Timsolining yaratilishi



Yüklə 435,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix03.02.2023
ölçüsü435,83 Kb.
#82723
1   2   3   4   5   6
120 Rasulova Nigora 968-975

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Dostonga kiritilgan ikkinchi hikoyat, Zayd Zahhob haqidagi hikoyatda ham 
Rum mamlakati podshosining Zayd Zahhob ismli zargari, yaqin do‘sti bo‘lishi, 
hukmdor u bilan har bir ishda maslahat qilishi, shohning ishonchiga kirgan Zayd 
Zahhobning unga oltin taxt yasab berishini va’da qilib, xazinadan ikki ming botmon 
oltinni olishi,lekin taxtning faqat sirtini oltin qilib, ichki tomonini kumish bilan 
to‘ldirishi, do‘stlikka xiyonat qilib qolgan oltinlarni o‘zlashtirib olishi voqealarini 
ko‘rishimiz mumkin. Oxir oqibat Zayd Zahhobning dushmanlari shohga uning 
firibini ma’lum qiladi. Shoh Zayd Zahhobni zindonga tashlaydi. Zayd Zahhob 
zindondan qutilib,Qustantaniyaga qochadi va u yerda oxir –oqibat butxona rohibi 
bo‘ladi. U butxonadagi oltindan yasalgan barcha buyumlarni o‘zlashtirib, o‘rniga 
shisha va boshqa metallardan yasab qo‘yadi. So‘ng o‘z ixlosmandlariga bir maktub 
yozib, o‘z yurtiga qaytayotganini ma’lum qiladi. Butparastlar qo‘lidagi maktubda esa 
Zayd Zahhobning barcha kirdikorlari bayon qilingan edi. Zayd Rumga qaytib bemor 
shohni davolaydi. Qayda uning ishonchiga kiradi. Oltinlarni oshig‘i bilan qaytarib 
beradi, dushmanlarini jazolaydi. Shohga sadoqatini izhor etadi.
Dostondan o‘rin olgan to‘rtinchi hikoyatda esa shoh Bahrom qizil qasrda 
navbatdagi sayyohdan Juna va uning do‘sti Mas’ud haqidagi hikoyatni tinglaydi. 
Dehli sultoni hisoblanmish Juna shu darajada saxovatli ekanki, uning saxiyligi 
chegara bilmas ekan: 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
971 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
Adlu insof o‘lib sifoti aning, 
Shohlar ichra Juna oti aning.
Yelga bazlu ato bila mashhur.
Olam ichra saxo bila mashhur.
Yelga laklarni bebaho berib, 
Gar bahona topib xizona berib.
Bazlae gar debon suxansanje
Silasig‘a ato qilib ganje. 
2
Bir musofir uning mehmoni bo‘lib, unga rost gapirgan odamning yuzini oq, 
yolg‘onchining yuzini qora qilib ko‘rsatadigan ko‘zgu sovg‘a qiladi. Shoh olamda 
o‘zidan ham saxiyroq kishi bor-yo‘qligini so‘raydi. Musofir dastlab yo‘q deb javob 
beradi. Musofirning yuzi qorayib ko‘rinadi. Musofir unga ochig‘ini aytishga majbur 
bo‘ladi. Darhaqiqat, Junadan ham saxovatli kishi bo‘lib, u Taroz o‘lkasidan 
yashovchi Mas’ud edi. Mas’ud xabarini eshitgan shoh Tarozga yo‘l oladi va Mas’ud 
bilan uchrashib, do‘st tutinadi. Mas’ud unga o‘zi uchun eng aziz bo‘lgan narsalari: 
kuy va qo‘shiqda mohir bo‘lgan kanizagini, mayi tugamaydigan jomini, Gulgun 
laqabli otini hadya qiladi. Juna Mas’udni Tarozga hokim qilib tayinlash to‘g‘risida 
farmon beradi, ammo o‘zining shoh ekanligini bildirmaydi. Farmondan xabar topgan 
Taroz hokimi qattol vaziri Ballu bilan reja tuzib, Mas’ud bilan “sadoqatli do‘st” 
tutinishga qaror qiladi. Mas’ud uning do‘stligiga ishonadi. Kunlarning birida Jaypur 
Mas’udning uyiga keladi, shomga yaqin o‘zlarini tutolmaydigan darajada mast 
bo‘lishadi. Vaziyatdan foydalangan Ballu uni chohga soladi. Mas’udni chohdan olib 
holdan toyguncha azoblashadi va yana chohga solishadi. Mas’ud bu darajada 
qilinayotgan zulmning sababini bilmay lol bo‘ladi. Balluning go‘zal bir qizi bo‘lib,
u Mas’udga oshiq edi. Barcha voqeadan xabar topgan qiz Mas’udni qutqarib, birga 
saroydan qochib ketadi. Yo‘lda ko‘p mashaqqat chekkan ikki sevishgan Juna 
saltanatiga kelib qoladi. Xizmat yuzasidan saroyga kirgan Mas’ud o‘zi hadya qilgan 
narsalarni taniydi. Juna bilan topishadi. Do‘stini yo‘qotib, hajr azobida qolgan shoh 
Juna bag‘oyat shodlanib, do‘stiga ko‘p iltifotlar ko‘rsatadi. Jaypur bilan Balluni 
jazoga tortadi.
Payshanba kuni shoh Bahromning sandal qasrda eshitgan Muqbil va Mudbil 
haqidagi hikoyatida ham Boxtardan Xovarga yo‘l olgan ikki yo‘lovchining 
sarguzashti hikoya qilinadi.
Ul ikov yo‘ldin o‘lmayin ogoh, 
Bo‘yla vodida bo‘ldilar hamroh.
2
Alisher Navoiy .Sab’ai sayyor.Mukammal asarlar to’plami .20-jildlik.-T.:Fan,1992.10-jild.168-bet



Yüklə 435,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin