Scientific progress volume ǀ issue ǀ


www.scientificprogress.uz



Yüklə 481,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix15.04.2023
ölçüsü481,59 Kb.
#98474
1   2   3   4   5   6
moda-eskizlarini-chizishda-odam-qomatini-tasvirlash (1)

www.scientificprogress.uz
 
Page 1216
keng parabola ko‘rinishida shakllanadi, bunda chiziq bir oz egiladi. Boldir chizig‘i 
tashqariga qarab egiladi. To‘piqda chiziq ifodali to‘lqinni hosil qilib, avval ichiga, so‘ng 
tashqariga egiladi. Ko‘pincha ijodkorlar ideal bo‘lmagan, erkak qomatini chizishdan 
cheklanadilar, lekin tajriba ortirishda juda qo‘l keladi. 
Eskizlarda real tik qomatni ko‘rsatib, model qomati eskizi o‘lchamini to‘g‘ri 
olishda bosh qismini asosiy modul o‘lchami deb hisobga olinadi. 
Ayollar bosh chizmasi: 
1. Tuxumsimon shakl chizilib, bo‘yin chizig‘i belgilanadi. Odam yuzini ikki 
qismga 
bo‘luvchi 
vertikal 
chiziq 
o‘tkazilsa, 
yuz 
chiziqlarini 
tasvirlashda 
proportsiyalarga rioya qilishga imkon yaratuvchi simmetrik o‘qini hosil qilinadi. 
2. Yuzni gorizontal bo‘yicha ko‘zni o‘lchamiga mos keladigan oraliqda uchta 
segmentga bo‘lish mumkin. 
3. Yuzni gorizontal bo‘yicha ko‘zni o‘lchamiga mos keladigan bodom shaklini 
joylashtiriladi. 
4. Burun va labning joylashuv yuz past qisminig uchdan bir qism teglikda 
belgilanadi. 
5. Ko‘zlar orasidagi masofa ko‘zning kengligiga teng, bu esa burun va labning 
kengligini aniqlaydi. Ko‘z qirg‘oqlari bo‘yin kengligi belgilanib, yelkaga vertikal 
chiziqlar bilan birlashtiriladi. Qosh tugash chizig‘i quloqning boshlanishi burun uchi 
nuqtasi chizig‘i esa quloqning tugashi bilan belgilanadi. 
6. Soch turmagi tanlangan ishchi qurolga bog‘liq. Dizayner uchun soch turmagi 
libos modelini yaratishdan keying ikkinchi darajada hisoblanadi. Kam tajribaga ega 
bo‘lganda ham, pero bilan chizilgan eskiz chiziqlari samarali bo‘lishi mumkin. 
Erkaklar bosh chizmasi ayollar bosh chizmasidan kattaligi bilan farqlanadi, bosh 
chizmasi aniq chizilishi yordamchi chiziqlarga bog‘liqdir. Ilk bosqich bosh shaklini 
hosil qilishdan boshlanadi. Boshning tuxumsimon shakli to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga 
yaqinlashadi, engak va dahan chiziqlari yuzning muskullarini ko‘rsatadi. Erkaklar 
bo‘yin qismi ayyollarnikidan yo‘g‘onroq bo‘ladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 481,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin