Tayanch bilimlarini faollashtirish: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari
(1-ilova)
Ish chizmasi nima?
2. Detalning eskiziga asosan ish chizmasini bajarish qanday amalga oshiriladi
(2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi
Yangi mavzu nomini
doskaga yoziladi
Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha rejalarini ham doskaga yoziladi
Tayanch so’z va
iboralar:
Yangi mavzuga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo’yicha tushunchalar berib boriladi
.
Nazariy ma`lumotlar.
Mavzu Murаkkаb bo‘lmаgаn detаllаr eskizlаrini bаjаrish.
Reja:
Detallarning eskizlarini bajarish
Detallarning eskizlarini bajarish bosqichlari
Detallarning eskizlarini bajarish
Eskiz konstruktorlik hujjati bo‘lib, konstruktorlar faoliyatida, ixtirolarda va ishlab-chiqarishni tashkil etishda keng qo‘llaniladi. Buyumni dastlabki ishlab chiqarishda, ta’mirlashda va boshqa hollarda ularni eskiziga binoan tayyorlanadi. Shuning uchun ham eskiz bajarishni barcha muhandislik yo‘nalishidagi talabalarning bilishlari muhim o‘rin tutadi.Eskizlar (konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi) standartlarining barcha talablariga rioya qilgan holda detal elementlarini tahminan proporsionalligini saqlab va ko‘z bilan chamalab chizmachilik asboblarisiz qo‘lda bajariladi.Eskiz kataklarga bo‘lingan barcha formatdagi chizma qog‘ozlariga bajarilishi mumkin. Detallarning ish chizmalarini chizishda ham eskiz asosiy hujjat hisoblanib, unda detal materiali, o‘lchamlari va shakli haqidagi mahlumotlar to‘liq keltirilgan bo‘lishi lozim. Undan tashqari, detalga (texnik talablarga) oid grafik va yozma ma’lumotlar ham berilishi mumkin. Eskiz tuzish jarayonini bir necha bosqichga bo‘lib o‘rganish tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: |