Tayanch bilimlarini faollashtirish: O`tilgan mavzuni takrorlash uchun savollari
(1-ilova)
Sxema elementi va Qurilma(moslama, tuzilma) haqida tushuntiring
Funksional guruh, Funksional qism va Funksional zanjir nima?
Sxemalarning tur va ko‘rinishlari haqida nima bilasiz?
(2-ilova)
Mashg’ulotning nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi va yozib olishlarini aytadi.
Dastlab doskaga bugungi kun sanasini yozib qo’yiladi
Yangi mavzu nomini
doskaga yoziladi
Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha rejalarini ham doskaga yoziladi
Tayanch so’z va
iboralar:
Yangi mavzuga doir o’zlashtirilishi lozim bo’lgan bilimlar, atama va kattaliklarni aniqlab olinadi va dars jarayonida ularning har biri bo’yicha tushunchalar berib boriladi
Nazariy ma`lumotlar.
Mavzu: PАYVАNDLАSH MАNBАLАRINING SXEMАSINI CHIZISH Reja:
1.Gidravlik va pnevmatik sxemalar . 2 Elektr-radio sxemalar.
Suyuqlik, gaz (havo)larni bosim ostida yoki o‘zicha quvurlar orqali oqishni shartli belgilar yordamida ko‘rsatuvchi chizmalar gidravlik va pnevmatik sxemalar deyiladi. Bunday sxemalarda har bir quvurlar va ularni ulaydigan muftalar, ventil, jo‘mrak, klapanlar va moslamalar kabilar O‘zDSt 2.782-2003 talabiga ko‘ra shartli grafik belgilarda chiziladi (1-2 jadvallar).
O‘zining vazifasiga ko‘ra gidravlik va pnevmatik sxemalar strukturali printsipial va ulash (montaj) sxema turlariga bo‘linadi. Strukturali sxemada – buyumning barcha asosiy funksional qismlari (elementlar, moslama va funksional guruhlar) hamda ular orasidagi asosiy bog‘lanishlar ko‘rsatilib, o‘zaro bog‘lanishlar chizig‘ida suyuqlik (gaz) oqimining yo‘nalishi tasvirlanadi.
Prinsipal sxemada-elementlar tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlar to‘la ko‘rsatiladi. Unda buyumning ishlash prinsipi to‘g‘risida to‘la ma’lumot beriladi. Ulash (montaj) sxemasida – buyum qismlarinining ulanishi tasvirlanib, biriktiruvchi trubalarni aniqlab, ularni ulash va olib kirish joylari ko‘rsatiladi.
Ulash sxemalari printsipial sxemalar asosida ishlab chiqiladi. Gidravlik va pnevmatik sxemalarda elementlar va qurilmalar, odatda dastlabki vaziyatda tasvirlanadi. Vaziyat belgisiga kiruvchi harflar element nomining boshlang‘ich harflaridan iborat bo‘ladi: filtr-Fi, nasos-N, bosimli gidroklapan-GK, gidrokuchaytirgich-GC, moy purkagich (tuzatgich)-MP, tartib nomerlari elementlarning sxemada joylashishiga qarab yuqoridan pastga va chapdan o‘ngga tomon suyuqlik, gaz (havo) manbaidan boshlab beriladi. Bir xil elementlarga bitta vaziyat nomeri berilib, uning yonida qavs ichida 2(1), 2(2), 3(3)kabi yoziladi (1- shakl). Standart talabiga ko‘ra o‘tkazuvchi quvur truboprodlarni o‘qsiz ikkita ingichka chiziqda, bitta yo‘g‘on chiziq bilan, o‘zaro detal va armaturalarni kontur chiziqda tasvirlash mumkin. Qurilishlarda issiq va sovuq suv, gaz, kanalizatsiya quvurlarni bir-biridan farq qilishi uchun raqam bilan belgilash yoki har xil yo‘g‘onlikdagi chiziqlar bilan tasvirlab, ularga tushuntirish beriladi. Gidravlik va pnevmatik sxemalar bir xil chiziladi va kinematik sxemalardek bir xil bo‘lib o‘qiladi. 5.3-shaklda parallel kuzatuvchi va ko‘chiruvchi bir koordinatali stanokning sxemasi berilgan bo‘lib, u quyidagicha o‘qiladi: suyuqlik F1bo‘shliqqa va bir vaqtning o‘zida boshqariladigan zolotnik teshigi Fx dan oqim kuchi klapani 4ning prujinasi orqali chegaralangan qarama-qarshi R2 bosimli bo‘shliq F2ga oqib o‘tadi. Shunda ko‘chiruvchi stanokdagi moslama Kga topshiriq berilsa, sezuvchi element bilan ta’minlangan zolotnik (taqsimlovchi) 3 porshen 1ni u orqali harakatga keltiradi. Shunda silindr 2ni kerakli rejimda ishga tushiradi.
2 Elektr-radio sxemalar.
Elektr hisoblash mashinalari, avtomatik boshqarish tizimlari, radio va televizion apparaturalarning ishlash jarayonini sozlash, rostlash va tuzatish (ta’mirlash) ishlarida sxemalardan keng foydalaniladi. Bunday sxemalarda buyumning ishlash printsipi, uning tarkibiy elementlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar ko‘rsatiladi.
Sxemada elektr bog‘lanishlar bitta chiziq bilan, mexanik bog‘lanishlar ikki chiziq bilan ko‘rsatiladi.
Elektr va radio sxemalar tarmokdan uzilgan holda tasvirlanadi. Har bir elementning harfli va raqamli belgisi bo‘ladi. Masalan, generator-G, rezistor-R, kondentsator-C, transfarmator-Tr, issiqlik relesi- IReva hokazo. Agar sxemada bir xil elementdan bir nechta bo‘lsa, masalan, rezistor takrorlansa R1, R2, R3,…kabi belgilanadi.
Sxemada elementlarning belgisidan tashqari ularning markasi ham yozib ko‘rsatilishi mumkin. U ko‘pincha, vaziyat belgisi ostiga kasr shaklida yoziladi.
Masalan, P 14 P 610 L
– tartib nomeri 10 bo‘lgan lampaning markasi 6P14Pekanligini bildiradi.
Sxemada harf bilan yoziladi. Elementlar jadval ko‘rinishida beriladi. Sxemalar O‘zDSt 2.710-2003 da tasdiqlangan shartli grafik belgilari asosida
chiziladi (1-jadval).
Elektr va radio sxemalar bir xil tuziladi va o‘qiladi. 1-shaklda stanokning mexanik asboblari qismining jarayonini ko‘rsatuvchi kinematik sxemalar, elementlari orasidagi bog‘lanishlar tushirib qoldirilgan. Faqat elektr sxemasi tasvirlangan. Elektr sxemani o‘qiy boshlashda, unda tasvirlangan elementlar aniqlanadi. BV-bosh vklyuchatel, NV-sovituvchi nasos viklyuchatel, B-ilgarilama to‘g‘ri yurish kontaktori, S1, S2-eruvchan saqlagichlar, MD-quvvati 0,1 kVt li moylash nasosi dvigateli, C-moylash va sovutish nasoslarning kantaktori, BDquvvati 4,5 kVtli asosiy dvigatel’, ND-quvvati 0,125 kVtli sovutish nasosi
dvigateli, KR-kuchlanish relesi, BV-barabanli pereklyuchatel (qayta ulagich). BDva NDviklyuchatellari stanok hamda sovutish nasosini tarmog‘idan uzib qo‘yish va ulash uchun xizmat qiladi. Asosiy dvigatel’ kontaktorlar Bva Horqali aylanish yo‘nalishi o‘zgartirilib turadi. Asosiy dvigatel’ va moylash nasosi dvigateli orasidagi blokirovkalash boshqarish zanjiridagi kontaktor C orqali amalga oshiriladi, ya’ni moylash nasosi dvigatelning kontaktori ulanmasdan oldin asosiy dvigatelni ulash mumkin emas. Rele RH elektr tarmog‘ida kuchlanish yo‘qolganda stanokni tokdan uzib qo‘yadi. Tok paydo bo‘lgandan keyin u o‘zo‘zidan unga ulanmaydi. Shunday ma’lumotlarga ega bo‘lgandan so‘ng sxemani o‘qish osonlashadi.
Stanok barabanli pereklyuchatel BV bilan bog‘langan bo‘lib, u dasta bilan boshqariladi. Pereklyuchatel BV ning vaziyati 0 bo‘lganda kontaktorlar 1va 2 o‘zaro bog‘lanib, kuchlanish relesi KRga tok beradi va o‘zidagi kontaktorlar orkali sxemani normal ish bilan ta’minlash uchun kontaktorlar 3, 5, 7ga kuchlanish uzatiladi. Pereklyuchatelning dastasi V vaziyatga o‘tkazilsa, bir vaqtning o‘zida kontaktorlar 3-4, 7-8 ulanadi. Hamda ish to‘g‘ri yo‘nalishda boshlanadi. Shunda, dastlab, kontaktor C ulanib, asosiy kontaktor bilan moylash nasosi dvigatelini ishga tushiradi. To‘g‘ri yurish kontaktori B yordamchi kontaktorlar vositasida ulanadi. Pereklyuchatel’ dastasi H vaziyatga ko‘yilganda, asosiy dvigatel’ teskari yo‘nalishda ishga tushadi.
|