Agar ikki aylanani uchinchi aylana ularga tashqi tomonidan urinib o‘tgan holda tutashtirilsa bunday tutashma aylanalarning tashqi tutashmasi deyiladi.
5-shakl, b da O1 va O2markazlardan mos ravishda R1 va R2 radiuslar bilan chizilgan ikki aylanani berilgan Rradius yordamida tashqi tutashtirish talab qilinsin. Vositachi aylananing markazi O berilgan aylanalardan R masofada joylashtirish kerak. Ma’lumki, aylanalardan nuqtaning uzoqligi radial chiziq bo‘yicha o‘lchanadi. Shuning uchun O1markazdan R1+R radius bilan O2markazdan esa R2+R radius bilan yoylar chizamiz. Bu yoylarning kesishuv nuqtasi O tutashma markazi bo‘ladi. O markazni O1 va O2 lar bilan birlashtiramiz va ularning aylanalarni kesgan nuqtalarini mos ravishda 11 va 21bilan belgilaymiz. 11va 21tutashish nuqtalari bo‘ladi. Endi ularni O markazdan R radius bilan tutashtirib yasashlarni yakunlaymiz. Shunday qilib aylanalarning tashqi tutashmasida tutashmaning markazi Oberilgan aylanalarning radiuslariga tutashma radiusini qo‘shish orqali topiladi.
5-shakl
Ichki tutashma yasash.
Radiuslari tegishlicha R1 va R2 hamda markazlari O1 va O2 nuqtalarda joylashgan aylanalar R radius bilan tutashtirilishi (5-shakl, a) va bunda tutashma yoyi aylanalarning har ikkisiga botiq, ya’ni ichki tomoni bilan urinishi talab qilinsin. Tutashma radiusidan berilgan aylana radiusini ayirib hosil bo‘lgan R-R1 radius bilan O1 markazdan, shuningdek, R-R2 radius bilan O2 markazdan yoylar chizilsa O nuqtani hosil qiladi. Agar bu O markaz berilgan aylanalarning markazlari bilan birlashtirilsa, markaz chiziqlari OO1 va OO2 to‘g‘ri chiziqlarga ega bo‘linadi. Bu to‘g‘ri chiziqlarning davomi bilan berilgan aylanalar tegishlicha kesishib, tutashma (ichki urinma) 1 va 2 nuqtalarni beradi. So‘ngra O nuqtadan 1 va 2 nuqtalar R radius bilan tutashtiriladi.