95
tekshirib ko’rish, ishonchlilik darajasini aniqlash,
musobaqaning
boshlanish vaqti yoki kutilmagan o’zgarishlarning alohida sportchilar
yoki jamoaga g’alaba keltirish imkoniyatlarini o’rganish;
❖
tennischilarga musobaqada qatnashishdan ko’zlangan maqsad va
vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida ko’rsatmalar berish;
❖
sportchining musobaqada ishtirok etish sababi,
mohiyati va aniq
maqsadini aniqlash, g’alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini
tushuntirish;
❖
sportchining bo’lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish,
aqliy sifatlarini o’stirishga e’tibor berish,
musobaqaga taktik va texnik
jihatdan psixologik tayyorgarligini takomillashtirish;
❖
tennischini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida kutilmagan maxsus
to’siqlar vujudga keltirish, ularda bu to’siqlar va qiyinchiliklarni enga
oladigan malaka va ko’nikmalar hosil qilish uchun qo’shimcha
mashg’ulotlar uyushtirish;
❖
tennischiga musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan ichki psixologik
holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni o’rgatish;
❖
tennischini musobaqa boshlanishida psixologik ko’tarinkilikka, asab
tizimi
faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish
hamda musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga
undash.
Dostları ilə paylaş: