Reja kirish 1 Davlat byudjetining soliqli daromadlari



Yüklə 88,27 Kb.
səhifə2/3
tarix13.06.2023
ölçüsü88,27 Kb.
#129371
1   2   3
MANSURBEK KURS ISHI

XULOSA VA TAKLIFLAR
Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimining asosini tashkil etadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish samaradorligini oshirish va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda soliq siyosati strategiyasi va taktikasi munosabatlarining qanday asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, samarali byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi. Soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish emas, balki soliqqa tortishning maqbul tizimini shakllantirish deb hisoblaymiz.Belgilangan yo’nalishlardagi muammoldar ijobiy hal qilinsa, korxonalar boqimandaligini kamayishiga, soliqlarni byudjetga o’z vaqtida to’liq undirishga, takror ishlab chiqarishni tezlashtirishga va boshqa muammolarning hal qilinishiga, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning va soliq siyosatining asosiy maqsadlaridan biri, mamlakatda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida erkin raqobatni yuzaga keltirish orqali ichki bozorni to’yintirish hisoblanadi. Soliq siyosatining imtiyozli yo’nalishlari bu maqsadni ba’zan inkor eishini kuzatamiz, ya’ni bir tarmoqdagi ikki xo’jalik yurituvchi sub’ektning biriga imtiyoz berish orqali, ikkinchisining imkoniyatlarini kamaytirib qo’yish mumkin. Imtiyozlarni belgilashda asosiy omil qilib tarmoq xususiyatini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Bu esa, bir tarmoq ichida erkin raqobatni va narxlar tengligini ta’minlaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, soliqlar umumiqtisodiy tizimning bir bo’g’ini hisoblanib, amalga oshirilayotgan soliq siyosati strategiyasi va taktikasi mamlakatning makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko’rsatkichlariga sezilarli tarzda ta’sir etadi. Shunday ekan, soliq siyosatining strategiyasini va taktikasini uzviyligini ta’minlashning asoslarini o’rganish ham muhimdir.Chunki soliq 78 siyosati strategiyasini chuqur o’rganib, ilmiy asoslash orqali soliq taktikasini samaradarligini oshirish va bozor iqtisodiyotida davlatimiz va yurboshimiz mamlakatimiz ravnaqi uchun belgilagan strategiyasiga, ko’zlagan maqsadiga erishish oson kechadi. Bitiruv malakaviy ishimizning nihoyasida soliq siyosatining barqarorligini ta’minlash tizimini rivojlantirishni o’rganish asosida olingan asosiy xulosa va takliflarni, qisqacha eks ettiramiz. Ular quyidagilardan iborat: 1.To’g’ri soliqlar asosan byudjet soliq tushumlarini ta’minlashi lozim, ammo, bu holat ular bo’yicha soliq imtiyozlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda o’rganish bilan uzviy holda o’rnatish lozim. Agar, to’g’ri soliqlar yuzasidan soliq to’lovchilarga asossiz soliq imtiyozlari berilsa, u holda to’g’ri soliqlarning ham fiskallik xususiyatiga ham rag’batlantiruvchilik xususiyatiga ta’sir etadi. Shuning uchun davlat bu sohadagi soliq siyosatida soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siri bilan bog’liq muntazam monitoring kuzatishlarini olib borishni yo’lga qo’yishi lozim. 2.Hozirgi vaqtda to’g’ri soliqlarning rag’batlantiruvchilik xususiyati asosan milliy bozorda faoliyat ko’rsatuvchi soliq to’lovchilarga nisbatan ko’proq ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, xorij investitsiyasinining milliy iqtisodiyotga kirib kelinishini rag’batlantiruvchi ta’siri bugungi kunda susayib bormoqda. Xorijiy investitsiyaning muhim ikki tomoni mavjudki, ular bir tomondan qo’shimcha soliq ob’ektini yuzaga keltirsa, boshqa tomondan yangi ish o’rinlarini yaratishi hisobiga ishsizlikning oldini olishga xizmat qiladi, qolaversa, ish o’rniga ega bo’lgan jismoniy shaxs sifatidagi soliq to’lovchilarning ko’payishiga olib keladi. Shuning uchun to’g’ri soliqlarning xorijning to’g’ridan-to’g’ri investitsiyasini kirib kelinishini rag’batlantirishi bilan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 3.To’g’ri soliqlar orqali soliq to’lovchi korxonalarning harajatlar siyosatiga ta’sirini oshirish zarur. Chunki, korxonada amalga oshiriladigan harajatlar asosan ikki xil tartibda moliyalashtirilib, bu tartib natijada harajatlarning soliq bazasiga ta’sirini belgilab beradi. Korxonalarning harajatlar siyosatidagi muammolar to’g’ri soliqlarning miqdoriga to’g’ridan to’g’ri tez ta’sir etadi va to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga salbiy ta’siri ko’pgina hollarda harajatlarni mahsulot tannnarxiga kiritilishi yoki ularni boshqacha tartibda moliyalashtirish mexanizmi orqali ro’y beradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, to’g’ri soliqlarning soliq to’lovchi korxonalarning faoliyatiga ta’sirida soliq stavkasi va soliq imtiyozlariga nisbatan harajatlarni moliyalashtirish mexanizmining ta’siri kattadir. Bu erda davlat tomonidan korxonalarning moliyasini boshqarish siyosati strategiyasi va soliq siyosatidagi strategik yo’nalishlarni bir-biriga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. 4.To’g’ri soliqlarning soliq to’lovchilar faoliyatiga ta’siridagi eng muhim muammolardan yana biri bu bir xil soliq ob’ektiga ikki xil soliq turining qaratilganligidir. Ya’ni, yuridik shaxslarning foydasidan olinadigan foyda solig’i va infratuzilmani rivojlantirish solig’ining foydadan undirilayotganligidir.


Yüklə 88,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin