Texnikaviy chizmachilik cdr


O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari



Yüklə 7,53 Mb.
səhifə18/90
tarix12.10.2023
ölçüsü7,53 Mb.
#154374
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
24.Texnikaviy chizmachilik Rahmonova Sanobarcover

Tayanch bilimlarini faollashtirish:

O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari


(1-ilova)

1. Geometrik yasashlar deganda nimani tushunasiz? Ularni yasash qaysi fan qoidasiga asoslangan?



  1. Sizga qanday geometrik shakllar ma’lum?

  2. Qanday burchaklarni uchburchaklik chizgich yordamida yasash mumkin?

  3. Burchak bissektrisasi deb nimaga aytiladi va u qanday topiladi?

(2-ilova)




Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.



Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi


Yangi mavzu nomini doskaga yoziladi


Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha rejalarini ham doskaga yoziladi




Tayanch so’z va iboralar:


Yangi mavzuga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo’yicha tushunchalar berib boriladi
.



    1. Tutashmalar.

Nazariy ma’lumotlar.




Mavzu: TUTАSHMАLАR YASАSH

Reja:


    1. Aylanalarning yoy vositasida tashqi tutashuvi

    2. Ichki tutashma yasash.

.
Tutashmalar.
Ko‘pincha detallar va boshqa buyumlarda, ularni tashkil qiluvchi sirtlar o‘zaro silliq, ravon tutashgan bo‘ladi. Lekin detal va buyumlarning chizmalarini bajarganda ularning konturlari chiziladi. Shu sababdan sirtlar orasidagi birlashmalarni chiziqlar orasidagi tutashmalar sifatida ko‘ramiz (1-shakl).


1-shakl
Tutashma deb bir chiziqning ikkinchi bir chiziqqa bevosita yoki yoy vositasida silliq, ravon o‘tishiga aytiladi.
2-shakl, a da o‘zaro o‘tkir burchak hosil qiluvchi mva nto‘g‘ri chiziqlar berilgan. Ularni berilgan radiusda tutashtirilishi talab qilingan bo‘lsin. Buning uchun mva nto‘g‘ri chiziqlarga ulardan Rmasofada parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazamiz. Ularning kesishuv nuqtasini O bilan belgilaymiz. O nuqta m va n to‘g‘ri chiziqlardan R mm masofada joylashgan nuqta bo‘lib, u tutashma markazi deb ataladi. O nuqtadan m va n to‘g‘ri chiziqlarga perpendikular o‘tkazib, ularda 1 va 2 nuqtalarni belgilaymiz. 1 va 2 – tutashuv (o‘tish) nuqtalari deyiladi. Endi O markazdan sirkulda R radius bilan 1 va 2 nuqtani birlashtiruvchi yoyni chizamiz. 2-shakl, b da shu jarayon o‘zaro o‘tmas burchak ABC hosil qiluvchi to‘g‘ri chiziqlari uchun bajarilgan. Yasashlar o‘zaro o‘tkir burchak hosil qiluvchi to‘g‘ri chiziqlar tutashmasidan farq qilmaydi. Bu yasashlarni o‘quvchining o‘ziga havola qilamiz.
2-shakl, c da o‘zaro to‘g‘ri burchak ABC hosil qilgan ikki to‘g‘ri chiziqlarni berilgan R radius yoy bilan tutashtirish ko‘rsatilgan. Bu holda yuqorida ko‘rsatilgan usuldan farqli o‘laroq, tutashmani faqat sirkul yordamida amalga oshirish ham mumkin.
Burchakning B uchidan tutashma radiusiga teng R bilan yoy chizamiz va uning tomonlarini kesgan nuqtalarni 1 va 2 bilan belgilaymiz. Endi radiusni o‘zgartirmasdan 1 va 2 markazlardan yoylar chizamiz. Ularning kesishgan O nuqtasi tutashmaning markazi bo‘ladi. O markazdan R radius bilan tutashma yoyini o‘tkazib yasashlarni yakunlaymiz (2-shakl, d).

2-shakl
3-shaklda o‘zaro parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofa L ga teng m va n to‘g‘ri chiziqlarni bitta aylana yoyi yordamida tutashtirish ko‘rsatilgan. Bunday holda mva nga perpendikular to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz. Uning to‘g‘ri chiziqlar bilan kesishgan nuqtasini Ava Bbilan belgilaymiz. ABnit eng ikkiga bo‘lib O tutashma markazini ayniqlaymiz. Omarkazdan R=AB:2radius bilan yoy chizib yasashlarni yakunlaymiz. Tutashtirilgan parallel to‘g‘ri chiziqlar ikki yoydan iborat bo‘lib (4- shakl), ulardan biri Bva C nuqtalar orqali, ikkinchisi esa C va D nuqtalar orqali o‘tadi. Shunga ko‘ra BC va CD to‘g‘ri chiziq kesmalarini tegishlicha teng ikkiga bo‘luvchi va ularga perpendikular bo‘lgan 12 va 34 to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi. B va Dnuqtalardan shu mva nto‘g‘ri chiziqlarga perpendikular bo‘lgan chiziqlar chiqariladi. Bu to‘g‘ri chiziqlar tegishlicha o‘zaro kesishib, O va O1nuqtalarni hosil qiladi. Bu nuqtalar tutashmani tuzuvchi yoylarning markazlari bo‘ladi. O nuqtadan OB radius bilan birinchi yoy, O1 nuqtadan esa O1D radius bilan ikkinchi yoy chiziladi. Bu yoylarning har ikkalasi berilgan C nuqta orqali o‘tadi. Agarda tutashma nuqtalari B va D ni birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq parallel to‘g‘ri chiziqlarga 45o burchak ostida qiya o‘tgan bo‘lsa, tutashma radiuslari yig‘indisi parallel to‘g‘ri chiziqlar orasidagi masofaga teng va tutashma yoyi aylananing choragini tashkil qiladi. Yasash usuli juda oson.


3-shakl 4-shakl



Yüklə 7,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin