Texnikaviy chizmachilik cdr


Detallarning eskizlarini bajarish bosqichlari



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə41/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Detallarning eskizlarini bajarish bosqichlari


  1. bosqich. Detal bilan tanishib chiqish

Detalning shakli uning asosiy elementlarini fikran bir necha sirtlarga bo‘lish yo‘li bilan tahlil qilinadi. Imkoniyatga qarab detalning vazifasi, tayyorlash texnologiyasi, materiali va ishlatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi (1- shakl, v).
    1. bosqich. Bosh ko‘rinish va boshqa kerakli tasvirlarni aniqlash


Bosh ko‘rinishni shunday tanlash kerakki, u detalning shakli va o‘lchamlari haqida, shu bilan birga uni tayyorlashda eskizdan foydalanishni yengillashtirish zarur. Tasvirlarni yaqqolligini oshirish uchun ko‘rinishlarda qirqim va kesimlardan foydalaniladi. Tasvirlarda iloji boricha ko‘rinmas kontur chiziqlari kam bo‘lgani ma’qul. yetarli ko‘rinishlar sonini aniqlashda va eskizni bajarishda DS 2.305-68 qoidalari va tavsiyalariga binoan bajariladi.

1-shakl


2,a,b-shakllarda detalni joylashtirish variantlari strelka bilan ko‘rsatilgan, ulardan ko‘rinib turibdiki, 2,b-shaklni bosh ko‘rinish deb olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, chunki uni chap yonidan qaraganimizda avval aytib o‘tilgandek boshqa ko‘rinishlarga nisbatan to‘liqroq ma’lumot berishi hamda ko‘proq elementlari joylashganligini ko‘ramiz.
Berilgan detalni shaklini tasavvur qilish uning uchta tasviri yetarli bo‘ladi: ya’ni, bosh ko‘rinish, ustidan ko‘rinish, chap yonidan ko‘rinish. Bosh ko‘rinishda esa frontal qirqim berish zarur.


3-bosqich. Chizma formatini tanlash


Chizma formati 2.301 DS ga binoan tanlanadi va 2-bosqichga asosan detalni barcha elementlari va shaklini yetarli kattalikda tasvirlash, o‘lchamlar qo‘yish va shartli belgilarni ifodalash uchun imkon beradigan bo‘lishi zarur.


4-bosqich. Chizma qog‘ozini tayyorlash


Tanlangan formatdagi chizma qog‘ozining listlarni jamlab bog‘lash uchun chap tomonidan 20 mm va qolgan uch tomonida 5 mm list qirg‘og‘ining ichkarisiga ramka chiziladi, so‘ngra asosiy yozuv uchun chizma qog‘ozining o‘ng tomoni ostidan joy ajratiladi.

Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin