Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149


 
 
10.2. Kurs materiallarini o‘rganish metodlari 
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida umumiy tushunchalar asosiy o‘rinni 
egallaydi. Umumiy tushunchadagi obyekt va hodisalarning asosiy qismi (yer 
yuzasining turli shakllari, daryo, ariq, yerosti suvlari, atmosfera hodisalari, nurash) 
maktab atrofidagi tabiatda uchraydi. Mazkur kursda o‘quvchilar tabiat obyektlari 
va hodisalarini kuzatishga oid muayyan amaliy ko‘nikma va malakalarni 
egallaydilar. 
Tabiiy goegrafiya boshlang‘ich kursidagi yangi bilim va ma’lumotlarni 
o‘rganishda ko‘proq suhbat bilan og‘zaki bayon metodlaridan va turli mazmundagi 
o‘quv qurollaridan foydalanish zarur. Boshlang‘ich kursning «Kirish» darsida 
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan tanishgach, geografiya darsi uchun talab etiladigan 
o‘quv qurollari (geografiya darsligi, katak daftar, atlas, yozuvsiz karta, rangli 
qalam) va ulardan foydalanish yo‘llarini tushuntiradi. Bu darsda tabiiy geografiya 
nimalarni o‘rganishi haqida gap borar ekan, fanga o‘quvchilar havasini ortirishga 
alohida e’tibor berish kerak. Ikkinchi dars hikoya usuli va suhbat metodidan 
foydalanib, turli illustrasiyalar asosida Klavdiy Ptolemey, Muhammad Xorazmiy, 
Abu Rayhon Beruniy, Zahriddin Bobur, Xristofor Kolumb, Fernando Magellan, 
N.M.Prjevalskiylar haqida ma’lumot beriladi, hozirgi zamon geografik 
kashfiyotlari va tadqiqotlari ob-havoni kuzatish yo‘llari, fenologik kuzatish turlari 
va tamoyillari ham mahalliy sharoit misolida o‘rgatiladi. 


258 
O‘quvchilar o‘quv yilining dastlabki kunlaridan boshlab ob-havoni kuzatishga 
kirishlari lozim. Quyoshning gorizontdan balandligini skafis yoki burchak 
o‘lchagich yordamida kuzatish mumkin. Kuzgi ekskursiyaga qadar o‘quvchilarni 
ayrim asboblarni (masalan, burchak o‘lchagich, planshet) qo‘lda yasashga 
o‘rgatiladi. Kuzgi ekskursiya joyning yer yuzasi tuzilishi, tog‘ jinslari va ularning 
joylanishi, daryo yoki kanalning kengligi, chuqurligi va tezligini o‘lchash haqida 
aniq bilim berish maqsadida o‘tkaziladi. Ekskursiyada o‘quvchilarning mustaqil 
ishlashlariga ko‘proq e’tibor berish lozim. Ekskursiyada o‘quvchilar tepa yoki 
qirg‘oq balandligini niverlir bilan o‘lchashga o‘rganadilar. Yonbag‘irlarning 
qiyaligi eklimetr bilan o‘lchanadi. Ekskursiyaning natijasi yaxshi chiqishini istagan 
o‘qituvchi oldindan ekskursiyabop yerni tanlab oladi. O‘quvchilarni ekskursiya 
paytida qilinadigan ishlar bilan tanishtirilishi kerak. 
«Yerning globus va kartalarda tasvirlanishi», «Globus va geografik karta» 
mavzularida bir qancha amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qilish kerak bo‘ladi. 
Binobarin, o‘qituvchi o‘quvchilarga biron yangi material haqida so‘zlar ekan, 
bunda ularning tabiatshunoslik asoslaridan olgan bilim va ko‘nikmalarini e’tiborga 
olmog‘i kerak. 
Amaliy ishlardan qancha ko‘p foydalanilsa, o‘quvchilar yangi mavzu 
bo‘lishiga qaramay, shuncha yaxshi va tez o‘zlashtiradilar. O‘quvchilarda hosil 
qilinadigan dastlabki kartagrafik tushunchalar o‘z joyi planini olishdan 
boshlanmog‘i lozim. O‘quvchilar o‘z joyining planini chizishga kirishar ekanlar, 
bunda o‘qituvchi rahbarlik qilishi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi zarur. Maktab atrofining 
plani o‘rganilgach, o‘quvchilarda o‘z shahrini viloyat kartasida, keyin o‘z 
viloyatini O‘zbekiston kartasida, O‘zbekistonning esa dunyo kartasida qanday 
tasvirlanganligi haqida tasavvur hosil bo‘ladi va ularda haqiqiy kartagrafik 
tushunchalar paydo bo‘ladi. 
«Yerning 
globus 
va 
kartalarda 
tasvirlanishi» 
degan 
mavzular 
o‘rganilayotganda kartagrafik va ta’sviriylik qo‘llanmalaridan ko‘proq foydalanish 
lozim. Masalan, yer yuzasini gorizontallar bilan tasvirlanishini tegishli model 
yordamida tushuntirilishi va kattaligini, gradus to‘ri, meridian va parallellar, 
geografik kenglik va uzunliklarni avval globusda, keyin yarimsharlar, dunyo va 
O‘zbekiston Respublikasi kartalarida o‘rganish kerak. 
Globus va kartalarda gorizont tomonlarini aniqlash, berilgan nuqtaning 
kenglik va uzunligini kartaga tushirish, kenglik va uzunlikni globus va kartalardan 
topish, gradus bilan oraliqni o‘lchash tufayli karta bilan ishlash ko‘nikmalari hosil 
bo‘ladi. 
«Litosfera» mavzusi o‘quvchilarni qiziqtiradigan, ayni vaqtda, ancha 
murakkab mavzudir. Bu mavzuda maktab atrofida uchraydigan obyektlarni asli 
holatida o‘rganish imkoniyati bor, biroq maktab atrofida uchramaydigan predmet 


259 
va hodisalarni modellar, manzarali rasmlar, tasvirli o‘quv qurollari yordamida 
o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Yerning ichki tuzilishi, uni tadqiq etish usullari, 
vulqonlar, tog‘larning paydo bo‘lishi kabi mavzularni badiiy so‘z, sxema, 
chizmalar yordamida tushuntirish mumkin. Ammo relyef va yer po‘stini tashkil 
etuvchi jinslarni amaliy jihatdan bilib olmoq uchun ekskursiya tashkil etish kerak. 
O‘quvchilar ekskursiya paytida relyef shakllari va yer yuzasi qatlamlarining 
tuzilishini, undagi jinslarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar. 
«Gidrosfera» mavzusidagi dastlabki bilimlar okeanlar haqida bo‘lib, bularni 
O‘zbekiston maktablardagi o‘quvchilar bevosita ko‘ra va kuzata olmaydilar. 
Okean, okean tagi relyefi, suvining sho‘rligi, dengiz oqimlari haqida so‘zlaganda 
turli rasm, diapozitiv, diafilm, sinf doskasiga chizib qo‘yiladigan sxemalarni 
ko‘rsatish kerak. Okean qismlari, qirg‘oq chizig‘i to‘g‘risidagi tushunchalarni 
geografiya maydonchisidagi sun’iy suv havzasidan ko‘rsatish mumkin, 
shuningdek, maktab atrofidagi buloq, quduq, daryo, anhor, ariq, ko‘l yoki suv 
omborlari misolida o‘rganish ham maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi dengiz yoki 
daryolarni o‘rganish tartibini o‘quvchilar daftariga yozdirib qo‘yishi kerak. 
«Atmosfera» mavzusi yuzasidan o‘rganiladigan tushuncha hodisa va 
jarayonlar kuzatish yo‘li bilan va zarur meteorologik asboblar bilan ishlash 
tufayligina idrok etiladi. Shunday ekan, bu bo‘limda kuzatish va tajriba 
metodlaridan ko‘proq foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
Suv hamda quruqlikning notekis isishi, yog‘inlarning hosil bo‘lishi tajriba 
asosida, atmosfera hodisalarini kuzatish asosida o‘rganiladi. Kuzatilgan 
ma’lumotlarni ishlab chiqishda turli mazmundagi iqlim diagrammalari, grafik, 
shamol gulini tuzish kabi amaliy ishlar qo‘l keladi. 
Meteorologiya stansiyasi va undagi asboblarning ishi, ob-havoni aytish 
usullari bilan tanishtirish maqsadida o‘quvchilarni meteorologiya stansiyasiga 
ekskursiyaga olib boriladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarga ob-havo holatini kuzatib borish vazifasini topshirar 
ekan, ahyon-ahyonda kuzatish natijalarini tekshirishi va ularning ishlariga tegishli 
baho qo‘yib borishi kerak. 
«Geografik qobiq» mavzusini o‘rganishda tabiat zonalarini ifodalovchi 
manzarali rasmlar, diafilmlar va kinofilmlardan, ayrim o‘simlik namunalaridan, 
ya’ni gerbariylardan keng foydalaniladi. 
Bu mavzuni o‘rganishda o‘lka materiallaridan foydalanishning ahamiyati 
ayniqsa, katta. Chunki boshqa zonalarning iqlimi, o‘simlik va hayvonot dunyosini, 
ularning bir-biriga bo‘lgan ta’sirini o‘z o‘lkasiniki bilan taqqoslab o‘rganadilar. 
«Yer shari aholisi» mavzusidagi materiallar asosan hikoya usuli bilan 
o‘rganiladi. Yer sharida aholining taqsimlanishini karta-diagrammada tasavvur 


260 
etiladi. Irqlar haqida gap borar ekan, rangli suratlar, diapozitiv va diafil’mlardan 
foydalanish kerak. 
Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursida o‘quvchilarga turli rasm va turli 
illustrasiyalarni tilga kirituvchi Blis so‘rov berib ularning tabiat hodisalarini 
qanchalik bilishlarini, masalan, vulqon otilishi jarayonini yoki buloqning hosil 
bo‘lishini, tabiatda suvning aylanib yurishini tushunganliklarini bilib olish 
mumkin. Bu usulda so‘rash o‘quvchilar qiziqishini orttiradi. Bundan tashqari
o‘quvchilar bilimini hisobga olishda ularning turli kuzatish asboblari bilan ishlay 
olishlarini ham e’tiborga olish zarur.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin