Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti



Yüklə 80,37 Kb.
səhifə1/5
tarix19.10.2023
ölçüsü80,37 Kb.
#157346
  1   2   3   4   5
G`ulomqodirov Kamoliddinning kurs iwi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

GIMNASTIKA VA UNI O‘QITISH METODIKASI”


FANIDAN
KURS ISHI

Mavzu: Bogʻcha yoshidagi bolalarda gimnastika vositalari orqali egiluvchanlikni oshirishni oʻrgatish.



Bajardi: 60112200 – “ Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishi
___ - kurs __________ guruh talabasi
_________________________________


Ilmiy raHbar: “Ijtimoiy fanlar” fakulteti o‘qituvchisi
___________________________________


Chirchiq – 2023 yil

Mundarija:

Kirish

3

I BOB. Bogʻcha yoshidagi bolalarda gimnastika vositalari orqali egiluvchanlikni oshirishni oʻrgatish.
1.1 Maktabgacha yoshidagi bolalarni gimnastika vositalari asosida jismoniy tayyorgarligini oshirish.

6

1.2 Maktabgacha yoshidagi bolalarda yassi oyoqlikni jismoniy mashg`ulotlarda gimnastika vositalari orqali oldini olish.


10

II BOB. Bog`cha yoshidagi bolalarga gimnastika rivojlantirish va tashkil etish.
2.1 Egiluvchanlikni rivojlantirish usullari.

15

2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarda gimnastika mashg’ulotlarini tashkil etish usullari.

24

Xulosa

32

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati

35


KIRISH
Mamlakatmizdagi maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi koʻp yillar davomida odam toʻgʻrisidagi koʻplab fanlar (pedagogika, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati, anatomiya va fiziologiya, tibbiyot, gigiena, biologiya, psixologiya va b.) asosida shakllangan. U oʻzida juda katta ilmiy-uslubiy izlanishlarni mujassamlashtirgan. Hozirgi vaqtda, bolalar bilan jismoniy tarbiyasogʻlomlashtirish ishlarining vazifalari va vositalari aniqlangan boʻlib, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi jismoniy tarbiyaning mazmuni tanlangan va tadbiq qilingan, muammoning koʻpchilik uslubiy jihatlari fundamental tarzda ishlab chiqilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasini yaratishga urinishlar.
XX asrning 50-yillaridan boshlangan. Oʻsha davrda ommaviy ochilishni boshlagan maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni jismonan tarbiya qilishning amaliy koʻnikmalariga ega kadrlar kerak boʻlgan. Bu sohada maxsus ilmiy tadqiqotlar hali boshlanmagan boʻlib, bolalar bogʻchalarida jismoniy tarbiya tizimining koʻpchilik umumiy holatlari qoʻllanilgan. Masalan, har xil yoshdagi insonlar jismoniy tarbiyasining maqsad va vazifalari mehnat va Vatan himoyasiga tayyorgarlik bilan bogʻlangan boʻlib, ular mexanik tarzda maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasiga ham olib oʻtilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanishida.
XX asrning 60-yillari, ayniqsa, muvaffaqiyatli boʻlgan. Bu davrda, bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bazasini belgilagan fundamental ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy mashqlarning ahamiyati va uning turlarini, bolalarda harakat malakalari va koʻnikmalarini shakllantirish uslubiyatini, sogʻlomlashtirish vazifalarini hal qilishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jismoniy tarbiya shakllari va vositalarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar kontseptual jihatdan ahamiyatli boʻlgan. Bolalarning harakatlarini rivojlantirish muammosi boʻyicha ilk bora olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda (A.I.Bikova, E.G. Levi-Gorinevskaya) ushbu turdagi ishning ahamiyati koʻrsatib berilgan, jismoniy tayyorgarlikning (4-7 yashar bolalarni) me’yorlari aniqlangan. Mashhur olima A.I.Keneman tomonidan bolalarni harakat amallariga oʻrgatishning qonuniyatlari, usullari va uslubiyatlari ochib berilgan va 1968 yili uning rahbarligi ostida “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” nomli oʻquv kursi yaratilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish muammolari boʻyicha 1970-1980 yillarda sobiq ittifoqning Pedagogika Fanlar Akademiyasi maktabgacha ta’lim ilmiy-tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan (M.Yu.Kistyakovskaya, T.I.Osokina, E.I.Vavilova, A.D.Udalaya), Ukraina (E.S.Vilchkovskiy, G.V.Shaligina), Armaniston (O.G.Arakelyan), Belorussiya (Z.I.Ermakova, L.V.Karmanova, V.A.Shishkina), Latviya (S.YA.Layzane), Litva (Yu.Yu.Rautskis) koʻp sonli ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilgan. Bolalarning jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari 1950 yillarda E.G.Levi-Gorinevskaya tomonidan olingan ma’lumotlarga nisbatan ancha yuqori boʻlgan. Natijada, bolalarning jismoniy tarbiyasi sohasidagi vazifalarga aniqliklar kiritilgan, yangi oʻqitish uslubiyatlari taklif qilingan, jismoniy tarbiya boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasini rivojlanishida XX asrning 60-yillari, ayniqsa, muvaffaqiyatli boʻlgan. Bu davrda, bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati bazasini belgilagan fundamental ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun jismoniy mashqlarning ahamiyati va uning turlarini, bolalarda harakat malakalari va koʻnikmalarini shakllantirish uslubiyatini, sogʻlomlashtirish vazifalarini hal qilishda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jismoniy tarbiya shakllari va vositalarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar kontseptual jihatdan ahamiyatli boʻlgan. Bolalarning harakatlarini rivojlantirish muammosi boʻyicha ilk bora olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda (A.I.Bikova, E.G. Levi-Gorinevskaya) ushbu turdagi ishning ahamiyati koʻrsatib berilgan, jismoniy tayyorgarlikning (4-7 yashar bolalarni) me’yorlari aniqlangan. Mashhur olima A.I.Keneman tomonidan bolalarni harakat amallariga oʻrgatishning qonuniyatlari, usullari va uslubiyatlari ochib berilgan va 1968 yili uning rahbarligi ostida “Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati” nomli oʻquv kursi yaratilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat malakalarini shakllantirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish muammolari boʻyicha 1970-1980 yillarda sobiq ittifoqning Pedagogika Fanlar Akademiyasi maktabgacha ta’lim ilmiy-tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan (M.Yu.Kistyakovskaya, T.I.Osokina, E.I.Vavilova, A.D.Udalaya), Ukraina (E.S.Vilchkovskiy, G.V.Shaligina), Armaniston (O.G.Arakelyan), Belorussiya (Z.I.Ermakova, L.V.Karmanova, V.A.Shishkina), Latviya (S.YA.Layzane), Litva (Yu.Yu.Rautskis) koʻp sonli ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilgan. Bolalarning jismoniy tayyorgarlik koʻrsatkichlari 1950 yillarda E.G.Levi-Gorinevskaya tomonidan olingan ma’lumotlarga nisbatan ancha yuqori boʻlgan. Natijada, bolalarning jismoniy tarbiyasi sohasidagi vazifalarga aniqliklar kiritilgan, yangi oʻqitish uslubiyatlari taklif qilingan, jismoniy tarbiya boʻyicha oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratilgan.


Yüklə 80,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin