Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149


 
Nazorat savollari 
1.
Geografiya o‘qitishda sinfdan tashqari ishlarning qanday turlari mavjud? 
2.
Sinfdan tashqari ishlar dars rejasiga kiritiladimi? 
3.
Sinfdan tashqari ishlarni qachon va qanday tarzda amalga oshiriladi? 
4.
Geografiya to‘garagi nima maqsadda tashkil etiladi? 
5.
Geografiya maydonchasida qanday ishlar olib boriladi? 
6.
Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar qanday rollarga tayyorlanadi? 
7.
Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni nimalarda namoyon bo‘ladi? 
8.
Ekskursiya nima maqsadda amalga oshiriladi? 
9.
Geografiya kechalari sinfdan tashqari ishlarga kiradimi? 
10. Geografiya olimpiadasi o‘tkazishning maqsadi nimaga qaratilgan? 
 
 
 


255 
X-BOB. MAKTABDA TABIIY GEOGRAFIYA BOSHLANG‘ICH KURSINI 
O‘QITISH METODIKASI 
 
Mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya fani 5 – 10 
sinflar kesimida amalga oshiriladi. Maktabda geografiya ikkita yirik tarkibiy tizim 
sifatida o‘rganiladi. Birinchisini “Tabiiy geografiya” kurslari (5-7 sinflar), 
ikkinchisini– “Ijtimoiy va iqtisodiy geografiya” kurslari (8-10sinflar) tashkil qiladi. 
Demak, maktab geografiyasi ham tabiiy fanlar ham ijtimoiy fanlarni o‘zida 
mujassamlashtirgan yagona fan bo‘lib, boshqa fanlar bunday imkoniyatga ega 
emas. Maktab tabiiy geografiya kurslari 5–7 sinflarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, u 
o‘quvchilarda tabiiy geografiyaning mazmunini tashkil etuvchi umumiy va 
regional tushuncha, ko‘nikma va malakalar tizimini tarkib toptirishi zarur. Quyida 
maktab geografiya kursining o‘qitish tizimi 2020-2021 o‘quv yili uchun 
tasdiqlangan o‘quv dasturida belgilangan soatlar bo‘yicha berilmoqda. 
10.1 Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursining mazmun va mohiyati 
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi o‘quvchilarning boshlang‘ich sinflarda 
tabiatshunoslik asoslaridan olgan bilimlarini kengaytiradi. Tabiiy geografiya kursi 
umumiy yer bilimiga taaluqli ma’lumotlar beradi, o‘quvchilar tabiat komponentlari 
o‘rtasidagi aloqalarni tushunib oladilar. Bu keyingi geografiya kurslarini o‘rganish 
uchun zamin yaratadi. Materiklar va okeanlar geografiyasi va O‘zbekiston tabiiy 
geografiyasi kurslarida o‘rganiladigan materiallarni ongli o‘zlashtirilishi uchun 
zarur bo‘lgan asosiy geografik tushunchalar, atamalar, nomlar, shuningdek, 
tabiatda ro‘y beradigan hodisa va jarayonlar bilan 5-sinfdayoq tanishib chiqiladi. 
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursining xususiyati shundan iboratki, 
umumiy geografik tushunchalar Yer qobiqlari (litosfera, gidrosfera, atmosfera va 
biosfera) asosida o‘rganiladi. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘z joyining 
geografik xususiyatlari, globus va kartalarda erning tasviri to‘g‘risida, yer shari 
aholisi, dunyo siyosiy kartasida O‘zbekiston va ayrim davlatlarning tutgan o‘rni 
to‘g‘risida kartagrafik tasavvur ham beriladi. O‘quvchilar boshlang‘ich tabiiy 
geografiya kursida tevarak atrofdagi landshaft, obyekt va hodisalarning mohiyatini 
aniqlaydilar, bunda dunyoda g‘ayri-tabiiy narsa yo‘q ekanligiga, dunyoning 
moddiyligiga, inson tabiatda ro‘y beradigan hodisa va qonuniyatlarni o‘rganishi 
mumkin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Geografiyani o‘lka materiallari asosida 
o‘rganish va geografiya faniga munosib hissa qo‘shgan vatandosh geograflar 
faoliyati bilan tanishib chiqish o‘quvchilarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida 
tarbiyalashga olib keladi. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi o‘quvchilarning 
boshqa o‘quv fanlarni ongli ravishda o‘rganishga tayyorlashda ham muhim o‘rin 
tutadi. 


256 
Ayni vaqtda 6–sinfdagi tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi boshqa o‘quv 
fanlarida egallangan bilimlarga ham tayanadi. Masalan, matematika kursidan 
o‘quvchilarga gradus, burchaklar, masshtab, manfiy va musbat sonlar, protsentlar 
haqida ham ma’lumotlar berilgan. Ana shu yuqoridagi bilim va ko‘nikmalar tabiiy 
geografiya kursidagi asosiy tushunchalar va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun 
yetarli zamin bo‘lib xizmat qiladi. 
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi kirish va yettita mavzudan iborat. 
«Kirish» qismiga (ekskursiya bilan birga) 4 soat vaqt ajratiladi. Kursdagi 
dastlabki mavzu «Yerning globus va kartalarda tasvirlanish» (7 soat) da 
o‘quvchilar dastlabki topografik va kartagrafik bilimlar oladilar va muayyan 
ko‘nikmalar hosil qiladilar. Mavzuda joy planini olish va uni o‘qish, nisbiy va 
absolyut balandliklar, relyefni gorizontalar bilan tasvirlashga alohida e’tibor 
beriladi. O‘quvchilar globus va kartalarning asosiy elementlari (Yerning tasvirlash 
xususiyatlari, masshtab, meridianlar va parallellar, relyefning tasviri, balandlik 
shakllari) ni o‘rganadilar, kerakli nuqtani globus va kartalardan topishni, globus va 
kartalardan oraliq (masofa) ni aniqlashni bilib oladilar. Birinchi va ikkinchi 
mavzularni o‘rganishda o‘quvchilarda: Quyosh va kompas bilan mo‘ljal olish, 
predmet azimutlarini aniqlash, joyning oddiy planini ishlash va uni o‘qiy olish, 
kartada mo‘ljal olish, globus va kartalarning gradus to‘ri va masshtabidan 
foydalana olish kabi ko‘nikmalar shakllanadi. «Litosfera» (11 soat) mavzularida 
o‘quvchilar yerning ichki tuzilishi va uni tashkil etuvchi jinslar, vulqonlarning 
otilishi, zilzilalarning ro‘y berishi, yer yuzasining shakllari (tog‘ va teksliklar), 
ularning vujudga kelishi, jinslarning joylanish harakteri, ichki va tashqi kuchlar 
ta’sirida tog‘ va teksliklarning o‘zgarishi, shuningdek, yer osti boyliklari va yer 
yuzasining muhofaza qilish usullari bilan tanishadilar. «Gidrosfera» (14 soat) 
mavzularida okeanlar, dengizlar va ularning qismlari, suv osti relyefi va suv osti 
yotqiziqlari, suvlarning xususiyatlari va harakati (to‘lqinlar, oqimlar, suv qalqishi, 
okeanlarning o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda mineral boyliklari, okean va 
dengizlardan transport vositasi sifatida foydalanish, okean suvlari va boyliklarini 
muhofaza qilish), quruqlikdagi suv (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, yer osti 
suvlari), ularning vujudga kelish sabablari (suv o‘tkazuvchi va suv o’tkazmaydigan 
qatlamlar, mineral va termal suvlar, daryolarning yo‘nalishi va oqish harakteriga 
relyefning ta’siri, ostona va sharsharalarning hosil bo‘lishi, daryolarning 
yo‘nalishi, rejimi va h.k.), ularning xo‘jalikdagi ahamiyati, foydalanish usullari va 
muhofaza qilishga oid tadbirlar, muzliklar ularning paydo bo‘lishi va ahamiyati 
o‘rganiladi. «Atmosfera» (12 soat) mavzularida o‘quvchilar havo qatlami, unga 
xos bo‘lgan xususiyatlar (tuzilishi, atmosfera bosimi, havo temperaturasi, shamol, 
havodagi suv bug‘i, tuman, bulut, yog‘inlar) haqida umumiy tushunchalar oladilar. 
Ular atmosferada ro‘y beradigan jarayon va hodisalar, muhim qonuniyatlar, 


257 
balandga ko‘tarilgan sari atmosfera bosimining o‘zgarilishi bilan tanishadilar: 
o‘quvchilarda ob-havo va havo massalari haqida, iqlim va iqlimining tarkib 
topishiga ta’sir etuvchi omillar haqida tushunchalar shakllanadi. 
«Geografik qobiq» (4 soat) mavzularini o‘rganish uchun yer qobiqlari 
to‘g‘risidagi bilimlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu mavzuda tabiiy kompleks 
komponentlari orasidagi o‘zaro aloqadorlik aniqlanadi, shuningdek kompleks va 
geografik qobiq haqidagi tushunchalar shakllanadi. 
«Yer shari aholisi» (2 soat) mavzusi bilan kurs yakunlanadi. Mazkur mavzuda 
o‘quvchilar yer shari aholisi, irqlar va dunyoning siyosiy kartasi haqida ma’lumot 
oladilar. Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘rganiladigan bilimlar asta-sekin 
murakkablasha boradi, karta to‘g‘risidagi bilimlar kengayib, takomillashib boradi. 
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursining asosi – umumiy tabiiy geografik 
tushunchalardan iborat. Bu kursda o‘rganiladigan tushuncha,obyekt va 
hodisalarning ko‘pchiliga maktab atrofida uchraganligidan tabiiy geografiya 
boshlang‘ich kursidagi ta’limni o‘lkashunoslik tamoyili asosida tashkil etish 
imkoniyatini beradi. Boshqacha qilib aytganda ko‘pchilik obyekt va hodisalar 
haqidagi tushunchalar mahalliy joylarni idrok etish asosida shakllanadi.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin