Markaziy Osiyo hududida ilk yozuvlarning paydo bo‘lishi.
О‘rta Osiyoning bizga ma’lum bо‘lgan eng qadimgi xalqlarini shaklar (saklar) va massagetlar tashkil etadi. Bu xalqlarning ham о‘z yozuvlari mavjud bо‘lgan. О‘rta Osiyo xalqlari bilan G‘arbiy Osiyodagi davlatlar о‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayishi natijasida О‘rta Osiyoga G‘arbiy Osiyodan oromiy yozuvi kirib kelgan. Bungacha О‘rta Osiyoda fors mixxatidan foydalanishar edi. Oromiy yozuvi mixxatga qaraganda ancha sodda bо‘lib, taxminan yigirmata harfdan iborat bо‘lgan. Eramizdan avvalgi III-II asrlarda Xorazm, Baqtriya, Parfiya va Sо‘g‘d davlatlarida shu oromiy yozuvida kitoblar yozilgan. Shuningdek davlat ahamiyatiga molik diplomatik hujjatlar ham shu yozuvda rasmiylashtirilar edi. Bu davlatlarda qisman grek yozuvi ham iste’molda bо‘lgan. Oromiy yozuvida xat о‘ngdan chapga qarab yozilgan. Bu yozuvda unli tovushlarni ifodalash uchun harflar bо‘lmagan. Oromiy yozuvi zaminida fors yozuvi shakllangan.
Umuman, eramizdan avvalgi IY asrdan eramizning IY asrigacha bо‘lgan davrda О‘rta Osiyoda, shu jumladan О‘zbekiston hududida ham quldorlik tuzumi mavjud bо‘lgan. Bu hududda о‘sha davrda bir necha mustaqil davlatlar mavjud bо‘lib, ularning har biri о‘z yozuviga ega edi. Bu yozuvlar quyidagilardan iborat:
1. Pahlaviy yozuvi. Bu yozuv oromiy yozuvidan kelib chiqqan eng qadimgi yozuvdir. Pahlaviy yozuvining ikki turi mavjud: 1 Pahlaviy yozuvi, 2. Arshakiy yozuvi.
Pahlaviy yozuvidan keyinchalik sо‘g‘d yozuvi, eramizning III asrida esa, qadimgi xorazm yozuvi shakllangan. Eramizning YI asrida yana shu yozuv asosida О‘rxun-Yenisey yozuvi paydo bо‘lgan.
2. Sо‘g‘d yozuvi. Zarafshon daryosi vohasi va hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida Sо‘g‘d davlati (grekcha nomi-Sogdiana) mavjud bо‘lgan. Bu davlat qisman hozirgi Tojikistonning ayrim tumanlarini ham о‘z ichiga olgan. Bu davlatda sо‘g‘d yozuvi deb ataladigan yozuvdan foydalanishgan. Bu yozuv oromiy yozuvining pahlaviy variantidan shakllangan.
Sо‘g‘d yozuvi keyinchalik vujudga kelgan uyg‘ur yozuvi, mо‘g‘о‘l yozuvi va manchjur yozuvlari uchun asosiy element bо‘lib xizmat qilgan. Bu yozuvning dastlabki bosqichida harflar alohida-alohida yozilgan. Vaqt о‘tishi bilan ularni bir-biriga ulab yozish rasm bо‘lgan.
3. Baqtriya yozuvi. Bu yozuv Baqtriya davlati hududlarida amalda qо‘llanilgan. U oromiy-pahlaviy yozuvi variantlaridan biri bо‘lib, Baqtriyadagi mahalliy sо‘zlashuv tiliga moslab, isloh qilingan yozuvdan iboratdir.
4. Parfiya yozuvi. Bu yozuv eramizdan avvalgi III-I asrlarda Parfiya davlati hududida amalda qо‘llanilgan. Parfiya davlati Kaspiy dengizining janubiy - sharqiy qirg‘oqlarini о‘z ichiga olgan. Bu hudud aholisi parfiy tilida sо‘zlashgan. Bu til esa qadimgi fors tili variantlaridan biri bо‘lgan dariy tiliga yaqin bо‘lgan. Bu til fonetikasi va grammatikasi nuqtai nazaridan oromiy tilidan farq qilgan. Shuning uchun bu yozuv ham oromiy yozuvidan ma’lum darajada farq qiluvchi yozuv hisoblangan.
5. Qadimgi xorazm yozuvi. Bu yozuv oromiy yozuviga juda yaqin bо‘lgan. Bu alifbo Ahamoniylar dinastiyasi davridagi klassik oromiy yozuvi tarmoqlaridan biri hisoblanadi va u о‘zida qadimgi oromiy yozuvi an’analarini yaxshigina saqlab qolgan. Ushbu yozuv eramizning II asrigacha amalda qо‘llanib kelgan.
6. Avesto yozuvi. Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) imperiyasi qulaganidan keyin, О‘rta Osiyodagi davlatlar, shuningdek Parfiya, Xorazm davlati, Eron о‘z mustaqilliklarini qayta qо‘lga kiritganlar. Eronda Sosoniylar dinastiyasi davlat tepasiga kelgach, о‘zlarining qadimgi muqaddas kitoblari bо‘lgan «Avesto»ni qayta tiklash masalalasi kо‘tarilgan. Ma’lumki, о‘n ikki ming mol terisiga yozilgan bu kitobni A.Makedonskiy о‘z yurtiga olib ketgan. Uning foydali tomonlarini о‘z faylasuflariga tanishtirib, sо‘ng uni yо‘q qilib yuborgan edi. Biroq «Avesto» kitobi yozilgan yozuvni hech kim bilmagani va biladiganlardan hech kim hayot emasligi sababli, bu kitobni tiklash mumkin emas edi. Shu sababli eramizdan avvalgi YI-III asrlarda Eronda mazkur «Avesto» ni qayta yaratish maqsadida yangi yozuv ijod qiladilar va bu yozuv tarixga «Avesto yozuvi» nomi bilan kirgan. Keyinchalik bu yozuv pahlaviy yozuvi bilan bir qatorda mahalliy aholi tomonidan qо‘llana boshlagan. Bu yozuvda tilda mavjud bо‘lgan qisqa va chо‘ziq unlilar grek yozuvida qanday ifodalansa, shunday ifodalangan. Umuman unli tovushlarni ifodalash uchun esa, harflarning soni 35 ta bо‘lgan. Bu yozuv qadimgi fors tili hisoblangan dariy tilining fonetikasini hisobga olgan holda tuzilgan bо‘lgani uchun uzoq vaqt amalda qо‘llanib kelingan va eramizning YII asrigacha-arablarning bostirib kelgunigacha Eron hududida qо‘llanib kelingan.
7. Urxun-Yenisey yozuvi. Eramizning YI asriga kelib, О‘rta Osiyoda Turk xoqonligi davlati vujudga keldi. Bu davlat g‘arb tomondan Vizantiya bilan, janub tomondan Eron va Hindiston bilan, sharq tomondan Xitoy bilan chegaradosh bо‘lgan. Xullas, Azov dengizidan Uzoq Sharqqacha bо‘lgan ulkan territoriya bu davlatga qarashli bо‘lgan. Bu davlat turkiy qabilalar davlati bо‘lib, Urxun-Yenisey yozuvi bu davlatning yozuvi hisoblangan. Bu yozuv ham pahlaviy yozuvi asosida vujudga kelgan bо‘lib, unda sо‘g‘d va oromiy yozuvlari elementlari mavjud bо‘lgan.
8. Uyg‘ur yozuvi. Bu yozuv sо‘g‘d yozuvi variantlaridan biri bо‘lgan va Urxun-Yenisey yozuvi bilan parallel qо‘llanib kelgan. XIY-XYI asrlarda mо‘g‘о‘llar mо‘g‘о‘l tili xususiyatlarini hisobga olib bu yozuvni isloh qilishgan va mо‘g‘о‘l tili yozuvini yaratishgan. Keyinchalik uyg‘ur va mо‘g‘о‘l yozuvi asosida manchjur, oyrot, buryat tillari yozuvi vujudga kelgan.
Xulosa qilib aytganda, О‘rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, О‘zbekiston hududida yashagan xalqlar qadimdan о‘zlarining mustaqil davlatlariga ega bо‘lganlar. Shuningdek davlatchilikning muhim elementlaridan biri bо‘lgan yozuv masalasi ham bu hududlarda ijobiy hal qilingan bо‘lgan. Har bir davlat о‘zining mustaqil yozuviga ega bо‘lgan.