Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi


Markaziy Farg‘ona mezoliti



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə8/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

Markaziy Farg‘ona mezoliti. Keyingi 30 yil ichida Markaziy, Janubiy va Sharqiy Farg‘ona yerlaridan mezolit davri makonlari ko‘plab topildi. Bular orasida Markaziy Farg‘ona mezoliti alohida ahamiyatga egadir. Markaziy Farronadagi Ittak qal'a, Sho‘rko‘l, Achchiko‘l, Yan-giqadam, Bekobod, Zambar, Toypoqko‘l, Damko‘l, Bosqum (Mader) kabi joy-makonlar diqqatga sazovordir. Ular Markaziy Farronadagi qadimgi ko‘l yoqalaridan topilgan bo‘lib, aftidan bu joylar qadimda tosh asri kishilarinikg yashashlari uchuy barcha qulayliklarga ega bo‘lgan. Aks holda Markaziy Farg‘onaning bu go‘shasida 80 joydan ortiq makon topilmagan bo‘lardi. Arxeologlar bu makonlardan har xil shakldagi retushlangan, retushlanmagan ixchamroq nukleuslar topganlar. U davr ki-shilari bu nukleuslardan siniq va mayda parrakchalar olish-ni ko‘zda tutgan bo‘lsalar kerak.
Mazkur makonlarda yirik parraklar olish uchun mo‘ljallangan yirik nukleuslar juda oz uchraydi, yoki mutlaqo uchramaydi. Ayni vaqtda xilma-xil shakl v a kattalikdagi qirg‘ichlar, teshgich, o‘tkir uchli, ammo o‘tmaslashgan tosh qurollar, uzun, qis-ka parrak va parrakchalar, retushli va retushsiz siniq uchrindilar, mayda geometrik qurollar ancha ko‘p tarkalgan. Shu bilan birga dare toshlaridan ishlangan uchrindilar xam uchraydi. Ba'-zi makonlardan esa ilk joytun madaniyatiga oid trapesiyalar xam topilgan. Ayrim makonlarda kattaroq nukleuslar ham uchraydiki, ulardan yirikroq siniq va parraklar olish mumkin bo‘lgan.
Bu qurollar qora, rangdor, yashil, jigarrang chaqmoqtosh, slanes va boshqa tosh navlaridan yasalgan. Makonllrda qirg‘ichlar, mayda parrakchalar va siniq hamda parrakcha olish uchun mo‘ljallangan nukleuslar ko‘proq. uchraydi. Ko‘p qurol va tosh buyumlar o‘zining nisbiy nozikligi, ixchamli-gi bilan must'e va so‘nggi tosh asri qurollaridan ajralib tu-radi. Markaziy Farronadagi tosh asri yodgorliklari majmuasi ochiq holdagi joy-makonlar bo‘lib, ularda qatlam yo‘q.
Arxeologlar ularni qiyosiy o‘rganib, mezolit davriga mansub, deb davrlashtirishgan. Ammo shuni ham aytib o‘tish kerakki, bu yod-gorlikdagi ba'zi joy-makonlar ilk mezolitga, boshqalari esa so‘nggi mezolitga mansub bo‘lishi ham mumkin ekan. Hozir bu joylarda qum barxanlari keng tarqalgan. Ammo o‘tmishda mazkur rayonda katta-kichik ko‘llar ko‘p bo‘lib, mezolit va neolit qabilalarining joy-makonlari ana shu ko‘llar sohilida joylashgan edi. Mezolit davri qabilalari esa ter-machilik, baliqchilik va ovchilik bilan shug‘ullanib, tirikchi-lik qilganlar.
Markaziy Farg‘onadagi tosh asri makonlarida keyingi davr-ga mansub madaniy qatlamlar yoki yodgorliklar yo‘q. Buning sa-babi nimada ekan? Arxeolog A. V. Vinogradov o‘zining Xorazm ekspedisiyasida-gi ko‘p yillik tajribasiga suyanib, sahro zonalaridagi joy-ma-konlarning buzilish davrini uchga bo‘lgan edi.
Birinch - madaniy qatlamlari qadim zamonlardayoq buzilgan joy-makonlar; ikkinchi - madaniy qatlamlari yaqindagina buzilgan joy-makonlar va nihoyat uchinchi - madaniy qatlamlari buzilish jara-yonini hozir boshidan kechirayotgan joy-makonlar. Markaziy Farg‘onadagi mezolit va neolit yodgorliklarining hammasi birinchi gruppadagi jry-makonlarga mansub bo‘lib, bu joylar ma'lum sabablarga ko‘ra o‘sha zamondayoq tashlab ke-tilgan, so‘ng esa asta-sekin buzila boshlagan. Shuning uchun u yerdagi turar joylarning qoldiqlari, xo‘jalik inshootlari, sopol idishlar, hayvonlarning suyak qoldiqlari, umuman inson faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa narsalar saqlanib qolmagan.
Markaziy Farg‘onadagi mezolit, yodgorliklari- shartli ravishda ikki bosqichga-ilk va so‘nggi mezolit davrlariga bo‘linadi. Ittak qal'a 2, Achchiq ko‘l, 1, 7, Yangiqadam 1—2, Toypoq I ilk mezolit-miloddan avvalgi IX—VII mingyilliklarga mansub deb faraz qilinmoqda.
Markaziy Farg‘onadagi so‘nggi mezolit yodgorliklariga Ach-chiko‘l, Yangiqadam 2, Bekobod 3, 4, Sho‘rko‘l 2, Madyor 11, Yangiqa-dam 22, Toypoq 2, Achchiqko‘l 3, Zambar 2, Toypoq 3, 5, 7, Bekobod 1, 2, Sho‘rko‘l 1 va boshqa joy-makonlarni kiritish mumkin; ular miloddan avvalgi VI mingyillikka mansub bo‘lishi mumkin.
Farg‘onadagi mezolit davri yodgorliklari haqida fikr yuri-tilar ekan, ularning xo‘jaligi va kundalik mashg‘uloti haqida ham to‘xtab o‘tish kerak. Agar Janubiy Farg‘ona tog‘lari orasida yashagan mezolit; davri qabilalarining tirikchilik vositalari yovvoyi hayvon-larni ovlash va termachilik bilan bog‘liq bo‘lsa, Markaziy Farg‘onada yashagan mezolit davri qabilalari xo‘jalik hayotida ovchilik, termachilik bilan bir qatorda baliqchilik juda katta rol' o‘ynagan. Chunki ular Markaziy Farg‘onadagi ko‘llar yoqa-sida istiqomat qilganlar. Bu ko‘llarda esa baliqlar behisob edi. Demak, Janubiy va Markaziy Farg‘ona vodiysining qulay geografik sharoiti mazkur joylarda ibtidoib kishilarning keng tarqalib yashashlari uchun imkoniyat yaratgan36



Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin