Toshkent pediatriya tibbiyot instituti II pediatriya fakulteti neonatologiya kafedrasi



Yüklə 305,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix14.10.2022
ölçüsü305,47 Kb.
#65128
1   2   3   4   5   6   7   8
chaqaloqlar sariqliklar

Etiologiyasi. Ma’lum eritrositar antigenlar massasi orasida, jumladan 75 
genetik polimorf tizimlar qon guruhlariga birlashtirilgan 500 dan ortiq genetik 
guruhli omillar ajratiladi. CHGK rivojlanishida “rezus” va AVO tizimlari katta 
ahamiyatga ega. CHGK kamroq KELL, DUFFI, KUDD, S, M va b. tizimlar 


antigenlari bo’yicha nomutanosiblikka bog’liq. “Rezus” tizimi 6 ta asosiy 
antigenlardan iborat, ular sintezini 3 juft genlar belgilaydi. Ularni ifodalash uchun 
quyidagi atamalardan foydalaniladi: Fisher (bunda antigenlar S,S: D,d, E,e deb 
belgilanadi) va Vinner atamasi (Rh, hr, Rho, Hro, Rh, hr antigenlar), rezus manfiy 
deyiladi, qolganlari esa unga ega emas, garchi ularda “rezus” sistemasining boshqa 
antigenlari bo’lsa-da, D-antigen lipoprotein sitoplazmatik membrana ichki sathida, 
ayni vaqtda A va V antigenlari esa tashqi sathida joylashadi. Ona va bolaning 
eritrositar antigenlari bo’yicha farqlanishi, ehtimol tutilgan ziddiyatga sababchi 
hisoblanadi: CHGK 3-6% shunday hollarda paydo bo’ladi. 
Rezus ziddiyatda, odatda onaning oldingi bo’lib o’tgan sensibilizasiyasi 
bo’ladi (abortlar, bundan oldingi homiladorlikda rezus musbat bola tug’ilishi, 
chunki tug’ruqda hamma vaqt qisman feto onalik transfuziyasi ro’y beradi). SHu 
munosabat bilan D-antigenlar embrionda 5-6 haftadayoq paydo bo’lishini eslatib 
o’tish zarur, binobarin, ilk muddatlardagi abortlarda sensibilizasiya bo’lishi 
mumkin, bunda faqat eritrositar antigenlar bilan emas, balki to’qima antigenlari 
bilan ham bo’lishi mumkin. Bu operasiyaning ayol organizmining homiladorlikni 
sun’iy to’xtashning immunologik va gormonal qayta qurilishi asosida o’tkazilishi 
hisobga olinadigan bo’lsa, abortlarning salbiy oqibatlarini baholash qiyinligi 
ma’lum bo’ladi.
AVO ziddiyatda CHGK ko’pincha birinchi homiladorlikda rivojlanadi, 
chunki etakchi etiologik omil yo’ldosh to’sig’ining buzilishidir: gestoz, onaning, 
somatik kasalliklari, infeksiya, gipoksiya, emlashlar hisoblanadi. Onada IgM 
sinfiga taalluqli, ya’ni shikastlanmagan yo’ldosh orqali o’tmaydigan tabiiy 
izoagglyutininlar borligi homilaga ularning transplansentar transportiga olib kelishi 
mumkin emas. Tabiiylaridan farqli ravishda ona IgG ga taalluqli guruhli AGga 
immunizasiya qilingandan so’ng paydo bo’lgan antitanalar me’yoriy yo’ldosh 
orqali bemalol o’tib, gemoliz chaqiradi. Ko’pincha AVO tizimi bo’yicha ziddiyat 
munosabati bo’yicha onada O(I) guruhi, bolada esa – A (II) guruhi bo’lganida 
CHGK yuzaga keladi.



Yüklə 305,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin