Detalning tasvirini ko‘z bilan chamalab ularning gabarit o‘lchamlariga qarab joylashtirish rejalashtiriladi. Ushbu holatda detal balandiligi A deb olinib, unda detal eni BA va uzunligi S2A ga tahminan teng desa bo‘ladi (2,b-shakl). Ko‘rinishlar uchun ingichka chiziqlar yordamida to‘g‘ri to‘rtburchaklar chiziladi (2,a-shakl). Bu to‘g‘ri to‘rtburchaklar asosiy yozuv, texnik talablar, shartli belgilar va o‘lchamlar qo‘yish uchun joyni e’tiborga olgan holda format ramkasi ichiga joylashtiriladi.
Chizilgan to‘g‘ri to‘rtburchaklar ichiga uning o‘lchamlarini proporsiyasi va proeksion bog‘lanishni saqlagan holda detal elementlarining markaz hamda o‘q chiziqlari o‘tkaziladi (,b-shakl).
Barcha ko‘rinishlarda 6-bosqichda e’tibor berilmagan qismlar to‘ldirib chiziladi (masalan, yumaloqlashlar va x.k. lar). Ko‘rinishlar chizib bo‘lingandan so‘ng yordamchi chiziqlarni o‘chirib tashlanadi. 2.305-68 DS ga muvofiq qirqim va kesimlar bajariladi va kesim yuzalari material turiga qarab shtrixlanadi, chiziqlari qoraytiriladi.
bosqich. O‘lcham chiziqlari va shartli belgilarni qo‘yish
Sirtlarni xarakterini aniqlovchi o‘lcham va chiqarish chiziqlari, shartli belgilar (diametr, radius, kvadrat, konuslik, qiyalik, rezba turlari va boshqalar) 2.307-68 DS qoidalariga asosan bajariladi (2,v-shakl).
b)
v) g) 2-shakl
bosqich. O‘lcham sonlarini qo‘yish
Detal elementlarini o‘lchov asboblari yordamida o‘lchab o‘lcham chiziqlari ustiga o‘lcham sonlari qo‘yiladi. Agar detal elementlarida rezba ochilgan bo‘lsa, uni parametrlari va rezbani belgilanishi qo‘yiladi (2-g-shakl).
Dostları ilə paylaş: |