7
SO‘ZBOSHI
Soliqlar har bir davlat mavjud bo‘lishining asosiy sharti hisob-
la nadi. Jumladan, bizning mamlakatimizda ham soliqlar o‘ta mu-
him ahamiyat kasb etadi. Soliqlar orqali
davlat budjetining aso-
siy daromad qismi shakllantiriladi. Davlat budjeti daromadlari
hi
sobidan ijtimoiy soha moliyalashtiriladi, iqtisodiy reformalar
amalga oshiriladi. Bundan tashqari, soliq tizimi orqali iqtisodiy-ij-
timoiy sohalarni maqsadga muvo
fi
q rivojlantirish
maqsadida tar-
tibga solinadi. Shu sababli, hukumatimiz tomonidan soliq tizimini
rivojlantirish borasida uzluksiz chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda
va amalda joriy qilinmoqda. Bunday chora-tadbirlar bugungi kunda
o‘z samarasini bermoqda.
Soliq tizimida o‘ta dolzarb bo‘lgan sohalardan biri – soliq statis-
tikasi va prognozi hisoblanadi. Chunki soliq statistikasi soliq to‘lov-
chilari, soliq obyekti hamda soliq tushumlari hisobini yuritish,
statistik ko‘rsatkichlarni
shakllantirish, tahlil va prognoz jarayonlari
uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni yig‘ib beradi. Shu ma’noda,
respublikamiz soliq tizimini rivojlantirishda soliq statistikasining
ahamiyatli o‘rni mavjud desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Soliq tushumlarini prognozlashtirish Davlat budjetini samarali
boshqarishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Soliq tu-
shumlarini ilmiy asoslangan holda prognozlash orqali Davlat
bud jetining daromad va xarajat qismlaridagi muvozanatni saq-
lash, budjet taqchilligiga yo‘l qo‘ymaslik,
budjetning soliqli da-
ro madlarini manbalar bo‘yicha bajarilishini ta’minlash, soliq tu-
shumlarini moliyaviy yil davomida uzluksiz, barqaror yig‘ilishi
ta’
minlanadi. Natijada, mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik
ta’
minlanadi, rejalashtirilgan investitsion loyihalar o‘z vaqtida
amalga oshiriladi.
8
Mazkur o‘quv qo‘llanma, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va
o‘r ta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi,
namunaviy hamda ishchi o‘quv dasturlar asosida tayyorlangan.
Risola oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma
sifatida tavsiya
etgan.
O‘quv qo‘llanma 12 bobdan iborat bo‘lib, unda “Soliq statis-
tikasi va prognozi” fanining predmeti, bilish usullari, soliqlarni
hi soblashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar va ularning iqtisodiy
aha
miyati, soliq elementlarining soliqlarni prognoziga ta’siri,
soliq lar hamda boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlarni
prog noz
qilish tartibi, usullari, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq
majburiyatini bajarish tartibi, soliq qarzini majburiy undirishni
tashkil etish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini prognoz
qilish, qo‘shilgan qiymat solig‘i prognozini tashkil qilish,
aksiz
solig‘ini prognoz qilish tartibi, jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘ini prognoz qilish tartibi, mol-mulk solig‘i va resurs
to‘lovlarni prognoz qilish tartiblari, soddalashtirilgan soliqqa
tortish tartibidagi
soliqlarni prognoz qilish, budjetdan tashqari
maqsadli jamg‘armalarga majburiy to‘lovlarni prognoz qilish tartibi
yoritilgan.