Timsolining yaratilishi



Yüklə 435,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix03.02.2023
ölçüsü435,83 Kb.
#82723
1   2   3   4   5   6
120 Rasulova Nigora 968-975

Ключевые слова: «Сабай Сайяр», Шах Бахром, Фаррух и Ахи, Зайд Заххаб, 
Джуна и Масъуд, Мукбил и Мудбил, дружелюбие, благородство.
KIRISH 
Do‘stlik, do‘stga vafoli bo‘lish borasida badiiy adabiyotimizda juda ko‘p 
rivoyatlar to‘qilgan, hikmatlar bitilgan. Do‘stlikning avvali tanishmoqlikdir. Ta’bir 
joiz bo‘lsa, tanishish – do‘stlik manziliga olib boruvchi bir yo‘ldir. Agar bu yo‘ldan 
to‘g‘ri bormay, poyintar-soyintar, egri-bugri qadam tashlansa, g‘iybat, ig‘vo, hasad 
ariqlaridan suv ichib turilsa, o‘rtada dushmanlik paydo bo‘lishi shubhasizdir.
Haqiqiy do‘st boshga kulfat tushganda bilinadi.
1
Hazrat Mir Alisher Navoiy ham o‘zining betakror ijodida do‘stlik tushunchasiga 
alohida urg‘u berganlar. Alisher Navoiy qalamiga mansub “Xamsa” dostonining 
to‘rtinchi dostoni bo‘lmish “Sab’ai sayyor” dostonida ham do‘stlik tushunchasi,
do‘stga sadoqatli bo‘lish, o‘ziga ravo ko‘rganini do‘stiga ham ravo ko‘rish tuyg‘ulari 
1
Тохир Малик, “Одамийлик мулки”.-Т.:”Шарқ “. 2014.154- bet 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
970 
w
www.oriens.uz
November 
2021
 
hikoyatlar zamirida yoritib berilgan. Dostondagi shoh Bahromga aytilgan birinchi 
hikoyat, ya’ni hindistonlik musofir tomonidan qora qasrda hikoya qilingan Farrux 
va Axiy haqidagi hikoyatni olib ko‘raylik. Shahzoda Farrux tushida ko‘rgan 
maxvashni axtarib Halabga kelishi, uni bir bor uchratib, hushidan ayrilishi,saxovati 
bilan nom qozongan Axiyning g‘am-anduhga chumib, qora palosga o‘ranib iztirob 
chekayotgan Farruxni uchratib qolishi, uni uyiga taklif qilib mulozamat ko‘rsatishi, u 
bilan suhbat qurib, uning dardidan voqif bo‘lishi, Farruxning ishqi tushgan go‘zal o‘z 
yori ekanligini bilishi va yorini taloq qilib, do‘sti Farruxga nikohlab berishi 
do‘stlikning, oliyjanoblikning eng yuqori bosqichidir. Bu kabi do‘stga nisbatan 
oliyjanoblik ko‘rsatish holatini Farrux obrazida ham ko‘rishimiz mumkin. Farrux 
nikohiga olgan go‘zal yorning g‘am- anduhga botib, nola qilishidan bor gapni bilib 
oladi. Axiyning mardligidan hayratga tushadi. Ayolni o‘ziga singil kabi tutadi va 
do‘stini izlaydi. Axiy ham ishi orqaga ketib, Hind mulkiga borib qoladi. U yerda ikki 
do‘st topishadi. Farrux singlim deya Axiyning ayolini to‘y-tomosha qilib o‘ziga 
nikohlab beradi. Shu tariqa ularning do‘stligi abadiiy bo‘lib, bir-birlaridan yordam va 
mehrini ayamay, uzoq umr ko‘rishadi.

Yüklə 435,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin