Ma’ruza№4 Mavzu: Ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik tavsifi



Yüklə 372,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.05.2023
ölçüsü372,93 Kb.
#115355
  1   2   3   4
Ma\'ruza-4



MA’RUZA№4 
Mavzu: Ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik tavsifi. 
Reja: 
1. Ruda va yondosh jinslarning barcha fizik-mexanik xususiyatlari. 
2. Kon jinslari massivini turg‘unligi. 
3. Rudaning tuzulishi. 
4. Rudani konditsion bo‘lagi. 
5. Zichlanish va oksidlanish. Namlik sig‘imi 
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar: ruda va yondosh jinslarning barcha fizik-
mexanik xususiyatlari, kon jinslari massivini turg‘unligi, rudaning tuzulishi, 
rudaning konditsion bo‘lagi, zichlanish va oksidlanish, namlik sig‘imi. 
ruda va yondosh jinslarning barcha fizik-mexanik xususiyatlaridan qattiqlik 
va turg‘unlik qazib olish tizimini va qazish texnologiyasini tanlashga ko‘proq ta‘sir 
ko‘rsatadi. 
Kon jinslarini mahkamligini aniqlash uchun ko‘pgina fizik-mexanik 
xususiyatlarni birgalikda aniqlash talab etiladi bular: ruda va yondosh jinslarning 
qattiqligi, yopishqoqligi, darzliligi, qavat-qavatliligi, oralarida boshqa jinslar 
aralashib qolganligi va qatlamchalar mavjudligidir. Jinslarni bu xususiyatlari qazib 
olish tizimini, mashina va asboblarni tanlashda, konchilik mashinalarini ish 
unumdorligini va konchi ishchilarini mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini 
belgilashda, materiallar sarflanishi va qazilmani tannarxini aniqlashda muhim 
ahamiyatga ega. 
Kon jinslari qattiqlik koeffitsientini birinchilardan bo‘lib tasniflagan taniqli 
olim M.M.Protod‘yakanov bo‘lib, uning tasnifi amaliyotda va adabiyot 
darsliklaridan keng o‘rin olgan. 
Kon jinslari fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq holda kon ishlarini alohida 
ishlab chiqarish jarayonlari, masalan: burg‘ilash, portlatish ishlariga tadbiq etish 
uchun materiallar sarflash me‘yoriy ko‘rsatkichlarini tasnifi mavjud. 
Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olishda ruda va yondosh 
jinslarning turg‘unligi muhim ahamiyatga ega. 
Turg‘unlik - jinslar massoviy tagi va yon tomonini qazib olib ochiq yuza hosil 
qilganda, uning ma‘lum muddatgacha o‘pirilib tushmasdan ship qismini butunligini 
saqlab turish xususiyati. Ruda va yondosh jinslar turg‘unligini aniqlash qazib olish 
tizimini turg‘unlashda, ruda massivi va yondosh jinslarni qazishdan hosil bo‘lgan 
bo‘shliqni o‘pirilmasdan turish muddatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega . 
Ba‘zi bir jinslarni ostki qismida katta o‘lchamdagi maydon yuzasini ochganda 
ham yillab, o‘n yillab o‘zini turg‘unligini saqlab qoladi, ikkinchi tur jinslarda 
alohida qismlarnigina maxkamlash talab etiladi, uchinchi xil jinslar esa uning tagida 
kichik maydon yuzasi ochilganda ham, mustahkamlagich o‘rnatish 
17


talab etiladi, yana boshqa xil jinslarda esa umuman ochiq yuza qoldirishga 
yo‘l qo‘yilmaydi, qazish ishlarini mustahkamlagichsiz olib borish mumkin emas. 
Kon jinslari massivini turg‘unligiga, ularning fizik-mexanik hususiyatlaridan 
tashqari, tashqi sharoitlar ham ta‘sir etadi, masalan, kon lahimini yer yuzasiga 
nisbatan joylashish chuqurligi, gorizontga nisbatan qazish ishlarini yo‘nalishi, 
lahimlarni shakli va ko‘ndalang kesim yuzasini o‘lchamlari. Turg‘unlik darajasi 
bo‘yicha ruda va yondosh jinslar beshta guruhga bo‘lishadi: 

Yüklə 372,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin