Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə73/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Abdullaxon II ning pul islohoti. Abdullaxon II davridagi pul isloxoti bir necha bosqichda o‘tkazilgan. Uning islohoti kumushning qimmatlashishi davriga to‘g‘ri kelib, kumush tanganing qadrini ko‘tarishga qaratilgan edi. Tanganing kursi 1,5 barobar ko‘tarildi. Eski tanga 27 ta mis tangaga teng bo‘lsa, yangi tanga 30 ta mis tangaga tenglashdi. Abdulloxon II Buxoroni otasi Iskandarxonga topshirib, o‘zi Balx (1573), Hisor (1574), Samarqand (1578) va Toshkentni (1582) egallagan paytda ham kumush tanga muhim ahamiyatga ega emas edi. Iskandarxon (1560-1583) nomidan zarb etilgan tangalar Buxoro, Samarqand, Balx, Toshkent, Andijon, Axsi va Yassida chiqarildi. 1583 yilda Abdullaxon II otasi vafot etgandan so‘ng, pul islohotining ikkinchi bosqichini o‘tkazdi. Xon tanga zarb etish markazini mamlakatning poytaxti Buxoroga ko‘chirdi. Har yili Abdullaxon II nomi bilan ko‘plab tangalar zarb qilina boshlandi.
Buxoro tangasi o‘zining bezagi, yozuvi va sifati bilan ajralib turadi. Abdullaxon II shaharning kundalik ehtiyoji uchun mis tanga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Kumushning chetga chiqib ketishini to‘xtatdi. XV asrda bo‘lganidek, XVII asrda ham kumush va mis tangalarni tamg‘alash uslubi davom etgan.


Tayanch atama va tushunchalar
ahuramazda – zardushtiylarning bosh ma’budi
varahran V - Eron Sosoniyhukmdori (421-439 yy.)
selena - oy ma’budasi
gelios - quyosh ma’budi
tardu - Chochda zarb qilingan mis tangada xoqonlik unvoni
axurpat - Keshda zarb qilingan tangalarda uchraydigan mahalliy hukmdor
tegin - G‘arbiyTurk xoqonlari unvoni
tudun - G‘arbiyTurk xoqonlari unvoni
eltabar - G‘arbiyTurk xoqonlari unvoni
alp-xoqon tutug‘– VII-VIII asrlar Farg‘onada zarb qilingan tangalarda uchraydigan mahalliy hukmdor unvoni
yabg‘u xoqon”, “jabg‘u xoqon - G‘arbiy Turkxoqonligi bosh hukmdorlarining unvoni
Dinor - oltin tanga

Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin