Mavzu: Sxemаlаr
Reja:
Sxemalarning tur va ko‘rinishlari.
Umumiy tushunchalar. Sxema loyihaga oid grafik hujjat bo‘lib, unda buyum qismlarining tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatiladi. Buyumlarni loyihalash, sozlash, nazorat qilish, tuzatish va ulardan foydalanish hamda mexanizm, asbob, moslama, inshoot va hokazoning harakat (ish) jarayonida ketma-ketligi sxemalarda tushuntirib beriladi. Sxemalar mashina va mexanizmlarning vazifasiga ko‘ra harakat jarayonlarini aniqlash, ularni ishga sozlash va to‘g‘rilash hamda o‘rnatishda qo‘llaniladi. Shunday qilib, buyum qismlarini va ular orasidagi bog‘liklikni shartli belgilar bilan tasvirlovchi konstruktorlik hujjati sxema deyiladi. Barcha sxemalar standart talabi bo‘yicha chiziladi. Ular asosan to‘g‘ri burchakli proyeksiyalarda bitta ko‘rinishda yoyilgan holda chiziladi. Zarur bo‘lganda aksonometrik proyeksiyada ham chizish mumkin. Sxemalar masshtabga rioya qilmasdan chiziladi. Standart detallar uchun chizmalarda yozma tushintirishlar berilmaydi, ammo standart bo‘lmagan detallarga yozma tushintirishlar berlishi shart. Sxemalarda mashina hamda mexanizmlarning yig‘ma birikmalari yaxlit tasvirlanadi va ular sxema elementlari deyiladi. Buyumlarga nasos, podshipnik, mufta va shu kabilar kiradi. Sxemalarda buyumlarga kirmaydigan elementlar buyum uchun xizmat qiladigan bo‘lsa, ular ingichka shtrix-punktir chiziqlar bilan tasvirlanadi. Lekin uning joyi va bajaradigan ishi tushuntirish matni orqali ifodalanadi.
Standart tomonidan quyidagi atama va ta’riflar etakchi tasnifli guruhlarda belgilangan.
Sxema elementi.Sxemaning tarkibiy qismiga kiruvchi va ma’lum bir vazifani bajaruvchi, ammo mustaqil ish bajaruvchi, masalan, nasos, transfarmator, kompressor, mufta kabilar.
Qurilma(moslama, tuzilma). Yagona konstruksiyaga ega bo‘lgan elementlar yig‘indisi, masalan, biror apparat, mexanizm buyumda aniq bir vazifaga ega bo‘lmasligi mumkin.
Funksional guruh. Yagona konstruktsiyaga kirmasada, buyumda ma’lum bir vazifani bajaradigan elementlar yig‘indisi.
Funksional qism.Ma’lum vazifani bajaruvchi funksional guruh va moslama elementi.
Funksional zanjir.Ma’lum yo‘nalishdaga ish bajaradigan chiziq, kanal, trakt.
O‘zaro bog‘lanish chizig‘i.Buyumdagi funksional qismlar orasidagi bog‘lanishni ko‘rsatuvchi chiziq bo‘lagi.
Ko‘rsatma(jihozlash, o‘rnatish). Energetik inshootlarda sxemasi chiziladigan ob’ektning shartli nomi.
SXEMALARNING TUR VA KO‘RINISHLARI.
O‘zDSt 2.701-2003 barcha sanoat tarmoqlari bo‘yicha sxema turlari va ko‘rinishlarini chizish uchun tasdiqlangan.
Sxemalar buyumning tarkibiy elementlari hamda ularning o‘zaro bog‘lanishlariga qarab harflar bilan belgilanadi: K-kinematik, E-elektrik, Ngidravlik, R-pnematik,
L-optik, V-vakumlik, X-gazli, R-energetikali, E-buyumning tarkibiy qismlariga bo‘luvchi, S-kombinatsiyalashtirilgan sxema kabi qabul qilingan: 1-strukturalari, 2-funktsional, 3-printsipial (elektr sxemalar uchun to‘liq), 4-birlashtirish (elektr sxemalar uchun mantaj), 5-ulash, 6-umumiy, 7-joylashtirish, 0- yig‘ish.
Sxemaning nomi uning turi va ko‘rinishiga qarab aniqlanadi. Masalan, printsipial elektr sxemasi, printsipial gidravlik sxema va boshqalar.
Strukturali sxema.Buyum qismining asosiy xizmatini, o‘zaro bog‘lanishi va vazifasini aniqlaydi. Funktsional qismlari to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Ba’zi elementlarni shartli grafik belgilarda tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. Agar sxema elementlari to‘g‘ri to‘rtburchaklar ko‘rinishida chizilgan bo‘lsa, ularning ichiga elementlarning nomeri, belgi turi yozib qo‘yiladi.
Funktsional sxema. Buyum funksional qismlarining ayrimlari yoki barchasida ro‘y beradigan jarayonlar tasvirlanadi. Buyumning ish jarayonini o‘rganishda va buyumni sozlashda, nazorat qilishda va ta’mirlashda foydalaniladi.
Printsipial sxema.Buyumning tarkibiy elementlari hamda ular orasidagi bog‘lanishlarning barchasi ko‘rsatiladi. Shunga ko‘ra sxemaning bu turi buyumning ishlash jarayoni to‘g‘risida to‘liq ma’lumot beradi.
Biriktirish (montaj) sxemasi.Buyum qismlari orasidagi o‘zaro birikishlar ko‘rsatilishi sababli, unda ana shu birikmalarni amalga oshirish vositasi bo‘lgan o‘tkazgich, kabel, truboprovod kabilar aks ettiriladi.
Ulash sxemasi.Buyumning tashqi tomoni bilan boshqa buyumga birikish (ulash) joyi ko‘rsatiladi.
Umumiy sxema.Kompleksning tarkibiy qismlari tasvirlanib, foydalanish joyida ularni qanday montaj qilish haqida ma’lumot beriladi. Buyum elementlarining o‘zaro joylashishi sxemada taxminan to‘g‘ri tasvirlanadi.
Joylashtirish sxemasi. Buyum tarkibiy qismlarining bir-biriga nisbatan kanday joylashtirilganligi ko‘rsatiladi.
Birlashtirilgan sxema. Biror maqsadni ko‘zlab ikki, uch xil sxemalar turi birlashtirilib tasvirlanishi mumkin. Masalan, printsipial va montaj (birlashtirish), birlashtirish va ulash sxemasi. Bunday birlashtirishlar sxema turi va kurinishi hujjat bilan aniqlashi lozim. Masalan, elektr printsipial sxemasi va ulash sxemasi.
Kombinatsiyalashtirilgan sxema. Buyum tarkibiga turli elementlar ko‘rinishlari kiritilishi munosaboti bilan, buyum uchun bir turdagi sxemalarning bir nechtasini tuzish talab qilinadi. Bunday sxemalarni bitta kombinatsiyalashtirilgan sxema bilan almashtirish lozim bo‘ladi, masalan, elektrogidravlik printsipial sxema.
Turli ko‘rinish va turlar sxemalari.Bunday sxemalar tarmoq standartlari tomonidan joriy etilgan kod, tur va ko‘rinishlarda bajariladi.
Sxemalarning shifri standartga muvofiq uning turini ko‘rsatuvchi harf va turini belgilovchi raqamdan tashkil topadi. Masalan, pnevmatik strukturali sxema – R1, kinematik funktsional sxema – K2va hokazo.
Sxemalarda tasvirlanayotgan buyum elementlari ustma-ust tushmasligi va o‘qish oson bo‘lishi uchun mazkur elementlar qulay vaziyatda joylashtiriladi. Bundan tashqari grafik belgilarni bog‘lovchi chiziqlar imkoni boricha kam sinadigan va kam kesishadigan bo‘lishi hamda parallel bog‘lovchi chiziqlar oraisdagi masofa 3 mm dan kam bo‘lmasligi lozim.
Elektr sxemalarda qo‘llaniladigan shartli grafik belgilarning o‘lchamlari standartda berilgani holda, boshqa turdagi sxemalar elementlarining o‘lchamlari nisbati ularning haqiqiy o‘lchamlari nisbatiga taxminan mos kelishi lozim. Sxemalarda buyumning tarkibiy elementlari raqamlar bilan belgilanadi, ya’ni ularning vaziyat belgilari qo‘yiladi. Har bir elementning tartib nomeri harakat boshlanadigan joydan boshlab chiqarish chizig‘i tokchasiga qo‘yiladi. Tokcha ostiga esa, kerak bo‘lganda, element to‘g‘risida tushintirish yoziladi. Sxemalarni harakatga keltiradigan joydan boshlab o‘qiladi. O‘qish paytida har bir elementning shartli tasvirlanishi, o‘qish qiyin bo‘lsa, ularni shartli belgilar bilan taqqoslab o‘qiladi. Sxema elementlarning shartli grafik belgilari bog‘lanish chiziqlarining yo‘g‘onligi 0,2…1,0mm atrofida olinadi. Bitta sxemada barcha chiziqlar (buyum elementlari va bog‘lanish chiziqlari) bir xil tanlangan yo‘gonlikda chiziladi. Sxemada barcha shartli grafik belgilar standart tomonidan kanday qabul qilingan bo‘lsa, o‘shanday vaziyatda chizilishi kerak, lekin ba’zi maqsadlarni ko‘zlab, ularni 90°ga burilib yoki 180°ga ag‘darib tasvirlash mumkin. Raqamli yoki harfliraqamli belgilari bor sxema elementining shartli grafik belgisini 90° yoki 45°ga burib tasvirlashga yo‘l qo‘yiladi. Sanoat va qurilmaning barcha tarmoqlaridagi buyumlar uchun qo‘lda yoki avtomatlashtirilgan usulda bajariladigan sxemalarning shartli grafik belgilari standart tomonidan umumiy tatbiq qilinishiga muljallangan. (1,.2-jadvallar).
2-jadval
O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar.
Sxema elementi va Qurilma(moslama, tuzilma) haqida tushuntiring
Funksional guruh, Funksional qismva Funksional zanjir nima
Sxemalarning tur va ko‘rinishlari haqida nima bilasiz?
Mavzu: PАYVАNDLАSH MАNBАLАRINING SXEMАSINI CHIZISH Reja:
1.Gidravlik va pnevmatik sxemalar. 2 Elektr-radio sxemalar.
Suyuqlik, gaz (havo)larni bosim ostida yoki o‘zicha quvurlar orqali oqishni shartli belgilar yordamida ko‘rsatuvchi chizmalar gidravlik va pnevmatik sxemalar deyiladi. Bunday sxemalarda har bir quvurlar va ularni ulaydigan muftalar, ventil, jo‘mrak, klapanlar va moslamalar kabilar O‘zDSt 2.782-2003 talabiga ko‘ra shartli grafik belgilarda chiziladi (1-2 jadvallar).
O‘zining vazifasiga ko‘ra gidravlik va pnevmatik sxemalar strukturali printsipial va ulash (montaj) sxema turlariga bo‘linadi. Strukturali sxemada – buyumning barcha asosiy funksional qismlari (elementlar, moslama va funksional guruhlar) hamda ular orasidagi asosiy bog‘lanishlar ko‘rsatilib, o‘zaro bog‘lanishlar chizig‘ida suyuqlik (gaz) oqimining yo‘nalishi tasvirlanadi.
Prinsipal sxemada-elementlar tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘la ko‘rsatiladi. Unda buyumning ishlash prinsipi to‘g‘risida to‘la ma’lumot beriladi. Ulash (montaj) sxemasida – buyum qismlarinining ulanishi tasvirlanib, biriktiruvchi trubalarni aniqlab, ularni ulash va olib kirish joylari ko‘rsatiladi. Ulash sxemalari printsipial sxemalar asosida ishlab chiqiladi. Gidravlik va pnevmatik sxemalarda elementlar va qurilmalar, odatda dastlabki vaziyatda tasvirlanadi.
Vaziyat belgisiga kiruvchi harflar element nomining boshlang‘ich harflaridan iborat bo‘ladi: filtr-Fi, nasos-N, bosimli gidroklapan-GK, gidrokuchaytirgich-GC, moy purkagich (tuzatgich)-MP, tartib nomerlari elementlarning sxemada joylashishiga qarab yuqoridan pastga va chapdan o‘ngga tomon suyuqlik, gaz (havo) manbaidan boshlab beriladi. Bir xil elementlarga bitta vaziyat nomeri berilib, uning yonida qavs ichida 2(1), 2(2), 3(3)kabi yoziladi (1- shakl). Standart talabiga ko‘ra o‘tkazuvchi quvur truboprodlarni o‘qsiz ikkita ingichka chiziqda, bitta yo‘g‘on chiziq bilan, o‘zaro detal va armaturalarni kontur chiziqda tasvirlash mumkin.
Qurilishlarda issiq va sovuq suv, gaz, kanalizatsiya quvurlarni bir-biridan farq qilishi uchun raqam bilan belgilash yoki har xil yo‘g‘onlikdagi chiziqlar bilan tasvirlab, ularga tushuntirish beriladi. Gidravlik va pnevmatik sxemalar bir xil chiziladi va kinematik sxemalardek bir xil bo‘lib o‘qiladi.
5.3-shaklda parallel kuzatuvchi va ko‘chiruvchi bir koordinatali stanokning sxemasi berilgan bo‘lib, u quyidagicha o‘qiladi: suyuqlik F1bo‘shliqqa va bir
vaqtning o‘zida boshqariladigan zolotnik teshigi Fx dan oqim kuchi klapani 4ning prujinasi orqali chegaralangan qarama-qarshi R2 bosimli bo‘shliq F2ga oqib o‘tadi. Shunda ko‘chiruvchi stanokdagi moslama Kga topshiriq berilsa, sezuvchi element bilan ta’minlangan zolotnik (taqsimlovchi) 3 porshen 1ni u orqali harakatga keltiradi. Shunda silindr 2ni kerakli rejimda ishga tushiradi.
2 Elektr-radio sxemalar.
Elektr hisoblash mashinalari, avtomatik boshqarish tizimlari, radio va televizion apparaturalarning ishlash jarayonini sozlash, rostlash va tuzatish (ta’mirlash) ishlarida sxemalardan keng foydalaniladi. Bunday sxemalarda buyumning ishlash printsipi, uning tarkibiy elementlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar ko‘rsatiladi.
Sxemada elektr bog‘lanishlar bitta chiziq bilan, mexanik bog‘lanishlar ikki chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Elektr va radio sxemalar tarmokdan uzilgan holda tasvirlanadi. Har bir elementning harfli va raqamli belgisi bo‘ladi. Masalan, generator-G, rezistor-R, kondentsator-C, transfarmator-Tr, issiqlik relesi- IReva hokazo. Agar sxemada bir xil elementdan bir nechta bo‘lsa, masalan, rezistor takrorlansa R1, R2, R3,…kabi belgilanadi.
Sxemada elementlarning belgisidan tashqari ularning markasi ham yozib ko‘rsatilishi mumkin. U ko‘pincha, vaziyat belgisi ostiga kasr shaklida yoziladi.
Masalan, P 14 P 610 L
– tartib nomeri 10 bo‘lgan lampaning markasi 6P14Pekanligini bildiradi. Sxemada harf bilan yoziladi. Elementlar jadval ko‘rinishida beriladi.
Sxemalar O‘zDSt 2.710-2003 da tasdiqlangan shartli grafik belgilari asosida chiziladi (1-jadval).
Elektr va radio sxemalar bir xil tuziladi va o‘qiladi. 1-shaklda stanokning mexanik asboblari qismining jarayonini ko‘rsatuvchi kinematik sxemalar, elementlari orasidagi bog‘lanishlar tushirib qoldirilgan. Faqat elektr sxemasi tasvirlangan. Elektr sxemani o‘qiy boshlashda, unda tasvirlangan elementlar aniqlanadi. BV-bosh vklyuchatel, NV-sovituvchi nasos viklyuchatel, B-ilgarilama to‘g‘ri yurish kontaktori, S1, S2-eruvchan saqlagichlar, MD-quvvati 0,1 kVt li moylash nasosi dvigateli, C-moylash va sovutish nasoslarning kantaktori, BDquvvati 4,5 kVtli asosiy dvigatel’, ND-quvvati 0,125 kVtli sovutish nasosi dvigateli, KR-kuchlanish relesi, BV-barabanli pereklyuchatel (qayta ulagich). BDva NDviklyuchatellari stanok hamda sovutish nasosini tarmog‘idan uzib qo‘yish va ulash uchun xizmat qiladi. Asosiy dvigatel’ kontaktorlar Bva Horqali aylanish yo‘nalishi o‘zgartirilib turadi. Asosiy dvigatel’ va moylash nasosi dvigateli orasidagi blokirovkalash boshqarish zanjiridagi kontaktor C orqali amalga oshiriladi, ya’ni moylash nasosi dvigatelning kontaktori ulanmasdan oldin
asosiy dvigatelni ulash mumkin emas. Rele RHelektr tarmog‘ida kuchlanish yo‘qolganda stanokni tokdan uzib qo‘yadi. Tok paydo bo‘lgandan keyin u o‘zo‘zidan unga ulanmaydi. Shunday ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘ng sxemani o‘qish osonlashadi.
Stanok barabanli pereklyuchatel BVbilan bog‘langan bo‘lib, u dasta bilan boshqariladi. Pereklyuchatel BVning vaziyati 0 bo‘lganda kontaktorlar 1va 2 o‘zaro bog‘lanib, kuchlanish relesi KRga tok beradi va o‘zidagi kontaktorlar orkali sxemani normal ish bilan ta’minlash uchun kontaktorlar 3, 5, 7ga kuchlanish uzatiladi. Pereklyuchatelning dastasi V vaziyatga o‘tkazilsa, bir vaqtning o‘zida kontaktorlar 3-4, 7-8ulanadi.
Hamda ish to‘g‘ri yo‘nalishda boshlanadi. Shunda, dastlab, kontaktor C ulanib, asosiy kontaktor bilan moylash nasosi dvigatelini ishga tushiradi. To‘g‘ri yurish kontaktori Byordamchi kontaktorlar vositasida ulanadi. Pereklyuchatel’ dastasi Hvaziyatga ko‘yilganda, asosiy dvigatel’ teskari yo‘nalishda ishga tushadi. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
Sxemalarning qanday turi va ko‘rinishlari mavjud?
Kinematik sxemalar asosiy vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 3.Gidravlik va pnevmatik sxemalar-chi? Elektr- radiosxemalar-chi?
Dostları ilə paylaş: |