Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti


Maktabgacha yoshidagi bolalarda yassi oyoqlikni jismoniy mashg`ulotlarda gimnastika vositalari orqali oldini olish



Yüklə 80,37 Kb.
səhifə3/5
tarix19.10.2023
ölçüsü80,37 Kb.
#157346
1   2   3   4   5
G`ulomqodirov Kamoliddinning kurs iwi

1.2 Maktabgacha yoshidagi bolalarda yassi oyoqlikni jismoniy mashg`ulotlarda gimnastika vositalari orqali oldini olish.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-sonli 2017-2021-yillarda Maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, 2017 yil 30 sentabrdagi PQ3305-son O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Qarori, 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktamgacha ta‘jimvazirining 2018 yil 18 iyundagi 1-sonli ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari buyrug‘i mazkur sohaga tegishli boshqa meyoriy huquqiy hujjatlarda berilgan vazifalarni amalga oshirish asosiy maqsad qilib olindi.
Statistikaga ko‘ra, Respublikada 2020-yil yakuniga ko `ra, jami 18 254 tamaktabgacha ta‘lim tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan, 6 197 tasi davlat tashkiloti, 10 244 tasi oilaviy shakldagi bog `cha, yana 788 tasi davlat-xususiy sherikchiligi asosida faoliyat yuritsa, qolgan 1 025 tasi xususiy hisoblanadi. Jami 2,7 mln bog `cha yoshidagi boladan 1 699 566 nafari (60,9 foiz) maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olingan. Ushbu ko `rsatkich 2017-yilda 708 247 nafar (27,7 foiz), 2018-yilda 932 310 nafar (37,7 foiz), 2019-yilda 1 413 290 nafarni (52,3 foizni) tashkil etgan. Barchamizga ma‘lumki hukumatimiz tomonidan bugungi kunda nogironlarga katta e‘tibor qaratilmoqda.
Barkamol avlodni tarbiyalash, ularning xar tomonlama ham jismonan, ham ma‘nan yetuk bo‘lishi, ularning ijtimoiy hayotini yaxshilash va jamiyatda o‘z o‘rnini topish bog‘cha yoshidan tarbiyalash samaralidir. Jismonan zaif bolalar uchun MTT jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ilk qadam dasturi bo‘yicha hech qanday jisminiy tarbiya mashqlari mavjud emas. Vaxolanki bog `cha yoshidagi 2,7 mln bolaning qariyb 61 foizi maktabgacha ta‘lim bilan qamrab olingan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda yassi oyoqlikni jismoniy mashg‘ulotlari jarayonida gimnastik vositalari orqali ularning salomatligini yaxshilash va oldini olish bugungi kunda dolzarb ekanligini ta‘kidlamoqchiman. Tadqiqotning maqsadi. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida gimnastika vositalari orqali yassi oyoqlikni oldini olish.
Tadqiqotning vazifalari tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan so‘rovnoma tashkil etish;
Tarbiyalanuvchilar orasida sog‘lom va tadqiqot uchun tajriba guruhlarini saralab olish;
Yassi oyoqlikni davolovchi gimnastika vositalari orqali jismoniy mashqlar majmuasini ishlab chiqish va tajribada qo‘llash.
Yassi oyoqlik oyoq panjasi shaklining o‘zgarishi bo‘lib, uning bo‘ylama va ko‘ndalang yoyining pasayishi bilan ifodalanadi. Ko‘ndalang va bo‘ylamayassiq oyoqlik ajratiladi, bu ikkala shaklning birgalikda kuzatilishi ehtimoli ham mavjud. Oyoq panjasining boshqa deformatsiyalari bilan birgalikda ko‘ndalang yassi oyoqlik 55,23%, bo‘ylama yassi oyoqlik 29,3% hollarni tashkil etadi.Yassi oyoqlikning alomatlari va belgilari quyidagilardan iborat:
Oyoq, tizza, son va beldagi og‘riq;
Notabiiy yurish va qomat;
Cho‘kkalab o‘tirishdan ko‘ra egilish osonroq;
O‘tirgan holatda muvozanatni saqlash qiyinligi.
«Og‘ir» yurish.
Yurish paytida maymoqlik.
Oyoq panjalarining deformatsiyalanishi (yassi oyoq, oyoq barmoqlarining nomutanosib uzunligi, qiyshiqligi, bosh barmoqdagi «suyak» yokipodagra(hallux valgus), oyoq panjasining o‘ta kengligi), tizza bo‘g‘imlarining deformatsiyasi, oyoq mushaklarining nomutanosib rivojlanishi.Yassi oyoqlik tirnoqlarning ichkariga o‘sishiga olib keladi.Yassioyoqlikningasosiysabablari:Ko‘pincha yassi oyoqlikorttirilganbo‘ladi, lekin asosan biriktiruvchi to‘qimaning tug‘ma yetishmovchiligi, noziklik fonida rivojlanadi. Bunday oyoq ko‘pincha «aristokratik» deb ham ataladi.Suyaklari nozikroq bo‘lganligi sababli, ayollarda yassi oyoqlik erkaklarga qaraganda 4 marta ko‘proq uchraydi.Ushbu patologiya rivojlanishiga hissa qo‘shadigan salbiy omillaridan biri —noto‘g‘ri tayyorlangan poyabzal hisoblanadi. Oyoq panjasi yoyining to‘g‘ri shakllanishi uchun mushaklar va boylamlarni doimo stimulyatsiya qilish zarur. Stimulyatorlar sifatida qattiq o‘t, toshlar, qum, tuproq bo‘lishi mumkin (agar ularda yalang oyoq yurilsa).Oyoq panjasi uchun parket, laminat va boshqa qattiq qoplamalar, shuningdek qattiq tagcharmli poyabzal agressiv hisoblanadi, bunda oyoq mushaklari faoliyat ko‘rsatmaydi. Har bir inson ishlamaydigan mushaklar atrofiyaga uchrashini biladi. Kosmos kashshoflario‘z ona zaminlariga qaytib kelishganda yura olishmagan ekan (tortisish kuchi yo‘qligining uzoq vaqt ta‘sir qilishi
tufayli). Shundan so‘ng kosmosda mushaklar va boylamlarni trenajorlar yordamida zo‘riqtirish kerakligi qabul qilingan.Yassi oyoqlikni quyidagi turlari mavjud:Ko’ndalang yassi oyoqlikdaoyoqning ko‘ndalang yoyi yassilanadi, uning old qismi barcha beshta kaft suyaklarning boshchalariga tayanadi, oyoq panjasi uzunligi kaft suyaklarning yelpig‘ich shaklidagi tarqalishi, birinchi barmoqning tashqariga og‘ishi va o‘rta barmoqning bolg‘acha shaklidagi deformatsiyasi tufayli kamayadi.Bo’ylama yassi oyoqlikdaesa oyoq bo‘ylama yoyi yassilanadi va oyoq yerga oyoq panjasining deyarli butun yuzasi bilan tegadi, oyoq uzunligi ortadi.Yassilanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tana vazniga bog‘liq: tana vazni, demakki oyoqlarga tushadigan yukqanchalik katta bo‘lsa, bo‘ylama yassi oyoqlik shunchalik ko‘proq aniqlanadi. Bu patologiya asosan ayollarda uchraydi.Tug’ma yassi oyoqliktashxisini 5-6 yoshdan oldin qo‘yish qiyin, chunki ushbu yoshgacha bo‘lgan bolalarda yassi oyoqlikning barcha elementlari aniqlanadi. Ammo, barcha holatlarning taxminan 3 foizida, yassiq oyoqlik tug‘ma bo‘ladi.Travmatik yassi oyoqlik—to‘piq, tovon, kaftoldi suyaklari sinishining natijasida rivojlanadi.Paralitik yassi oyoqlik—oyoq panjasi mushaklari va oyoqning pastki qismi mushaklari falajlanishi natijasidir (poliomielit oqibatida).Yassi oyoqlikni aniqlashda quyidagicha usullardan foydalanildi.PlantografiyaPodometriya yoki Fridlend usuliRentgenografiya (Bogdanov texnikasi)Yassi oyoqlarning diagnostikasi oyoqlarning bo'g'imlari patologiyasi darajasini, oyoq va mushak-skelet tizimining tizimli o'zgarishlari va disfunktsiyalari darajasini aniqlash imkonini beradi.Yosh ota-onalarda yassioyoqlikni uy sharoitida ham aniqlash mumkinmi, degan savol tug ̳ilishi tabiiy hol. Bolada 4-5 yoshdan so ̳ng yassioyoqlik bor yo ̳qligini mustaqil aniqlash mumkin. Buning uchun bola oyoqlariga yog ̳li krem, yod yoki guash surtish, so ̳ngra uni oq qog ̳oz ustida to ̳g ̳ri va tekish qo ̳yish lozim. Oyoqlarning izi yaqqol ko ̳rinib turadi. Izga diqqat bilan razm soling!Me‘yorda oyoqning ichki cheti chuqur bo ̳ladi (bu joydan qog ̳ozda iz qolmaydi). Ana shu chuqurcha oyoq kengligining qariyb yarmidan ko ̳pini egallashi kerak. Agar umuman bo ̳lmasa yoki tor bo ̳lsa (oyoqning yarmidan kamrog ̳i) –yassioyoqlik bor. Albatta bu ehtimolga yaqin taxmin. Shuni inobatga olgan holga, agar bolangizda yassioyoqlik bor deya gumon qilsangiz darhol ortopedga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Zero, ilk davrlarda aniqlangan yassioyoqlikni tez va yengil davolash mumkin.Yassi oyoqlikni davolash uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi:1.D.X. qo‘llar belda1-3 -oyoq barmoqlariga sakrash;4 -90 "burilish, kamarda qo'llar;5-8 -joyida yurish.
tufayli). Shundan so‘ng kosmosda mushaklar va boylamlarni trenajorlar yordamida zo‘riqtirish kerakligi qabul qilingan.Yassi oyoqlikni quyidagi turlari mavjud:Ko’ndalang yassi oyoqlikdaoyoqning ko‘ndalang yoyi yassilanadi, uning old qismi barcha beshta kaft suyaklarning boshchalariga tayanadi, oyoq panjasi uzunligi kaft suyaklarning yelpig‘ich shaklidagi tarqalishi, birinchi barmoqning tashqariga og‘ishi va o‘rta barmoqning bolg‘acha shaklidagi deformatsiyasi tufayli kamayadi.
Bo’ylama yassi oyoqlikdaesa oyoq bo‘ylama yoyi yassilanadi va oyoq yerga oyoq panjasining deyarli butun yuzasi bilan tegadi, oyoq uzunligi ortadi. Yassilanish to‘g‘ridan-to‘g‘ri tana vazniga bog‘liq: tana vazni, demakki oyoqlarga tushadigan yuk qanchalik katta bo‘lsa, bo‘ylama yassi oyoqlik shunchalik ko‘proq aniqlanadi. Bu patologiya asosan ayollarda uchraydi. Tug’ma yassi oyoqlik tashxisini 5-6 yoshdan oldin qo‘yish qiyin, chunki ushbu yoshgacha bo‘lgan bolalarda yassi oyoqlikning barcha elementlari aniqlanadi. Ammo, barcha holatlarning taxminan 3 foizida, yassiq oyoqlik tug‘ma bo‘ladi.Travmatik yassi oyoqlik to‘piq, tovon, kaftoldi suyaklari sinishining natijasida rivojlanadi. Paralitik yassi oyoqlik oyoq panjasi mushaklari va oyoqning pastki qismi mushaklari falajlanishi natijasidir (poliomielit oqibatida). Yassi oyoqlikni aniqlashda quyidagicha usullardan foydalanildi. Plantografiya Podometriya yoki Fridlend usuli Rentgenografiya (Bogdanov texnikasi) Yassi oyoqlarning diagnostikasi oyoqlarning bo'g'imlari patologiyasi darajasini, oyoq va mushak-skelet tizimining tizimli o'zgarishlari va disfunktsiyalari darajasini aniqlash imkonini beradi.Yosh ota-onalarda yassioyoqlikni uy sharoitida ham aniqlash mumkinmi, degan savol tug`ilishi tabiiy hol. Bolada 4-5 yoshdan so `ng yassioyoqlik bor yo `qligini mustaqil aniqlash mumkin. Buning uchun bola oyoqlariga yog`li krem, yod yoki guash surtish, so`ngra uni oq qog `oz ustida to`g`ri va tekish qo `yish lozim.Me‘yorda oyoqning ichki cheti chuqur bo`ladi (bu joydan qog`ozda iz qolmaydi). Ana shu chuqurcha oyoq kengligining qariyb yarmidan ko`pini egallashi kerak. Agar umuman bo`lmasa yoki tor bo`lsa (oyoqning yarmidan kamrog`i) yassioyoqlik bor. Shuni inobatga olgan holga, agar bolangizda yassioyoqlik bor deya gumon qilsangiz darhol ortopedga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Zero, ilk davrlarda aniqlangan yassioyoqlikni tez va yengil davolash mumkin.
Yassi oyoqlikni davolash uchun quyidagi mashqlar tavsiya qilinadi:
1.D.X. qo‘llar belda
1-3 -oyoq barmoqlariga sakrash;
4 -90 "burilish, kamarda qo'llar;
5-8 -joyida yurish.
D.X.-asosiy turish.
1-8 -oyoqlarning bir vaqtning o'zida egilishi (barmog'idan);
9-16 -joyida yurish;
II BOB. Bog`cha yoshidagi bolalarga gimnastika rivojlantirish va tashkil etish.
2.1 Egiluvchanlikni rivojlantirish usullari.
Uning rivojlanish metodologiyasi turli xil cho`zish mashqlarini muntazam ravishda takroriy takrorlashga asoslangan. Bunday holda, takroriy usul quyidagi shartlarni bajarilishini talab qiladi. Hech qanday holatda bu ta`sir cho`zish mashqlarini bajarishda bo`lgani kabi sezilarli darajada namoyon bo`lmaydi. Misol uchun, agar siz bir marta oldinga egilib, qiyalik miqdorini qayd qilsangiz, unda qiyalikni takrorlab, har safar odam pastga va pastga egilishini sezasiz. Agar siz qiyaliklarni bir necha ketma-ketlikda takrorlasangiz, unda keyingi seriyalarda avvalgisidan yaxshiroq bo`ladi. Biroq, bu ta`sir tez o`tadi.
Buni tuzatish uchun cho`zish mashqlarini juda ko`p va tez-tez takrorlash kerak.
Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun kunlik yoki ikki martalik mashqlar yordamida yaxshiroq natijalarga erishiladi.
Darsda takrorlashning etarliligi mezoni bu cho`zilgan mushaklar va ligamentlarda juda engil og`riq paydo bo`lishi. Ehtiyotkor rejimda siz biroz oldinroq to`xtashingiz mumkin (keskinlik yoki noqulaylikning birinchi belgisida).
Egiluvchanlikni saqlab qolish uchun siz haftasiga ikki-uch marta rivojlanayotgan mashqning 25-30 foizi bilan cho`zilgan mashqlarni bajarishingiz mumkin, bu harakat oralig`ini anatomik ravishda 90-95% ga etkazadi.
2. Egiluvchanlik mashqlari quyidagi tartibda berilishi kerak.
- faol dinamik harakatlar
- passiv statik harakatlar
Taklif etilayotgan sxema, bir tomondan, egiluvchanlikni samarali rivojlanishiga hissa qo`shadi, boshqa tomondan, shikastlanishlarning paydo bo`lishini kamaytiradi.
Egiluvchanlikni mashq qilgandan so`ng, kuchining nomoyon bo`lish mashqlarini bajarish kerak. Egiluvchanlik mashqlari umumiy rivojlanish mashqlarini bajarish orqali erishilgan tanani yaxshi oldindan qizdirgandan keyingina boshlanishi mumkin.
3. Qisqa dam olish intervallari bilan cho`zish mashqlarini ketma-ket takrorlash tavsiya etiladi. Amplitudani asta-sekin, bitta seriya doirasida ham, keyingi barcha bosqichlarda ham oshirish kerak. Jismoniy tarbiya doirasida bitta seriyadagi takroriy takrorlanishlarning tipik soni 10-12 martani tashkil qiladi, seriyalar soni 4 tadan 8 tagacha.
Yuqori malakali sportchilar uchun bu qiymatlar yuqoriroq bo`lishi mumkin. Ammo bitta seansda egiluvchanlikning umumiy yuklamasi oshmasligi kerak: orqa miya egilishi va kengayishi bilan - 90-100 marta takrorlanish, kestirib qo`shma - 60–70, yelka - 50–60 va boshqa bo`g`imlarda - 20-30 marta.
Agar og`riq egiluvchanlikni mashq qilgandan keyingi kuni paydo bo`lsa, unda bu juda ko`p stressning belgisidir. Mushaklardagi og`riq yo`qolgandan keyin siz darslarni davom ettirishingiz mumkin.
4. Xulosa qilib, biz chet elda keng tarqalgan cho`zish deb ataladigan egiluvchanlikni oshirishning samarali usuliga qisqacha to`xtalamiz. Terma so`zi inglizcha strech – “cho`zish” so`zidan kelib chiqqan. Ushbu tizim Shvetsiyada 50-yillarda paydo bo`lgan, ammo atigi 20 yil o`tgach, u sportda faol qo`llanila boshlandi va amerikalik va shved olimlari ishlarida o`zining asosini oldi. Mutaxassislar cho`zish usulini jarohatlarning oldini olish, harakatchanlikni saqlash, stressni engillashtirish, shuningdek ishlash va hayot sifatini yaxshilashning eng samarali usuli deb atashadi.
Statik rejimda cho`zish mashqlarida talaba ma`lum bir pozitsiyani egallaydi va uni 15 dan 60 sekundgacha ushlab turadi, shu bilan birga cho`zilgan mushaklarni siqib chiqarishi mumkin.
Siqilishning fiziologik mohiyati shundaki, siz mushaklarni cho`zib, ularda ma`lum bir pozitsiyani egallaganingizda, qon aylanishi va metabolizm faollashadi.
Bukish uchun turli xil variantlar mavjud. Mashqlarning quyidagi ketma-ketligi eng keng tarqalgan: mushaklarning qisqarish bosqichi (kuch yoki tezlikni oshiradigan mashqlar) sekundiga 1,5 s davom yetadi, so`ng 3-5 sekundgacha mushaklarning kuchining nomoyon bo`lishi va 15 dan 60 sek gacha statik pozada cho`zilishi. Amalga oshirishning yana bir usuli keng qo`llaniladi.
Egilish mashqlari: qizdirishda yoki mashg`ulotning asosiy qismida bajariladigan dinamik mashqlar oxirgi takrorlashda bir muncha vaqt turg`un pozitsiyani ushlab turish bilan.
Mashqlar orasidagi dam olishning davomiyligi va tabiati individualdir va jalb qilinganlar uchun pauza sekin ishlaydigan yoki faol dam olish bilan to`ldirilishi mumkin.
Kuch sifati va uning namoyon bo`lishi organizmning ta`sirlanishi natijasida ro`y beradi, u ruhiy, mushak, motor, vegetativ, gormonal funksiyalar sifatlari va organizmning boshqa fiziologik tizimlarining asosida yuz beradi. Bulardan kelib chiqqan holda kuch sifati soddalashtirilgan “mushaklar kuchi” tushunchasidan ko`lami bo`yicha kengroq tushuncha hisoblanadi. Mushak kuchi har bir harakat faoliyatining rivojlanuvchi tarkibiy qismidir. U namoyon qilinayotgan tezlik, tashqi qarshilik va ishning davomiyligiga bog`liq holda sifat tavsifiga ega bo`lishi mumkin.
Mushak kuchi insonning jismoniy imkoniyatlarini tavsiflovchi ko`rsatkich sifatida - bu mushaklar kuchlanishi oqibatida tashqi qarshilikni yengish yoki unga qarshilik ko`rsatish sifatidir.
Kuch sifati faol sport yo`nalishida rivojlanayotgan hollarda, mashg`ulot samarasi yuqori darajada sarflanayotgan kuch va uning namoyon bo`lish vaqtiga bog`liqligini e`tiborga olishi lozim. Kuch sifatini rivojlantirishda mashg`ulot jarayonida yqori zo`riqishni qo`llash texnologiyasi quyidagi turli imkoniyatlarning namoyon bo`lishiga asoslanishi mumkin bir martalik, qaytarma, davriy yoki nodavriy ishda kichik yoki katta tashqi qarshilikka qarshi mashg`ulot mashqlarining jadal yoki sust tezligi mushaklarning turli boshlang`ich - bo`shashgan yoki taranglashgan holatlaridan.
Mushak kuchini belgilovchi muhim jihatlardan biri bu mushaklarning ishlash tartibidir. Harakat amallarini bajarish jarayonida mushaklar kuchini namoyon qilishi mumkin:
  • o`z uzunligini kamaytirganda (yengib o`tuvchi, ya`ni miometrik tartib, masalan shtangani yotgan holda ko`tarish);


  • uning cho`zilishida (yon beruvchi, ya`ni pliometrik tartib, masalan yelkada yoki ko`krakda shtanga bilan o`tirib turish);


  • uzunligini o`zgartirmasdan (ushlab turuvchi, ya`ni izometrik tartib, masalan 4-6 s davomida egilgan holda cho`zilgan qo`llarda gantellarni ushlab turish);


  • uzunlikning o`zgarishi va mushaklarning taranglashuvi (aralash, ya`ni auksotonik tartib, masalan, halqalarga tiralgan holda ko`tarilish, tiralgan holda qo`llarni cho`zish (“krest”) va uni ushlab turish).



Birinchi ikkita tartib mushaklarning dinamik, uchinchisi –statik, to`rtinchisi - statodinamik ishiga taluqlidir. Mushak ishlarining bu tartiblari “dinamik kuch” va “statik kuch” atamalari bilan belgilanadi.
Kuchning eng yuqori kattaligi qo`nuvchi ishlashda namoyon bo`ladi, ayrim hollarda izometrik ko`rsatkichlardan ikki baravar yuqori bo`ladi.
Mushaklar ishlatilishining har qaysi tartibida kuch sekin va tez namoyon bo`lishi mumkin. Bu ularning ishlash tavsifidir qo`nuvchi tartibda har xil harakatlarda namoyon bo`ladigan kuch harakat tezligiga bog`liq va tezlik katta bo`lgan sari kuch ham katta bo`ladi.
Izometrik sharoitlarda kuch nolga teng bundagi kuch pliometrik tartibidagi kuch kattaligidan ancha kamroq. Mushaklar statik va qo`nuvchi tartiblarga nisbatan kamroq kuchni yenguvchi tartibda rivojlantiradi. Harakatlar tezligining kuchayishi bilan namoyon bo`layotgan kuchning kattaligi kamayadi.
Sust harakatlarda, ya`ni harakat tezligi nolga yaqin kelsa, izometrik sharoitlarda kuch kattaligi kuch ko`rsatkichlaridan farq qilmaydi.
Ba`zi vaqtlarda ishlashning izometrik tartibi yon beruvchi harakatlarda mushaklar uzunligini zo`rlab uzaytirish hollari kuzatiladi. Bu masalan, amortizatsion bosqichlarda yuqori balandlikdan yerga sakraganda, hamda tushayotgan jismning kinestik quvvatini uchirish zarur bo`lgan boshqa sakrashlarda namoyon bo`ladi.
Yon beruvchi tartib doirasida mushaklar uzunligini zo`rlab uzaytirish hollarida ishlashning izometrik tartibida namoyon bo`ladigan kuchdan ancha kattaroq (1,5-2) kuch namoyon bo`lishi mumkin.
Yenguvchi tartibda mushak kuchlarining namoyon qilish imkoniyatlari izometrik va qo`nuvchi tartiblarga ko`ra kamroqdir. Shuni yodda saqlash lozimkiy, mushaklar qisqarishining tezligi qancha katta bo`lsa, kamroq namoyon bo`ladigan va aksincha ya`ni namoyon bo`layotgan kuch hamda mushaklarning qisqarishi kuchi o`rtasida teskari proportsional bog`liqlik bo`ladi.
Kuchni rivojlantirish texnologiyasida izometrik sharoitlarda namoyon bo`ladigan maksimal kuch hamda og`irliklar bilan o`tkaziladigan mashqlardagi kuch va tezlik o`rtasidagi munosabatlarning o`ziga xos hususiyatlarini inobatga olish lozim.
Quyidagi qoida mavjud – yuklama olmagan mushak, maksimal tezlik bilan qisqaradi. Agar og`irlik yoki qarshilik kuchi asta-sekin kattalashsa, kattalashuviga mos holda (og`irlik massasi yoki qarshilik kattaligi bo`lishidan qat`iy nazar) mushaklar kuchi o`sadi, lekin ma`lum bir vaqtgacha. Bu holat og`irlik yoki qarshilik kattalashganda ishlab turgan mushaklarning kuchini ko`paytirmay qolganda keladi.
Misol tariqasida rezina koptok va 0,5-1 kg.li temir sharni keltirishimiz mumkin rezina koptokni otishdagi kuch temir sharni otishdagi kuchdan kamroq bo`ladi. Koptok og`irligini asta-sekin og`irlashtirib borishda jismga ta`sir qiladigan kuch koptok og`irligiga bog`liq bo`lmay qoladi va bo`g`imlardagi izometrik kuch rivojlanishi darajasi bilan belgilanadigan payt keladi.
Mushaklar ishlashining izotopik tartibi doimiy kuchlanish yoki tashqi yuklama ta`sirida mushakning qisqarishi bilan tavsiflanadi. Bu tartibda, yuklama qancha kam bo`lsa, mushak qisqarishining tezligi ko`proq bo`ladi yoki aksi bo`lishi mumkin.
Bu tartib tashqi qarshilikni yengish bo`yicha mashqlar uchun xosdir (gantellar, shtangalar, qadoqdoshlar, blok qurilmalardagi og`irliklar).
Izotonik tartibdagi mashqlarning o`ziga xos hususiyati shundan iboratki, snaryadga qo`yiladigan kuch kattaligi traektoriya bo`yicha o`zgaradi.
Tashqi og`irlik bilan amalga oshiriladigan mashqlarni bajarishda shuni unutmaslik kerakki, yuqori tezlik bilan gantel yoki shtangada bajariladigan mashqlarda harakat boshidagi mushakning maksimal kuchayishi snaryadga tezlik beradi. Keyingi ish esa asosan snaryad harakatining paydo bo`lgan inertsiyasi fonida bajariladi. Shu munosabat bilan og`irlashtirishning bunday turidagi mashqlar tezlik, dinamik kuchni rivojlantirish uchun kutilayotgan samarani bermaydi. Agar bu mashqlar bir maromda sekin yoki o`rta sur`atda bajarilsa, shuningdek og`irlik miqdori inobatga olinsa, mushak massasining maksimal kuchi va o`sishi samarali rivojlanadi. Umuman olganda, gantellar va shtangalar bilan bajariladigan mashqlar hammaga qulay bo`lganligi uchun ularni bajarish oson, shu jumladan umumiy jismoniy rivojlanishga juda foydali bo`ladi.
Berilgan rejimlarga va mushak faoliyatining hususiyatiga mos ravishda insonning kuch sifatlari ikki turga ajratiladi;
1. Statik va sust harakatlar sharoitlarida namoyon bo`ladigan shaxsiy kuch sifatlari.
2. Yenguvchi va yon beruvchi hususiyatli tez harakatlarni bajarishda yoki qo`nuvchidan yenguvchi ishga tez o`tishda namoyon bo`ladigan tezlik - kuch sifatlari.
Insonning shaxsiy kuch sifatlari ma`lum bir vaqt davomida me`yorga yetgan og`irlikni mushaklarning maksimal kuchayishi bilan ushlab turishda (ishning statik hususiyati) yoki katta og`irlikdagi jismlarni siljitishda namoyon bo`ladi. Oxirgi holda tezlikning deyarli ahamiyati yo`q, harakatlar esa maksimal darajaga yetadi, (ishning hususiyati sport atamatologiyasi bo`yicha sust, dinamik). Ishning bu hususiyatiga mos ravishda mushak kuchi statik va sust dinamik bo`lishi mumkin. Tezlik-kuch sifatlari kuch bilan bir qatorda harakat tezligi ham zarur bo`lgan holatlarda namoyon bo`ladi. Bunda tashqi og`1irlashtirish qancha yuqori bo`lsa, harakat kuchli tavsifga ega bo`ladi og`irlik qancha kam bo`lsa, harakat shuncha tez bo`ladi.
Tezlik - kuch layoqatining namoyon bo`lish shakllari u yoki bu harakatdagi mushak kuchayishining tavsifiga bog`liq. Bu harakter har-xil harakatlardagi quvvat kuchayishida, uni kattaligida va davomiyligini rivojlantirish tezligida namoyon bo`ladi.
Tezlik - kuch layoqatining muhim turi “portlash” kuchidir. “Portlash” kuchi - kuchning yuqori ko`rsatkichlarini kam vaqt ichida namoyon etish sifatlaridir. U sprinter yugurishdagi startda, otishlarda, boksda va boshqa turlarda ahamiyati katta.
Ko`rinib turibdiki, sport ustasida nafaqat kuch namoyon bo`lishining yuqori darajasi mavjud bo`lib, balki eng muhimi u kuchning yuqori kattaligiga juda qisqa vaqt ichida erishadi.
Portlash harakatining tarkibiy qismlari uchta bo`lib, asab-mushak faoliyatining quyidagi hususiyatlari bilan belgilanadi:
Mushaklarning yuqori kuchi, mushaklar kuchayishining boshlanishida tashqi harakatni tez namoyish etish sifati (start kuchi), qo`zg`alayotgan massaning tezlashuvi jarayonida ishchi harakatni o`stirish sifati - tezlashtiruvchi kuch. Aniqlanganidek bu hususiyatlar u yoki bu darajada har bir insonga uning yoshi, jinsi, sport bilan shug`ullanishi, harakat faoliyatining turidan qat`iy nazar taluqlidir.
Yuqori kuchni ko`rsatish uchun mushaklarga vaqt kerak aniqlanganidek to`xtagan harakat boshlanishidan 0,3 soniya o`tgandan so`ng mushak maksimum 90% ga teng kuchni namoyon etadi. Shu bilan birga sportda 0,3 soniyadan kamroq vaqtda bajaradigan harakatlar ko`p. Masalan eng kuchli sprinterlarda yugurish oldidagi itarilishga 100-60 m/s, uzunlikka sakrashda 150m/s “fosbyury-flop” usulida balandlikka sakrashda 180m/s, chang`i tramplinida 200-180m/s, nayzani otishda 150m/s.
Bu hollarda inson maksimal kuchni ko`rsatishga ulgurmaydi, shuning uchun kuch layoqatini yetakchi omili namoyon bo`layotgan kuchning kattaligi emas, balki uning o`sish tezligi, ya`ni kuch gradientidir.
Sportchilarning malakasi oshgani sari nayzani otishdagi harakatlarda, yadroni itarishda, yugurishda, sakrashdagi itarilishlarga sarf etiladigan vaqt kamayishi bunga isbot bo`la oladi.
Shunday qilib tezlik - kuch mashqlarida maksimal kuchning oshishi natijani yaxshilashga olib kelmasligi mumkin. Demak, kuch ko`rsatkichlari past, lekin yuqori gridient ko`rsatkichlariga ega bo`lgan sportchilar, kattaroq kuch imkoniyatlariga ega bo`lgan raqibini yutish mumkin.
Agar bir sportchida katta kuch va past kuch gridient ikkinchi sportchida esa aksincha, kuch gridienti yuqori kuch imkoniyatlari esa katta emas. Harakatning uzoq davomiyligida ikkala sportchi ham o`zlarining maksimal kuchini ko`rsatishga ulgurganlarida, birinchi sportchi ustunlik ko`rsatadi. Agar bajarish vaqti juda qisqa bo`lsa ustunlikni ikkinchi sportchi ko`rsatadi.
Zamonaviy tadqiqotlar natijasida kuch layoqatining yana bir namoyon bo`lishi kuzatiladi va mushaklarning qayishqoq deformatsiya energiyasini to`plash hamda qo`llash sifati “reaktiv sifat” deb nomlanadi. Bu sifat mushaklarning intensiv mexanik cho`zilishidan keyin, ya`ni ularning dinamik yuklamasi maksimal rivojlanayotgan sharoitlarda qo`nuvchi ishdan yenguvchiga tez o`tishdagi kuchli harakat paydo bo`lishi bilan tavsiflanadi.
Dastlabki cho`zilish mushaklarning qayishqoq deformatsiyasini keltirib chiqaradi va ularda ma`lum kuchlanish potentsialini (nometabolik energiya) to`plashni ta`qiqlaydi.
Aniqlanganidek, amortizatsiya bosqichida mushaklar cho`zilishi qancha keskin bo`lsa, mushaklar qo`nuvchidan yenguvchi ishlashga shuncha tez o`tadi, ularning qisqarish kuchi va tezligi ham shuncha yuqori bo`ladi. Mushaklarning keyingi qayishqoq energiyasini saqlab qolish uchun, yugurishda, sakrashda va boshqa harakatlarda yuqori tejamkorlik natijasini tasdiqlaydi.

Yüklə 80,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin