan, aholining hamma tabaqasiga tarqalgan va boylik darajasiga qarab aniqlangan;
Xarj - Temuriylar va ulardan keyingi davrga taa’lluqli yer solig‘i. U olingan hosilning 3 dan 1 qismiga teng bo‘lib, pul yoki mahsulot shaklida olingan.
Sap daraxt - mevali daraxtlar va uzumlar uchun to‘lanadigan soliq, pul shaklida olingan.
Dudi - tutun solig‘i, har bir uy yoki hovlidan o‘z ehtiyojlari uchun tayyorlangan o‘tindan foydalanganligi uchun soliq, mahsulot shaklida, keyinchalik esa pul shaklida olingan.
Avariz - favqulotda soliq, shaxar yoki qishloq ahalisidan urush chiqimlarini va saroyda o‘tkaziladigan bayramlarni qoplash maqsadida olingan.
Uloq - davlat xizmatidagi odamlarga beriladigan ot.
Mir xazaron - ma’lum bir joyda yashovchi aholidan shu yerdagi qo‘shinni ta’minlashda olinadigan soliq.
xoniy – Shayboniylar kumush tangasi
“pul”, “qora pul” - Shayboniylarda mis tanga turlari
“ko‘hina” va “yangi tangalar” - Shayboniylarda eski va yangi tangalarning bo‘linishi