Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari


Somoniylar, Qoraxoniylar tangalari. Saljuqiylar tomonidan zarb qilingan tangalar



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə60/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Somoniylar, Qoraxoniylar tangalari. Saljuqiylar tomonidan zarb qilingan tangalar.

Somoniylar tangalari. Dastavval Somoniylar faqat mis (fulus) tangalar zarb qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Ular zarb qilgan dastlabki fuluslarning tashqi ko‘rinishi yumaloq, yozuvi noaniq bo‘lgan. Somoniylar hukmronligi o‘rnatilgach, Ismoil ibn Ahmad Somoniy davrida kumush tangalar zarb qilingan. Keyinchalik oltin tangalar zarb qilinib, xalqaro savdoda ishlatilgan.
Somoniylar tangalaridagi yozuvlar huddi halifalik davrida zarb qilingan tangalarga o‘xshash edi. Dirhamlarda faqat somoniylar noibining ismi yozilibgina qolmay, halifalarning ismlari ham yozilgan.
Mis tanga ko‘proq tarqalgan u dirham va dinorlar singari puxta ishlangan.



Nasr ibn Ahmad, Samarqand, hijriy 271 y. Fulus.

Nasr ibn Ahmad Shosh, hijriy 254 y. Fulus

Ahmad ibn Ismoil. Shosh, hijriy 294 y. Dirham.

Ismoil ibn Ahmad. Samarqand, hijriy 280 y. Fulus.
Saljuqiylar tangalari. Markaziy Osiyohududida X-XI asrlarda hukm surgan saljuqiylarning kumush tangalari nihoyatda kam uchraydi. Masalan, janubiy Turkmanistondan 1884-1946 yilarda 6 dona saljuqiylar kumush tangasi topilgan va ro‘yxatga olingan. 1960 yilda Munchoqtepa yodgorligidan kumush tangalar xazinasida Sulton Sanjar kumush dinori katta ahamiyatga ega. Xazina umumiy og‘irligi 85 gr keladigan tangalar va siniq tangalardan iborat. Ushbu kumush tangalar Marv, Balx va Hirot zarbxonalarida Sulton Sanjar nomi bilan zarb etilgan. Tangalar, asosan, halifalar al-Mustazxir (1094-1118), al-Mustarshid (1118-1135), al-Muktifiy (1136-1160) lar davriga to‘g‘ri keladi.
Marvda zarb etilgan Sulton Sanjarning kumush dinorida Sulton Muhammad ibn Malikshoh va Sulton Sanjar nomi bitilgan. Saljuqiylarning kumush tangalari jahon numizmatikasidagi noyob tangalar sarasiga kiradi. Saljuqiylar tarixini o‘rgangan tangashunos Len Pul Britaniya muzeyida chop etilgan turkman sulolalari tangalarining katalogiga “Buyuk saljuqiylar”ning faqat 22 ta tangasini (20 ta oltin va 2 ta kumush) kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Boshqa bir tangashunos A.K.Markov esa Ermitajda saqlanayotgan 77 ta saljuqiylar tangasini ro‘yxatga olib, musulmon tangalari katalogiga kiritgan.
Qumqo‘rg‘ondan topilgan Sulton Sanjarning kumush dinori Qur’on oyatlari bitilganligi, yozuv uslubi va tayyorlash mahorati, nafisligi bilan alohida ajralib turadi. Tanganing og‘irligi 27,8 gr, diametri esa 2,3 sm. Tanganing aversida kalima, halifa al-Mustaxir va Sulton Muhammad ibn Malikshoh nomlari bitilgan. Reversida Qur’onning Baqara surasidan 256-oyat: “dinda zo‘rlash yo‘q, zero to‘g‘ri yo‘l yanglish yo‘ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shaytonni (yohud butlarni) inkor etib, Ollohga imon keltirsa, demak, u buzilmas, ishonchli halqani tutibdi. Olloh eshituvchi va biluvchidir” deb yozib qo‘yilgan. Qur’on oyatidan so‘ng Sulton Sanjarning ismi va unvoni “Sharq hukmdori” deb yozilgan.
Barqiyoruq vafotidan so‘ng, 1105 yili Muhammad ibn Malikshoh saljuqiylar sultoni, Sanjar esa uning vorisi deb e’lon qilindi. Qumqo‘rg‘ondan topilgan kumush dinor zarb etilgan paytda saljuqiylar davlatining hukmdori Mahmud ibn Malikshoh bo‘lib, Sanjar uning Marvdagi noibi edi. Tanganing zarb etilgan yili taxminan 1106-1118 yillar o‘rtasida zarb etilgan keladi. Faqat 1118 yili Sulton Sanjar Saljuqiylar saltanati hukmdoriga aylandi va markazni Marvda qoldirdi.
Sulton Sanjar hukmronligi qilgan yillarida Marv shahrining siyosiy va iqtisodiy hayotida o‘zgarishlar kuzatiladi va unga “abadiy barhayot shahar” unvoni beriladi. Shaharning markaziy qismida Sulton qal’asi arki qurildi.
Arxeolog olim L.Albaum tomonidan Qumqo‘rg‘ondan topilgan Sulton Sanjarning kumush dinori va tangalari xazinasi akademik E.V.Rtveladzening guvohligiga ko‘ra, O‘zR FAga qarashli Tarix instituti fondiga, keyinchalik Arxeologiya instituti fondiga topshirilgan1.

Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin