Tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi


Mavzuning o`rganilish darajasi



Yüklə 62,21 Kb.
səhifə2/13
tarix09.05.2023
ölçüsü62,21 Kb.
#110202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
raxmatullayev Nuriddin kurs ishi tarixiy olkashunoslik

Mavzuning o`rganilish darajasi. Arxeologik manbalarning guvohlik berishicha, tariximizning muhim davri bo`lmish, tariximizning muhim davri bo`lmish o`rta tosh davri, nafaqat O`zbekiston, balki O`rta Osiyo hududini olimlar tomonidan keng ko`lamda o`zlashtirish davri bo`ldi. Bundan Ustyurt hududlari ham chetda qolmadi. Ustyurt hududi O`zbeksiton mezolit davri madaniyatini o`rganishda o`ziga xos ahamiyatga ega. O`tgan asrning ikkinchi yarmida mazkur sarhadlarda E.B.Bijanov va A.V.Vinogradov2lar tomonidan 20 ga yaqin mezolit davri yodgorliklari aniqlangan. Ular asosan ochiq tipdagi yodgorliklar edi3. 1920 yillarda A.P.Okladnikov4 Markaziy Qoraqum hududidan so’ngi mezolit davriga oid mikrolitlarni topdi. Mezolit davrini sistemali o’rganishni ham A.P.Okladnikov boshlab berdi. Keyinchalik Katta va Kichik Balxash hududlarida ko’p qatlamli mezolit davriga oid yodgorliklar, Ustyurtda, Markaziy Farg’onada, Qizilqum, Pomirda mezolit yodgorliklari ko’plab topilgan. O’.Islomov5 Farg’onada, Ye. Bijanov6, V.Yagodin, A.Vinogradov, G.Xodjaniyozovlar Ustyurtda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Lekin O’zbekiston mezoliti boshqa davrlarga nisbatan kam o’rganilgan. O’.Islomov shu kunga qadar O’zbekiston xududida tadqiq qilingan yodgorliklarni uchta: Farg’ona, Toshkent va Surxandaryo territorial xususiyatlarga bo’ladi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi O`rta Osiyo hududidagi mezolit davri yodgorliklari to`g`risida mavjud ilmiy adabiyotlardagi ma`lumotlar asosida tahlil qilish va yoritishdan iborat. Bu maqsad asosida esa quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
-Mezolit davrining umumiy tavsifi va o`ziga xos xususiyatlari
-O`rta Osiyo hududidagi mezolit davri arxeologik yodgorliklari va ularning
o`lka tarixini o`rganishdagi o`rni
Mavzuning davriy chegarasi. Mavzuning xronoligik doirasi miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o`z ichiga oladi.
Kurs ishining strukturasi. Kurs ishi ikki bob, yetti paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


Yüklə 62,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin