Reja kirish 1 Davlat byudjetining soliqli daromadlari



Yüklə 88,27 Kb.
səhifə1/3
tarix13.06.2023
ölçüsü88,27 Kb.
#129371
  1   2   3
MANSURBEK KURS ISHI




Mavzu: Davlat byudjetining soliqli daromadlari ularning tarkibi va tuzilishi


Reja
kirish
1 Davlat byudjetining soliqli daromadlari
2 Soliqlar va ularning turlari
3 Davlat byudjetining daromadlari ularning tarkibi tuzilishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining ishlab chiqarishning modernizatsiyalashuvi sharoitida soliqlar vositasida bir tomondan tartibga solish ikkinchi tomondan esa rag’batlantirish hamda ikkala jarayonni to’g’ri tashkil eta olish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimiz faoliyatining bozor munosabatlarining iqtisodiy talablariga moslashishida, ularning bosqichma-bosqich rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan to hozirgi davrga qadar respublikamizda iqtisodiy islohatlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyasiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi. Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016- 2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez 4 rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat etkazadi..”1 . Bugungi kunda O’zbekistonda to’laqonli bozor iqtisodiyotini yaratish borasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar tarkibida, korxonalarimizning barqaror rivojlanish, ularning faolligi, byudjet munosabatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatishning muhim vositasi sifatida, soliq siyosati ham, islohotni zamonaviy talablariga moslashtirib borilishini talab qilmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashuvi sharoitida soliq siyosati davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan soliq siyosatining bir tomondan davlat byudjeti daromadlarini ta’minlash shu o’rinda iqtisodiyotni barqarorlashtirish va ikkinchi tarafdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarimizning moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 2011-yilda soliq yuki, 1991-yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 foizdan 22 foizga tushganini qayd etish zarur. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining xozirgi bosqichida bozor munosabatlari to’la xukmron bo’lgan, bozor iqtisodiyoti qonunlari va talablari to’la amal qilinayotgan yoki iqtisodiyotni boshqarishning to’la iqtisodiy, demokratik usullari yoki to’liq ma’muriy buyruqbozlik usullari qo’llanilmoqda deb bo’lmaydi. Bunday o’tish sharoitida soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartiblash tizimini to’g’ri tashkil eta olish bozorning iqtisodiy talablariga moslashishda,
ularning bosqichma-bosqich xukumronligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tish xususiyatlaridan biri davlatning iqtisodiy o’zgarishlarning tashabbuskori va bosh islohotchisi qilib belgilanganligidir. Iqtisodiy islohotlar boshlangan hozirgi davrga qadar 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi respublikamizda iqtisodiy islohotlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiy, shu jumladan soliq siyosatida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor vazifalari iqtisodiyotni erkinlashtirish, davlatning boshqaruvchilik funktsiyalarini qisqartirish va uning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashdan iborat. Kichik biznesni rivojlantirish orqali xususiylashtirish jarayonini tezlashtirish, tadbirkorlik faoliyatiga keng imkoniyatlar ochib berish, shu bilan birgalikda byudjet kamomadiga yo’l qo’ymaslik vazifalari belgilangan. Ushbu iqtisodiy vazifalardan kelib chiqqan holda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning to’g’ri oqilona yo’nalishlarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish lozim. Davlat byudjeti daromadlarini ta’minlashni takomillashtirish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish va moliyaviy ahvolni mustahkamlashga oid muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Daromad solig’ining yuqori bo’lishi korxonalarni o’z mablag’larini o’zi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan qayta qurollantirishga, o’z aylanma mablag’larini to’ldirishga sarflashiga to’sqinlik qiladi. Bu esa ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi. bu esa moliya tizimini barbod bo’lishiga, ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga olib keladi. Yuqoridagi holatlar hozirgi kunda ilmiy izlanish mavzusining dolzarbligini va bu sohadagi muammolarni hal etish davlat iqtisodiy islohotlarining birlamchi o’rinda turishini tasdiqlaydi va mazkur muammolarni hal etishning maqsad va vazifalarini belgilab beradi. Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Ishning maqsadi iqtisodiy islohatlar sharoitida davlat soliq siyosatining barqarorligini ta’minlash va davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning amaldagi holatini nazariy jihatdan o’rganish, mavjud muammolarni aniqlash va Respublikamizda iqtisodiy islohatlar va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirilishida mamlakatimizda mavjud an’analarni 6 hisobga olgan holda uni takomillashtirish bo’yicha aniq taklif va mulohazalar berishdan iboratdir. Yuqoridagi maqsadlarga asoslangan holda bitiruv malakaviy ish oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi. davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganish; davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli va ahamiyatini yoritish; byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlash; soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganish; byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berish.
Kurs ishining ishning ob’ekti sifatida O’zbekiston
Respublikasining soliq tizimida olib borilayotgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasi, shuningdek unga ta’sir etuvchi omillar. Bitiruv malakaviy ishning nazariy va uslubiy asoslari sifatida klassik iqtisodchi olimlarning soliq nazariyalari bo’yicha ilmiy asarlari, o’zbek va xorijiy iqtisodchi olimlarning mazkur muammolari bo’yicha ilmiy izlanishlari hamda bozor munosabatlari va rivojlangan xorijiy mamlakatlarning soliq siyosati borasidagi ilg’or tajribalari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ushbu sohaga taalluqli bo’lgan farmonlari, qonunlari, qarorlari hamda me’yoriy hujjatlari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishning o’rganuvchanlik darajasi. Byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi bilan bog’liq bo’lgan muammolar taniqli mashhur klassik iqtisodchi olimlar A. Smit, D. Rikardo asarlarida, rossiyalik iqtisodchi olimlardan E. Voznesenskiy, L.A. Drobozina, V.M. Radionova, G.B. Polyak, V.N. Semenev, 7 V.F. Stolyarov, V. Sengachov, D.G. Chernik kabi ko’pgina etakchi olimlarning ilmiy ishlarida sezilarli darajada ahamiyat berilgan. Shuningdek, O’zbekiston iqtisodchi olimlari va amaliyotchi mutaxassislari , K. Yax’yoev, A. Abduqodirov, E Gadoev, Q.Bazarov, O. Norqobulov, T. Malikov, O. Olimjonov, P.J. JamolovQ. To’qsonovlarning ilmiy ishlarida ham yoritib berilgan. Shu taraflama mazkur izlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiliklari shundan iboratki, soliq siyosati strategiyasi va taktikasi har tomonlama tahlil qilinib, ana shu tahlil asosida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek korxona va tashkilotlar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish va shu orqali korxona va tashkilotlar rentabelligini oshirishning asosiy yo’nalishlari ishlab chiqilgan. davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning iqtisodiy mohiyati, mazmuni va ob’ektiv zarurligini asosli ravishda o’rganildi davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosatining roli va ahamiyatini yoritildi; byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmi va undagi muammolarni aniqlandi; soliq siyosatini tashkil qilishning xorijiy mamlakatlar tajribalarini o’rganildi; byudjetni daromadlar man’baini shakllantirishda mahalliy soliq salohiyatini baholash mexanizmining samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar berildi. Bitiruv malakaviy ishning asosiy amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari respublikamizda amalda bo’lgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari bu ilmiy ishimiz hozirgi kunda eng dolzarb muammolar echimlarini hal etishga bag’ishlangandir. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va tarkibi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi kirish, xulosa, va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar qismidan tashqari uch bobdan iborat bo’lib, bu boblarda 7 ta savol mujassamlashgan. . Davlat byudjetining daromadlar man’baini ta’minlashda soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliqlarning nazariy asoslari Iqtisodiyotimiz barqarorligini ta’minlash yo’lida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni olib borishda jumladan, Xalq manfaatlariga mos bulib tushadigan mustakil iqtisodiy siyosat har qanday davlatning erkin rivojlanishida majburiy shart xisoblanadi.
Aynan shunday siyosatni ezgulik bilan amalga oshirib borish, Soliq siyosati amalga oshirilishi natijasida byudjet daromadining barqaror safarbarligini ta’minlashdek vazifaning bajarilishi printsipial ahamiyatga egadir. Bu vazifaning bajarilishi davlat moliyaviy ahvolining mustahkamligidan dalolat beradi, davlat zimmasiga yuklangan majburiyatlarning o’z vaqtida bajarilishiga moliyaviy zamin yaratadi, byudjet sohasini uzluksiz moliyalashtirishda muammolar paydo bo’lmaydi, davlat o’zining funktsiyalarini to’liq va o’z vaqtida bajarish imkoniga ega bo’ladi va aksincha, soliq siyosatini amalga oshirish natijasida byudjet daromadlarining barqaror safarbarligini ta’minlash vazifasining bajarilmasligi juda yomon oqibatlariga olib kelishi mumkinligi shundoq ham ayondir. Ikkinchi tomondan, soliq siyosati yuridik shaxslar uchun zarur bo’lgan mahsulotlar ishlab ishlab chiqarishni ko’paytirishga rag’batlantirishi ham kerak. Bu erda gap soliq siyosatini amalga oshirish natijasida, eng avvalo, respublikamiz ichki bozorining ehtiyojlarini to’laroq qondirishga xizmat qilishi kerak. Undan tashqari, soliq siyosati strategiyasi umumiy tarzda respublikamiz uchun zarur bo’lgan yoki respublikamizda hamda halqaro talabga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirishga rag’batlantirishi kerak. Mustaqil moliyaviy siyosatni respublikaning byudjet tizimini mustahkamlash, byudjet daromadlarini to’ldirishni ta’minlaydigan va amaliy faollikni rag’batlantiradigan izchil soliq siyosatini o’tkazish yo’li bilan shakllantirish zaruriyati vujudga kelmoqda. 9 Mamlakat byudjetining tarkibi avvalo uning davlat qurilishiga bog’liq. Unitar tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda, byudjet tizimi bamisoli ikki qavatli qurilmaga-davlat byudjeti va mahalliy byudjetlarga ega buladi. Federativ tizimga ega bo’lgan mamlakatlarda oraliq bug’inlar-shtatlar, o’lkalar va ularga muvofiq ma’muriy tuzilmalarning shtatlari mavjud. Prezidentimiz o’z ma’ruzasida “2015-yilda amalga oshirgan keng ko‘lamli, uzoqni ko‘zlagan islohotlarni hayotga tatbiq etish erkin tadbirkorlikka keng imtiyoz va preferensiyalar yo‘lini ochib berish, investitsiyalar, avvalo, chet el investitsiyalarining hajmini oshirish va joriy etish iqtisodiyotimizning barqaror o‘sish sur’atlarini va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlash bo‘yicha o‘z ijobiy ta’sirini berdi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflatsiya darajasi 5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘ldi. Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015-yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016- 2017-yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi. Bundan tashqari, 2015-yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi. O‘tgan yili bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish va investitsiyaviy faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank 10 tizimining jami kapitali 2014-yilga nisbatan 23,3 foiz ko‘payib, 7 trillion 800 milliard so‘mga yetdi. So‘nggi 5-yilda mazkur ko‘rsatkich 2,4 barobar o‘sdi. Bank tizimi kapitalining yetarlilik darajasi qariyb 24 foizni tashkil qildi. Bu umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan 3-marta, bank likvidligi esa eng yuqori ko‘rsatkichlardan 2-marta ko‘pdir. Jahon miqyosida savdo-sotiq ishlarining o‘sish sur’ati sezilarli darajada sustlashgani, eksport qilinadigan eng muhim tovarlarga nisbatan tashqi talabning kamayishi va narxlarning pasayishiga qaramasdan, biz tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldoga erishdik. Bu esa davlatimizning oltin-valyuta zaxirasini oshirish imkonini berdi. Davlat qarzi darajasining pastligi, ya’ni yalpi ichki mahsulotga nisbatan 18,5 foizdan oshmagani ham mamlakatimizda erishilgan ijobiy natijalar va makroiqtisodiy barqarorlik mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. O‘ta og‘ir va murakkab vaziyatda qo‘lga kiritilgan bunday yutuq va marralar avvalo chuqur va atroflicha o‘ylangan siyosatning natijasi bo‘lib, ularning zamirida mehnatkash, mard va matonatli xalqimizning qahramonona mehnati mujassam ekanini ko‘ramiz.2 Diagrammadan ko’rinadiki, 2005-2008 yillar davomida esa davlat byudjeti taqchilligiga barham berib, davlat byudjeti profitsitini 0,1 foizdan 1,5 foizga qadar oshirishga erishildi. Keyingi yillarda mazkur jarayonlarga ham jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatishiga qaramasdan, byudjet profitsitini saqlab qolishga erishilmoqda. Xususan, juda murakkab kechgan 2014 va 2015 yillarda ham maqsadga muvofiq yo’naltirilgan chora-tadbirlar natijasida byudjet daromadlari uning harajatlaridan ortish hajmi YaIMning 0,2 dan 0,1 foizi darajasida bo’lishiga erishildi. Umuman olganda, davlat byudjeti sohasidagi bunday natijalarni qo’lga kiritishda mamlakatimiz iqtisodiyotini bosqichmabosqich o’zgartirish va erkinlashtirish, ilgari davlat zimmasida bo’lgan bir qancha 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi 11 vazifalarning xususiy sektorga o’tkazish orqali davlat byudjeti harajatlarini optimallashtirish, yangi sanoat yo’nalishlarining rivojlantirilishi hamda xususiy sektor moliyaviy holatining mustahkamlanishi, shuningdek, uning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushining ortishi kabi omillar sezilarli ta’sir ko’rsatdi. 1-diagramma Davlat byudjeti ko’rsatkichlarining bajarilish darajasi, foizda3 . Bundan kelib chiqadigan dastlabki xulosa, soliq siyosati moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi ko’p jihatdan, soliq siyosati strategiyasining muvaffaqiyatiga bog’liqdir. Shuning uchun ham bu erda haqli ravishda mamlakatimizda mustaqil moliyaviy siyosatni «soliq siyosatini o’tkazish yo’li bilan shakllantirish degan fikr bildirilmoqda. Bir vaqtning o’zida mustaqil moliyaviy siyosatni amalga oshirishda soliq siyosati strategiyasining oldiga qo’yilishi lozim bo’lgan vazifalar ham shu joyning o’zida o’z aksini topgan. Bu vazifalar quydagilardan iboratdir: respublikaning byudjet tizimini mustahkamlash; byudjet daromadlarini to’ldirishni ta’minlash; 3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi 0 0,2 0,4 0,6 0,8 1 1,2 1,4 1,6 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 1,1 1,5 0,2 0,3 0,4 0,4 0,3 0,2 0,1 12 amaliy faollikni rag’batlantirish. Agar yurgizilayotgan soliq siyosati strategiyasi ana shu uch vazifani bajarish imkonini bersa, uni sira ikkilanmasdan izchil soliq siyosati taktikasi deb hisoblash va u mustaqil moliyaviy siyosatni shakillantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qayd etish mumkin. 1. Soliq tushumlari tarkibini tubdan o’zgartirish. Yangi soliq siyosati doirasida dastlabki vazifaning bu tarzda qo’yilishi amaldagi soliq tushumlarining tarkibi zamonaviy davrning talablariga etarli darajada to’liq javob beraolmayotganini ko’rsatmoqda. Soliq tushumlarini tubdan o’zgartirish, bir tomondan, saqlanib qolishi mo’ljallanayotgan soliq tushumlarining o’zaro nisbatini ancha o’zgartirishni talab qiladi. 2. Resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish. Qo’yilgan bu vazifa birinchi vazifaning mantiqiy davomi hisoblanadi. Chunki resurslar va mol-mulk solig’ining rolini oshirish sari yuz tutish, o’z navbatida, soliq tushumlari tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Boshqa bir tomondan resurslar va mol-mulk solig’ining rolini oshirish to’g’risida aniq vazifa belgilangan ekan, bu narsa bizning sharoitimizda hamon resurslar va mol-mulkdan etarli darajada samarali va oqilona foydalanib kelinmayotganini bildiradi. Bu erda resurslar va mol-mulk solig’ini rolini oshirishdan ko’zlangan maqsad ana shu soliqlar yordamida ulardan samarali va oqilona foydalanishga ijobiy ta’sir ko’rsatishdir. 3.Jismoniy shaxslardan soliq undirilishining progressiv tizimini joriy etish. Yangi soliq siyosati strategiyasi doirasida bu vazifaning qo’yilishi jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar mexanizmida bir necha kamchiliklarning borligi, amaldagi soliqqa tortish mexanizmi jismoniy shaxslarning faollik darajasini oshirishga etarli darajada ta’sir ko’rsatmayotganligi, bu mexanizmni davr talabidan kelib chiqqan holda takomillashtirishning zarurligi bilan belgilanadi. Gap bu erda jismoniy shaxslar daromadlarining ortib borishi bilan to’lanadigan soliq summalarining ham ortib borishi to’g’risida emas, balki ulardan soliq undirishning ilg’or tizmini joriy etish to’g’risida ketayapti. Bu ilg’or tizimining joriy etilishi 13 jismoniy shaxslar va byudjetning manfaatlariga baravar mos kelishi, jismoniy shaxslarning mehnat faoliyatini faollashtirish va o’z mehnat faoliyatini faollashtirish va o’z mehnatlarining natijalaridan manfaatdorligini oshirishga olib kelmog’i lozim. Aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish siyosatini ya’ni to’g’ri soliq siyosatisiz amalga oshirishning iloji yo’qligi qayd etilyapti. Shu o’rinda davlat byudjeti daromadlarining yuksalishi soliqlarning o’z vaqtida kelib tushishi korxonalar, jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning faoliyatiga chambarchas bog’liqdir. Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqining faravon turmush darajasi, qolaversa mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi. Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo’ladi, shuningdek qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanish hisobiga bu soha yanada yuksaladi. Savdo aylanmasining to’liq muvofiqlashuvi natijasida bu sohada ko’rsatkich ulushi pasayishi sodir bo’ladi. Mahalliyning mashinasozlik va metallga ishlov berish, engil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarida kichik biznesning o’rni va ulushi etarli darajada emas. Vaholanki barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy natijalarga erishamiz. Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish evaziga ta’minlash mumkin. Bizning hisoblarimizga ko’ra, 2015 yilga borib, respublika bo’yicha kichik biznesning ishlab chiqarilgan YaIM hajmidagi ulushini 66,1 foizga etkazish Xorazm viloyati bo’yicha esa bu ko’rsatkichni 81.9 foizga 14 etkazish ko’zda tutilgan, kichik tadbirkorlik korxonalarining yillik mahsulot ishlab chiqarishining o’sishi 2,5 foizdan kam bo’lmagan holatdagina amalga oshadi 4 . Soliq siyosatining turli makroiqtisodiy modellardagi nazariy asosini, 1936 yili ingiliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns iqtisod fanining butun bir yo’nalishigakeynschilikka «hayot» bergan va «Bandlik, foiz va pullar umumiy nazariyasi» degan kitobni nashr etgan. Xozirgi keynschilik quydagi nazariy xulosalarga tayanadi: 1.Tovar va resurslar bozorlarida nomukammal raqobat hukum suradi. Binobarin, narxlar pasayish tomon qayishqoq emas: talab kamayganda ishlab chiqaruvchilar o’z mavqelaridan foydalanib, narxlarni avvalgi darajada ushlab turadilar. Narxlar asosan resurslar bozorlari monopollashtirish yuqori darajadaligi tufayli pasaymayapti. 2-diagramma O’ZBEKISTONDA 2007-2015 YILLARDA YaLPI IChKI MAHSULOTNING O’SIShI DINAMIKASI, foizda 5 4 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalari. 5 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2007 -2015 yillarda yilning asosiy yakunlari va O’zbekistonni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 15 2.Resurslar narxining tovarlar narxining o’zgarishlaridan orqada qolishi mehnat bozori va sanoat bir qator xom ashyo tarmoqlari (neft va gaz qazib olish) monopollashtirishning yuqori darajadaligi natijasidir. Shuning uchun narxlar umumiy darajasi o’sganda jamuljam taklifning miqdori o’sadi, pasayganda esa kamayadi. 3.Iqtisodiyot tushkunligi sharoitida ishlab chiqarishni o’stirishga narxlarni anchagina hajmda o’stirishsiz erishib bo’lmaydi (chunki ommaviy ravishda ishsizlik va ishlab chiqarish quvvatlarini to’liq band qilmaslik mavjud). To’liq bandlikka erishilganda taklifning o’sishiga erishib bo’lmaydi: mehnat resurslarini tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash mumkin, lekin bunda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ko’paymaydi. Makroiqtisodchilar jamg’arishlarga, import tovarlarga oid soliq va harajatlarga ham e’tibor qaratishlari kerak. Mikro ma’lumotlarining o’zgarishi bilvosita jamuljam talabga ta’sir ko’rsatadi. Chunonchi, masalan, import tovarlari narxining qimmatlashuvi ko’pincha mamlakat mahsulotiga talabning o’sishiga olib keladi. Soliqlarning ko’payishi, aksincha, investitsiya va iste’mol harajatlarini qisqartirishga qodir. 4.Pul iqtisodiyotda muhim rol o’ynamaydi. Biroq muomalada pul miqdorining o’zgarishi foiz stavkasiga ta’sir ko’rsatadi, bu esa o’z navbatida investitsiyalar hajmini o’zgartiradi. Muomalada pul massasining o’sishi natijasida foiz stavkasi kamayadi, bu esa tadbirkorlarning ievestitsiyalarga bo’lgan talabni rag’batlantiradi. Pul massasi qisqarganda teskari jarayonlar yuz beradi. Shunday qilib, pul massasi ko’payganda nafaqat narxlar o’sadi, balki haqiqiy ishlab chiqarish kengayadi ham, narxlar va haqiqiy YaMM darajalari o’sishining nisbati iqtisodiyot jamuljam taklif egri chizig’ining qanday kesimda joylashishiga bog’liqdir. Agar chuqur tushkunlik ko’zga tashlansa, ishlab chiqarishning o’sishidan ancha ahamiyatli bo’ladi. Agar haqiqiy vaziyat to’liq bandlik holatiga yaqin bo’lsa, narxlarning o’sishi ishlab chiqarishning o’sishidan ildamlab boradi. 5.Ishsizlik va inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun davlat iqtisodiy jarayonlarga faol aralashishi kerak. 16 Ta’sir ko’rsatishning asosiy vositasi soliq siyosati strategiyasidir. Soliqlar davlat harajatlarini o’zgartirarkan, davlat jamuljam talabga ta’sir ko’rsatadi. Tushkunlik vaqtida davlat byudjeti kamomadini ishlatish lozim. Yuksalish vaqtida byudjet kamomadini qisqartirish lozim. Byudjet siyosati bilan bir qatorda avtomat byudjet siyosati iqtisodiyotning tsiklik ikkilanishlarini so’ngdiradigan, ichiga qurilgan barqarorlashtirgichlar tizimiga amal qiladi. Mavjud qonunlarga muvofiq byudjetni o’z holicha byudjet siyosatiga hech qanday ongli o’zgarishlarsiz bajarish iqtisodiyotni barqororlashtirishga qodir bo’ladi. Iqtisodiy tushkunlik paytida davlat ongli ravishda byudjet kamomadlari siyosatini o’tkazadi (harajatlarni kengaytiradi va soliqlarni kamaytiradi). Biroq byudjet kamomadlari ishlab chiqarishni qisqartirish sharoitida avtomatik ravishda ham yuzaga keladi. Birinchidan, soliq tushumlari hajmi pasayadi, daromad kamayadi, oqibatda, ulardan kamroq soliqlar to’lanadi. Ikkinchidan, ijtimoiy ehtiyojlarga (ishsizlik, kambag’allik nafaqalar va hokazo) va ehtimol, zarar ko’ruvchi korxonalar uchun dotatsiyalarga (agar bu narsa qonunlarda ko’zda tutilgan bo’lsa) davlat harajatlari avtomatik ravishda oshadi. Yuksalish davrida teskari jarayonlar yuz beradi: soliq tushumlari o’sadi, ijtimoiy harajatlar va dotatsiyalar esa pasayadi. Soliqqa tortish tizimining harakteri katta ahamiyat kasb etadi: agar soliqqa tortish shkalasi progressiv bo’lsa, unda daromadlarning o’sishi ushbu daromadlarga solinadigan soliq stavkasining ko’payishiga olib keladi, joylashtirilgan barqarorlashtirgichlar esa yanada ta’sirchang bo’ladi Pul-kredit siyosatidan «inflyattsiya to’liq band bo’lish» ga erishish uchun ham foydalanish mumkin: muomalada pul miqdorining o’zgarishi foiz stavkasiga ta’sir ko’rsatadi, natijada investitsiyalar hajmi-jamuljam talabning eng muhim elementi hisoblanadi. Bunda muomalaning tezlanish miqdori pul taklifining o’zgarishiga teskari yo’nalishda o’zgaradi, bu esa narxlarga salbiy ta’sirni kamaytiradi. Keynschilar, muomalada pul miqdorining o’zgarishi narxlarning umumiy darajasiga kam ta’sir etadi, chunki pul massasining o’sishi yoki kamayishi pul muomalasi tezligining tegishlicha kamayishi yoki o’sishi bilan kompensatsiyalanadi. 17 Biroq pul-kredit siyosati soliq siyosatiga qaraganda ancha samarasizdir: Birinchidan, investitsiyalarga talab foiz stavkasiga juda oz bog’liq bo’lishi mumkin. Ikkinchidan pul muomalasining tezligi barqaror emas va uni oldindan aytib bo’lmaydi, mazkur miqdorning to’satdan o’zgarishi Markaziy bankning sa’yharakatlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. 70-80 yillarda yangi klassik yo’nalishdagi iqtisodiy maktablarning xukumron mavqeylari tiklana boshladi. Ularning paydo bo’lishi asosan keynschilikning bir qator muammolarini xal qilishni uddalashga, avvalo inflyatsiyaga qarshi kurashga noqobilligi bilan boshlangan. birinchi bo’lib M.Fridmen boshchiligida monetaristlar muqobil ta’riflarni taklif etishdi. Hozirgi monetaristik makroiqtisodiy model quydagi tamoyillardan kelib chiqadi: 1.«Sof» kapitalizm sharoitida bozorlarda mukammal raqobat xukum suradi.
Biroq davlatning aralashuvi ( eng kam miqdordagi ish xaqini belgilash, kasaba uyushmalarini himoya qilish, dotatsiyalar berish va h.k.) erkin bozor imkoniyatlarini cheklaydi, bu esa makroiqtisodiy barqarorsizlikni keltirib chiqaradi. 2.Bozorning nomukammalligi tufayli qisqa muddatli davrda jammuljam taklifning miqdori narxlarning umum darajasi o’zgarishga bog’liq bo’ladi. Resurslar narxlari umumiy darajasi o’sishdan orqada qoladi, chunki resurslar (ayniqsa mehnat) bozorida narxlar ancha qayishqoq, odatda uzoq muddatlarga tuziladigan ilgari imzolangan kontrakt va shartnomalar amal qiladi. Erkin bozor va xususiy tadbirkorlikning o’zi kapitalistik xo’jalikni bo’ron holatidan chiqarishga va uning yuksalishini ta’minlashga qodir. Davlat o’zining iqtisodiyotiga aralashuvini faqat pul tizimini normal holatda ushlab turish bilan cheklashi kerak. Davlatning qolgan barcha harakatlari ishchilar ahvolini yomonlashtirishga, kishi erkinligini cheklashgagina qodir. Pul-kredit siyosati YaMM miqdorini o’zgartirishning g’oyatda qudratli vositasidir. Qisqa muddatli 18 davrda muomalada pul o’sishi bilan iqtisodiy faollik o’rtasida bevosita bog’liqlik kuzatiladi. Biroq faol pul-kredit siyosati siyosiy iqtisodiyot uchun xavflidir. Tushkunlik paytida o’tkaziladigan arzon pullar siyosati faqat 6-9 oydan keyin natija beradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiyotda yuksalish boshlanishi mumkin. Natijada Markaziy bank harakatlari inflyatsiyani kuchaytiradi. Shunday qilib, ikki asosiy maktabning soliq siyosati strategiyasining samaradorligiga munosabati bir-biridan keskin farq qiladi: «Keynschilar uchun u, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishning birdan-bir ishonchli usuli hisoblansa. Monetarislar esa uni amalga oshirish hech qanday ijobiy samara bermaydi deb hisoblaydilar». Keynschilik, monetarizm maktabini jamuljam talab nazariyalariga kiritish mumkin: ular tadqiqotchining asosiy ob’ekti - jamuljam bozor talabi va uni belgilovchi omillardir. 70-80 yillar chegarasida «taklif iqtisodiyoti maktabi» paydo bo’ldi, u talabga emas, balki taklifga asoslanadi. Mazkur maktab vakillarining fikricha, bozor iqtisodiyotini sog’lomlashtirish uchun individumlarning harakat qilish motivlarini faollashtirish zarur, bu esa ishlab chiqarishni o’stirish va sarmoya jamg’arishga imkon yaratadi. Shunday qilib, asosiy e’tibor mikrodarajaga qaratiladi: taklifga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi. «Mazkur maktab vakillari faol soliq siyosat strategiyasining xavfli ekanini uqtiradilar» Davlat byudjeti kamomadining ko’payishini, keynschilar fikricha esa, - ishlab chiqarish va narxlarni o’stirish (agar davlat harajatlari pul emissiyasi bilan birga borsa) keltirib chiqaradi. Davlat harajatlari bilan soliqlar o’rtasidagi farqning ko’payishi siqib chiqarish effektini tug’diradi: hukumat tomonidan pulga bo’lgan talabning ko’payishi ssuda foizi stavkasini oshiradi va xususiy investitsiyalar hajmini kamaytiradi. Lekin davlat sektori o’z tabiatiga ko’ra xususiy sektorga qaraganda kamroq samarador, shuning uchun ishlab chiqarishning umumiy hajmi pasayadi. Soliq stavkalarini belgilashda optimumni aniqlash muammosini hal etarkan, maktab vakillaridan biri bo’lgan soliq siyosati A.Laffer shunday bir egri chiziqni tasvirladi, unga ko’ra soliq stavkasining o’sishi albatta davlat byudjetiga 19 tushumlarning ko’payishini anglatishi shart emas. Aksincha, muayyan chegaralar mavjud bo’lib, ulardan tashqarida stavkaning o’sishi byudjetga tushumlarning qisqarishiga olib keladi, chunki yuqori miqdordagi soliqlar xo’jalik faoliyatiga rag’batlarni yo’qotadi va ishlab chiqarish hajmlarini, binobarin, soliqqa tortiladigan daromadlarning ham qisqarishiga olib keladi. Shunga muvofiq, muayyan hollarda stavkalarning pasayishi nafaqat ishlab chiqarishni o’stirishga, balki hatto byudjetga soliq tushumlari ko’payishiga ham olib kelishi mumkin. Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqqan holda bu bo’limni yakunlar ekanmiz demak, xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, O’zbekiston Respublikasida soliq siyosati strategiyasi va taktikasi o’rtasida uzviylik mamjud bo’lib, to’g’ri, ilmiy asoslangan soliq siyosati strategiyasi, soliq taktikasining qisqa muddatlarda bajarilishiga va buning natijasida esa davlat byudjetining moliyaviy resurslar bilan ko’proq ta’minlanishiga shuningdek, mamlakatimiz aholisining yaxshi turmush kechirishiga olib keladi. 1.2. Davlat byudjeti daromadlar man’baini shakllantirishda soliq siyosati va uning ta’siri. O’zbekiston Respublikasining amaldagi soliq tizimining qanday sharoitlarda vujudga kelganligi ham esdan chiqmasligi kerak bozor toifasidagi iqtisodiyotda soliqlar va soliq tizimi bozorning eng asosiy instrumenti hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat boshqaruvining barcha darajalarida olinadigan soliqlar byudjet jam daromadlarining 90-95 foizni shakllantiradi. Ana shu munosabat bilan soliq tizimini shakillantirish, soliqlarni to’plash va ulardan foydalanish mexanizmini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Amaldagi yangi soliq tizimi tuzilishi tamoyillari va tarkibiy qisimlarga ko’ra butun jahon amaliyotida keng tarqalgan soliq tizimini aks ettirgan. Yangidan joriy etilgan qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bekor qilingan oborot solig’i va sotuvdan olinadigan soliq singari egri (bilvosita) soliqlar hisoblanib, ular o’zlarining mohiyatiga ko’ra iste’molga solinadigan soliqlardir. Chunki bu soliqlar bilan iste’molchilar tomon yuz tutgan mahsulotlar va xizmatlar soliqqa tortiladi. 20 Oxirgi iste’molchi bu erda faqat shaxs sifatida maydonga chiqmasdan, balki bu soliqlarni to’lovchilari bo’lib noishlab chiqarish sohasidagi iste’molchilar ham hisoblanadi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan juda ko’p mamlakatlarda o’zlarini faqatgina byudjetning samarali fiskal instrumentlari sifatida namoyon etib qolmasdan, balki barcha tadbirkorlar uchun xo’jalik yuritishda teng sharoitlar yaratib beradigan vosita sifatida ham yaqqol ko’rinadi. Rivojlangan mamlakatlar uchun rivojlangan soliq tizimi harakterlidir. Masalan, Germaniyada 50dan ortiq turli soliqlar mavjuddir. Amalda nima sotilayotgan bo’lsa, o’shandan ma’lum foizi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Xorijdagi soliqlarni rang-barangligi davlat organlariga har bir soliq to’lovchi (yuridik va jismoniy shaxs) ustidan va ishlab chiqarish, muomala, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish imkonini beradi. So’ngi yillarda soliq tizimlarida sodir bo’lgan o’zgarishlar quydagilardan iboratdir: 1.Juda ko’p mamlakatlarda daromad solig’i eng muhim soliq hisoblanib, u keng aholi qatlami orasida ommaviy soliqqa aylangandir. Ko’pgina mamlakatlarda amal qilib kelgan shedulyar soliq undirish qulay va tejamli bo’lgan global soliq bilan almashtirildi. 2.O’z ahamiyatiga ko’ra ijtimoiy sug’urtaga badallar davlatning ikiinchi muhim soliq daromadi hisoblanadi. Bu maqsadli soliq bo’lib, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga mo’ljallangandir. Ijtimoiy sug’urta badallari jismoniy shaxslardan soliq chegirmalari inobatga olinmagan holda ularning daromadlaridan proprotsional stavkalarda olinsa, yuridik shaxslardan esa ish haqi fondiga nisbatan foizda olinadi. Bir vaqtning o’zida stavka qo’llaniladigan maksimal badal yoki maksimal daromad ham belgilanadi.
Ko’pgina mamlakatlarda ijtimoiy sug’urta badallarining tushib turish sur’atlari boshqa soliqlarga tegishli bo’lgan shu ko’rsatkichlardan yuqoriroqdir. 3.Yuridik shaxslardan olinadigan muhim soliq sifatida hamon korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq qolayotir. Bu soliq foydadan imtiyozlar chegirilgandan so’ng joriy yildagi soliqqa tortiladigan foydadan olinadi. Soliqning stavkasi proportsional bo’lib, oxirgi yillarda tadbirkorlik faoliyatining 21 manfaatlarini hisobga olgan holda birmuncha pasaytirildi. Umumiy ko’rinishda yuridik shaxslar foydasini soliqqa tortish daromadlarni soliqqa tortishga nisbatan ancha pastdir. Yuqori darajada rivojlangan mamlakatlarning qonunchiligi investitsiyalarni soliqqa tortishda qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutgan. Bu mamlakatlarda investitsion soliq kreditiga amal qilinib, tezlashtirilgan amartizatsiya qo’llanib, bu narsa xususiy kapital qo’yilmalarining o’sishini ta’minlamoqda. 4.Undirilishining engilligi va oddiyligi uchun xorijiy mamlakatlarga egri ( bilvosita) soliqlar keng tarqalgandir. Soliqlarni ob’ekti va iqtisodiy mohiyati buyicha guruhlanadi. Soliqlarni bu tartibda guruhlash iqtisodiyotga ijobiy va salbiy ta’sirlarini o’rganishning ilmiy va amaliy uslubdir. Soliqlar soliqqa tortish ob’ektiga qarab 3 guruhga bo’linadi. 8 1. Oborotdan olinadigan soliqlar. 2. Daromaddan olinadigan soliqlar. 3. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga QQS, aktsiz solig’i, bojxona va davlat bojlaridan olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot tushunchasi bizning qonunchiligimiz buyicha ilgaridek mahsulot realizatsiyasi oborotdan emas, balki mahsulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o’lchanadi. Yalpi tushumdan olinadigan yagona soliq ham oborotdan olinadigan soliqlarga kiradi. Daromaddan olinadigan soliqlarga huquqiy shaxslarning daromadiga solinadigan soliq savdo tashkilotlarning daromadidan soliqlari kiradi. Bu guruh soliqlariga sotsial infrastrukturani rivojlantirish solig’i ham kiradi. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlarga: mol mulk solig’i, er solig’i, konlardan foydalanish solig’i va boshqalar kiradi. Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlar to’g’ri va egri soliqlarga bo’linadi. To’g’ri soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy to’lovchisi ham, haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs bo’ladi. 8 http://www.soliq.uz 22 Soliq yukini boshqalarga ortish holati bu erda bo’lmaydi. Soliqlarga hamma daromaddan to’lanadigan va barcha mulk soliqlari kiradi. To’g’ri soliqlarda to’g’ridan-to’g’ri daromaddan soliq to’langanligi uchun soliqlar stavkasini kamaytirilishi korxonalar daromadining ko’p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari ko’paytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak, bu guruh soliqlarning stavkalari to’g’ridan-to’g’ri bozor iqtisodiyoti bilan bog’liqdir. Egri soliqlarning huquqiy to’lovchilari mahsulot yuklab yuboruvchilardir. Lekin soliq og’irligining haqikatan ham byujetga to’lovchilari tovarni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni haqiqiy soliq to’lovchilar bu erda yashiringan. Bu soliqlar tovar qiymati ustiga ustama ravishda qo’yiladi. Bu soliqlarning ijobiy tomoni respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarning chekkaga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko’p ishlab chiqarilishga yordam beradi. Egri soliqlar oqali tovarlar qiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning taqchilligi ortadi. Soliqlar stavkasini oshirilishi korxonalar faoliyatining moliyaviy yakuniga ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion faoliyatni qisqartirmaydi. Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Biroq bu soliqlar mehnatkashlar real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to’g’ri soliqlar stavkasini kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko’proq mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirib, tovarlar mo’l-ko’lligini ta’minlashi kerak. Yuqorida aytib o’tilganidek, to’g’ri va egri soliqlar yagona soliq tizmini tashkil etib bir biri bilan o’zaro bog’langan. Umumiy soliq summasi o’zgarmagan holda birini stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni talab etadi. Soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi. Soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi xukumat idoralarning respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo’linishi asosidan kelib chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga ega bo’lishi kerak. Umumdavlat soliqlarining muhim xususiyati shundaki, respublika byudjetiga tushadigan 23 soliqlardan mahalliy byudjetlarini boshqarib borish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Agar kelgusi yili mahalliy byudjetlarning o’z manbalari ko’payib qolsa, respublika soliqlaridan ajratma berishni xojati qolmaydi. Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo’lib, byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlardir. Mahalliy soliqlar maxaliy xukumatlar bajaradigan vazifalariga qarab belgilanib, ularga doimiy va to’liq biriktirib berilgan. Mahalliy xukumatlar asosan mehnatkashlarga yaqin bo’lganligidan ular ijtimoiy masalalarini maktab, sog’liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qishloqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu soliqlar va yig’imlar ularni byudjet harajatlarini 30-40 foizini qoplaydi, holos. Keyingi vaqtlarda mahalliy byudjetlar daromadlari salmog’ini 50- 60 foizga etkazish kabi xukumat qarorlari mavjud. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirish eng dolzarb masalalardan birdir. Faqat o’z darodam manbaiga to’liq ega bo’lgan mahalliy xukumatlar o’z faoliyatlarini to’liq amalga oshirishlari mumkin. Aks holda turli moliyaviy kamchiliklarga yo’l qo’yish ehtimoli bor. Mahalliy soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular faqat shu hududning byudjetiga tushadi. Boshqa byudjetlarga ajratmalar berilmaydi. Mahalliy byudjetlarning soliq va yig’imlari kam bo’lganligidan bu byudjetlarning daromad va harajatlarini barqarorlashtirish ancha murakkabdir. Bu masalani echishda ilgari ko’rsatganimizdek, xududdan tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy byudjetlarga ular byudjetini barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subventsiya beriladi. Subventsiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy xukumatlarning respublika xukumatiga murojat etish lozimligini bildirib, ularni o’z mahalliyidagi soliqlar to’liq undiriishi qiziqtirmaydi, ulardagi boqibeg’amlik fazilatini kuchaytiradi. Mahalliy xukumatlar o’z xoxishlaricha soliq va yig’imlar kiritish huquqiga ega emas. Soliq Kodeksida ko’rsatilgan soliqlarni o’z xududlarida qo’llash yoki qo’llamaslik huquqi bor. Undan tashqari, mahalliy soliqlar va yig’imlardan byudjetga tushgan summa atrofida soliq to’lovchilarga imtiyozlar huquqiga ega. Mahalliy soliqlar va yig’imlarning byudjetga to’liq tushishini tashkil qilish ularning zimmasidagi vazifa hisoblanadi. 24 O’zbekiston soliq tizimi manbaiga qarab soliq huquqiy shaxslardan va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarga ajratiladi.
Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlarga hamma egri soliqlar, korxonalar daromadiga soliq, konlardan foydalanganlik, suv resurslaridan foydalanganlik, savdo tashkilotlarning yalpi tushum solig’i, er solig’i, mol-mulk solig’i, kichik biznes uchun yagona soliq va boshqalar kiradi. Ba’zi soliqlarni ham huquqiy shaxslar, ham jismoniy shaxslar to’laydilar. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarga daromad solig’i, er, mol-mulk, soliqlari kiradi. Huquqiy shaxslardan olinadigan soliqlar davlat byudjeti daromadlarning xal qiluvchi qismini (85-86 foizini) tashkil etadi. Bu soliqlarning muhim xususiyati naqd pulsiz korxonalar hisob schyotlaridan byudjet schyotlariga ko’chirib qo’yiladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan ba’zi soliqlar naqd pulda undirilganligi uchun uni to’lash qiyin kechadi. Soliqlar yig’ish harajati ko’payib ketadi, chunki bu ish bilan maxsus tajribaga ega bo’lgan soliq inspektorlari shug’ullanadi, xujjatlar ko’p yoziladi. Jismoniy shaxslar soliqlari ichida eng yirigi fuqarolar daromadiga soliqdir. Bu soliq orqali fuqarolarning guruhlari daromadlarini boshqarib borish imkoniyati yaratildi. Umumiy jihatdan olib qaraganda mamlakatimiz soliq tizimini isloh qilishning bir necha soliq siyosati strategiyasi yo’llari mavjud, ular quyidagicha bo’lish mumkin. muvaffaqiyatli ravishda faoliyat ko’rsatayotgan va O’zbekiston sharoitiga yaqin bo’lgan g’arb mamlakatlaridan birining soliq tizimidan nusxa olish; o’tish davri iqtisodiyotiga moslashtirilgan soliq tizimilarining biridan foydalanish; iqtisodiy taraqqiyot yo’lidan muvafaqqiyatli ravishda ilgari borayotgan o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlar va rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasiga tayangan holda butunlay yangi soliq ishlab chiqarish. Chunki, O’zbekistonda hozirgi payitda amal qilib kelayotgan soliq tizimini tezda va tubdan o’zgartirishga qaratilgan har qanaday tadbir, mamlakat iqtisodiyotiga tuzatib bo’lmaydigan zarar etkazish mumkinligi, shubhasizdir. 25 Soliq sohasidagi islohotlarning strategik yo’nalishlarini Prezident – O’zbekiston Respublikasida davlat va ijroiya xokimiyatining boshlig’i belgilaydi hamda uning farmonlari bilan tasdiqlanadi. Farmonlarda qabul qilinayotgan qarorlarning maqsadli yo’nalishi, ularni ro’yobga chiqarish usullari belgilanadi. Prezidentimiz I.A,Karimov soliq tizimining quydagi vazifalarini ta’kidlab o’tgan. «Avvalo soliq tizimi o’ziga xos vazifani-fiskal, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifasini to’la darajada bajarishi kerak». Bu erda soliq tizimining oldiga xos uch vazifaning qo’yilishi kerakligi ko’rsatilgan lekin bundan soliq tizimi faqat shu uch vazifani bajarishi kerak degan xulosa kelib chiqmasligi lozim, chunki soliq tizimi yuqoridagilaridan tashqari yana bir necha vazifalarni ham bajaradi masalan nazorat qilish, taqiqlash va boshqalar. «Soliq tizimining eng muhim vazifasi ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to’plangan molmulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir.» Oldingi fikrda soliq tizimining oldiga qo’yilgan o’ziga xos uch vazifaning uchinchisi rag’batlantirish deb ko’rsatilgan bo’lsa, bu erda ana shu rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan vazifaga ancha aniq kiritilgan. Soliq tizimining oldiga qo’yilgan rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim vazifalarni uch guruhga bo’lish mumkin. ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish; moddiy xom ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish to’plangan mol mulkdan samarali foydalanishga rag’batlanti ruvchi ta’sir ko’rsatish. Birinchi punktda ishlab chiqarishni rag’batlantirish to’g’risida gap ketayotgani yo’q, balki aynan ishlab chiqarishni rivojlantirishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatish to’g’risida gap ketmoqda. Ana shu erdagi «rivojlantirish» so’ziga alohida urg’u berib qaralgan taqdirdagina fikrning asl mohiyatini to’g’ri idrok etish mumkin. 26 Amaldagi soliq tizimi barcha resurslardan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishi lozim. Bu erda resurslarning qanday shaklda bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas. Bozor iqtisodiyoti barcha resurslardan har doim samarali foydalanishni taqozo etadi. Bu fikrdagi «samarali» so’ziga alohida e’tibor berilishi uning tub mohiyatini ochib berishga yordam beradi. Soliq tizimining oldiga qo’yilgan rag’batlantirish bilan bog’liq bo’lgan eng muhim vazifalarning navbatdagisi to’plangan mol-mulkddan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishdir. Bu erda ham to’plangan molmulkning tegishli ekanligi printspial ahamiyatga ega emas. Soliq tizimi orqali, aksincha to’plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatishga harakat qilaveradi. Davlatning bu sohadagi xatti-harakatini tabiiy ravishda qabul qilmoq lozim. Soliq tizimini o’zgartirishda asos qilib olingan bosh tamoyil-korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirishdir. Iqtisodchi-olimlar va amaliyotchi mutaxassislar, moliyachilar, soliq xizmati xodimlari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning rahbarlari orasida juda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan masalalardan biri «soliq yuki» yoki «soliq og’irligi» masalasidir. Bu muammoga nisbatan bildirilgan fikrlarni bir necha guruhlarga bo’lish va unga munosabatni eng umumiy tarzda qisqacha qilib quydagi ko’rinishlarda ifoda etish mumkin: soliq yuki haddan ziyod og’ir; soliq yuki shu kecha-kunduzning talablari darajasida belgilangan; ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan qiyoslaganda soliq yuki og’ir emas; Bu erda hozirgi paytda korxonalar zimmasidagi soliq yukining ancha og’ir ekanligi tan olinayapti. Shuning uchun ham soliq yukini kamaytirish emas, balki keskin kamaytirish zarurligini ta’kidlanayapti. Shu o’rinda yana bir narsani alohida qayd etib o’tmoq lozim. Gap shundaki, davlatimiz rahbari tomonidan korxonalar zimmasidagi soliq yukiga nisbatan bu tarzdagi fikrini xaspo’shlamasdan ochiqoydin aytilishi quyi doiralarda «soliq yukiga nisbatan aniq vaziyatni «yuqoridagilar» bilishmaydi», tarzida aytiladigan fikrlarning asossiz ekanligini ko’rsatib beradi. 27 Respublikamizda soliq tizimini huquqiy taritibga solishda taraflarning huquq va burchlari bobida bir tomondan soliq to’lovchi va ikkinchi tomondan soliq idoralari o’zaro munosabatlari tizimiga alohida e’tibor berilgan. Zero soliq munosabatlarining u yoki bu ishtirokchilarining huquq va burchlarining e’lon qilish hamda yozib qo’yishning o’zi etarli emas, balki barcha huquqlar kafolatlanishi, burchlarni bajarish esa huquqqa zid xatti-harakatlarning oldini olish bilan ta’minlanishi ham zarurdir. Soliq munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z burchlariga nimalar kirishini va u yoki bu harakatlarni qilganda qanday huquqlarga ega bo’lishini, muayyan holatlarda kiritiladigan va ishlay boshlaydigan vositalar hamda rusumqoidalar qandayligini bilish soliq to’lovchi o’z burchini bajarmagan yoki nohalol bajarganda soliq idoralari u yoki bu sanktsiyalarni, ya’ni ta’sir ko’rsatishning muayyan usullarini, misol uchun, bank hisob varaqlari bo’yicha hisob-kitob operatsiyalarini to’xtatib qo’yish, mablag’larni soliq to’lovchilarning hisob varaqlaridan so’zsiz hisobdan chiqarish va boshqa usularni qo’llashi mumkin bo’lgan hollarda juda muhimdir.
Soliq tizimi muvaffaqiyatli ishlashi uchun soliq qonunchiligini aniq tartibini ishlab chiqish hamda belgilash zarur. Uning xujjat va me’yorlari soliqni tartibga solishning barcha zarur unsurlarini o’z ichiga olishi kerak. Soliq kodeksi mamlakatda soliqlarning yagona kompleks tizimini yaratishga, soliq siyosati strategiyasini amalga oshirishda hokimiyat organlari barcha darajalarining huquq va majburiyatlari, vakolat va funktsiyalarini aniq belgilab olishga, ulardagi mavjud ziddiyatlarga barham berishga xizmat qilmog’i kerak. To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlar, daromadlar va kapitallarga solingan soliqlar, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar o’rtasidagi oqilona (optimal) nisbatini topmoq lozim. Moliyaviy jazolarni soliq huquqlarining buzilish harakteriga qarab tabaqalashtirish, ularning aniq klassifikatsiyalanishiga erishish va moliyaviy jazolarning belgilarini aniqlash maqsadga muvofiq. Yuqoridagi fikrlarga qaramasdan, eng avvalo, «Soliq tizimining asosiga aynan nima qabul qilinadi?» -degan savolga javob berishimiz kerak. Turli shakllarda 28 bildirilayotgan taklif, mulohaza va fikrlarni o’rganib, ularni belgilangan tartibda tahlil qilar ekanmiz, bir guruh iqtisodchilar va boshqa sohaning mutaxassislari yuqoridagi savolga javob izlanayotgan paytda, O’zbekistondagi soliq tizimi uchun asos sifatida olingan tamoyillarning o’zini ham o’zgartirish zarurligi to’g’risida turli fikrlarni bildirdilar. Masalan foyda yoki daromaddan olinadigan soliqlarni keskin kamaytirish yoki ularni umuman bekor qilish, bu soliqlarni mol-mulkdan, erdan va resurslardan olinadigan soliqlar va to’lovlar bilan almashtirish to’g’risida takliflar berildi. «Boshqa variantga ko’ra korxona va tashkilotlarga nisbatan qilinayotgan soliq «zulmi»ni keskin pasaytirish va uni jismoniy shaxslarning gardaniga yuklash maqsadga muvofiq deb topilmoqda.»6 Uchinchi variant qo’shilgan qiymat solig’ini keskin kamaytirish, foyda solig’ini pasaytirish va ularni tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun olinadigan renta to’lovlari bilan almashtirish, sanoatning qazib chiqaruvchi tarmoqlarini yuqori darajada soliqqa tortishni ko’zda tutmoqda. Foyda solig’ini korxonalarning daromadidan olinadigan soliq bilan almashtirish tarafdorlari ham bor. «Yuqoridagi variantlarning aralashmasidan iborat bo’lgan aralash tizimlar, dunyoning hech birida sinab ko’rilmagan soliqlar tizimining «antiqa» variantlari ham taklif qilinayapti.»7 Va nihoyat byudjetning harajatlar qismi bilan bog’lanmagan holda soliqlarni to’g’ridan to’g’ri kamaytirish to’g’risidagi mulohazalar ham mavjud. Birinchi bosqichda foyda solig’i asosiy rolni o’ynashi, uning stavkasi bir muncha yuqori foizgacha ko’tarilishi, qo’shilgan qiymat solig’i va ish haqidan olinadigan daromad solig’i bekor qilinishi kerak. Keyingi bosqichlarda esa, foydani soliqqa tortishning samaraliroq shakllarini qo’llash lozim. Masalan, qat’iylashtirilgan, ya’ni ishlab chiqarilgan maxsulotning hajmiga bog’liq bo’lmagan byudjetga foydadan ajratmalarni joriy qilish. Bu kontseptsiya 6 Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari 7 Malikov T.S. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari 1 29 mualliflarining fikriga ko’ra to’lovlarning yuqoridagi tartibi ishlab chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan manfaatdorligini susaytirmaydi va bir vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab chiqaruvchilarning foydani ko’paytirishdan manfaatdorligini susaytirmaydi va bir vaqtning o’zida soliq og’irligini ishlab chiqaruvchilarning real imkoniyatlariga muvofiq taqsimlanishini ta’minlaydi. Bu ayniqsa, sanoatning tabiatni ekplutatsiya qiluvchi tarmoqlari uchun muhimdir, chunki ularning ish sharoitlari alohida-alohidadir. Qat’iylashtirilgan to’lovlar tizimidan foydalanish soliqqa tortishning renta shakliga o’tishga asos yaratadi. Bu holda byudjetning ehtiyojlari asosan tabiiy resurslarning rentasi hisobidan qondiriladi va u iqtisodiyot foydasining asosiy qismini tashkil qiladi. Shunday qilib, bu kontseptsiyaga ko’ra soliq tizimini transformatsiyalash qisqacha quyidagi tarzda amalga oshiriladi: qo’shilgan qiymat bekor qilgan holda foydani soliqqa tortishni kuchaytirish, so’ng foyda solig’idan foydadan olinadigan qat’iy to’lovlarga o’tish va nihoyat soliqlar og’irligining markazini resurs soliqlariga o’tkazish. Bu narsalar, oqibat natijada, soliqlarning keskin kamayishiga va sanoatning qayta ishlovchi ayrim ustuvor tarmoqlarida esa ularning bekor qilinishiga olib kelar edi. Bularning natijasida esa sanoat mahsulotlarining bahosi pasayadi, raqobot bardoshlik ortadi, ta’minot bozorlari kengayadi. Shuni ta’kidlash joizki, soliq tizimining bu zamonaviy kontseptsiyasi ham, shubhasiz, hozirga nisbatan katta qiziqish uyg’otadi. Yakuniy natijalar bo’yicha chiqarilgan xulosalar ham o’ziga xosdir. Biroq tabiiy resurslardan renta va boshqa to’lovlar ko’rinishida olinadigan soliqlar baribir mahsulot bahosining tarkibiga kirishini, shu jumladan, sanoatning qayta ishlovchi tarmoqlari uchun ham,(chunki bu tarmoq xom ashyoni qazib chiqaruvchi tarmoqlardan asosiy soliq to’lovchilardan) olinishini esdan chiqarmaslik lozim. Sanoatning qayta ishlovchi tarmog’i barcha tabiiy resurslardan foydalanadi. Soliq og’irligining markazini o’zgarishi natijasida ularning qimmatlashuvi sodir bo’ladi va bu narsa mahsulot tannarxining tarkibiga kiradi hamda qo’shilgan qiymat solig’ining bekor qilinganligini kompensatsiya qiladi. Shuning uchun ham har holda masalaga yuqoridagi tartibda yondashish har tomonlama hisob kitob qilishni va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan barcha 30 oqibatlarni oldindan tahlil qilishni taqazo etadi. Shu o’rinda soliq tizimida sodir etilishi lozim bo’lgan yangiliklarning oqibatlarini oldindan aytib berishning juda mushkul ekanligini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Xuddi shuningdek, ularning iqtisodiyotga ta’siri ham kutilmagan holda bo’ladi. Buning xuddi shunday ekanligini qadim zomonlardan to hozirgi kungacha bo’lgan tarixning o’zi uzil kesil tasdiqlab turibdi. Shunday qilib soliq tizimining zamonaviy kontseptsiyalari oldida bir necha murakkab vazifalar turganiga qaramasdan ularning eng asosiy soliq tizimining qaysi yo’ldan rivojlanishini aniqlash ekanligini ta’kidlab o’tmog’imiz lozim. Demak, amaldagi soliq tizimini takomillashtirish, ularni O’zbekiston iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda jahon amaliyotiga yaqinlashtirish kerak
O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatining huquqiy asoslari mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab kuchga kirdi. O’zbekiston Respublikasining 1991 yil 31 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi Qonunda «shu kundan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi o’zining mustaqil soliq siyosatini olib boradi» deb ko’rsatilgan. Qolaversa, davlatning soliq siyosati asosi O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida ham qayd qilinadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab soliqlar sohasida o’ndan ortiq Qonunlar qabul qilingan edi. Shulardan eng asosiysi O’zbekiston Respublikasining «Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalar soliqlari to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmaganlarning solig’i to’g’risida»-gi Qonunlari va ularga kiritilgan o’zgartirishlar, to’ldirishlar bo’ldi. Ammo soliqlarning huquqiy asosi 1997 yil 24 aprelda O’zbekiston Respublikasi qabul qilgan hamma soliqlarni mujassamlashtirgan yagona Soliq Kodeksi bo’ladi. Bu Kodeksning qabul qilinishi soliq siyosatini amalga oshirishdagi katta huquqiy asos yaratdi. Har qanday tadbir, ish, faoliyati ilgaridan belgilanib, aniqlanib, rejalashtirilib, ishlab chiqilgan siyosat bilan amalga oshiriladi. Umuman, siyosat deganda, davlatning ilgaridan rejalashtirib, aniqlab turib amalga oshirgan chora-tadbirlar yig’indisi tushuniladi. Soliq bo’yicha ishlarni tashkil qilish ham shu to’g’risidagi siyosat, deb yuritiladi. Soliq siyosati qabul qilinganligi bois O’zbekiston Respublikasi soliq to’laydigan huquqiy shaxslar soni 1991-1996 yillarda 28 mingdan 171 mingtaga etgan. Shuni aytish kerakki, soliq siyosati davlat xazina siyosatining eng muhim tarkibiy ajralmas qismidir. Demak soliq siyosati moliya siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, unga bog’liq holda rivojlanadi. 32 Soliq siyosati nima? Unga qanday ta’rif berish mumkin? Soliq siyosatidavlatning soliq borasidagi farmon, qonun va qarorlari ijrosini ta’minlash hamda uni tashkil qilish uchun ishlab chiqilgan chora-tadbirlar, faoliyati yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’la oladi. Soliq siyosatini ishlab chiqish moliya-iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish va rivojlantirishga, bozor munosabatlarini boshqarishga har tomonlama faol ta’sir ko’rsatadi. Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarning tarkibiy bo’lagi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvafaqqiyatli amalga oshirilishi uchun ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarishimiz lozim. Aks holda bunday siyosat katta muvaffaqqiyatga erishishi qiyin. Bu sohada «Olmoniyaning soliq siyosati borasidagi tajribasi e’tiborga loyiqdir. Bu erda har bir yangi soliqni joriy etishdan avval uning loyihasini tayyorlash uchun soliq sohasida ishlovchi 5 nafar olimga 5-6 oy muddat beriladi besh izlanuvchi olimga ishning natijasidan qat’iy nazar mualliflik haqi oldindan to’lab qo’yiladi. Tayyorlangan soliq loyihalarini ko’rib chiqib, yagona loyihani tanlash uchun besh kishidan iborat ekspertlar guruhi ishlab, ma’qul bo’lgan eng yaxshi loyiha parlament tomonidan tasdiqlanadi" 8 Xulosa shuki, loyihaning ilmiy asoslanganligi va to’g’riligiga javobgar shaxs bor, kerak bo’lsa, loyiha muallifi hamma joyda shu soliq bo’yicha maslahatlar hamda tushuntirishlar berib boradi. Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlarga e’tibor beriladi: 1.Har xil mulk shakillariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni bozor munosabatlariga kirib borishiga har tomonlama yordamlashish. 2.Ijtimoiy-zaruriy umumdavlat vazifalarini bajarish uchun davlat kerak bo’lgan moliyaviy manbalar bilan ta’minlashi. 8 Yahyoev Q.A. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T. 2003 yil. 33 3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tashkil qilishda qatnashish, ishsizlarni ish bilan ta’minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish. 4.Aholi turmush darajasini zaruriy me’yorda saqlab turish imkonini izlash va ta’minlash, soliqqa tortilmaydigan daromad minimumini vaqti-vaqti bilan oshirib borish. Bunda «iste’mol savatchasi» ma’lumotlarini e’tiborga olish. Shu o’rinda biz tomonimizdan Chimboy tuman davlat byudjeti daromadlarini ko’rib chiqib quyida keltirilgan jadval ma’lumotlarini tahlil qilganimizda mazkur hudud doirasida soliqlarning kelib tushish darajasi ortib ketayotganligini ko’rishimiz mumkin jumladan, davlat byudjetiga 2011 yili rejaga nisbatan soliqlarning 2.8 foizga ortig’i bilan bajarilganligini ko’rishimiz mumkin. Shuningdek mahalliyning davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq tushumini baholashda ularning o’z muddatida kelib tushishi, bajarilishi, ularning korxonalar faoliyatiga ta’siri hamda ularning soliq funktsiyalaridan kelib chiqqan holda rag’batlantirish jarayonlariga ham alohida ahamiyat berilishi qayd etish kerak Agarda jadvaldagi ma’lumotlarda barcha soliqlar ortig’i bilan bajarilayotganligi qayd etish kerak. Bu holat mazkur hududda ho’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga alohida ahamiyat qaratilganligidan dolalat beradi. Biz tahlil etish jarayonida tuman kesimida jami soliqlar ichida egri soliqlarning asosiy o’rin egallashining guvohi bo’ldik. Bunda qo’shilgan qiymat solig’i rejaga nisbatan 1.3 foizga ortig’i bilan bajarilganligini ko’rishmiz mumkin. Shuningdek, Sirg’ali tumani davlat byudjeti daromadlarining tarkibida soliq asosiy o’rin egallashini ko’rishimiz mumkin. Albatta bu erda barcha davlat byudjeti daromadlari tarkibida soliqlar 90, 95 foizni tashkil etishini inkor etib bo’lmaydi. Shunday ekan mahalliy joylarning aholining turmush darajasi undagi infrastrukturaning rivojlanishi bir tomondan soliqlarning tushumiga qaratiladigan bo’lsa, ikkinchi tarafdan davlat byudjetining daromadlar qismiga qaratilishi qayd etmoq kerak 34 1-ja 2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliqlarning tutgan o’rni ( % da) 9 Ko’rsatkichlar 2011 2012 2013 2014 2015 I. daromadlar (maqsadli jamg’armalarsiz) - jami 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 1. Bevosita soliqlar 26,4 25,4 24,2 23,4 24,1 2. Bilvosita soliqlar 48,2 49,0 51,1 53,1 52,6 3. Resurs to’lovlari va mulk solig’i 15,4 15,6 14,8 13,6 13,2 4. Boshqa daromadlar 10,0 10,0 9,8 7,8 10,1 Jadval ma’lumotlaridan shuni ko’rishimiz mumkinki, davlat byudjetida soliqlar salmog’ini tahlil etar ekanmiz bevosita soliqlar 2011 yili davlat byudjetida 26,4 foizni tashkil qilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2015 yilga kelib 24, 1 foizni tashkil qiliyotganligini, bilvosita soliqlar esa ushbu yillarda 48,2 foizdan 52,6 foizni tashkil etayotganligini ko’rishimiz mumkin . Soliqlarning ushbu yilda ortishi yoki davlat byudjetidagi o’rni va ahamiyatini yuksalishi davlatimiz Agarda mamlakatimizda davlat byudjetida bevosita soliqlarning kelib tushish holatiga nazar tashlaydigan bo’lsak (2 jadval) jadval ma’lumotlaridan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i 2011 yili bevosita soliqlar tarkibida 19,2 foizni tashkil qilgan bo’lsa 2015 yilga kelib, bu ko’rsatkich 13,4 foizni tashkil 9 Jadval O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan 35 2-jadval 2011-2015 yillarda davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bevosita soliqlarning tutgan o’rni ( % da) 10 №№ Ko’rsatkichlar Yillar 2011 2012 2013 2014 2015 1. Bevosita soliqlar 100 100 100 100 100 1,1 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i 19,2 18,5 16,3 15,1 13,4 1,2 Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar 12,5 11,9 13,1 12,8 13,7 1,3 Yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalardan ajratmalar 10,7 10,9 11,9 13,0 13,5 1,4 Jismoniy shaxslar daromadiga soliq 42,7 42,5 42,8 43,9 43,2 1,5 Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq 5,0 5,9 6,5 7,4 7,7 1,6 Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i 10,0 10,3 9,4 7,7 8,4 qilmoqda. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar bo’yicha ushbu yillarda 12,5 % ni tashkil etgan bo’lsa,2015 yili 13,7 foiz, yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korxonalardan ajratmalar 10,7 % dan 13,5 foizga jismoniy shaxslar daromadiga soliq 42,7 % dan 43,2 foizni, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq 5,0 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2015 yili 7,7 foizni bevosita soliqlar tarkibida o’z shrniga ega bo’lmoqda. Albatta bu ko’rsatkichlar mamdakatimizda to’g’ri soliq siysati olib 10 Jadval O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi ma’lumotlari asosida tuzilgan 36 borilayotganligidan dalolat bermoqda. Jumladan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining salmoqg’ining pasayishi mazkur soliq bo’yicha soliq stavkasining pasayishi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan Davlat byudjetiga ajratmalar bo’yichaesa mazkur soliqni to’lovchilar sonining ortishi bilan izohlashimiz yoki mamlakatimizda ushbu soha bilan shug’ullanuvchilar soni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yuritishga mamlakatimizda yaratilayotgan keng imkoniyatlar bilan izohlashimiz mumkin. Soliqlardan kompleks foydalanish xalq xo’jaligi tarmoqlarini qayta qurishga, ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratishga, xo’jaliklar va aholining tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulning qadirsizlanish jarayonini jilovlab turishga imkon beradi. Pulning qadirsizlanishiga qarshi choralar ko’rish-kam mehnat sarflab topilgan daromadlarga soliq progressiyasini ko’tarish bilan ham amalga oshiriladi. Soliqlar davlatning moliyaviy manbai bo’lganligidan soliq siyosati strategiyasini ishlab chiqish ham davlatning muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi. Bu siyosatni ishlab chiqishning tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchni, idoralarni jalb qilib, uni ishlab chiqadi. Avvalo, bunday tashkilotlarga Moliya vazirligi, davlat soliq qo’mitasi va boshqa ilmiyuslubiy tashkilotlar kiradi. Soliq siyosati strategiyasining izchil va muvoffaqiyatli ishlab ketishi uchun davlat ilmiy-izlanish tashkilotlari tuzib, uning ish yakunlaridan keng foydalanadi. Ana shunday tashkilot Moliya vazirligi qoshidagi ilmiy tekshirish institutidir. Davlat soliq siyosati strategiyasini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o’rganilishi lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi mutuxassislari va jamoatchilik o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu erda hech qachon bir soha mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha mutahassislari ham o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari yoki bila olmasliklari mumkin. 37 Demak, davlat soliq siyosati strategiyasini tayyorlovchi uni to’liq hayotga tadbiq qilishning tashkilotchisi va boshqaruvchilik rolini bajaradi. Davlatning soliq siyosati taktikasini faol yuritishning, bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tishning va uning munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishning muhim omilidir. Hozirgi davrning soliq siyosati strategiyasining asosi - Respublika Prezidenti Islom Karimovning respublika iqtisodiy rivojlanishining besh tamoyili, ustuvor yo’nalishlaridir. Respublika soliq siyosati strategiyasi ana shu tamoyillardan kelib chiqib, soliq sohasidagi chora- tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Soliq siyosati strategiyasining ikki yo’nalishi mavjud: 1.Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish. Ularning moliyaviy mustaqilligiga, erkin baho belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokrotik asosda ya’ni Oliy Majlis tasdiqlab bergan soliqlarni undirishni tashkil etish zarurdir. Hozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomonda tovar bahosini oshirib sotgan holda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur. 2.Soliq siyosatida aholining turli hil guruhlariga nisbatan hilma-hil yondoshishdir. Nochor, kam ta’minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch sarflab ko’p daromad oluvchi yoki boshqa engil daromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir. Soliq siyosatining strategiyasi va taktikasi ishlab chiqilgan bo’lishi zarur. Strategiya uzoq yillarga mo’jallangan soliq munosabatlaridagi muhim yo’nalishlar bo’yicha chora-tadbirlarning majmuidir. Taktikada esa soliq strategiyasining har bir ma’lum davr(yil, chorak)da amalga oshirilishi lozim bo’lgan aniq tadbiriy choralar ko’rsatiladi. Mustaqillik davrida soliq siyosatiga e’tibor bersak, davlat, birinchidan, soliq tushumlarining umumiy summasida egri soliqlar salmog’ini oshirib boryapti. 38 Ikkinchidan, butun respublika soliq idoralarini yuuqori darajali kompyuterlar bilan ta’minladi. Soliq siyosatini faollashtirish maqsadida quyidagilarni e’tiborni ko’proq qaratish lozim: 1.Soliq sohasida davlatlar yo’l qo’ygan ba’zi xatolarning takrorlanmasligi uchun soliq tarixini puxta o’rganish lozim. 2.Soliqqa tortish va uni undirish ishlarining arzonga tushishiga erishish. 3.Soliq ob’ekti aniq, ixcham, to’lovchilarga va soliq idoralari xodimlariga soliqni xisoblash uchun oson va qulay bo’lishi zarur. 4.Soliqlarning byudjetga to’liq va o’z vaqtida tushishiga qiziqtirish maqsadida byudjetga ko’p, salmoqli soliq to’lovchilarga soliqdan ma’lum qismini qoldirish ham maqsadga muvofiqdir. Agarda 1991-1994 yillarda soliq siyosati soliq idoralarida ishlab chiqarishning pasayishi, soliq bazasini qisqartirish sharoitida o’zlarining asosiy e’tiborlarini soliqlarning xazina funktsiyasini bajarishga, ya’ni byudjetni kerakli mablag’lar bilan ta’minlashga, respublika davlat byudjeti muvozanatini saqlashga qaratdilar. Bu davrda soliq tizimi soliqlarning ko’p turliligi va soliq stavkalarining yuqoriligi natijasida korxonalar daromadlarining 45 foizgacha byudjetga olib qo’yish bilan ifodalansa. Hozirgi kunga kelib oqilona soliq siyosatini yuritish asosida mamlakatimizda maxsulot ishlab chiqarish, tadbirkorlik yuritish uchun yaratilayotgan barcha sharoitlarni keltirishimiz mumkin Soliqlar korxonalarni kengaytirish va texnika bilan qayta qurollantirishni cheklab, bu sohada soliqlar bo’yicha belgilangan ko’plab imtiyozlar ham ish bermadi. Shu davrda korxonalarda soliq yukini kamaytirish, ularni qiziqtirish rolini oshirish talab etildi. 2.2. O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan soliq siyosatidagi o’zgarishlar. O’zbekistonda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirishga doir izchil soliq siyosati strategiyasi olib borish natijasida har yili soliq yukini kamaytirish choralari amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, ular ishlab chiqarishga, 39 tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga, aholining real daromadlarini va iste’mol talablarini oshirishga qaratilgan.
Shu bilan birga, soliqlar va to’lovlarni birxillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa tortish mexanizmlarining oshkoraligiga, soliqlarni hisoblash va to’lashga oid korxonalar faoliyatini soddalashtirishga, shuningdek soliq majburiyatlarining bajarilishini samarali nazorat qilishga yordam beradi. Ayni paytda bu hol respublikamizda qo’llaniladigan soliq tizimini xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiqlashtirish zarurati bilan izohlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-2455-sonli qarori bilan Soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-sonli qarorining 8- ilovasiga muvofiq tasdiqlandi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 2015 darajasida – 7,5 foiz miqdorida saqlanib qolindi. Tijorat banklari uchun soliq stavkasi ham 2015 yil darajasida – 15 foiz miqdorida saqlanib qolindi. 2016 yilning 1 yanvaridan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun rentabellik darajasidan kelib chiqib foyda solig‘i bo‘yicha soliq stavkalari quyidagicha belgilandi: rentabellik darajasi 20 foizgacha - 7,5 foiz miqdorida; rentabellik darajasi 20 foizdan yuqori bo‘lgan foyda summasiga - 50 foiz miqdorida. Rentabellik foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda summasining sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga nisbati sifatida aniqlanadi.


Yüklə 88,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin