Scientific progress volume ǀ issue ǀ



Yüklə 481,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix15.04.2023
ölçüsü481,59 Kb.
#98474
  1   2   3   4   5   6
moda-eskizlarini-chizishda-odam-qomatini-tasvirlash (1)



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1213
MODA ESKIZLARINI CHIZISHDA ODAM QOMATINI TASVIRLASH 
Firdavsxon Qodiriy 
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 
ANNOTATSIYA 
Maqolada odam qomati chizilish tarixi, qonuniyatlari, moda eskizlarida erkak va 
ayol qomatini to‘g‘ri tasvirlash haqida ma’lumotlar berilgan. Turli odam qomati 
shakllari keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: eskizlar, figura, tana proporsiyalari, model qomati, o‘lcham, bosh 
chizmasi, qo‘l kafti, oyoq panjasi. 
 
 
 
KIRISH
 
Moda sohasida mutaxassis bo‘lib yetishib chiqayotgan talabalardan odam qomatini 
tasvirlash katta kuch, hamda qonun-qoidalar va timsollar orqali ifodalangan go‘zallik 
qonunlarini izlash va qayd qilishni talab etadi. Qonun-qoidalarni o‘rganish – bu odam 
qomatini to'g'ri chizish uchun zarur bo‘lgan baza bo‘lib, eskizda ijodiy yondashuv 
boʻlishiga qaramasdan, kiyim tuzilishi odam qomatiga moslangan bo‘lishini hisobga 
olish zarur. Odam qomati tahlil natijasida, akademik chizma tasvir asosida o‘rganilib, 
moda usuliga moslashtirilgan holda uslublashni o‘rganish, ya’ni tananing turli qismlari 
orasidagi nisbatlarni to‘g‘ri saqlagan holda, odam qomatining ayrim proporsiyasini 
o‘zgartirish nazarda tutiladi. 
Tana proporsiyalari - bu tana va uning alohida qismlarining mutanosibligi 
hisoblanadi. Tananing to‘g‘ri proporsiyalari odamga estetik ko‘rkamlik va garmonik 
barkamollik ko‘rinishini baxsh etadi. 
Gavdaning holati o‘zgarganida suyak va muskullar holatining odam qiyofasiga 
qanday ta’sir etishini bo‘lajak dizayner rassomlar plastik anatomiya orqali o‘rganadilar. 

Yüklə 481,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin