Таълими методикаси book · December 022 citations reads 2,437 author


 O‘lkani o‘rganish, O‘lkashunoslik masalalari



Yüklə 56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/149
tarix19.12.2023
ölçüsü56 Kb.
#186668
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149


 
9.3. O‘lkani o‘rganish, O‘lkashunoslik masalalari 
Sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarda o‘z o‘lkasini o‘rganish muhim o‘rin 
tutadi. O‘lkani o‘rganishning vazifasi o‘z o‘lkasining tabiatini, aholisining turmushi, 
madaniyati va faoliyatini o‘rganishdir. Maktabda geografidan olib boriladigan 
o‘lkashunoslik ishlari o‘z o‘lkasining boyliklarini aniqlash, tabiat hodisalarini 
kuzatish, turli obyektlarga ekskursiyalar uyushtirish, kolleksiyalar va gerbariylar 
yig‘ishdan iborat bo‘ladi. O‘lkashunoslik ishlarini bajarishda (masalan, 
meteorologik asboblar bilan ishlashda) o‘quvchilarda bir qancha ko‘nikma va 
malakalar hosil bo‘ladi. 
O‘quvchilar keng ko‘lamda va tizimli ravishda astronomik, meteorologik va 
fenologik kuzatishni sinfdan tashqari vaqtdagina olib bora oladilar. 
Maktab atrofining relyefini o‘rganish maqsadida V-VII sinf o‘quvchilari bilan 
ekskursiya uyushtiriladi. Masalan, ekskursiya paytida o‘quvchilar jarliklarning hosil 
bo‘lishi, kattaligi, uning kengayishining oldini olishga qaratilgan choralar bilan 
tanishib chiqishlari mumkin. Shuningdek, o‘quvchilar maktab atrofidagi oqar suvlar, 


248 
ularning hosil bo‘lishi, suvdan qanday maqsadlar uchun foydalanilishi bilan ham 
tanishadilar. Ekskursiya vaqtida to‘plangan materiallar o‘lkashunoslik burchagini 
tashkil etishga va uni boyitishga yordam beradi. 
Geografiyaga doir kerakli o‘quv qurollari tayyorlash va ularni ta’mirlab turish 
sinfdan tashqari olib boriladian ishlarda muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar biron 
narsani ijod qilish va buzilgan o‘quv qurollarini tuzatish ishlarini yaxshi ko‘radilar, 
shuning uchun o‘quv qurollarini yasash o‘quvchilarning eng qiziqarli 
mashg‘ulotlaridan biridir. O‘quvchilar to’garakda turli karta-sxemalar, modellar va 
asboblar yasashlari, geografiya maydonchasidagi ba’zi asboblarni tayyorlashlari 
mumkin. O‘quvchilar yasagan turli o‘quv qurollaridan dars va darsdan tashqi 
vaqtlarda foydalaniladi. 
Geografiya kechalarini o‘tkazish. Geografiya kechalari ma’lum dastur asosida 
o‘tkazilishi mumkin. Yaxshi o‘tkazilgan kecha o‘quvchilarning uzoq vaqtgacha 
xotirasida qoladi. Maktabda o‘tkaziladigan kechalar faqat geografiya faniga oid 
bo‘lmay, balki tarix va adabiy kechalar bilan birgalikda o‘tkazilishi ham mumkin. 
Geografiya kechalarining ahamiyati shundaki, u kechani tashkil etuvchilarning ish 
natijalarini namoyish qiladi va ko‘pchilik o‘quvchilarni o‘ziga jalb etadi. Geografiya 
kechalarining mazmuni turlicha: muhim geografik voqealarga, ko‘zga ko‘ringan 
geograf-olimlarga va o‘lka tabiatini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lishi mumkin. 
Masalan, “O‘rta Osiyolik sayyohlar”,“Geografiya faniga hissa qo‘shgan o‘zbek 
geograf-olimlari”, “O‘zbekiston shaharlari”, “Bizning Vatanimiz” kabi mavzularda 
o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchilarning ilmiy jamiyati. O‘quvchilarning ilmiy 
jamiyati(O‘IJ) geografiya to‘garagida vujudga keladi. Keyinchalik alohida tashkilot 
bo‘lib ajralib chiqishi mumkin. O‘IJ ga bajaradigan ishlari, tadbirlarining saviyasi 
jihatidan to‘garakdan yuqori pog‘onaga ko‘tarila oladi. O‘IJ ga geografiya 
o‘qituvchisidan tashqari faol ota-onalar, olimlar, oliy o‘quv yurtlarining talabalari, 
boshqa fan o‘qituvchilari va yuqori sinf o‘quvchilari ham hamkorlik qilishlari 
mumkin. O‘IJ ning asosiy maqsadi-a’zolarning fanga va ilmiy tadqiqotlarga bo‘lgan 
qiziqishlarini o‘stirish, yer sharidagi obyekt va hodisalarni, o‘z o‘lkasini 
mukammalroq o‘rganish, turli ish usullariga oid tegishli amaliy ko‘nikma va 
malakalar hosil qilishdan iborat. 
Jamiyat a’zolarining ishi mazmuniga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
a) jahon davlatlari, MDH va O‘zbekistondagi muhim voqealar, shuningdek, 
fan, texnika sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan o‘quvchilarni xabardor qilib 
borish. 
b) ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlar o‘qish, ilmiy-ommabop kinofilmlarni 
ko‘rish, ularning mazmunini tahlil qilishga o‘rgatish. 
v) sayohat, ekskursiyalarga chiqish. 


249 
g) O‘rta Osiyolik sayyoh va geograflar hayoti va geografik faoliyati bilan 
tanishish. 
d) jamiyat a’zolarining tadqiqot va kuzatishlari natijasiga bag‘ishlangan 
qiziqarli kecha va konferensiyalar o‘tkazish. 
Jamiyatning bo‘limlari bo‘ladi, bu bo‘limlar o‘quvchilarning qiziqishlari va 
yosh xususiyatlariga qarab tuziladi. 
O‘IJ ning bo‘limlarini sxema bilan ko‘rsatish mumkin. 
Maktablarda tashkil etiladigan O‘IJ ning o‘z nomi va shartli belgisi bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir. O‘IJ Beruniy, Ulug‘bek yoki Bobur nomlari bilan yuritilishi 
mumkin. 
Har bir O‘IJ ning o‘z“a’zolik bileti” bo‘lishi, buni o‘quvchilarning o‘zlari 
tayyorlashlari mumkin.
Jamiyatning umumiy yig‘ilishi har chorakda bir marotaba tashkil etiladi. 
Bo‘limlarning yig‘ilishida- raisning axboroti, a’zolarning dokladlari, kuzatish, 
tadqiqot va sayohat natijalari tinglanadi. O‘qituvchi faoliyatining asosiy tashkiliy 
shakli dars hisoblanadi, bundan tashqari yana qo‘shimcha mashg‘ulot bo‘lishi 
mumkin va kerak. Dars soatlaridan boshqa o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarni 
uyushtirish va bu ishlarga rahbarlik qilishga geografiyaga oid sinfdan tashqari ishlar 
deyiladi. Sinfdan tashqari ishlar ta’lim –tarbiyaviy ishlarning tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Uning maqsadi o‘quvchilar faoliyati va siyosiy goyaviy va madaniy 
darajalarini ko‘tarishga va ularning qobiliyatlarini rivojlantirishga bilim 
darajalarining kengaytirish hamda ma’lumotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan 
bo‘lishi kerak. Geografiyadan sinfdan tashqari ish o‘quvchilarni har tomonlama 
yetuk tarbiyalash sohasidagi maktab tomonidan sinfda olib boriladigan ishlarni 
boshqa shaklda davom ettirish demakdir.Sinfdan tashqaridagi ishlar o‘quv tarbiya 
maqsadlariga bo‘ysundirilmog‘i lozim.Har bir geografiya o‘qituvchisi sinfdan 
tashqari mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarni geografiya predmetiga qiziqtirishi
ularning o‘zlashtirish darajasini yuqori ko‘tarish uchun harakat qilish zarur. Sinfdan 
tashqari ish yaxshi yo‘lga qo‘yilsa o‘zlashtirish yuqori bo‘ladi.Sinfdan tashqari 
ishlar ixtiyoriy bo‘lib o‘quvchilarning xohishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda 
ularning faoliyati asosida olib boriladi. Lekin ulardan intizomga rioya qilish va o‘z 
ixtiyorlari bilan boshlangan ishlarni bajarish talab qilanadi. 
Sinfdan tashqari ishlar – o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga 
chiqarishga imkon bermog‘i kerak.Mashg‘ulotlardagi ishlarning hajmi, shakli va 
metodlari ko‘p jihatdan o‘quvchilarning yoshiga bog‘liq bo‘lib, ularni haddan 
tashqari ish bilan band qilib qo‘yishdan ehtiyot bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari 
o‘tkaziladigan ishlar quyidagilardan iborat. 
1.
Dasturni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘ladigan ishlar.
 


250 
2.
Dasturdan tashqari geografiyaga qiziquvchilar uchun o‘tkaziladigan va majburiy 
bo‘lmagan ishlar bo‘ladi.
 
Majburiy ishlarning asosiy maqsadi dastur materiallarini chuqurroq 
o‘rganish, geografiyadan olgan bilimlarini qo’llay bilishdan iboratdir. Majburiy 
ishlarda 5-7 sinf o‘quvchilarining hammasi qatnashadi. Majburiy ishlarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.
O‘quvchilarning mahalliy daryo, anhor, ob-havo ustida olib boriladigan 
kuzatishlar. 
2.
O‘lkani o‘rganishga doir geografiya kitoblarni o‘qish. 
3.
O‘quvchilarning dokladlari. 
4.
Tabiatga, qishloq xo‘jaligiga, ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiyalar 
uyushtirish. 
Sinfdan tashqari olib boriladigan va majbur bo‘lmagan ishlarga quyidagi lar 
kiradi: 
1.
Geografiya to‘garagidagi mashg‘ulot. 
2.
Yosh o’lkashunoslarning ijtimoiy foydali majburiy ishlarining hammasi ma’lum 
reja asosida o‘tkazilishi kerak. Shundagina tasodifiy bir narsa bo‘lib qolmay 
yaxshi natija berishi mumkin. 
Majburiy ishlarning har birini o‘qituvchi hisobga oladi va unga baho beradi. 
Ya’ni o‘quvchilar olib borgan quzatish kundaliklari, masalan: ob-havoni kuzatish 
kundaligi, yozma doklatlar, o‘qilgan kitobning qisqacha mazmuni. ekskursiyaning 
tasviri, tayyorlangan fotomantaj, albom kolleksiyalar va boshqalar To‘garakni 
yolg‘iz bitta sinf o‘quvchilari bilan qo‘ymaslik kerak. Har bir maktab uchta 
to‘garak ishlatishi shart emas, hech bo‘lmaganda birorta to‘garak o‘qituvchi 
tomonidan tashkil etilishi kerak. To‘garak a’zolarining soni cheklab qo‘yilmaydi. 
To‘garakning hajmiga o‘qituvchi maslahatchi sifatida rahbarlik qilib borishi kerak. 
Sinfdan tashqi ishning tematikasiga maktab joylashgan tumanning mahalliy 
sharoiti: tabiiy xususiyatlari, aholining mashg‘ulotlari, xo‘jalikning rivojlanishi, 
uning xarakteri, aloqa yo‘li va boshqalar kiradi. Sinfdan tashqari ishning 
tematikasida o‘lkashunoslik ishi o‘z ahamiyati jihatidan ham va hajm jihatdan 
asosiy o‘rin egallaydi.Maktab o‘lkashunosligi o‘zi yashab turgan qishlog‘i, shahri, 
yaqin atrof tevaragi o‘z tumani va o‘z viloyatini o‘rganadilar. Maktab 
o‘quvchilarining yoshi qancha katta bo‘lsa ular uchun “o‘lka” tushunchasi shuncha 
keng bo‘ladi. Maktabda o‘lkashunoslikdan olib boriladigan ishlar o‘z o‘lkasini 
boyliklarini aniqlash, tabiat hodisalarining o‘zgarishini kuzatish, turli obyektlarga 
ekskursiyalar uyushtirish, kolleksiya va gerbariylar yig‘ish, yig‘ilgan materiallarni 
tahlil qilish kabi vazifalarni qo‘yadi. O‘quvchilar bilan o‘lkashunoslik 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida bir qancha amaliy ko‘nikma va malakalarni 
egallab olishlari mumkin. Masalan: joy plani olish, meteriologik asboblar bilan 


251 
ishlash, tuproqlarni o‘rganish va boshqalar. O‘quvchilarning ijodiy bilimlarni 
kengaytirishda ayrim sanoat tarmoqlari yoki qishloq xo‘jalik tarmoqlarini har 
taraflama o‘rganishga qaratilgan o‘lkashunoslik ishi asosiy rol o‘ynaydi. 
Geografiyadan o‘tkazilgan sinfdan tashqari ishlar o‘quv hamda ko‘rgazmali 
qurollarni va ularni ta’mirlab turish alohida o‘rin tutmog‘i kerak. O‘quvchilarning 
geografik maydonlardagi asboblarni tayyorlash va maydonchani takomillashtirish 
ham shunga kiradi. Qo‘lda yasaladigan ko‘rgazma qurollarni tayyorlash usullariga 
qarab bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Agar to‘garak rahbari tajribali bo‘lsa, 
mashg‘ulotga oldindan tayyorlansa, ko‘rgazmali o‘quv qurollari tayyorlashga oz 
vaqt sarflanadi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma qurollardan dars 
va darsdan tashqari vaqtlarda foydalanish mumkin. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan 
tematika bo‘yicha turli sinf o‘quvchilari shug‘ullanishi mumkin. 5-7 sinflarda 
geografidan sinfdan tashqari ish kompleks hisoblansa ham, lekin ko‘proq tabiiy 
geografiya bilan bog‘liqdir. Bu sinflarda asosiy tematika o‘z o‘lkasining tabiatini 
ajoyib joylarini, tabiatdagi muhim hodisalarni sayohat davomida o‘rganishi, tabiiy 
geografiyaga doir ko‘rgazmali qurollar va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlashdan 
iboratdir. 8-10-sinflarga geografiyadan sinfdan tashqarigi ish tematikasi asosan 
iqtisodiy geografiya xarakteriga ega. Bunda o‘quvchilarning siyosiy hamda 
iqtisodiy bilim darajalarini oshirishga e’tibor beriladi. Ya’ni 8-10-sinf 
o‘quvchilarining asosiy tematikasi ishlab chiqarish tarmoqlarini kompleks tarzda 
o‘rganishdan iborat. O’quvchilar sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazayotganda 
geografiya o‘qituvchisi va ishlab chiqarish asoslari hamda biologiya o‘qituvchilari 
bilan birgalikda ish olib borishlari mumkin.

Yüklə 56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin