231
qaysi qismini masofaviy olib borishni rejalashtiradi. Bu o‘qituvchi rahbarligida va
uning ssenariysi asosida o‘tadi. Bunda ta’lim oluvchining o‘quv jarayoniga ta’sir
etishi nazarda tutilmaydi. Bu model ikki variantga ajratiladi.
Birinchi variantda asosiy (bazaviy) ta’lim oluvchilar guruh-dars shaklida,
talabalarning bir qismi esa masofaviy shaklda olib boriladi.
Talabalarning bir
qismini ta’minlash va modelni amalga oshirish uchun maxsus sayt ochilib, unga
kerakli materiallar joylashtiriladi.
Ikkinchi bir variantda esa asosiy o‘quv mashg‘ulotlari masofaviy asosda olib
boriladi. Ta’lim oluvchilar vaqti-vaqti bilan ta’lim muasasasida obzor ma’ruzalar,
seminarlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish, masofadan egallagan
bilim va malakalari bo‘yicha muhokama va munozaralarga qatnashadilar.
2.
Kompyuter aloqa tarmog‘ida o‘qitishga asoslangan model (setevoe
obuchenie).
Bu model quyidagi 3 variantda amalga oshirilishi nazarda tutiladi:
Birinchi variant.
Tarmoq orqali avtonom kurslarni o‘qitish (ayrim
faktlar
bo‘yicha maxsus kurs profilli yo‘nalish, til o‘rganish va hokazo). Modelning bu
variantini amalga oshirishda ta’lim oluvchilarga kerak bo‘ladigan
barcha
materiallar (o‘quv tematik rejalar,
modullar, qo‘shimcha materiallar,
turli xil
WEP-sahifalar testlar va h.k) ta’lim muasasasining saytida joylashtiriladi. Bu
variantda o‘qituvchi bilan yuzma-yuz uchrashuv nazarda tutilmaydi. Barcha
jarayonlar tartib bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: