Toshkent pediatriya tibbiyot instituti II pediatriya fakulteti neonatologiya kafedrasi



Yüklə 305,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix14.10.2022
ölçüsü305,47 Kb.
#65128
  1   2   3   4   5   6   7   8
chaqaloqlar sariqliklar



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI
 
 
 
II PEDIATRIYA FAKULTETI 
NEONATOLOGIYA KAFEDRASI 
 
 
 
5 KURS 
 
MA’RUZA №3:
YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLAR 
SARIQLIKLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT – 2017 


Mavzu: YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLAR SARIQLIKLARI 
REJA: 
1. Bilirubin almashinuvi, qondagi nasliy gemolitik kasalligi. 
2. Tasnifi. Patogenez savollari. 
3. Qiyosiy tashxisi, davolash rejasi. 
 
YAngi tug’ilgan chaqaloqlar gemolitik kasalligi (CHGK) – homila va 
onaning eritrositar antigenlar: rezus tizimi, AVO yoki birmuncha kam uchraydigan 
omillar bo’yicha mos kelmasligi natijasida immunologik nomutanosiblik 
(izoimunizasiya) bilan bog’liq kasallikdir.
Izoimmunizasiya kelib chiqishi ota tomonidan bo’lgan antigenlarning 
homiladan onaga o’tishi va reproduksiyani ta’minlashda qatnashadigan ona va bola 
o’rtasidagi o’zaro immunobiologik munosabatlarni buzadi. SHuning uchun CHGK 
gemolitik anemiya va uning oqibatlari ko’rinishdagina emas, balki patologiyaning 
boshqa shakllarida ham namoyon bo’ladi (infeksion asoratlarga nisbatan 
moyillikning oshishi, moslashuv jarayonlari, neyroendokrin regulyasiyasi 
buzilishlari va b.). u yangi tug’ilgan chaqaloqlarning o’tish holatlari klinikasiga 
o’ziga xos xususiyatlar kiritadi. 
Tug’ma rivojlanish nuqsonlarining uchrash soni oshganligi, surunkali 
homila ichi gipoksiyasi va gipotrofiyasi, muddatiga etmay tug’ilish sonining 
yuqoriligi, tug’ilgan bolalar o’limi va takroran homilador bo’lganlarda bola 
tashlashlar, tug’ruqning asoratlanib kechishi va erta neonatal davrda gemorragik 
buzilishlarning soni yuqoriligi qayd etiladi. Keltirilgan belgilar kasallikning ko’p 
tizimli harakterga ega ekanligi va antenatal davrdagi embrio –fetogenez jarayonida 
immunologik mexanizmlarning ishtirok etishini tasdiqlaydi.

Yüklə 305,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin