Toshkent pediatriya tibbiyot instituti II pediatriya fakulteti neonatologiya kafedrasi



Yüklə 305,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix14.10.2022
ölçüsü305,47 Kb.
#65128
1   2   3   4   5   6   7   8
chaqaloqlar sariqliklar

Fototerapiyadan 
hozirgi 
vaqtda 
keng 
foydalaniladi, 
bu 
giperbilirubinemiyalarni konservativ davolashning samarali va amalda xavfsiz 
usulidir.
Odatda zangori yorug’lik manbai (to’lqin uzunligi 450 nm) bola ustidan 45-
50 sm masofada joylashtiriladi, u daqiqasiga 5-30 mk Vt/sm

yoritilishni 
ta’minlashi kerak. Oy kuni to’lib tug’ilgan bolalarda fototerapiyani birinchi kun 
oxirida qon zardobida bilvosita bilirubin darajasi 145 mkmol’/l va bundan ko’proq, 
keyin esa 205 mk mol’/l va ko’proq bo’lganda, muddatiga etmay tug’ilganlarda 
145 mkmol’/l va ko’proq bo’lganda boshlanadi, tug’ilishda tana vazni juda kam 
bo’lgan bolalarda fototerapiyani qon zardobida bilvosita bilirubin 100 mkmmol’/l 
bo’lgandayoq boshlanadi. Fototerapiyani hayotining birinchi 24-48 soatida 
boshlagan ma’qul. Uni odatda uzluksiz o’tkaziladi. Fototerapiyaning jinsiy 
bezlarga shikastlovchi ta’siri bo’lmasa-da, ko’z va jinsiy a’zolarni himoya bog’lam 
bilan berkitish zarur, deb hisoblanadi. Fototerapiyaning ijobiy samarasini bilvosita 
bilirubinning siydik va najas bilan ekskresiyasi ko’payishi, bilvosita bilirubinning 
fotooksidlanishi natijasida toksinliginning va binobarin, yadroli sariqlik xavfining 
kamayishi bilan bog’laydilar. Fototerapiya “ona sutidan bo’ladigan” sariqlikda 
ham yuqori samaraga ega.
Fototerapiyaning nojo’ya ta’sirlari quyidagilar bo’lishi mumkin: 1) 
me’yorga nisbatan ko’proq suv yo’qotilishi mumkin, shuning uchun 25% suyuqlik 
berilishi kerak; 2) najasning yashil tusga kirishi, bilvosita bilirubin 


fotoderivatlarining bo’lishiga bog’liq (davo talab qilinmaydi); 3) terida tranzitor 
toshma; 4) MNS faoliyati pasayish sindromi; 5) qorin mushaklarining cho’zilishi 
(davo talab qilinmaydi); 6) “bronza bola” sindromi (jigari shikastlangan bolalarda 
uchraydi, oqibati shikastlanish darajasiga ko’ra aniqlanadi); 7) trombositopeniyaga 
moyillik, ortiqcha parchalanishi bilan bog’liq (davo talab qilinmaydi); 
8)fototerapiya o’tkazish davrida bolaning o’sishi sekinlashadi; 9) vazni kam 
bolalarda Batalov yo’lining persistensiyasi kuzatiladi; 10) davomli fototerapiyada 
riboflavinningtranzitor etishmasligi kuzatiladi, biroq bu uning samarasini 
kamaytirmaydi. 
Fototerapiyaning davomiyligi qonda bilvosita bilirubin darajasining 
pasayishi sur’atlari bilan belgilanadi. Fototerapiyaning samaradorligi uni mnfuzion 
davo bilan qo’shib olib borilganda ko’payadi, chunki bilirubinning suvda eriydigan 
derivatlarining chiqarilishi tezlashadi. Muddatiga etib tug’ilgan bolalarga 
hayotining birinchi kunida qonda qand miqdorini nazorat qilib, odatda 50-60 ml/kg 
5-10%li glyukoza eritmasi quyiladi. Keyin har kuni 20 ml/kg dan qo’shiladi, 5 – 
kunga kelib kiritilayotgan suyuqlikning hajmi kuniga 150 ml/kg gacha etkaziladi. 
Hayotining 2-kunidan kal’siy darajasi tegishlicha fiziologik ehtiyojga ko’ra 
korreksiya qilinadi (me’yorida u muddatiga etib tug’ilgan bolalarda 75 mg/kg ni 
tashkil qiladi). Korreksiya 10%li kal’siy glyukonat (9 mg/ml) yoki kal’siy xlorid 
(36 mg/ml) eritmasi bilan amalga oshiriladi. Uchinchi kundan boshlab infuzion 
eritmaga 2 mmol’/kg natriy va xlor (izotonik eritmada) va 1 mmol’/kg kaliy 
qo’shiladi. YAngi tug’ilgan bolalarga mononuklear fagositar tizimning blokadasi 
va trombositlar agregasiyasining pasayishi sababli gemodez va reopoliglyukin 
quyish mumkin emas. 
Boshqa davolash usullaridan tozalovchi ho’qna va ichakda bilvosita 
bilirubinni adsorbsiyalaydigan dori vositalari tayinlanadi. Tozalovchi ho’qna 
hayotining dastlabki 2 soatida qonda bilvosita bilirubin darajasining maksimal 
ko’tarilishini kamaytiradi. Hayotining 12- soatidan so’ng bunday davolashning 
samarasi bo’lmaydi. 



Yüklə 305,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin