Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə5/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

Machay g‘ori Surxondaryo vodiysidagi Machaydaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Yodgorlik 1938-1942 yillarda G.V.Parfyonov tomonidan ochib o‘rganilgan. 1937 yil g‘orga M.E.Vorones va A.P.Okladnikovlar tashrif buyurishdi16 va yodgorlikda must'e va mezolit davrlariga oid ikkita madaniy qatlamni aniqladilar. 1970-1971 yillarda yodgorlik O‘.I.Islomov tomonidan qazib o‘rganildi va undagi madaniy qatlamlar faqat mezolit bir davriga oidligini ilmiy jihatdan isbotladi 17. G‘ordan xonaki va yovvoyi hayvonlarga tegishli suyak qoldiqlari, ko‘plab tosh va suyakdan ishlangan buyumlar topilgan. Machayning yuqori qatlami uchun radiouglerod sanalash amalga oshirilgan va u 7550±110 yil
natijani bergan va bu O‘.I.Islomovning fikricha, so‘nggi mezolit davriga to‘g‘ri keladi 18.
G.F.Korobkovaning fikricha, Machay yotqiziqlari sanasi biroz qadimiylashtirib yuborilgan va bunga aniqlik kiritilishi lozim 19. Machayning industriyasi asosan dolomit ishlatilgani bilan xarakterlanadi va unda mikrolit chaqmoqlash texnikasida ishlatilgan kam sonli chaqmoqtosh hamda kayroktoshlar ham uchraydi. Ikkilamchi ishlov berishda o‘tmaslashtiruvchi retush ko‘p qo‘llanilgan. Qurollar orasida mikroqirg‘ichchalar, plastinalar uchlaridan yasalgan qirg‘ichchalar, uchirindilardan ishlangan qirg‘ichlar, tosh randalar, turli kesgichlar va mikropoynaklar mavjud. To‘plamda kayroktosh qurollardan chopperlar va choppinglar uchraydi. Suyakdan yasalgan qurollar orasida bigizlar, pardozlagichlar, g‘ilof, pichoq va shokilalar topilgan. O‘.I.Islomovning fikricha, Machay materiallari Obishirnikiga o‘xshashdir20. G.F.Korobkovaning ta'kidlashicha, Machay materiallari ko‘p sonli mikroplastinkalari va o‘rta plastinalarining borligi va geometrik qurollarning yo‘qligi sababli uni Markaziy Farg‘ona ilk neoliti to‘plamlari bilan taqqoslash mumkin 21.
Ammo, Machay qatlamlarida o‘ziga xos qayroqtoshli qurollarning va suyakdan ishlangan buyumlarning mavjudligi uni qayroqtoshli industriyalarga ega neolit davri yodgorliklari bilan yaqinligini ko‘rsatadi. Yodgorlikning neolit davriga oidligini undan olingan faunistik tarkib ham ko‘rsatib turadi, chunki ular orasida xonaki sigir suyaklari mavjud. Bundan tashqari, qatlamlarning er. av. 5600 yillar bilan belgilangan radiouglerod sanasi ham uni neolitga oid deyish imkonini beradi va bu uning Jaytun madaniyati 22, daryosoy komplekslari 23 va hisor madaniyatlari bilan tengdosh ekanligini ko‘rsatadi. Udaryosathidan 70metrcha balandda bo‘lib, og‘zi janubga qaragan. Uning kengligi 20 metr, chuqur-ligi 11 metr, balandligi esa 3,5—5 metrgachadir. Mochay g‘oridan topilgan suyak qurollarning jami 15 nusxa bo‘lib, ular bigiz, igna, so‘zan va boshqalardan iboratdir.
G‘orning madaniy .qatlamidan jami 870 ta toshdan yasalgan qurol va buyumlar kovlab olingan. Ular har xil shakldagi nukleuslar, retushlangan va retushlanmagan parrak va parrak-chalar, tosh pichoqlar, arrasimon kurollar, keskich, tosh sandon-lar, ushatgich toshlar, yo‘ng‘ich-randalar, nayza va o‘q uchlari, trapesiyalar, sigmentlar va boshqa xil qurollardan iboratdir. Mochay g‘oridan topilgan qurollar o‘zining ishlanish texnika-si, katta-knchikligi nuqtai nazaridan Tojikistonning Vaxsh daryosi havzasidagi mezolit qurollariga ancha o‘xshab ketadi. Ayni vaqtda qurollarning ba'zilari Markaziy Farg‘ona, Toshkent vohasidagi, Turkmaniston, Janubiy Qozog‘iston va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi qator mezolit yodgorliklari-dan topilgan tosh qurollariga ham o‘xshaydi. Ular orasida o‘zi-ga xos ayrim belgilar xam uchraydi.
Antropologik materiallarni chuqur o‘rganish olimlarga Janubiy Urta Osiyo mezolit davri kishilarining qaysn nrqqa mansub ekanliklarini bilish imkonini berdi. G‘ordan topilgan kalla suyaklarining hammasi yevropeoid irqiga mansub ki-shilarniki ekanligi aniqlandi. Bu Urta Osiyoning eng qadimgi axolisini, ularning tashqi qiyofasini va qo‘shni o‘lkalar bilan, ayniqsa janubdagi qabnlalar bilan bo‘lgan aloqasini o‘rga-nishda muhim manba hisoblanadi.
Arxeologik kazish ishlari natijasida g‘orning madaniy qat-lamlaridan mehnat, qurollari, antropologik buyumlar bilan bir qatorda xilma-xil hayvonlarning suyaklari - paleontologik materiallar ham topilgan. Aniqlanishicha, ular qizil bo‘ri, tulki, bars, mo‘ynali suvsar, quyon, jayra, olmaxon, Tur-kiston kalamushi, dalasichqon, to‘ng‘iz, Buxoro bug‘usi, Osiyo qo‘y, muflon, ayiq, morixo‘r-burama shoxli echki, toshbaqa kabi yovvoyi hayvonlarga mansub ekan. Ammo g‘ordan mayda va yirik shoxli xonaki xayvonlarning suyaklari ham topilgan.
Paleozoolog B. X. Botirovning ma'lumotlariga qaraganda, Mochay g‘oridan 20 xildan ortiq hayvon suyaklari topilgan bo‘-lib, ularning aksariyati mayda, sindirilgan, olovda kuygan. Agar madaniy qatlamdagi qalin kul qoldiqlari nazarga olin-sa, g‘orda hamisha gulxan yonib turgan. Demak, machayliklar olovdan juda keng foydalanganlar, hayvon go‘shtlarini olovda pi-shirib yeganlar.
G‘ordan yovvoyi va xonaki hayvon suyaklarining topilishi Mochay daryosi havzasida yashagan mezolit davri kishilarining ov-chilik va qisman chorvachilik bilan shug‘ullanganliklarini bil-diradi. Mochayliklar termachilik bilan ham shug‘ullangan bo‘lishlari kerak. Chunki Mochay atrofi yovvoyi meva va o‘sim-liklarga juda boy bo‘lgan. Arxeologlar makonning madaniy qatlamlaridan topilgan mehnat qurollari va paleontologik materiallarni chuqur o‘rganib, ularning miloddan avvalgi VII—VI mingyilliklarga mansub ekanligini aniqlaganlar.
Mochay g‘ori buyumlarini Urta Osiyodagi Dam-dam chashma 11, Tutqovul, Oshxona, Obishir, Chilchor chashma, shuningdek, Yaqin va Urta Sharqdagi Zarzi-Shanidar, Ali-Tappex, Gari-Kamarband, Zevi-Chemi-Shanidar, Qora Kamar, Oq ko‘prik va boshqa mezolit davri makonlaridan topilgan tosh va suyak qurollari bilan qiyoslash natijasida ular orasida o‘xshashlik borligi aniq-langan.
Shunday qilib, Mochay g‘or-makoni respublikamiz janubida-gi mezolit davri yodgorliklarining eng ajoyib namunalaridan biri hisoblanadi.24

Janubiy Uzbekistondagi mezolit davri yodgorliklaridan yana biri Ayritom makonidir. Ayritom Termiz shahridan 18 km sharqda, Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan bo‘lib, katta davrni o‘z ichiga olgan ko‘p qatlamli yodgorlikdir. Arxeologlar Ayritomda qidirish ishlari olib borib, mezolit davriga man-sub tosh qurollar ham t.opishga muyassar bo‘lganlar. Ular asosan nukleuslar,^_pichoqsimon parrakchalar, uchrindilar, qirg‘ichlar, teshgichlar, tosh parmalagichlar, o‘q va nayza uchlari bo‘lib, ko‘p jihatlari bilan Obishir, Tutqovul, Soy Sayyod yodgorliklaridan topilgan tosh qurollarga o‘xshab ketadi. Shu jihatdan olib qaraganda, Ayritomdan topilgan tosh qurollar ham mezolit davriga mansub bo‘lishi mumkin.


Farg‘ona vodiysi va uning janubidagi tog‘lik rayonlarda ham mezolit davriga oid makonlar ancha keng tarqalgan. Shular jumlasiga Farg‘ona vodiysining janubidagi Qatron tog‘ning janubiy yon bag‘ridan topilgan Obishir I va Obishir V g‘or-ma-konlarini kiritish mumkin.25

Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin