Texnikaviy chizmachilik cdr



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə37/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Tayanch bilimlarini faollashtirish: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari

(1-ilova)



  1. Ajralmaydigan birikmalar deb nimaga aytiladi

  2. Kavsharlangan va yelimlangan birikmalarni tushuntiring 3.Parchin choklar nima?

  1. Kavsharlangan birikmalarni tushuntiring

  2. Yelimlangan birikmalarni tushuntiring



(2-ilova)




Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.



Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi


Yangi mavzu nomini doskaga yoziladi


Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha rejalarini ham doskaga yoziladi




Tayanch so’z va iboralar:


Yangi mavzuga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo’yicha tushunchalar berib boriladi
.



Nazariy ma`lumotlar.


Mavzu: DETАLLАRNING ESKIZLАRI VА ISH CHIZMАLАRI

Reja:


1.Eskizlar. 2.Ish chizmalari

  1. Detalning eskiziga asosan ish chizmasini bajarish

Eskizlar.
Chizmachilik asboblari ishlatilmasdan va masshtabga rioya qilmasdan, buyumning nisbatlarini saqlangan holda ko‘zda chamalab bajarilgan chizma eskiz hisoblanadi. Eskizlar detallarning ish chizmalarini tuzish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Eskizlar, shuningdek, buyumlar va detallarni loyihalashda ularni ta’mirlashda qo‘llaniladi. Eskizlar detalning o‘ziga qarab ham tuziladi. Ishlab chiqarishda, ba’zi hollarda detalni shunday tez almashtirish zarur bo‘ladiki, uning ish chizmasini chizmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri eskiz bo‘yicha detal yasaladi. Ish chizmasi bilan eskizning farqi shundaki, ish chizma ma’lum masshtabda chizish asboblari yordamida, eskiz esa ko‘z bilan chamalangan masshtabda qo‘lda chiziladi. Mukammal bo‘lmagan, ba’zi o‘lchamlari tushib qolgan eskiz ish

chizmasi tuzish yoki detal tayyorlash uchun yaroqsiz bo‘ladi. Eskizda tasvirning kattaligi detalning o‘lchamiga, murakkabligiga va chizma qog‘ozning bichimiga qarab chiziladi, hamma kerakli o‘lchamlari, belgilari, texnik talablari va boshqa ma’lumotlarni yozishga imkon bo‘lishi lozim. Eskizlar odatda kataklangan yoki millimetrli qog‘ozda chizilishi qulay hisoblanadi. Bunday qog‘oz to‘r chiziqlarining kesishgan joylarida teshiklarning markazlarini qulay belgilashga, ayrim ko‘rinishlar orasidagi proyeksion bog‘lanishni yetarli darajada aniq saqlash imkonini beradi. Asliga qarab detallarning eskizlarini chizishda ba’zi bir detallarda uchraydigan noaniqliklar, ya’ni detallarni tayyorlashdagi yuz bergan, masalan, devorlari qalinligining bir xilda emasligi va boshqalarga tuzatish kiritish lozim. Quyish yo‘li bilan tayyorlangan detallarning eskizlarini chizishda quyish nishabligini, konuslik va radiuslarni ko‘rsatish lozim.
Eskizlarni quyidagi tartibda chizish tavsiya etiladi:
eskiz chizish uchun detalga mos chizma bichimi tanlanadi va xoshiyasi, asosiy yozuv o‘rni belgilab chiqiladi;
detalning tashqi va ichki qiyofasi yaxshi o‘rganib chiqiladi va unga nisbatan boshqa ko‘rinishlar soni aniqlab olinadi. Bosh ko‘rinish o‘rni va unga nisbatan boshqa ko‘rinishlar joyi belgilab chiqiladi. Bosh ko‘rinsh detal haqida to‘laroq va yaqqol ta’surot berishi kerak. Bu yerda detalga qo‘yiladigan o‘lchamlarga joy qoldirilishi hisobga olinadi.
detalning tashqi qiyofasi barcha ko‘rinishlarda ingichka chiziqlarda chizib chiqiladi.
detalning ichki qiyofasi barcha ko‘rinishlarda qirqimni hisobga olgan holda chizib chiqiladi.
zarur bo‘lgan qirqim va kesimlar bajariladi; detalga kerakli barcha o‘lchamlari qo‘yib chiqiladi;
ortiqcha chiziqlar o‘chirilib, chizma chiziqlari ustidan yurgazib chiqiladi, chizma taxt qilinadi;
asosiy yozuv yoziladi va chizma yana bir necha marta tekshirib chiqiladi.


    1. shakl

Ish chizmalari.
Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha buyumlarning ish chizmalari “Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi”da qayd qilingan asosiy talablarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Buyumlarning ish chizmalarini loyihalash va tuzishda quyidagilar nazarda tutilishi lozim.

  1. Standartlashtirilgan va sotib olinadigan buyumlar, ilgari ishlab chiqarilishi o‘zlashtirilgan va hozirgi zamon texnikasi taraqqiyotiga javob beradigan buyumlarni optimal qo‘llash.

  2. Rezbalar, shlitsalar va boshqa shunga o‘xshash konstruktiv elementlardan, ularning o‘lchamlaridan va qoplanishlaridan maqsadga muofiq, chegaralangan nomenklaturada foydalanish.

  3. Materiallarning markalari va sortamentlaridan maqsadga muvofiq, chegaralangan nomenklaturada eng arzon va tanqis bo‘lmagan materiallardan foydalanish.

  4. Buyumlarni tayyorlashda va tamirlashda eng qulay usullar, ularning tarkibiy qismlarini almashtirsh darajasi, ishlatishda yuqori darajada qulayliklar bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.

Buyum tarkibiga kiruvchi detallarning har biriga ish chizmalari chiziladi. Ayrim hollarda ba’zi detallar uchun ish chizmalari standart bo‘yicha chizmasa ham bo‘ladi.
Yig‘ish chizmalarida tasvirlar soni mumkin qadar kam, lekin buyumni tayyorlash, yig‘ish va tekshirish uchun yetarli bo‘lish lozim. Zarur hollrda yig‘ish chizmalarida buyumning ishlash va tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqasi to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilishi kerak.
Ish chizmalarini standartda belgilangan va qo‘yilgan soddalashtarishlarni tatbiq etib bajarish lozim. Ish chizmalari shunday tuzilishi kerakki, ulardan foydalanilganda mumkin qadar kam qo‘shimcha hujjatlar talab qilinadigan bo‘lsin. Ish chizmalarida texnologik ko‘rsatmalar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Lekin, istisno tariqasida, quyidagi hollarda texnologik qaytmalar keltirilishi mumkin:
agar mazkur usul buyumning kerakli sifatini ta’min etuvchi birdan-bir tayyorlash usuli bo‘lsa, masalan, pritirkalash (ishqalab etkazish), boshqa biror buyum yoki detal bilan birgalikda egish, bukish, turli shilovlar berish;
payvandlashning turlari va usullari, ularning birikmadagi belgilari.
Buyumning ish chizmasida uni yig‘ishdan yoki qo‘shimcha ishlov berishdan avval o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlar, yuzaning g‘adir-budirligi va boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Detal elementlarining o‘lchamlari, chekli chetga chiqishlari va yuzalarining gadir-budirliklari yig‘ish chizmalarida ko‘rsatilmaydi. Buyumlarning ish chizmalarida qoplanadigan detallar bo‘lsa, ularning qoplanishiga qadar bo‘lgan o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budirligi ko‘rsatiladi. Ish chizmalarida detallarning qoplanishiga qadar va undan keyingi o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budirliklarini bir yo‘lda ko‘rsatish mumkin.
G‘adir-budirlik belgisini esa qoplanishni belgilovchi yo‘g‘onlashtirilgan shtrixpunktir chizig‘iga qo‘yiladi (2-shakl, a). Agar detalning o‘lchamlari va yuzalarining g‘adir-budirliklarini qoplanishdan keyin ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda, bu o‘lchamlar va gadir-budirliklar “*” bilan bilan belgilanadi va texnikaviy talablarda tegishli yozuvlar yozib qo‘yiladi (2-shakl, b).

    1. shakl

Detal chizmasining asosiy yozuvida materialning faqat bir nomi va markasi ko‘rsatiladi.
Chizmalarda texnikaviy ma’lumotlar va parametrlar ularni hisoblamasdan foydalanish mumkin bo‘ladigan qilib berilishi kerak. Chizmalarda standartlar tomonidan qabul qilingan shartli belgilar ishlatiladi, lekin ularga izoh berilmaydi. Shartli belgilar chizmada bir necha marta takrorlanganda ham ular bir xil o‘lchamda bajariladi. Buyumning chizmalari alohida standart tomonidan belgilangan bichimlarda chiziladi. Agar barcha zarur bo‘lgan tasvirlar bitta bichimga joylashmasa, chizmani bir necha bichimda bajarish mumkin. Bir nechta bichimlarda bajarilgan chizma tasvirlarini shunday joylashtirish kerakki, ularni birgalikda ko‘rilganda tasvirlarning o‘zaro joylashishi qulay bo‘lsin.
Chizmalarda asosiy yozuvlar va uning qo‘shimcha yozuvlari, shuningdek spetsifkatsiyasidagi so‘zlar to‘liq qisqartirilmagan holda yozilishi kerak. Faqat standart tomonidan qabul qilingan so‘zlarni qisqartirib yozish mumkin.
Chizmalardagi boshqa yozuvlar va ilovalar (qiyalik, konuslik va o‘lchamlarni ko‘rsatuvchi yozuvlardan tashqari) asosiy yozuvlarga parallel holda yoziladi.
Detalning eskiziga asosan ish chizmasini bajarish.
Asliga qarab detalning eskizi chizilgandan keyin uning ish chizmasini chizishga o‘tiladi.
Ish chizmalarini chizishda eskizlarni tahlil qilishdan boshlanadi. Detallardagi texnikaviy atamalarda ko‘p uchraydigan galtel, o‘yiq (paz), bobishka, faska, burtik kabi ba’zi bir elementlarning to‘g‘ri tasvirlanishiga e’tibor beriladi. Galtel – valning bir silindrik yoki konussimon elementidan ikkinchisiga o‘tishda yumaloqlash radiusi, paz– vintlarning kallagidagi burash uchun mo‘ljallangan o‘yiq yoki shponka uchun mo‘ljallangan chuqurcha, burtik– silindrik yoki konussimon detallardagi (muftalardagi) halqasimon yo‘g‘onlashish, bobishka - quyilish vaqtida hosil bo‘ladigan o‘sma, faska– val, bolt, vint, shtift, gayka kabi detallarning toretslari oldidagi kesilgan cheti, faskalar yordamida val teshikka osonlik bilan kiritiladi, torets– tikkayib turmoq, tikka qilib qo‘ymoq degan ma’noni anglatadi. Torets– tekisligi odatda detalning o‘qiga yoki yog‘och tolalarining yo‘nalishiga perpendikular bo‘ladi.
Detallarni konstruksiyalashda metalni bir tekisda taqsimlashga intilinadi, shu maqsadda, masalan, berilgan detal devori qalinliklarining turlicha bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ulardan foydalanish zarur bo‘lgan holda yupqa devordan qalin devorga asta sekin o‘tiladi. Ko‘pincha detalning tashqi va ichki devorlari bir xil radius bilan bilan yumaloqlanadi, bu esa konstruktiv jihatdan xato hisoblanadi.
Bunda devorlar (chizmadagi mo‘lcham) ancha qalinlashib ketadi. Shuning uchun yumaloqlash markazi umumiy bitta bo‘lishi taminlanishi zarur bo‘lib, turli R1 va R2radiuslarda chizilishi kerak.
Quyish yo‘li bilan tayyorlangan detallraning ish chizmalarini chizishda quyish nishabligi, konuslik va radiuslari qolip (opoko) gacha bo‘lgan qiymatlarda bo‘lishini hisobga olinadi .
Detallarning ish chizmalari eskizlari kabi bosqichlari chiziladi. Detalga kiritilgan ba’zi bir «tuzatishlar» ish chizmalarida ham hisobga olinadi. 3-shaklda asliga qarab eskizi chizilgan detalning ish chizmasi misol tariqasida beriladi.



    1. shakl

Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin