Abdumalik islohoti. Hijriy 690 yillarda Arab halifaligi shakllanayotgan bir paytda Abdulmalik pul islohotini o‘tkazib, bu islohot yarim asr davom etdi. Abdulmalikka ta’lluqli tangalar dinor deb nomlanib, 695-696 yillar sanasi tangalarda aks etgan.
Arab tangalaridagi yozuvlar tanganing aversida “La ilaha illolloh Muhammadan rasullulloh” ya’ni “Alloh nomi bilan Alloh yagona Muhammad uning rasuli” Tanganing reversida belgi qo‘yilib uning aylanasiga Olloh nomi, dinor 76 yili zarb qilindi, yozuvi tushirilgan. Hozirgacha saqlangan tangalarning 20 ga yaqin o‘xshash dinorlar bo‘lib, ular bir biridan sifati, vazni, o‘lchami, tushirilgan belgilari bilan farqlanadi. Ushbu tangalar Ummon, Dorrus Salom, Sarmin Manbij, Misrin, Halab shaharlarida zarb etilgan.
696-97 yillarda Damashqda zarb etilgan tangalar (dinor) gardishida quyidagi yozuvlar mavjud edi, “Muhammad Allohning rasuli, Alloh uni bizlarga dinni tadbiq etish uchun bizga jo‘natdi, chunki islom dini barcha dinlardan ustundir” (Qur’on). Zarb etilgan tangalar ilgarigidan farq etgan holda, og‘irligi 4,25-4,27 gr dan iborat edi.
Arab tangalari sosoniylar tangalaridan farq qilib, ya’ni 4 gr emas 3 gr og‘irlikda bo‘lgan. Ularni ayirboshlash qiymati dinorning dirhamga nisbati 1:14 ga teng. Dirhamning dinorga nisbatan obro‘sizlanishi sabablaridan biri dirhamdagi yozuv ya’ni “zarbi al hajjoj dirham”, “Bismillohi all Hajjoj” sabab bo‘lib bir yildan keyin ushbu so‘z “Ollohi ahad ollohi samad” oyati bilan zarb qilina boshlandi. Qator muammolardan so‘ng yangi dirham zarb qilish boshlandi, uning og‘irligi 3,125 gr qilib belgilandi. Ushbu og‘irlikdagi dirham , halifalik hududlariga tanga zarb etishda asosiy o‘lcham birligi qilib olindi.
Yangi dirhamlarning Mesopotamiya, Eron, Turonning ba’zi hududlarida ishlatilishi ularning islomiylashishi oqibatida ushbu davlatlarning o‘zlari zarb qilgan tangalarni muomaladan siqib chiqara boshladi. Abdumalikning pul islohoti tariqasida halifalik tarixida yaqqol iz qoldirdi.
Arablar tomonidan Movarounnahr egallangach, Shosh yaqinidagi Eloq tog‘-konlaridan oltin va kumush ma’danlar qazib olina boshlandi. Shuningdek, tog‘da metalllarga boy konlar va ulardan qazib olingan turli nodir metallar halifalik uchun qurol aslahalarni yasash uchun ham ishlatildi. Hijriy 189-190 yillarda halifa Ma’mun ibn ar-Rashid kumush dirhamlarni zarb qildirdi. Ushbu zarb etilgan tangalarning aversida “Ollohdan o‘zga iloh yo‘q, u yakka yu yagona”, tanganing aylanasida “Olloh nomi bilan ushbu dirham Shoshdagi konda 189 yilda zarb qilindi”, tangalarning reversida “Ali Muhammad Ollohning rasuli, musulmonlar tojining vorisi, Nasr”, tanganing aylana qismida esa “Muhammad Ollohning rasuli, u haq dinni targ‘ib qilish uchun yuborildi, bu din barcha dinlar ustidan hukmronlik qilmog‘i darkor, ko‘p xudolik dinlari qarshilik ko‘rsatsa ham”, deb bitilgan.
826-828 yillarda Abdulloh ibn Tohir davrida Shosh asosiy va muhim hudud hisoblanib, davlat g‘aznasiga 607100 dirham topshirgan.
IX asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda Tohiriylar, Somoniylar davlatlari tashkil topdi. Somoniylar avlodining boshlig‘i Somon birinchilardan bo‘lib islom dinini qabul qilib 4 nafar nabiralari Nuh Ahmad Yahyo va Ilyosga Xurosonga tegishli bo‘lgan 4 ta viloyatni topshiradi:
1) Nuhga - Samarqand 2) Ahmadga - Farg‘ona 3) Yahyoga - Shosh bilan Ustrushona 4) Ilyosga - Hirotni boshqarish huquqini berdi. Ushbu viloyatlarda dastlab faqat Nuh nomi bilan mis tangalar zarb etilgan. IX-X asrlarda Toxiriylar va Somoniylar alohida kumush dirhamlar zarb etganlar. Ular turli xil vaznda edi.