Yig‘ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar.
Yig‘ish chizmalarini tuzish.
Yig‘ish chizmalari, odatda yangi buyumlarni loyihalashtirishda va mavjud buyumlarning o‘ziga qarab tuziladi. Yangi ishlab chiqariladigan buyumlarning yig‘ish chizmalari loyihalanayotgan buyumlarga qo‘yilgan bir qancha texnik talablarni (o‘lchamlar, shakli, hisoblash natijasida olingan ma’lumotlar) va konstruktiv xususiyatlarini nazarda tutgan holda tuziladi. Buyumlarni yig‘ilgan holda tasvirlaydigan va ularni butlash va nazorat qilishga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan chizma yig‘ish chimasideyiladi. Yig‘ish chizmalari konstruktiv yoki to‘la va qisqartirilgan turlarda bo‘ladi. Mashina va mexanizmning vazifasi, ishlash jarayoni, detallarning o‘zaro birikish va ulanish usullarini aniqlash, mashinani yig‘ish va detallarga ajratib ish chizmalarini chizishni o‘z ichiga olgan yig‘ish chizmasi konstruktivyoki to‘la yig‘ish chizmasi deyiladi. Qisqartirilgan yig‘ish chizmalarifaqat buyumni yig‘ish uchun xizmat kiladi. Buyumning o‘ziga qarab yig‘ish chizmalarini quyidagi tartibda tuzish tavsiya
etiladi.
Buyum diqqat bilan o‘rganib chiqiladi. Uning vazifasi, ishlash prinsipi, konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi.
Buyum yig‘ish birliklari va detallarga ajratiladi. Buyum tarkibiga kiruvchi barcha detallarning shakllari, elementlari, ularning bir-biri bilan o‘zaro birikish usullari aniqlanadi.
Buyum tarkibiga kiruvchi yig‘ish birliklari va barcha detallarning standartga muvofiq spetsifikatsiyasi tuziladi.
Buyumning tarkibiga kiruvchi har bir detalning (standart detallardan tashqari) eskizi chizib chiqiladi.
Buyumning asosiy va qo‘shimcha tasvirlar soni, ko‘rinishlari, qirqimlar va kesimlar joylari belgilanadi.
Yig‘ish chizmasida qirqim standartga muvofiq bajariladi.
Chizmaninng o‘lchamlari, zarur hollarda detallarni o‘tqazish usullari ko‘rsatiladi.
Buyum detallarning vaziyat raqamlari qo‘yiladi.
Chizma taxt qilinadi. Standart bo‘yicha chizmaning kontur chiziqlari asosiy tutash chiziqlari bilan, asosiy yozuv, spetsifikatsiya, bichim hoshiyasi yo‘g‘onlashtirilib chizib chiqiladi. Detallarning bir-biriga tegib turgan joylarida tirqish bo‘lmasa, bitta kontur deb qaraladi va chiziqlarning yo‘g‘onligi o‘zgartirilmasdan, bir xil yo‘g‘onlikda chiziladi.
Yig‘ish birikmasi bilan tanishtirib chiqilgandan keyin detallarni ajratib olib, har birining eskizi chizib chiqiladi. Shunda har bir detal to‘g‘risida to‘liq tushuncha hosil bo‘ladi, shunda buyumning yig‘ish chizmasini tuzish osonlashadi. Yig‘ish chizmasini chizishni boshlashdan oldin uni nechta ko‘rinishlarda tasvirlash, qanday qirqimni bajarishga oid ma’lumotlarni aniqlashga to‘g‘ri keladi. Buyumning gabarit o‘lchamlari yordamida u chizma bichimiga joylashtiriladi va dastlab buyumning korpusi hamma ko‘rinishlarda chiziladi. Keyin shu korpusga yondosh detallar barcha ko‘rinishlarda chiziladi. Yondosh detallarning bir-biriga kirib turishini chizmada tasvirlashda ular orasida tirqishning bor-yug‘ligiga e’tibor beriladi. Yig‘ish chizmasini chizib bo‘lgandan keyin kerakli qirqim, qo‘shimcha ko‘rinish, kesim va boshqalar bajariladi. Yig‘ish chizmalarida standart tomonidan yo‘l qo‘yilgan shartliliklar va soddalashtirilishlardan foydalaniladi (1-shakl).
1-shakl
2 Yig‘ish chizmalarida qirqim bajarish.
Yig‘ish chizmalarida yondosh detallar qirqimda bir-biriga qarama-qarshi shtrixlanadi. Bunda birinchi yo‘nalishni masalan, o‘nga qiyalatib (45° burchak ostida) shtrixlansa, ikkinchisini esa chapga qiyalatib shtrixlanadi. Qirqimga ikkita yoki uchta yondosh detallar to‘g‘ri kelib qolsa, u holda qo‘shni detallar qirqimidagi shtrixlar orsidagi masofa o‘zgartiriladi yoki shtrix chiziqlari bir-biriga nisbatan siljitiladi.
Kattaroq detallarda shtrixlar orasidagi masofa kattaroq olinadi. Biroq bir detalning barcha ko‘rinishlaridagi qirqim va kesimdagi shtrix chiziqlari bir tomonga qiyalatib chiziladi va shtrixlar orasidagi masofalar bir xil bo‘lishi ta’minlanadi. Qirqimga tushgan detallarning kesim yuzalari 2 mmva undan kam bo‘lsa, bu ensiz yuzalar qoraga bo‘yab qo‘yiladi (1-shaklgi vaz. 7). Qirqimlarni bajarishda kesuvchi tekislik yaxlit (vallar, o‘qlar, dastalar, shponkalar, boltlar, shpilkalar va shunga o‘xshash) detallarning o‘qlari bo‘yicha o‘tganda, ya’ni bo‘ylama qirqimda bunday detallar kesilsa ham ular qirqilmaganday (shtrixlanmay) ko‘rsatiladi. Agar kesuvchi tekislik yaxlit detalning o‘qiga yoki uzun qovurgalarga ko‘ndalang yo‘nalgan bo‘lsa, u holda bunday detallar qirqilganday tasvirlanadi va umumiy qoidaga asosan shtrixlanadi. Yig‘ish
chizmalarida sharchalar, mahkamlash gaykalari va ular ostidagi shaybalar qirqilmay ko‘rsatiladi. Tish va rezbaning profili ham zarur bo‘lgan hollarda ular ham mahalliy qirqimda ko‘rsatiladi.
Yig‘ish chizmalarida suyuqlik, bug‘ yoki gazning detallar orasidagi tirqishdan chiqishini oldini olish yoki kamaytirish maksadida turli zichliklar qo‘llaniladi. Zichliklar rezina, texnik karton, asbest, rezina-metall moslamalardan iborat bo‘lib, qo‘zg‘aluvchan kontaktli detallar orasiga salnik, manjetlar, qo‘zg‘almas kontaktli detallar orasiga salnik, chilvir, plastinkalar qo‘yiladi va ular chizmalarda katak tarzida shtrixlanadi (1-shakl).
3. Yig‘ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar.
Yig‘ish chizmalarini bajarish ishlarini yengillashtirish maqsadida, standart tomonidan belgilangan soddalashtirish va shartliliklardan foydalaniladi.
Yig‘ish chizmalarining ko‘rinish va qirqmalarida detallarning faskalari, maydaroq yumaloqlashlar, yo‘nilgan ariqchalar, chuqurchalar, chiqiqlar, nakatkalar kabi elementlar ko‘rsatilmasligi mumkin. Olti qirrali va kvadrat gaykalar va boltlarning kallagida konussimon faskalari, shaybalarning faskalari soddalashtirilib, ular tasvirlanmasligi mumkin.
Buyumning qopqoqlari kabi detallar bilan berkilib qolgan tarkibiy qisimlarini ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u holda chizmada “Detal vaz... ko‘rsatilmagan” yoki “Dasta ko‘rsatilmagan” kabi yozuv bilan ta’minlanadi. Buyum yoki ular elementlarining prujinaning orqasidagi yoki ular oldidagi joylashgan detal bilan qisman to‘silib qolgan ko‘rinadigan qismlarini ko‘rsatmaslik mumkin.
Shaffof materiallardan tayyorlangan buyumlarni shaffofmasdek tasvirlash mumkin.
Vint, shurup (burama mix) kallagidagi o‘yiqlari bitta yo‘g‘on chiziq bilan 45° burchak ostida qiyalatib ko‘rsatish tavsiya etiladi. Vint, bolt, shpilkalarda ularning rezbalari butun sterjeni bo‘yicha ko‘rsatilib, shpilka uyalaridagi ehtiyot joylarda va sterjen toretsiga tik qaraganda rezba va shaybalar hamda tirqishlar tasvirlanmasligi mumkin.
Standartga muvofiq yig‘ish chizmalarida podshipniklarni soddalashtirib tasvirlash lozim. Bundan tashqari podshipnikni yarmi soddalashtirib shartli tasvirlash mumkin.
bitta materialdan tayyorlangan kabi qirqimda bir tomonlama shtrixlanadi (2-shakl). Zichlagich, manjetlar (3-shakl, a, b, ) o‘rni bo‘sh qoldirilib, uning o‘rniga zichlagichning xizmat qilish yo‘nalishi ko‘rsatilishi ham mumkin (3-shakl, c, d).
2-shakl 3-shakl
Agar ko‘rinish, qirqim yoki kesim simmetrik shaklda bo‘lsa, tasvirning yarmini ko‘rsatish (1-shakldagi ustdan ko‘rinishdagi A-A qirqim) yoki yarmidan ko‘prog‘ini ko‘rsatib, to‘lqinsimon chiziq bilan chegaralash tavsiya etiladi.
Yig‘ish chizmasida detalning bir nechta, bir tartibda joylashgan bir xil elementlari bo‘lsa, bunday elementlarning bir-ikkitasini to‘la ko‘rsatib, qolganlarini soddalashtirib yoki shartli ko‘rsatish mumkin. Masalan, flanetsdagi bir xil teshiklar (1-shaklga qarang).
Agar buyumlarning tarkibiy qismlari uchun alohida yig‘ish chizmasi chizilgan bo‘lsa, u holda qirqimda bu tarkibiy qismlar qirqilmagandek tasvirlanadi.
Bir turdagi, sotib olinadigan va boshqa keng qo‘llaniladigan standart buyumlar uchun faqat ularning tashqi qiyofalari beriladi (4-shakl).
Buyum ishlab chiqaruvchi korxonaning mahsulotiga qo‘yilgan tamg‘asi o‘rni konturi ko‘rsatiladi xolos. Asboblarning shaffof qismlari orqasida joylashgan shkalalar,
yo‘nalishlar, lampalarning ichki tuzilishlari xuddi ko‘rinadigandek chiziladi.
Yig‘ish birligiga kirmaydigan lekin yordamchi maqsadga ega bo‘lgan buyumlarni ingichka tutash chiziq bilan tasvirlash qabul qilingan bo‘lib, unday buyum spetsifikatsiyalanmaydi. Endi, jo‘mrak (kran) deb nomlangan buyumning o‘ziga qarab uning yig‘ish chizmasini tuzish bilan tanishib chiqamiz (5-shakl).
shakl 5-shakl
Jo‘mrak dasta, tiqin, korpus, maxsus shayba va gaykalardan tashkil topgan bo‘lib, standart talabiga binoan chizib olinadi.
Korpus murakkabroq detal bo‘lgani uchun uni uchta ko‘rinishda chizish lozim bo‘ladi. Tiqinni esa bitta ko‘rnishda kerakli kesimlar bilan tasvirlasa bo‘ladi. Qolgan detallari tekis ya’ni bir xil qalinlikka ega bo‘lgan listli metalldan shtamplash usuli bilan tayyorlanganligi uchun ularni ham bitta ko‘rinishlarda tasvirlash kifoya (6-shakl).
shakl
Jo‘mrakning eskizlari asosida uning yig‘ish chizmasini yuqorida bayon qilingandek chizib chiqish tavsiya etiladi (7-shakl). Jo‘mrak korpusini uchta ko‘rinishda tasvirlash joiz bo‘lgani uchun, uning yig‘ish chizmasi ham uchta ko‘rinishda chiziladi.
shakl
O‘z – o‘zini tekshirish uchun savollar.
Yig‘ish chizmalarini tuzish deganda nimani tushunasiz?
Yig‘ish chizmalarida qirqim bajarish usullarini ayting?
Yig‘ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlarni tushuntirib bering?