96
Masalan, tennischi musobaqa jarayonida hujumkor taktikada o’ynaydigan
sportchi bilan raqib bo’ldi. Partiya boshlanishidan
raqibning murakkab shar
uzatishlarini
(podacha)
va ketma-ket kuchli bo’lgan top- spin zarbalarini o’tkazib
yuborishi sababli, hujumdan ko’ra ko’proq himoya taktikasiga o’tadi va unda
diqqat bilan raqibning berayotgan zarbalariga nisbatan sharni qaytarish hamda
turli xil qarshi usullardan foydalanish holatlari pasayib ketadi. Shuningdek, raqib
imkoniyatlari, harakatlari to’g’risida vaqtida etarli ma’lumot
ololmaydi, aniq
vaziyatni hisobga olib fikran stol yonida to’g’ri joy tanlashda
(stoyka),
mustaqil
bir qarorga kelishda qiynaladi. Shuning uchun tennischilar bilan diqqatni
murakkab vaziyatlarda ham aniq zaruriy obe’ktga to’plash va yo’naltirishga
yordam beradigan har xil mashqlar o’tkazish orqali ularda o’z diqqatini boshqarish
malakalarini rivojlantirish zarur.
Hissiy obrazlar vositasida fikrlash
Tennischi bu uslub yordamida bo’lajak musobaqada o’z harakatini xayolan
obrazlar vositasida tafakkurida mushohada etib,
fikran tasavvur etadi, mashq
qiladi. Natijada, sportchi xayolan mashq qilgan harakatlarini musobaqa jarayonida
tez, shiddatli, yuqori darajada aniq bajarish imkoniyatiga ega bo’ladi. o’z
harakatlarining
boshlanish, o’rta va keyingi qismlari izchilligini saqlagan holda
bir necha obrazlarda xayolan takror va takror ishlab chiqadi. Sportchi fikran oddiy
hissiy obrazlardan murakkab obrazlarga o’tadi. Bu obrazlar real hayotda,
sport
amaliyotida
(jismoniy mashqlar va musobaqa jarayonida)
kuzatilgan, orttirilgan
tajribalarga ko’ra, mushohadalar natijasida yuzaga keladi. Jumladan,
qachondir
qozonilgan g’alaba, o’rnatilgan yangi rekord yoki muddatdan oldin o’z raqibi
ustidan qozonilgan g’alaba to’g’risidagi turli aniq-tiniq obrazlar yordamida fikran
mashq qilish ham sportchining musobaqalarda g’oyat aniqlik bilan harakat
qilishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: