Skelet va uning boylamlari



Yüklə 18,57 Kb.
səhifə6/6
tarix19.12.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#185837
1   2   3   4   5   6
Skelet va uning boylamlari

Suyakning
tuzilishi:
1- suyak usti pardasi; 2-¬ustki qattiq plastinkasimon qavat; 3- ichki g'ovak qavat;
4- ilik bo'shlig'i.
Suyaklarning yoshga bog'liq xususiyatlari
Suyaklar odamning yoshiga qarab o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bola tug'ilganda uning tanasidagi suyaklarning ko'p qismi tog'aydan iborat bo'ladi. Shuning uehun yosh bolalarning suyaklari yumshoq, egiluvehan xususiyatga ega. Bula o'sgan sari suyaklarning tog'ay qismi suyakka aylana boradi. Bu jarayon odam skeletining turli qismlarida har xii keehadi.
Yangi tug'ilgan bolalarda bosh suyagi o'zaro birikmagan bir neehta suyakdan iborat bo'ladi. Shuning uehun bosh suyagining qopqog'ida, ya'ni o'zaro birikmagan suyaklar o'rtasida Tepa va ensa suyaklari o'nasida kichik liqildoq va tepa-chakka suyaklari o'rtasida 2 tadan, jami 4 ta yon liqildoqlar bo'lib, bolaning 2-3 oyligidan ular suyakka aylana boradi (9-rasm). Bosh suyagi bolaning 3-4, 6-8 va 11-15 yoshlik davrida, ayniqsa tez o'sadi. Uning o'sishi va shakllanshi 20-25 yoshgacha davom etadi. Gavda suyakJarida yoshga bog'liq quyidagi xususiyatlar mavjudo Umurtqa suyaklari 17-25 yosh orasida suyakka aylanib bo'ladi. Lekin umurtqa pog'onasi dum qismining suyakka aylanishi 30 yoshgacha davom etadi. Yuqorida aytilganidek, to'sh suyagining uchta qismi bolalarda alohida suyaklardan iborat bo'lib, 20-25 yoshda ular bir-biriga qo'shilib, yaxlit to'sh suyagiga aylanadi. Kurak, o'mrov, elka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi 20-25 yoshgacha davom etadi. Qo'l kaftining suyakka aylanishi 15-16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi 16¬20 yoshgacha davom etadi.
Chaqaloq holaning kalla suyagi:
A- yon tomondan ko'rinishi; B- yuqoridan ko'rinishi; 1- peshona liqildog'i; 2- ens. liqildog'i; 3- yon liqildoqlar
Boylam, boylamlar — suyaklarni bir-biriga biriktirib yoki ichki aʼzolar (jigar, taloq, bachadon)ni ushlab turadigan pishiq biriktiruvchi toʻqimadan iborat tuzilma. BOYLAM boʻgʻimlarda yaxshi rivojlangan boʻlib, turli harakatlar qilishga imkon beradi. Ular bukiluvchan, choʻziluvchan, taranglanuvchan boʻladi. B. joylashgan oʻrni va bajaradigan vazifasiga koʻra tasmasimon, yumaloq, plastinkasimon va pardasimon boʻlishi mumkin. B.lar gʻaltaksimon boʻgʻimlarda pishiqroq boʻlib, suyaklarning faqat bukilish va yozilishiga imkon beradi, sharsimon boʻgʻimlarni esa boʻgʻim yuzasidan chiqmasligini taʼminlaydi. Bolalarda B. nihoyatda elastik; yosh ulgʻaygan sari B.ning bu xossasi kamayib boradi, baʼzan B.ga ohak yigʻilishi va hatto qotib qolishi mumkin. B.ning choʻzilishi yoki uzilishi kabi shikastlanishlar uchrab turadi, bunda zudlik bilan vrachga murojaat qilish zarur; vrach kelguncha shikastlangan B.ni qattiq qilib bintlash va qimirlatmaslik lozim.
Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin