Qo‘shimcha ko‘rinish. Detalning bir qismi asosiy ko‘rinishlardan biriga buzilib tasvirlanadigan bo‘lsa u qismini qo‘shimcha ko‘rinishda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Qo‘shimcha ko‘rinish proyeksiyalar tekisliklarning birortasiga parallel bo‘lmagan tekislikka to‘g‘ri kelsa, u vaqtda ko‘rsatkich qo‘yib A ko‘rinish singari yozuv bilan ta’minlanadi (3-shakl). Ko‘ratgich (strelka) 4-shaklda beriladi.
4-shakl
2.Detallarning shaklini chizmalari oldida tahlil qilish.
Detal chizmalarini o‘qishda ularni fikran geometrik jismlarga ajrata bilish o‘ta muhim hisoblanadi. Bu jarayon detal chizmasini tahlil qilish deyiladi. 5-shakl, a da suv o‘tkazgich (vodoprovod) ventilining qopqog‘i rezbasiz chizilgan. Shu detal nechta va qanday geometrik sirt yig‘indisidan tashkil topgan? Bu savolga javob berish maqsadida har bir geometrik sirtni alohida ajratib chiziladi. Detal 6ta geometrik sirtlar yig‘indisidan hosil bo‘lgan (aslida bundan ham ko‘p, lekin bu chizmada soddalshtirib olingan) bo‘lib, faqat 3 hil geometrik jism turi ko‘rsatilgan. Detaldagi hamma jismlar ko‘zga aniq ko‘rinmoqda, lekin yana ham aniq va
yaqqolroq bo‘lishini nazarda tutib, ularni bitta o‘qda bir-biridan ajratib chizilgan (5-shakl, b).
shakl
Har bir detal shakli uning bajaradigan ishiga qarab aniqlanadi. Masalan, g‘ildirak aylanma harakat qilganligi uchun u aylana, har qanday suyuqlik yoki gaz kabilar aylanali teshikdan yaxshi o‘tishligi uchun ham quvur (truba)lar silindrik qilib ishlanadi. Kitobni o‘qish va yozish oson bo‘lishi uchun uni to‘rtburchak shaklida nashr etiladi va h.k. Endi, texnik detallar shakli va uning bo‘laklari nima uchun kerakligi haqida qisqacha fikr yuritaylik. 6-shaklda tasvirlangan detal silindrning ikki yon tomonida uchburchak shaklida joylashgan devorlari lor. Bu devorlar silindrni parallelepiped ustida mustahkam birikib turishi uchun xizmat qiladi. Detallarda bunday devorlar “Mustaxkamlash quvurg‘asi” yoki qisqacha “Qovurg‘a” deyiladi. Ushbu detaldagi qovurg‘alar aylanma harakat qiluvchi silindrik teshik devorlarini mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Detal asosi parallelepiped burchaklari ham yumaloqlangan. Detallarni yengillashtirish va chiroylik bo‘lishini ta’minlash maqsadida burchaklari yumaloqlangan.
Detallardagi oltiburchakli prizmalar ularni burab kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi va h.k. Chizmalarni o‘qish. Tayyor chizmaga qarab, huddi ta’rifi yozilgandek, detal haqida batafsil ma’lumot olishga harakat qilinadi. Detalning chizmasini sinchiklab ko‘rgan sari u haqida yana ham to‘laroq tasavvur hosil qilinadi. Chizmani o‘qish jarayoni chizmachilikni yaxshi o‘rganishga yordam beradi. Fazoviy tasavvurni yaxshi o‘stirishga va chizmalardagi barcha shartliklarni to‘laroq o‘zlashtirishga imkoniyat yaratadi va o‘quvchi tomonidan chizmani tez o‘qiy olish qobiliyatini o‘stiradi. Umuman chizmalarni o‘qish – chizmada tasvirlangan detalning shaklini to‘la tasavvur qilishga va uning konstruktiv xususiyatlarini aniqlashga, chizmaga qo‘yilgan hamma o‘lchamlarni o‘qishga, ular detalning qaysi qismiga oidligini aniqlashga o‘rganishdir. Bulardan tashqari, chizmani o‘qish natijasida detalning nomi, u qanday materialdan tayyorlanganligini va chizmaning masshtabini aniqlab olishga yordam beradi. Chizmani o‘qishda eng qiyin tomoni tasvirlangan detalning umumiy shaklini tasavvur qilishdir. Buning uchun mumkin qadar ko‘proq chizmalarni tahlil qilishga o‘rganishdir.
shakl
Ko‘pincha detallar ikkita ko‘rinishda chiziladi. Bunday chizmalarni o‘qish uchun chizmada tasvirlangan detalning yaqqol tasvirini chizish yoki uning uchinchi ko‘rinishini yasash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Detalning berilgan ikkita ko‘rinishiga asoslanib uchinchi ko‘rinishini aniqlash. 7-shaklda detalning bosh va ustdan ko‘rinishlari berilgan. Uning chapdan ko‘rinishini aniqlash joyiz bo‘lsa, darhol detal qanday geometrik jismlardan tuzilganligi tahlil qilinadi. Detal asosi to‘g‘ri to‘rtburchakli prizma, uning ustida silindr, kesik konus bilan yakunlangan, markaziy o‘q bo‘yicha silindrik teshik qo‘yilgan. Umumiy tayyorgarlikdan keyin detalning uchinchi ya’ni chapdan ko‘rinishini aniqlashga o‘tiladi. 7-shaklda bu jarayon bosqichlarda to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lib, har qaysi bosqich yo‘g‘on chiziqlarda chizilgan. Birinchi bosqich. Detallarning ostki asosiy Ao‘lchamda chiziladi (7-shakl,
a). Ikkinchi bosqich. Bo‘lchamdagi silindr chiziladi (7-shakl, b). Uchinchi bosqich. Bo‘lchamdagi silindr ustiga uchi Co‘lchamli kesik konus va silindrik teshik chiziladi (7-shakl, c).
shakl
Agar detalning oldin yaqqol tasvirini chizib olganimizda, uning uchinchi ko‘rinishini aniqlab chizish yana ham osonlashar edi. 8-shakl, ada ko‘rinishlari berilgan detalning yaqqol tasvirini chizish (8-shakl, b) orqali uning 3-ko‘rinishi Ayo‘nalish bo‘yicha bemalol chizish mumkin (8-shakl, c).
shakl
Detalning ikkita ko‘rinishi berilgan bo‘lsa (9-shakl), uning uchinchi ko‘rinishini grafik usulida ham aniqlash mumkin. Buning uchun 9-shakl, a da ko‘rsatilganidek yordamchi doimiy chiziq 45 0 burchakda o‘tkaziladi. Detalning chapdan ko‘rinishi bosh ko‘rinish bilan bitta gorizontal chiziqda yotganligi uchun bosh ko‘rinish asosiy va ustki tekisliklaridan yordamchi chiziqlar chiziladi.
Detalning ustdan ko‘rinishi orqali yordamchi chiziqlar o‘tkazilib, 450 da burchakdagi doimiy chiziq bilan kesishtiriladi va vertikal chiziqlar chizib, bosh ko‘rinishdan chizilgan gorizontal yordamchi chiziqlar bilan kesishtiriladi. Natijada detalning chapdan ko‘rinishi konturi hosil bo‘ladi. Detalning qirqilgan joyidan chizilgan yordamchi chiziq orqali uning uchinchi ko‘rinishi aniqlanadi. Detalning o‘rtasidan o‘tgan silindrik teshik uning chapdan ko‘rinishida markaziy o‘qi orqali shtrix chiziqda chizib qo‘yiladi. (9-shakl, a, b, c).
shakl
. O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar.
Ko‘rinishlar deb nimaga aytiladi? Asosiy ko‘rinishlarga-chi?
Bosh ko‘rinish deganda nimani tushunasiz? Maxalliy ko‘rinish degandachi?
Qo‘shimcha ko‘rinish qanday holatlarda qo‘llaniladi?
Texnik detallardagi oltiburchakli prizma nima uchun kerak?
Detallarda qovurg‘alar nima uchun kerak?
Detal chizmasini o‘qish nimadan boshlanadi?
Detalning berilgan ikkita ko‘rinishi bo‘yicha uchinchi ko‘rinishini aniql ashda qanday usullardan foydalaniladi?