Sportchilar jismoniy tayyorgarligining metrologik asoslari Reja: Sportchilar jismoniy tayyorgarligi



Yüklə 12,67 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü12,67 Kb.
#173133
Sportchilar jismoniy tayyorgarligining metrologik asoslari


Sportchilar jismoniy tayyorgarligining metrologik asoslari
Reja:

  1. Sportchilar jismoniy tayyorgarligi

  2. Sportchilar jismoniy tayyorgarligining metrologik asoslari

  3. Sportchilar jismoniy tayyorgarligining metrologik asoslarini oshirish

Fanda o’lchash deganda(kengma’noda)tadqiqqilinayotgan hodisa yoki obyekt xarakteristikalari, bir tomondan, ulaming miqdoriy qiymatlari, ikkinchi tomondan, o‘rtasidagi moslik o‘matilish jarayoni tushuniladi. Deyarli hammaga uzunlikni yoki jism massasini o‘lchash singari oddiy o‘lchash turlari yaxshi tanish. Biroq, charchash va bilimdonlik darajasini, harakatlar go‘zalligini, texnik mahoratni o‘zlashtirish darajasini qanday o‘lchash mumkin (umuman ulami o‘lchashning iloji bor-mi, o‘zi)? Bu sifatlar, go‘yo-ki o‘lchab bo‘lmaydigan kattaliklardek tuyuladi. Shu bilan birga, har bir shimday holatlarda «katta - teng - kichik» singari munosabatlami aniqlash hamda A sportchi B sportchiga nisbatan yaxshiroq texnikaga egaligi, B sportchi texnikasi C sportchi texnikasiga nisbatan yaxshiroqligi va hokazolar to‘g‘risida fikr yuritish imkoniyati mavjud - ku, axir. Shuningdek, «yaxshiroq» yoki «yomonroq» so‘zlari o‘miga sonlardan foydalanish ham mumkin. Masalan, «qoniqarli», «yaxshi» va «a’lo» so‘zlari o‘miga «3», «4» va «5» raqamlarini qo‘llash mumkin. Sport faoliyatida, ko‘pgina hollarda, umuman o‘lchab bo‘lmaydigandek tuyulgan ko‘rsatkichlami sonlar orqali ifodalashga to‘g‘ri keladi. Masalan, konkida figurali uchish bo‘yicha sportchilar yoki gimnastikachilaming musobaqalarda ijrosi texnik va artistlik mahoratlari hakamlar qo‘yadigan baholar orqali ifodalanadi. Bulaming hammasi, keng ma’noda olib qaralganda, o‘lchash hollari hisoblanadi. Bu yerda biz o‘lchash nazariyasi asoslarini tashkil etadigan quyidagi uch masalani: o‘lchash shkalalarini, o‘lchov birliklarini va o‘lchash aniqligini qarab chiqamiz.

O‘lchash shkalalari Shkala (lot. “skale” - narvon) - hisoblash tizimining elementi bo‘lib, uning yordamida kuzatilayotgan obyektni ma’lum bir obyektlar guruhiga kiritish amalga oshiriladi. 0 ‘lchash shkalalari soni juda ham ko‘p. Bu yerda ulardan sport sohasida eng kerakli bo‘lgan to‘rttasi qisqacha bayon etiladi. Atamalar shkalasi. Bu shkala mavjud shkalalar orasidagi eng soddasi. Unda sonlar o‘rganilayotgan obyektlaming yorlig‘i yoki farq qilish alomati (masalan, futbol jamoasi o‘yinchilarining tartib raqami) rolini bajaradi. Atamalar shkalasini tashkil etgan sonlaming o‘rinlarini almashtirishga ruxsat etiladi. Bu shkalada «katta yoki kichik» tipidagi munosabatlar qo‘llanilmaydi. Atamalar shkalasidan foydalanilganda faqat bir nechta amal (operatsiya)lar bajarilishi mumkin xolos. Masalan, unda qo‘llangan sonlami qo‘shish yoki ayirish miunkin emas, biroq u yoki bu sonni necha marta uchrash chastotasini sanash mumkin. Tartib shkalasi. Tartib shkalasida egallangan o‘rin rang deb, ushbu shkalaning o‘zi esa rangga oid yoki nometrik shkala deb aytiladi. Bimday shkalada xmi tashkil etgan sonlar ranglar bo‘yicha tartibga solingan (ranjirovka qilingan) bo‘ladi, biroq ranglar orasidagi intervallami aniq o’lchab boTmaydi. Atamalar shkalasidan farqli o’laroq, tartib shkalasi o‘lchanayotgan obyekt xarakteristikalarining o‘zaro bir-biriga nisbatan tengligi yoki tengsizligini aniqlash imkoniyatini beribgina qolmay, balki «katta - kichik», «yaxshiroq - yomonroq» va hokazo mulohazalar ko‘rinishidagi tengsizlik xarakterini ifodalash imkoniyatini ham beradi. Tartib shkalasidan foydalanib aniq miqdoriy me’yorlarga ega bo‘lmagan ko‘rsatkichlar sifatlarini o’lchash mumkin. Bu shkalalardan, ayniqsa, ijtimoiy fanlarda: pedagogika, psixologiya, sotsiologiyada keng foydalaniladi.


Tartib shkalasi ranglari bilan atamalar shkalasi sonlariga nisbatan ancha ko‘p amal (operatsiya) lar bajarish mumkin. Intervallar shkalasi. Bu shkalaga ko‘ra o’lchash natijalari, ya'ni sonlar faqat ranglar bo‘yicha tartiblangan boTib qolmay, balki maTum intervallarga boTingan ham boTadi. Uni quyida tavsiflanadigan nisbatlar shkalasidan farq qiladigan xususiyati shunda-ki, bu shkalaning nolinchi nuqtasi ixtiyoriy tanlanadi. Bimga misol sifatida kalendar vaqti (turli kalendarlarda yilni sanoq boshi tasodifiy sabablarga ko‘ra belgilangan), harorat, ko‘tarilgan yukning potensial energiyasi, elektr maydon potensiali va boshqalami keltirish mumkin. Masalan, mashq paytida birinchi sportchining tana harorati 39,2°; ikkinchisining harorati 39,5°; uchinchisiniki esa39,7°; boTishi mumkin. Intervallar shkalasida oTchov birliklari (gradus, soniya, kilogramm va boshqalar) belgilangan. 0 ‘lchanayotgan obyektning ko‘rsatkichi oTchov birligiga nisbatan ifodalangan son orqali ifodalanadi. Nisbatlar shkalasi. Bu shkala intervallar shkalasidan faqatgina nolinchi nuqtasi aniq belgilanganligi bilan farq qiladi. Shu tufayli nisbatlar shkalasi o’lchashlar va kuzatishlar natijalariga qayta ishlov berish uchun foydalaniladigan matematik apparatga hech qanday chegaralar qo‘ymaydi. Sport amaliyotida nisbatlar shkalasi bo‘yicha masofani, kuchni, tezlikni va boshqa o‘nlab ko‘rsatkichlami o’lchash amalga oshiriladi. Nisbatlar shkalasi va intervallar shkalasi bo‘- yicha sanalgan (hisoblangan) sonlar farqi sifatida hosil boTgan kattaliklar ham o’lchanadi. Chunonchi, kalendar vaqti intervallar shkalasi va vaqt oraliqlari esa nisbatlar shkalasi bo‘yicha hisoblanadi. 2.1 - jadvalda o’lchash shkalalari to‘g‘risidagi maTumotlar jamlangan. Unda, xususan, u yoki bu shkala bilan ishlaganda qaysi matematik statistika usullaridan foydalanish ko‘rsatib berilgan.

Jismoniy tarbiya va sportdagi o‘lchanadigan parametrlar Sport faoliyati doirasida pedagogik, biotibbiyot, psixologik va boshqa fanlar bo‘yicha mutaxassislaming ilmiy tadqiqotlarida qo‘llanadigan turli-tuman pribor, anjomlar va texnikaviy qurilmalaming mavjudligi 3000 dan ortiq alohida parametrlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.


Sport faoliyati to‘g‘risidagi fanda, ya’ni sport-pedagogik tadqiqotlar va trenirovka jarayonini amalga oshirishda o‘lchanadigan barcha parametrlar quyidagi to‘rtta guruhga bo‘linadi: - organizmdagi turli tizimlar funktsional holati yig‘indi (kumulativ) samarasini aks ettiradigan integral parametrlar (masalan, sport mahorati); - sportchi organizmidagi funksional tizimlardanbirigataalluqli bo‘lgan kompleks parametrlar (masalan, jismoniy tayyorgarlik); - tizimning faqat bitta xossasini xarakterlaydigan dififerensial parametrlar (masalan, kuch sifatlari); - tizimning alohida bir xossasini xarakterlovchi bitta kattalik (qiymat)ni ifodalovchi birlikparametrlar (masalan, mushaklaming maksimal kuchi). Energetik-funksional va anatomo-morfologik parametrlaming o‘zaro nisbati alohida ahamiyatga loyiq. Sport tibbiyotida, trenirovka jarayonida va sport faoliyati bo‘yicha ilmiy izlanishlarda quyidagi asosiy parametrlar o‘lchanadi va nazorat qilinadi: • trenirovka yuklamasi va tiklanishning fiziologik («ichki»), fizikaviy («tashqi») va psixologik parametrlari ; • kuch, tezkorlik, chidamkorlik, egiluvchanlik va chaqqonlik sifatlarini xarakterlaydigan parametrlar; • inson organizmi yurak - qon tomir va nafas olish tizimlarining funksional parametrlari; • sport texnikasining biomexanik parametrlari; • tana o‘lchamlarining chiziqli va aylanma parametrlari. Ushbu parametrlami tadqiq qilish va nazorat ostiga olish uchun quyidagi fizik kattaliklami o‘lchashning turli-tuman uslublaridan keng foydalaniladi: • kuch ko‘rsatkichlari (bu - gavda harakati tezligi va yo‘nalishi o‘zgarishlarini vujudga keltiruvchi quyidagi sabablar: o‘zaro itarish, deformatsiya, zarba, otish kuchlari va shu singarilar; aylanma harakatdagi momentlar va kuch momentlari: lokomotor va gimnastik mashqlami bajarish jarayonida tebranish, siltash, burilish, aylanish; sport snaryadlariga bosim va hokazolar);
• tezlik va tezkorlikka taalluqli kattaliklar (berilgan vaqt oralig‘i davomida sarflanadigan energiya miqdori; harakatlanish amallarini bajarishda tezlikka erishish, siljish va yo‘nalishni o‘zgartirish tezligi; mashqlami bajarish jarayonida chiziqli va burchak tezlanish); • vaqtga bog‘liq ko‘rsatkichlar (vaqt oralig‘i va vaqt birligi - momenti, harakat davomliligi, harakat tempi va ritmi); • geometrik kattaliklar (sportchining egallagan vaziyati: berilgan koordinatalar tizimida gavda yoki uning ba’zi qismlarini joylashish koordinatalari: sakrash, sport musobaqalarida irg‘itish va shu kabi natijalarini o‘lchashda berilgan ikki nuqta orasidagi masofa, figurali uchishda majburiy shakl va konturlami hosil qilishda chiziladigan konturlaming to‘g‘riligini o‘lchash; gavda bukirligi va (ploskostopiya) oyoq osti tekislik darajasini o‘lchash); • fizik xossalami xarakterlaydigan kattaliklar (inson gavdasining zichligi, solishtirma og‘irligi; sport gigiyenasida namlikni o‘lchash; suyak-mushak tizimidagi yopishqoqlik, qattiqlik, elastiklik); • miqdoriy kattaliklar (gavda va uning alohida qismlarining massalari va og‘irligi); • kimyoviy tarkibni xarakterlaydigan kattaliklar (bunday kattaliklar shunchalik ko‘p-ki, ulami bu yerda sanab o‘tish juda qiyin); • issiqlik parametrlari (tana harorati va ma’lum sharoitlarda tana tomonidan chiqariladigan yoki yutib olinadigan issiqlik miqdori bilan aniqlanadigan ko‘rsatkichlar); • radiatsion parametrlar (yadro radiatsiyasi - inson gavdasi va uning alohida elementlari massasini radioizotop usullaridan foydalanib o‘lchash va skanirlashni amalga oshirish; yosh sportchilaming suyak yoshini (yoki biologik yoshini) aniqlash; skeletning fotometrik o‘lchamlarini aniqlash va shu singarilar); • elektrik kattaliklar (turli a’zolar: yurak, mushaklar, miya va shu singarilaming biopotensiallari).
0 ‘lchash aniqligi Hech bir o‘lchashni absolut aniq darajada amalga oshirib bo‘lmaydi. 0 ‘lchash natijasi xatolikka ega bo‘lishi muqarrar.
Yüklə 12,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin