Skelet va uning boylamlari



Yüklə 18,57 Kb.
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#185837
1   2   3   4   5   6
Skelet va uning boylamlari

Qo'l suyaklari. Qo'l suyaklari ikki qismga: yelka kamari suyak¬lari va qo'lning erkin suyaklariga bo'linadi (5- rasm). Yelka kamari suyaklariga kurak va o'mrov suyaklari kiradi. Kurak suyagi uchburchak shakldagi yassi suyak bo'lib, ichki botiq yuzasi bilan ko'krak qafasining 2-7- qovurg'alari ustiga yopishgan bo'ladi. urakning tashqi burchagida bo'g'im yuzasi bo'lib, u yelka suyagi bilan birikishga moslashgan. O'mrov suyagi ichki tomondan to'sh suyagiga, tashqi tomondan kurak suyagiga birikadi. U yelka bo'g'imining harakatlarida muhim ahamiyatga ega.
Qo'lning erkin suyaklariga yelka, bilak panja suyaklari kiradi. Yelka suyagi uzun naysimon shaklda bo'lib, uning yuqorigi uchi kurak suyagi bilan birikib, yelka bo'g'imini, pastki uchi esa bilak¬tirsak suyaklari bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi.
Bilak suyaklari 2 ta naysimon, ya'ni bilak va tirsak suyaklaridan iborat. Bilak suyagi qo'lning tashqi tomonida, tirsak suyagi qo'lning ichki tomonida joylashgan. Bu suyaklarning yuqorigi uchi yelka suyagi bilan birikib, tirsak bo'g'imini hosil qiladi, pastki uchi esa bilakuzuk (kaft usti) suyaklari bilan birikadi. Qo 'I panja suyaklari uch qismdan: kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Kaft usti suyaklari 8 ta bo'lib, ular 4 tadan ikki qator bo'lib joylashgan. Kaft suyaklari 5 ta bo'ladi. Barmoq suyaklari bosh barmoqda 2 tadan, qolganlarida 3 tadan bo'ladi.
Qo'l suyaklari. 1- o'mrov suyagi; 2¬kurak suyagi; 3- yelka suyagi; 4- tirsak suyagi; 5- bilaguzuk (kaft usti) suyaldarl: 6- kaft suyak¬lari: 7- barmoq suyaklari: 8- bilak suyagi.
Oyoq suyaklari. Oyoq suyaklari ikki guruhga: oyoq kamari (chanoq) va oyoqning erkin suyaklariga bo'linadi. Oyoq kamari ikki tomondan nomsiz suyaklardan, orqa tomondan dumg'aza va dum umurtqa suyaklaridan tashkil topgan. Chanoq suyagining yuqori qismi ken¬gaygan bo'lib, katta chanoq deb ataladi, pastki qismi toraygan bo'lib, kichik cha¬noq deb ataladi. Kichik chanoq bo'sWig'ida to'g'ri ichak, siydik pufagi, qon, limfa, nerv tomirlari va tugunlari hamda jinsiy organlar joylashgan. Chanoq suyagining tashqi - yon tomonida qo 'ymich kosasi deb ataluvchi chuqurcha bo'lib, unga son suyagining yumaloq boshchasi birikib, son-chanoq bo'g'imini hosil qiladi. Bu bo'g'im orqali tananing massasi oyoq suyaklariga o'tkaziladi. Odamning chanoq suyagi ba'zi erkaklarda 1200 kg massadagi yukni ko'tara oladi. Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va oyoq panjasining su¬yaklari kiradi. Son suyagi eng yirik va baquvvat naysimon suyakdir. U 1500 kg gacha bo'lgan yukni ko'tarishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, bu suyakning yuqorigi uchi yumaloq bo'lib, chanoq suyagining chuqurchasiga kirib, son-chanoq bo'g'imini hosil qiladi.
Suyakning pastki uchi katta boldir bilan birikib, tizza bo'g'imini tashkil etadi. Tizza qopqog'i suyagi eng yirik erkin (sesama¬simon) suyak bo'lib, u tizza bo'g'imining oldingi yuzasini yopib turadi. Bu suyakka sonning to'rt boshli muskulining payi birikadi. Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat. Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida joylash¬gan bo'lib, uning oldingi qirrasi o'tkirroq bo'ladi. Suyakning yuqorigi uchi kengayib, son suyagining pastki uchi bilan birikishga moslashgan. Pastki uchi yumaloqlashib, ichki to'piqni hosil qiladi. Kichik boldir suyagi boldirning tashqi tomonida joylashib, uning yuqorigi uchi yo'g'onlashib, katta boldir suyagining yuqori qismiga birikadi. Pastki qismi oyoqning tashqi to'pig'ini hosil qiladi va oshiq suyagi bilan birikadi.
Oyoq panjasining suyaklari har xii katta1ikdagi 27 la suyakdan iborat bo'lib, ular uch guruhga bo'linadi: ular tovon suyaklari - 8 ta, oyoq-kaft suyaklari - 5 la va barmoq suyaklari - 14 ta (6- rasm). Odam tik yurishga o'tishi natijasida oyoq suyaklariga tu shad i¬gan massaning ortishi va xilma-xil harakatlarning bajarilishi bu suyaklar funksiyasini oshirib, ularning rivoj!anishiga va mustah¬kamlanishiga sabab bo'lgan.

Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin